BOSHLANG'ICH TA'LIM O'QUV JARAYONINI FANLAR INTEGRATSIYASI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
Abstract
Maqolada umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida fanlararo integratsiyani takomillashtirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini fanlararo integratsiya mazmunida amalga oshirish, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi hodisa va jarayonlar o‘zgarishlari mazmun-mohiyatini anglash, mazkur o‘quv fanlari mazmunidagi ilmiy tushunchalarni yaxlit tasavvur qilish, ularni amaliyotga qo‘llash orqali o‘quvchilarda fanlararo integratsiyani takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan.
Full text
1072 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QUV JARAYONINI FANLAR INTEGRATSIYASI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI Norbo‘tayev Xo‘shboq Bobonazarovich Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) 4-sho‘ba https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17397459 Annotatsiya Maqolada umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida fanlararo integratsiyani takomillashtirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini fanlararo integratsiya mazmunida amalga oshirish, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi hodisa va jarayonlar o‘zgarishlari mazmun-mohiyatini anglash, mazkur o‘quv fanlari mazmunidagi ilmiy tushunchalarni yaxlit tasavvur qilish, ularni amaliyotga qo‘llash orqali o‘quvchilarda fanlararo integratsiyani takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, o‘quvchilar, integratsiya, dars, ta’lim-tarbiya, innovatsiya, fanlararo aloqadorlik, muammoli vaziyat, ilmiy tushunchalar, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, o‘qitish, samaradorlik. Резюме. В статье рассматривается совершенствование межпредметной интеграции в начальных классах общеобразовательных школ, реализация полученных знаний, умений, навыков и компетенций учащихся в контексте межпредметной интеграции, явлений и процессов между природой и обществом, освещены возможности улучшения междисциплинарной интеграции студентов за счет понимания сути изменений, всестороннего осмысления научных концепций в содержании данных учебных предметов и применения их на практике. Ключевые слова: начальная школа, учащиеся, интеграция, урок, образование, инновации, междисциплинарность, проблемная ситуация, научные концепции, знания, умения, навыки, компетентность, преподавание, эффективность. Summary. The article discusses the improvement of interdisciplinary integration in primary grades of secondary schools, the implementation of students' acquired knowledge, skills, qualifications and competencies in the context of interdisciplinary integration, and the interaction of phenomena and processes between nature and society, the possibilities of improving interdisciplinary integration among students are highlighted by understanding the essence of the changes, presenting a holistic view of the scientific concepts in the content of these academic subjects, and applying them in practice. Keywords: primary school, students, integration, lesson, education, innovation, interdisciplinary connection, problem situation, scientific concepts, knowledge, skills, qualifications, competence, teaching, efficiency. Jahon ta’lim tizimidagi global muammolardan biri o‘quv fanlarini integratsiyalash va tabaqalashtirish hisoblanadi. Integratsiya fanlar o‘rtasidagi tarkibiy bog‘lanishni mustahkamlash, ularni umumlashtirish, o‘quvchilarning tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi yaxlit tasavvurlarini yanada boyitish uchun xizmat qiladi. Integratsiyalash muammosini hal etish ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida zamonaviy axborot va innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish bilan bevosita bog‘liq. Mazkur jarayonni to‘g‘ri tashkil
1073 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz etish o‘qitish samaradorligini oshiribgina qolmasdan, o‘qitishning loyihaviy yaratuvchanlik modeli asosini ta’minlaydi. Xususan, Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimida o‘quv jarayonini integratsiyalash ya’ni, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini fanlararo integratsiya mazmunida takomillashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetentlikka asoslangan yondashuvlar va tadqiqot metodlari, interaktiv texnologiyalar kabi didaktik nazariyalarning yuqori darajada rivojlanishi va mexanizmlarini zamonaviy tamoyillar asosida takomillashtirish, ijtimoiy hayot tajribalari va ilm-fanning turli sohalari uchun muhim bo‘lgan bilimlarni o‘quvchilar egallashlari uchun ijodkor mutaxassislarni tayyorlash ustuvor hisoblanadi. Shuningdek, bilish jarayonining tavsifi sifatida integrasiya ifodasining ko‘p jihatliligi, uning muovfiqligi ilmiy nazariyani tadqiqot obyektiga aylantiradi. Bu esa uning ko‘p ma’noli, ko‘p tomonlama ta’riflari miqdorining ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Har bir ta’rifda mazkur bilim sohasini tavsiflovchi, fanlararo integratsiya jarayonining ahamiyatli belgilari ajratiladi. Mazkur muammoning tadqiqotlarda ilmiy bilim va turli sohalarda fanlarni integratsiyalovchi omili va aniq shakllarining metodologik jarayonlari amalga oshiriladi va shu asosda “integratsiya” tushunchasiga sintetik ta’riflar beriladi. Unda integratsiya shakllari, funksional xususiyatlari, asoslari va mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ta’kidlash joizki, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yuqori samaradorlik, ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning mutaxassislik qobiliyatlari va ularning qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog‘liq. Shu o‘rinda ta’limdagi sifat o‘zgarishlari natijasida samaradorlik