MAKTABDA TASVIRIY SAN'AT JANRLARINI O'QITISH METODIKASI
Abstract
Mazkur maqolada tasviriy san’atda janr, tarixiy janrning mazmuni, ularning san’atdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Ayniqsa, tarixiy janrning shakllanish jarayoni, mazmun mohiyati va badiiy ifoda vositalari keng yoritilgan. Tarixiy janr san’at orqali xalqning o‘tmishini, madaniyati va qahramonlik ruhini ifodalashda muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada tarixiy asarlarning ma’naviy tarbiya, milliy g’urur va vatanparlik hissini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, o‘zbek va jahon rassomlarining tarixiy yo‘nalishdagi ijod namunalariga qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Ushbu tadqiqot natijasida tarixiy janrning san’atdagi estetik va tarbiyaviy ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 400 MAKTABDA TASVIRIY SAN’AT JANRLARINI O‘QITISH METODIKASI Yigitaliyeva Husnida Muhammadali qizi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi Annotatsiya: Mazkur maqolada tasviriy san’atda janr, tarixiy janrning mazmuni, ularning san’atdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Ayniqsa, tarixiy janrning shakllanish jarayoni, mazmun mohiyati va badiiy ifoda vositalari keng yoritilgan. Tarixiy janr san’at orqali xalqning o‘tmishini, madaniyati va qahramonlik ruhini ifodalashda muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada tarixiy asarlarning ma’naviy tarbiya, milliy g’urur va vatanparlik hissini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, o‘zbek va jahon rassomlarining tarixiy yo‘nalishdagi ijod namunalariga qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Ushbu tadqiqot natijasida tarixiy janrning san’atdagi estetik va tarbiyaviy ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Kalit so‘zlar: Tasviriy san’at, janr, tarixiy janr, maishiy janr, portret, manzara, natyurmort, animalistik janr, marina, batal janri, rassom, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, madaniyat, estetik ifoda. Abstract: This article analyzes the content, role, and significance of eight main genres in visual arts. Special attention is given to the formation process, thematic essence, and artistic means of expression of the historical genre. It is noted that the historical genre plays an important role in reflecting a nation’s past, culture, and spirit of heroism through art. The article examines the importance of historical artworks in fostering moral education, national pride, and a sense of patriotism In addition, it briefly discusses the creative works of Uzbek and world artists in the historical genre. As a result of the study, the aesthetic and educational value of the historical genre in art is scientifically substantiated. Keywords: Fine arts, art genres, historical genre, household genre, portrait genre, landscape (landscape), still life, battle genre, animalistic genre, religious genre, religious genre, creativity of Uzbek artists, national values, historical memory, upbringing the spirit of patriotism, ideological content in art. Tasviriy san’atda janr - bu rassomlik asarlarining mavzu mazmuniga qarab turlargaajr atilishidir. Quyida tasviriy san’atning asosiy janrlari keltirilgan. Birinchisi manzara (Peyzaj) janri, tabiat go‘zalligi, tog’lar daryo, o‘rmon, dalalar, Shahar yoki qishloq manzaralari tasvirlanadi. Ikkinchisi portret janri, insonning tashqi qiyofasi, xarahteri, ruxiy holati ifodalanadi. Turlari yakka portret, guruh portreti, avtoportret (o‘zini chizish). Tarixiy janr, tarixiy voqealar, jangler, buyuk shaxslar faoliyati aks ettiriladi. To‘rtinchisi maishiy (hayotiy) janr, oddiy odamlarning kundalik hayoti, mehnati, oilaviy turmushi tasvirlanadi. Beshinchisi animalistik janr, hayvonlar, qushlar, baliqlar va ularning harakatlari tasvirlanadi.Oltinchisi natyurmort (Still life) janri, jonsiz predmetlar – mevalar, gullar, idish – tovoqlar, kitoblar, musiqa sboblari tasvirlanadi. Yettinchisi diniy (mifologik) janr, diniy yoki afsonaviy voqealar, xudolar, farishtalar, afsonaviy qahramonlar aks ettiriladi. Sakkizinchisi jangovar (battle) janr, urush, jang sahnalari, harbiy qaxramonlar va g’alabalar