Full text
369 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA TOVAR-MODDIY ZAHIRALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI Ishturdiev Hasan Abdigapparovich Samarqand davlat vetetinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti «Buxgalteriya hisobi va audit» afedrasi o’qituvchisi. Orcid:0009-0003-4590-5807 Hamidov Nizomjon Farhod og'li Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti iqtisodiyot fakulteti talabasi. Orcid:0009-0009-3478-7722 https://doi.org/10.5281/zenodo.17395631 Annotatsiya. Tovar moddiy zahiralari korxonaning aylanma mablag‘larida faoliyat sohasiga qarab, 30 foizdan 90 foizgacha bo‘ladi. Korxonaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli ko‘p jihatdan ana shu tovar moddiy zaxiralaridan foydalanish samaradorligiga bog‘liq. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsiz davom etib turishida tovar moddiy zahiralarining o‘rni juda kattadir. Tovar moddiy zahiralari asosiy vositalardan farq qilib, bir ishlab chiqarish jarayonida o‘zining qiymatini to‘la ravishda mahsulot tannarxiga o‘tkazadi. Shunday ekan aylanma mablag‘lar harakatchanligi bevosita tovar moddiy zahiralaridan samarali foydalanishga bog‘liq. Aylanma mablag‘larning korxona uchun umumiy miqdori yuqori tashkilotlar, ya’ni tegishli vazirlik tomonidan belgilanadi. Kalit sozlar: Tovar moddiy zahiralar, Korxona, xom ashyo, materiallar, ombor, buxgalteriya hisobi, xarajatlar, hisobot, audit. Abstract. Inventories range from 30% to 90% of the company's working capital, depending on the area of activity. The financial and economic condition of the enterprise largely depends on the efficienc of the use of inventories of this commodity. The role of inventories in the continuous production process of any manufacturing enterprise is very important. Inventories, unlike fixed assets, transfer their full value to the cost of production in a single production process. Therefore, the mobility of working capital depends directly on the efficient use of inventories. The total amount of working capital for the company is determined by the higher organizations, ie the relevant ministry. Keywords: Commodity inventory Enterprise, raw materials, supplies, warehouse, accounting, expenses, reporting, audit. Kirish. O‘zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga munosib tarzda kirib borishida kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining faoliyat yuritishi, ayniqsa andemiyadan keyingi og‘ir iqtisodiy davrda kishilarni ish joylari va daromad manbai bilan ta’minlash, joylarda tashabbusni rag‘batlantirish, aholi o‘rtasida shakllangan tadbirkorlik ko‘nikmalarini ommalashtirish, milliy, madaniy boyliklarni butun dunyoga namoyon etish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dasturning ishlab chiqilganligi asos bo‘ladi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev: «Xalqaro valyuta jamg‘armasi va nufuzli reyting agentliklari tahlillariga ko‘ra, hozirgi qiyin va murakkab sharoitda O‘zbekiston jahonning sanoqli mamlakatlari qatorida moliyaviyiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini tiklash va iqtisodiy faollikni oshirishga erishib kelmoqda.