ta’minlanib, innovatsion-integratsion pedagogik jarayon vujudga kelishini namoyon etadi. Zero, boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi fanlarini o‘qitishda fanlararo integratsiyani turli fan dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida qabul qilish muhim o‘rin tutadi. Fanlararo integratsiyani amalga oshirish yo‘llari quyidagilar: - turli xil fanlarni o‘rganish ketma-ketligi va izchilligini vaqt bo‘yicha shunday tanlash lozimki, ulardan birini o‘rganish ikkinchisini o‘rganishga ko‘maklashsin; - umumiy tushuncha, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishga bir xil yondashuvni ta’minlash; - bir o‘quv faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rganishda boshqa fanlarga oid bilim, ko‘nikma va malakalardan keng foydalanish. Ta’lim jarayonida fanlararo aloqadorlik o’z-o’zidan emas, balki o’qituvchining kasbiy, ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik tayyorgarligi orqali hamda uning mohiyatini chuqur anglash asosida samarali amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi o’zi dars beradigan fanini chuqur va puxta bilib qolmasdan, balki unga yaqin fanlararo bilimlardan xabardor bo’lishi lozim. Umumta’lim o‘quv jarayonini fanlar integratsiyasi asosida takomillashtirish, o‘quvchi yoshlarning mantiqiy va aqliy faoliyat imkoniyatlarini o‘rganish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy mushohada qilish qobiliyatini shakllantirish, dars davomida fan resurslari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish omili hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quv fanlarini fanlararo integratsiya mazmunida o‘qitish davomida bilimlar uzviyligini aks ettirmog‘i lozim. Bu esa o‘quvchi bilimini sifat jihatdan yangi
1074 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz o‘zgarishlarga olib keladi. Mazkur jarayonda uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya inson faoliyatini o‘rganish, global masalalarning yechimini topishda samarali yo‘llarni belgilab berishi mumkin. Provard natijada, bu barcha maktab o‘quv jarayonlaridagi maxsus bilimlar bilan umumiy-madaniy bilimlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatning uzviylik asosida o‘zgarishiga olib keladi. Xususan, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va yuqori samaradorlik, ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o‘zlashtirgan qobiliyatlari qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog‘liq va bu holat ta’limdagi sifat o‘zgarishlari ijobiy yangilik kiritish natijasida ta’limda sifat va samaradorlik ta’minlanib, innovatsion-integratsion pedagogik jarayon vujudga kelishini namoyon etadi. Zero, o‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni turli fan dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida qabul qilish lozim . Shuningdek, o‘qitish jarayonida fanlararo integratsiyani qo‘llash nazariyasi ilmiypedagogik tushunchalar rivojida ham birdek ahamiyatli. Integratsiya differensiatsiya bilan uzviy bog‘liq. Bu uzviylik o‘quvchilarda olayotgan bilimlarni anglashga bo‘lgan intilishlari tizimini takomillashtirishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Binobarin, fanlarni integratsiyalashning didaktik mohiyati turli o‘quv fanlari bo‘yicha yangi bilimlarni shakllantirishning kontseptual tuzilma va metodlarini aniqlash imkonini beruvchi pedagogik qonuniyatlarni ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Tor ma’noda qaralganda, o‘quv fanlari integratsiyasi fan sohalari va ilmiy bilimlar o‘zaro sintezining uzviy davomi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini takomillashtirish nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai nazardan juda muhim bo‘lib, yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta’limi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Hozirgi zamonda ilm berish tizimi yuqori darajada fan asoslarini o‘rnatishga, tafakkuri rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglashga, ularni mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan. References: 1. Аhmedovа N.M. Integrаtiv yondаshuv аsosidа bo‘lаjаk o‘qituvchilаrning kаsbiy tаyyorgаrligini tаkomillаshtirish: pedаgogikа fаnlаri bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD) dissertаtsiyаsi. -Tаshkent, 2020. -161 b. 2. Данилюк А.Я. Учебный предмет как интегрированная система //Педагогика. №4. 1997. С.-24-28. 3. Mаvlonovа R.А., Rаhmonqulovа N.H. Boshlаng‘ich tа’limning integrаtsiyаlаshgаn pedаgogikаsi. O‘quv qo‘llаnmа. - Toshkent: “Ilm Ziyo”, 2009. -192 b. 4. Norbo‘tayev X.B., Elmurodovа I.А., Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim. О‘quv qо‘llаnmа. - Toshkent: “Metodist nashriyoti”, 2025. - 196 b. 5. Раченко И.П. Интегрированная педагогика. Част 1. Пятигорск: Изд. Пятигорского государственного лингвистического университета, 1997. -212 c.
1075 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 6. Розова М.А. Интегрaционные тенденции в современном мире и социальный прогресс //Под. ред. М., 1989. -7 с. 7. Saloxitdinova N.M. Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirish texnologiyasi (aniq va tabiiy fanlar misolida): pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Termiz, 2023. - 121 b. 8. Toshpulаtovа D.K. Integrаtiv yondаshuv аsosidа boshlаngich sinf oquvchilаrining mаntiqiy fikrlаsh qobiliyаtini rivojlаntirish: pedаgogikа fаnlаri bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD) dissertаtsiyаsi. -Toshkent, 2023. -122 b. 9. Xasanov A.A. O‘qitish jarayonida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirishning psixologik - pedagogik asoslari // Zamonaviy ta’lim.-2017. 10-son. - B. 9-14. 10. Чапаев, Н.К. Педагогическая интегрaция: методология, теория, технология //Н.К.Чапаев. -Екатеринбург: РГППУ, 2004. -283 с.