PEDAGOGIK FANLARNI O'QITISH METODIKASI FANINING BOSHQA FANLAR BILAN O'ZARO ALOQASI
Abstract
Ushbu tezis pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi, ularning o‘zaro ta’siri va bir-birini to‘ldiruvchi jihatlari tahlil qilingan. Pedagogik fanlarning rivojlanishida falsafa, psixologiya, fiziologiya, sotsiologiya kabi fanlarning o‘rni, ularning ilmiy asoslari va pedagogik tadqiqotlarda tutgan o‘rni yoritilgan.
Full text
Oktabr, 2025-Yil 209 PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH METODIKASI FANINING BOSHQA FANLAR BILAN O‘ZARO ALOQASI Gulmuratova Aziyza Marat qizi Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi murabbiyi email: gulmuratovaaziz[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17395833 Annotatsiya. Ushbu tezis pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi, ularning o‘zaro ta’siri va bir-birini to‘ldiruvchi jihatlari tahlil qilingan. Pedagogik fanlarning rivojlanishida falsafa, psixologiya, fiziologiya, sotsiologiya kabi fanlarning o‘rni, ularning ilmiy asoslari va pedagogik tadqiqotlarda tutgan o‘rni yoritilgan. Kalit so`zlar: Pedagogika, metodika, falsafa, psixologiya, fiziologiya, sotsiologiya, didaktika, fanlararo aloqadorlik, ta’lim, tarbiya. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fan sifatida boshqa fanlarning nazariyalaridan ijodiy qo‘llash natijasida rivojlanadi. Pedagogik hodisa va jarayonlarni bilish va tadqiq qilishning umumiy yondashuvlarini falsafa ko‘rsatib beradi. Pedagogika sohasidagi tadqiqotchilar ta’lim va tarbiya mazmunini ishlab chiqishda, maqsadni belgilashda, uning metodologiyasini aniqlashda falsafiy bilimlar tizimiga tayanadilar. Fiziologiya, anatomiya, psixologiya kabi inson to‘g‘risidagi fanlar inson shaxsini shakllanishi, qonuniyati va mohiyatini har tomonlama chuqur o‘rganishda yordam beradi. Pedagogika psixologik bilimlar asosida samarali o‘quv-tarbiyaviy tizimni yaratadi. Pedagogika va psixologiya fanlarining integratsiyalashuvi pedagogik psixologiya fanining paydo bo‘lishiga olib keldi. Pedagogika mustaqil, yetarli darajada rivojlangan, o‘zining alohida tadqiqot sohasiga ega bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlar bilan aloqada bo‘lmasdan mavjud bo‘la olmaydi. Tarbiyaviy faoliyat obyekti o‘suvchi, rivojlanuvchi inson bo‘lganligi sababli pedagogika birinchi navbatda insonni o‘rganuvchi fanlar bilan aloqada bo‘ladi. Insonni jamiyat a’zosi sifatida ijtimoiy fanlar, biologik evolutsiya natijasi sifatida tabiiy fanlar, ongli, fikrlovchi mavjudot sifatida psixologik fanlar o‘rganadi. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanini ijtimoiy fanlar bilan aloqasini ko‘rib chiqamiz. Ijtimoiy fanlar tarbiya maqsadini va mohiyatini aniqlashga yordam beradi. Pedagogika ijtimoiy fanlardan 13 falsafa bilan uzviy bog‘liq. Falsafiy ta’limotlar pedagogikaning metodologik asosi hisoblanib, ta’lim va tarbiya maqsadini anglashga yordam beradi. Falsafiy qarashlar tizimidan (materialistik, ekzistensial, pragmatik, neopozitivistik v.b..) pedagogika tadqiqotchilari tayangan holda pedagogik izlanish yo‘nalishlarini belgilab, ta’lim jarayonini texnologik xususiyatlarini, maqsadini, mohiyatini aniqlaydilar. Pedagogika va falsafaga tegishli qator umumiy savol va muammolar mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: – tarbiya maqsadi muammosi; – dunyoqarashni shakllanishi muammosi; – jamoa va shaxs aloqadorligi; – bilish nazariyasi bilan bog‘liq gnoseologik muammolar. Pedagogika shu bilan birgalikda falsafaning mustaqil sohalari etika va estetika bilan ham uzviy bog‘liqlikda rivojlanadi. Ular axloqiy, estetik tarbiya hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kabi pedagogik vazifalarni hal etishda yordam beradi. Pedagogika aholining turli guruh va qatlamlari rivojlanishining asosiy tendensiyalarini, ijtimoiylashuv qonuniyatlarini, ijtimoiy muhitning insonga ta’sirini, shaxsning turli ijtimoiy institutlardagi tarbiyasini tadqiq qiluvchi sotsiologiya bilan uzviy bog‘liq. Pedagogika biologik fanlar bilan ham uzviy bog‘liq. Ular pedagogika va psixologiyaning tabiiy-ilmiy tayanchi hisoblanadi. Pedagogika rus fiziologlari
Oktabr, 2025-Yil 210 I.M.Sechenov, I.P.Pavlovlarning birinchi va ikkinchi signallar tizimi, insonni ruhan rivojlanishi, tabiati, sezgi organlarining rivojlanishi va funksiyalari to‘g‘risidagi fundamental ishlariga tayanadi. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya masalalarini hal etish, mehnat qilish va dam olish tartibini ishlab chiqish inson organizmi funksiyalari va xususiyatlari to‘g‘risidagi yosh fiziologiya, maktabdagi turli mashg‘ulotlarni tashkil etishning gigiyenik masalalarini o‘rganuvchi maktab gigiyenasi muhim rol o‘ynaydi. Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi fani didaktika bilan bevosita aloqador. Didaktika va metodikaning umumiy tadqiqot obyekti – bu o'quv-tarbiya jarayonidir. Faqatgina farqi shundaki, didaktika bu jarayonni yaxlit o'rganadi va metodologiya - ma'lum bir ilmiy mavzuga bog'liq bo‘ladi. Bu fanlar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatini umumiy nazariyaning aniq predmet materiali bo‘yicha amalga oshirishning muayyan shakliga aloqadorligi sifatida belgilash mumkin. Bu bog'liqlik har ikkala fanning kontseptual qismini tashkil 14 etuvchi asosiy kategoriyalarning umumiyligida namoyon bo'ladi, shuningdek asosiy o‘qitish tamoyillarida ham kuzatilishi mumkin. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqalari tahlil natijasida quyidagi bir-birini to‘ldirish shakllarini ifodalashimiz mumkin: boshqa fanlar tomonidan umumlashtirilgan, asosiy nazariya va g‘oyalardan pedagogikada ijodiy qo‘llash va foydalanish; boshqa fanlarda qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlaridan (matematik modellashtirish, sotsiologik so‘rov) foydalanish; psixologiya, fiziologiya, sotsiologya va boshqa fanlarda olingan aniq natijalarni pedagogikada qo‘llash; kompleks tadqiqotlarda ishtirok etish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. To‘xtaxodjayeva M. Pedagogika nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2020. 2. Matveev L.P. Pedagogika asoslari. – Moskva: Prosveshcheniye, 2018. 3. Jalolov J.J. Ta’lim jarayonida metodika va didaktika muammolari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 4. Pavlov I.P. Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi. – Moskva: Nauka, 2016. 5. Sechenov I.M. Inson reflekslari. – Moskva: Meditsina, 2017. 6. Karimov B., Qodirova N. Pedagogika va psixologiya asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2019. 7. Qodirov M. Sotsiologiya asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2022.