370 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Mana, yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlarining “J.P.Morgan” investitsiya banki tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekiston: yuksalish yo‘li” nomli tahliliy hisobotda ham ayni shu fikrlar bayon etilgan. 1 » deb ta’kidlagan. Bu respublikamiz pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha va korxonalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda maxsulot ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatish ko’rsatkichlarini yanada oshirishini talab etadi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yetakchi rol o‘ynaydigan ko‘p tarmoqli iqtisodiyot jadal shakllanmoqda. Kichik biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan chora tadbirlar, ularni ro‘yxatga olish tartibining sezilarli darajada soddalashtirilgani, eng muhimi, tadbirkorlikning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtiosdiyotimizda katta ahamiyatga ega bo‘lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini beradi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev: «Shu o‘rinda iqtisodiyotimizdagi tarkibi islohotlar va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tishni zarur, deb bilaman. 2017-2020 yillarda mamlakatimizning iqtisodiy o‘sish darajasi 18,3 foizni tashkil etib, yalpi ichki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Bu haqda gapirganda, tashqi savdo aylanmasi 2016 yildagi 24 milliard dollardan 2020 yilda 36 milliard dollarga ko‘payganini ta’kidlash lozim. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 369 trillion so‘mni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 23,4 foizga o‘sdi. Natijada sanoat mahsulotlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 19,5 foizdan 27,4 foizga ko‘tarildi. Iqtisodiy sohani, jumladan, bojxona tartiblarini liberallashtirish tufayli 2020 yilda eksport hajmi 15,1 milliard dollarni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 25 foizga o‘sdi. Islohotlarimiz samarasining turli xalqaro reytinglarda tan olinishi mamlakatimiz uchun xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, joriy yilda 635 million dollarlik va 2,5 trillion so‘mlik davlat yevroobligatsiyalari, Ipoteka bankining 785 milliard so‘mlik va “O‘zavtomotors” aksiyadorlik jamiyatining 300 million dollarlik korporativ obligatsiyalari chet el investorlariga sotildi. Sarmoyadorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchini keskin oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Investitsiyalarning umumiy hajmi qisqa muddatda 2,1 martaga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobarga yaqin o‘sgani ham buning isbotidir. O‘tgan uch yil mobaynida soliq sohasida yangi tizim joriy etildi. Soliqlar soni sezilarli darajada kamaytirildi, aylanma mablag‘dan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirilib, ushbu soliq zanjirining yaxlit tizimi yaratildi. Tadbirkorlik sohasidagi mana shunday yondashuv natijasida Jahon bankining “Biznesni yuritish” xalqaro reytingida O‘zbekiston besh yil ichida 141-o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarildi. Albatta, bu jiddiy ko‘rsatkich, ammo u hali bi zni qoniqtirmaydi. Shuning uchun biz ushbu yo‘nalishdagi ishlarimizni izchil davom ettiramiz.” – deb ta’kidlagan edi. 2 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik faoliyati jarayonining yakuniy bosqichidan olinadigan tayyor maxsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom ashyo va 1 Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30-yillik bayramiga bag‘ishlangan marosimdagi so‘zlagan nutqidan 31.08.2021 y. 2 Ш.М.Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 30-йиллик байрамига бағишланган маросимдаги сўзлаган нутқидан 31.08.2021 й.
371 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muhim o‘rin tutadi, chunki talab va taklifdan kelib chiqqan holda ularga o‘rnatilgan baho mahsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Ushbu muomalalar va talablardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni tashkil yetganda tabiiy va moddiy resurslardan unumli foydalanish, ikkilamchi resurslarni va yondash mahsulotlarni keng talab etilishi lozim. Muxokamalar va natijalar. Muhokama va natijalar. Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi.Amalda ular TMZlar deb ataladi. Asosiy vositalardan farq qilib, TMZlar bir ishlab chiqarish jarayonida o’zining qiymatini to’la ravishda mahsulot tannarxiga o’tkazadi. Materiallarning har bir turi bo’yicha normativ miqdori korxona tomonidan mustaqil belgilanadi.Xo’jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida moddiy boyliklardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning ulushini kamaytirib borish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Materiallar hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi: 1.Materiallar harakati bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarini o’z vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish. 2. Materiallarni joylashda ularni to’g’ri saqlanish ustidan nazorat olib borish. 3. Moddiy texnika ta’minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib boriladi. 4. Materiallarning ishlab chiqarishga to’g’ri berilishi va ularni sarflash me’yoriga rioya qilish ustidan nazorat olib borish. 5. Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan TMZlarni kalkulyatsiya ob’ektlarida to’g’ri taqsimlash. 6. Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan TMZlarni aniqlash va sotish. Materiallar, yangi mehnat mahsulotini yaratishdagi roliga qarab ikkiga bo’linadi. a) xom ashyo va asosiy TMZlar. b) yordamchi TMZlar. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini asosiy TMZlar tashkil qiladi. Masalan, mashinasozlikda – metall, mebel ishlab chiqarishda yog’och, gazlama ishlab chiqarishda –paxta va boshqalar.Qazib chiqaruvchi sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom ashyo deb ataladi. Masalan, neft, ruda, paxta, qand lavlagi a boshqalar. Boshqa korxonalardan olinadigan mashina va agregatlarning to’g’ri detallari va boshqalar yarim tayyor mahsulotlar deb ataladi. Tovar moddiy zahiralar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 27 avgust 44-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS-4) ga binoan olib boriladi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda TMZlarni hisobga olish uchun 1000-«Materiallar» aktiv schyotidan foydalaniladi. Bu schyot o’z navbatida bir necha schyotlarga bo’linadi. - 1010 - Xom ashyo va TMZlar; - 1020 - Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar; - 1030 - yoqilg’i; - 1040 - Ehtiyot qismlar. - 1050 - Qurilish TMZlari. - 1060 - Idish va idishbop TMZlar. - 1070 - Qayta ishlashga berilgan TMZlar.
372 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 - 1080 - Inventar va xo’jalik jihozlari. - 1090 - Boshqa TMZlar. Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zahiralari» (4-son) standartiga ko’ra ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam baho bo’yicha baholanadi. Materiallarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig’imlarini, tovarni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to’langan komission to’lovlarni, Soliqlarni, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Tovar moddiy zaxiralarning xususiyatlari quyidagilarda nomoyon bo’ladi: - materiallarning mahsulot tarkibidagi ulushiga qarab; - materiallar ishlab chiqarish jarayonida o’rniga qarab; - ishlab chiqarishning uzluksiz vositasi sifatida taminlash; - 4-sonli BHMS ga binoan, ombordagi va ombordan chiqib ketayotgan. -materiallartning ombordagi hisobiga qarab; -hujjatlarning rasmiylashtirilishi bo’yicha; - mahsulot tan narxida aks etishiga qarab; - materiallarning inventarizatsiyasi bo’yicha; -hujjatlarda aks etishiga qarab; Materiallarni qabul qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ichida joylashtirilishi va ombordan berilishi muomalalarini rasmiylashtirish uchun bir xillashtirilgan idoralararo dastlabki hujjatlar ko’zda tutiladi. "Keladigan yuklarni ro’yxatga olish jurnali" M-1 haqli yuklarni temir yo’llar, suv pristanlari, transport ekspeditsiyasi idoralaridan olish va ularni xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga kirim qilish bilan bog’liq transport, tovarga oid va boshqa hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun qo’llaniladi. Jurnalga transport va yuk hujjatlari, kirim orderlari, TMZni qabul qilish dalolatnomalaridagi ma’lumotlar asosida yozib boriladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga TMZlarni qabul kilishiga qarab jurnalga kirim orderlar (yoki qabul qilib olis h aktlari)ning tartib raqamlari va kelib tushish sanalari yozib boriladi yoki schyoti to’langanligi haqida axtaruv summasi bilan bog’liq so’rovnomalar to’g’risida belgi qo’yiladi. "Ishonchnoma" M-2 shakli lavozimdor shaxsning TMZlarni olish chog’ida xo’jalik yurituvchi sub’ektning huquqini rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi ishonchnomani oluvchiga bir nusxada berib, undan tilxat oladi. "Ishonchnoma" M-2a shaklini ishonchnoma bo’yicha TMZlar doimiy tusda olinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlatadi. Bunday ishonchnomalarning berilish oldindan nomerlangan va tikib qo’yiladigan berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida ro’yxatdan o’tkaziladi (M-3 shakl). "Berilgan ishonchnomalarni ro’yxatga olish jurnali" M-3 shaklida beriladigan ishonchnomalar va ular olingani to’g’risidagi tilxatlar ro’yxatdan o’tkaziladi. M-2 shakldagi ishonchnomadan foydalanishda olinganlik va berilganlik to’g’risidagi ma’lumotlar ishonchnoma koreshogida qayd qilinadi. Bu holda jurnalda berilga ishonchnomalar hisobga olib borilmaydi. "Kirim-orderi" M-4 shaklida xo’jalik yurituvchi sub’ekt omboriga mol etkazib beruvchilardan yoki qayta ishlovdan kelib tushgan TMZlar hisobi olib boriladi.
373 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 TMZlaromborga kelib tushgan kuni moddiy javobgar shaxs bir nusxada kirim orderini tuzadi. Kirim orderlarining blankalari moddiy javobgar shaxslarga oldindan nomerlangan holda topshiriladi. "Materiallarni qabul qilish dalolatnomasi" M-7 shakli shunday TMZlarni qabul qilish uchun rasmiylashtiriladiki, ularga doir ma’lumotlarda mol etkazib beruvchi ilova qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan miqdor borasida tafovutlar mavjud bo’ladi, shuningdek, hujjatsiz kelib tushgan TMZlarni qabul qilishda ham tuziladi. Qabul hay’ati moddiy javobgar shaxs va mol etkazib beruvchining vakilining ishtirokida ikki nusxada akt tuziladi va aktni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tasdiqlaydi. TMZlar qabul qilib olingan hujjatlar ilova qilingan aktlarning bittasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasiga moddiy qiymatlarni hisobiga olish uchun, boshqasi mahsulot etkazib beruvchiga topshiriladi. TMZlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektga o’z vaqtida keltirilishining ta’minot bo’limi nazorat qiladi. Bu bo’lim xodimlari mol etkazib beruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini tekshirib, ularga TMZ kamomadi va sifati bo’yicha s hikoyat va da’volar qo’yish, xo’jalik yurituvchi sub’ektga o’z vaqtida etib kelmagan yuklarni qidirib topish vazifalarini bajaradilar. Mol etkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan TMZlarni olish uchun ta’minotchiga buxgalteriya tomonidan 10 -15 kun muddati bilan ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma olish huquqiga ega bo’lgan xodimlar ro’yxati xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan imzolanadi. Ishonchnoma yozish uchun asos bo’lib shartnomalar, naryad, to’lovnoma, buyurtmanoma yoki mol etkazib beruvchining boshqa hujjatlari xizmat qiladi. Beriladigan ishonchnomalar eng avval ishonchnomalarni ro’yxatga olish daftarida qayd etiladi. Bu daftar varaqlari oldindan raqamlanib, tiqilib so’rg’uch bilan muhrlanadi. Daftarning oxirgi betida bosh buxgalter imzosi bilan quyidagi yozuv qayd etiladi: «Bu daftarda hisob varaqlar raqamlangan va tikib chiqilgan» Varaqlar soni harf (so’z) bilan yozilishi kerak. Ishonchnoma olgan xodim TMZlar olingandan keyingi birinchi kundan qoldirmasdanunga yuklatilgan vazifani bajarganligi hamda olingan TMZlarni omborga topshirishi shart. Muddati o’tib ketgan ishonchnomalar bo’yicha hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berish man etiladi. TMZlarni ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. Omborga qabul qilish vaqtida omborchi keltirgan TMZlar soni, turi, sifatini mol etkazib beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlar (hisob varaq-faktura, to’lov talabnomasi, spitsifikatsiya, tovar transporti, yuk xatlari) bilan solishtirib to’g’ri kelish kelmasligini tekshirib ko’radi. Keltirilgan TMZlar mol etkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo’lsa, omborchi kirim-orderi tuzadi. Kirim operatsiyalari soni kam bo’lganda mol etkazib beruvchi hujjatiga muhr qo’yishga ruxsat etiladi. Hisobvaraq-faktura — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq uni taqdim etish majburiyatiga ega bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan rasmiylashtiriladigan qat’iy belgilangan namunadagi (formatdagi), tovarlar haqiqatda jo‘natilganligini yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini va ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
374 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Hisobvaraq-faktura sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini xaridor (buyurtmachi) hisobga olishi uchun asos bo‘ladigan birlamchi hujjat hisoblanadi. Hisobvaraq-faktura qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solish aylanmasi va realizatsiyani hisobga olish uchun yuritiladi. Materiallar harakatini hisobga olish bo’yicha hujjatlar. Materiallarning korxonaga o’z vaqtida keltirilishini ta’minot bo’limi nazorat qiladi. Bu bo’lim xodimlari mol yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini tekshirib, ularga materiallar kamomadi va sifati bo’yicha shikoyat va da’volar qo’yish, korxonaga o’z va qtida yetib kelmagan yuklarni qidirib topish vazifalarini bajaradilar. Mol yetkazib beruvchidan materiallarni ta’minot bo’limi ekspeditori yetkazib beradi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan materiallarni qabul qilganda ta’minotchi birinchi navbatda idish va tamg’a holati sharoitlarining buzilmaganligiga amin bo’ladi, materiallar sifatini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida kamomad yoki yuklar sifati buzilganligi aniqlansa, mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga da’vo qo’yish huquqini beradigan tijorat dalolatnomasi tuziladi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan materiallarni olish uchun ta’minotchiga buxgalteriya tomonidan 10 kundan oshmaydigan muddatga ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma olish huquqiga ega bo’lgan hodimlar ro’yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalter tomonidan mzolanadi. Korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchilardan Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchli shaxsga berilgan yozma vakolat ishonchnoma deb tan olinadi. Ishonchli shaxs unga ishonchnoma bo’yicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi. Ishonchnomalar yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma va boshqa bitimlar bo’yicha beriladigan Tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladi. Berilgan ishonchnomalar “Ishonchnomalar jurnalida “ro’yxatga olish bilan asmiylashtiradi. Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. U keltirilgan materiallar soni, turi, sifatini mol yetkazib beruvchi tomonidan yuborilgan hujjalar (schyot-faktura, to’lov talabnomasi, spesifikasiya, tovartransport yukxatlari)ga muvofiqligini tekshiradi.Keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlariga to’la muvofiq bo’lsa, omorchi kirim orderi uzadi.Mol yetkazib beruvchining hujjatiga kirim orderining asosiy rekezitlarini mujassamlashtirgan muhr qo’yishga ruhsat etiladi. Haqiqatda kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar orasida tafovut aniqlansa, materiallarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma mol yetkazib beruvchi yoki xolis korxona vakili, ombor mudiri va ta’minot bo’limi vakilining majburiy ishtirokida komissiya tomonidan tuziladi. Dalolatnoma tuzilganda kirim orderi rasmiylashtirilmaydi. Materiallarning bir ombordan boshqa omborga ichki harakati yoki ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar, shuningdek chiqindilar topshirilishida yukxat tuziladi, rasmiylashtiriladi. Hisobdor shaxslar tomonidan materiallarni jismoniy shaxslardan xarid qilganlarida ular materiallar naqd pulga xususiy shaxslardan xarid qilishda tuziladigan dalolatnoma yoki ma’lumotnoma bo’yicha boyliklarni topshiradilar.Chiqim hujjatlari materiallarni ishlab chiqarish ehtiyojlariga (mahsulot tayyorlash), xo’jalik ehtiyojlariga (binolarni ushlab turish, tamirlash ishlari) nolikvid materiallarni sotishga jo’natishni aks ettiradi. Bularga talobnoma cheklab olish xaritalari, yukxatlar kiradi.
375 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Materiallarning bir marotaba, kam takrorlanadigan jo’natilishi talabnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar iste’molchilar, yani sex, bo’lim va uchastkalar tomonidan rasmiylashtiriladi. Ombor xodimlariga materiallarni boshqa hujjatlar bo’yicha hamda turli xatlar yoki mansabidan qat’iy nazar mansabdor shaxslarning og’zaki farmoyishlari asosida mahsulotni ombordan berish taqiqlanadi. Omborga kelib tushgan, lekin kirim hujjatlari bilan rasmiylashtirilmagan materiallarni berishga ham yo’l qo’yilmaydi. Kirim va chiqim hujjatlari operasiya sodir bo’lgan kunida rasmiylashtiriladi. Ombordagi materiallar hisobi: Omborlarda materiallar hisobi omborchi tomonidan miqdor, turkum va sor bo’yicha ombor hisobi varaqlari bilan olib boriladi.Ombor hisobi varaqlari materiallarning har biri turi navi, xili bo’yicha buxgalteriya tomonidan alohida ochiladi.Olingan ombor hisobi varaqasida omborchi ushbu materiallar saqlanadigan joyni ( tokcha, yacheyka va x.k.) yozib qo’yadi. Saqlanadigan joyga materiallarning yorlig’i biriktiladi. Har kuni yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar asosida omborchi bu varaqlarga miqdor jihatidan materiallarning qoldig’ini hisoblab chiqaradi. Jadvalda belgilangan muddatlarda omborchi kirim va chiqim hujjatlarini topshirish ro’yxatini ikki nusxada yozadi. Xulosa. Tovar-moddiy zaxiralar xisobida boshqaruv va moliyaviy hisob ob’ektlarini aniq belgilab olinishi va uni tadqiq etish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, ushbu masala yuzasidan aniq chegaralanish xaligachabelgilanmagan. Bu nafaqat material xarajatlarida, balki xisobning boshqa ob’ektlarida xam ko’zga tashlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar baxolanishi va uni auditni takomillashtirish yuzasidan yuqoridagi fikr va muloxozalarni umumlashtirgan xolda quyidagi xulosalarga kelindi: Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida xujalik faoliyati jarayonining yakuniy bosoqichidan olinadigan tayyor maxsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom-ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muxim o’rin tutadi, chunki, talab va taklifdan kelib chiqqan xolda ularga o’rnatilgan baxo (chunki, ushbu baxolarni tartibga solib turuvchi omil – bu tannarxdir) maxsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni. Yangi tahrirda 2013 yil 01 mayda 352-son bilan tasdiqlangan. 2. O‘zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi Qonuni. 2016-yil 13 aprelda tasdiklangan. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chikarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi hakidagi Nizom". 4. Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish koidalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i. 5. 5.A.B.Muxametov. B.Matrasulov.G.Turayeva T.:Buxgalteriya hisobi darslik. Ziyo nashr. 2023.-347 b 6. A.B.Muxametov. U.Chorshanboyev. G.Turayeva T.:Boshqaruv hisobi darslik. . Ziyo nashr. 2024.-169 b 7. Gulizahro, T., & Jaloliddin, X. (2023). SANOAT KORXONALARINI ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA 8. INNOVATSIYALAR O’RNI. Нововведения Cовременного Научного Развития в Эпоху Глобализации: Проблемы и Решения, 1(6), 219-221.
376 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 9. Gulizahro, T., Eldor, T., Asilbek, S., & Muhammadqodir, B. (2023). Asosiy vositalar hisobi va ulardan samarali foydalanish tahlili. " Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning dolzarb muammolari" mavzusidagi onlayn konferensiyasi, 2(10), 67-69. 10. Taxirovna, A. S. (2024). Features of Uzbek and English story ranslations. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 2(2), 202-208. 11. Abdigapparovich, I. H. ASALARICHILIKDA XO’JALIKLARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARNI TAQSIMLASHDA YANGI YONDASHUVLAR. “OZUQA EKINLARNI YETISHTIRISHDA EKOLOGIK TOZA OZUQALARNI YETISHTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI" XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MATERIALLAR TO'PLAMI. 12. Abdigapparovich, I. H. ASALARICHILIK XO ‘JALIKLARIDA BIOLOGIK AKTIVLAR HISOBINI MHXS ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH. “OZUQA EKINLARNI YETISHTIRISHDA EKOLOGIK TOZA OZUQALARNI YETISHTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI" XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MATERIALLAR TO'PLAMI. 13. Ergashev, F., & Ishturdiev, H. (2024). Kichik biznes subyektlarining innovatsion loyihalarni moliyalashtirish yo ‘llari. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(9). 14. Yuldashev, S., & Ishturdiyev, H. (2023). Qishloq xo ‘jalik korxonalarida xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini takomillashtirish masalalari. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 1(11-12). 15. Xaitovich, Y. S., & Abdugapparovich, I. K. (2024). FERMER XO ‘JALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH. AMERICAN JOURNAL OF BUSINESS MANAGEMENT, 2(3), 36-44.