tasvirlanadi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 401 Tarixiy janrbu adabiyot va san’atda muhim yo‘nalish bo‘lib, unda o‘tmishda sodir bo‘lgan voqealar, tarixiy shaxslar va davr ruhiyati badiiy yoki tasviriy shaklda aks ettiriladi. Tarixiy janrning asosiy maqsadixalq, millat yoki insoniyat tarixidagi muhim voqealarni yoritish, ulardan iborat saboq olishga chorlamoqdir. Tarixiy voqealarga asoslanadi – asarda yoki tasvirda real tarixiy hodisalar (Urushlar, inqiloblar, davlatlar qurilishi kabi voqealar) yoritiladi. Tarixiy shaxslar tasvirlanadi – podsholar, sarkardalar, olimlar, san,atkorlar kabi mashhur tarixiy shaxslar kabi mashhur tarixiy shaxslarning faoliyati ko‘rsatiladi. Davr ruxi aks etadi – o‘sha davr kiyimlari, me’morchiligi, urf – odatlari, qurollari, madaniyati va ijtimoiy hayoti haqqoniy tasvirlanadi. Tasviriy san’atda tarixiy janr deganda bag’ishlangan asarlar tushiniladi. Bu janrda rassomlar urushlar, xalq qo‘zg’olonlari, qahramonlik sahnalarali, mashhur tarixiy shaxslar hayoti va faoliyatini tasvirlaydilar. O‘zbekiston san’atida: Raxim Ahmedov, Chingiz Ahmarov, Bahodir Jalolov kabi rassomlarning tarixiy mavzulardagi asarlari mashhur Jahon san’atida:Raxim Ahmedov, Baxodir Jalolov kabi rassomlarning tarixiy mavzulardagi asarlari mashhur. Jahon san’atida: Delakrua “Xalqni boshqarayotgan Ozodlik”, Repin “Ivan Grozniy va o‘g’li Ivan”, Vereshchagin“Osiyoda urush” kabi asarlar tarixiy janrga kiradi. Tarixiy janr – bu adabiyot, teatr, kino va tasviriy san’atda o‘tmishda sodir bo‘lgan real tarixiy voqealar, shaxslar, davr ruhi va ijtimoiy muhitni badiiy ifora etuvchi yo‘nalishdir. Bu janr insoniyatning tarixiy xotirasini saqlash, o‘tmishdagi voqealarni estetik, ma’naviy xizmat qiladi. Tarixiy janrda yaratilgan asarlar faqatgina o‘tmishni eslatmaydi, balki xalqning milliy g’ururi, erkinlik uchun kurashini va madaniy qadriyatlarini ham yoritadi. Tarixiy janrning asosiy belgilar. Belgilar 1)Vaqt jihatdan o‘tmishga qaraydi: asarlar o‘tmish voqealariga bag’ishlanadi. 2) Tarixiy haqiqat asosida yaratiladi: rassom yoki tarixiy faktlarning 3) Davr ruhi va madaniyatini aks ettiradi; o‘sha davr kiyimlari, me`morchiligi, jang qurollari, hayoti ko‘rsatiladi. 4) Qahramonlar real shaxslar bo‘ladi: masalan sarkardalar, shohlar, olimlar, qahramonlar. 5) Badiiy to‘qima bilan boyitiladi: tarixiy faktlar talqin bilan uyg’unlashtiriladi. Tarixiy janrning maqsadi: o‘tmishdan saboq olish va uni badiiy yodda saqlash. Milliy va tarixiy o‘zlikni anglash. Qahramonlik, vatanparlik, fidoyilik kabi tuyg’ularni tarbiyalash. Davrlar o‘rtasidagi madaniy aloqani mustahkamlash. Tarixiy janrning turlari – tarixiy janr bir necha san’at turlarida turlicha namoyon bo‘ladi:Tarixiy janrda yaratilgan rasmlar o‘tmishdagi urushlar, qo‘zg’olonlar, sarkardalar, xalq yig’inlari, tarixiy qurilishlar va boshqa voqealarni ko‘rsatadi.Bunday asarlarda kompozitsiya keng bo‘ladi ( ko‘p odamli saxnalar ), Ranglar dramatik, hissiyot kuchli. Harakat, ifoda, kiyim va muhit aniq tasvirlanadi. O‘zbek san’atida: Raxim “ – “Amir Temur “ portreti: Chingiz Ahmarov – “Alisher Navoiy“ freskalari: Bahodir Jalolov – “Shayxontohurda“ va “Tarix sahnasi“asarlari: Akmal Nur – tarixiy – mifologik yo‘nalishdagi asarlar. Jahon san’atida; Ejen Delakrua – “Xalqni boshqarayotgann Ozodlik “, Ilya Repin – “Ivan Grozniy o‘g’li Ivan bilan”,Vereshchagin – “ Osiyoda urush “, Jak – lui David – “Napoleonning toj kiyishi”. Tasviriy san’at insoniyatning estetik tafakkurini shakllantiruvchi, jamiyatning madaniy va ma’naviy taraqqiyotini ifodalovchi eng qadimiy va tasirchan san’at turlaridan biridir.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 402 Undagi har bir janr o‘ziga xos badiiy maqsad, ifoda vosittasi va g’oyaviy mazmunga ega. Ayniqsa, sakkizta asosiy janr orasida tarixiy janr san’at orqali xalqning o‘tmishi, qahramonligi, ilm – fani, siyosiy va madaniy hayotini badiiy obrazlar orqali aks ettiradi. Tarixiy janr rassomdan katta mas’uliyatni talab qiladi, chunki u nafaqat voqeani chizadi, balki o‘tmish ruhini, tarixiy haqiqatni va milliy g’ururni ifodalaydi. Shu boisdan, bu janrda yaratilgan har bir asar millat xotirasi, tarixiy merosning bir bo‘lagiga aylanadi. O‘zbekiston rassomlari yaratgan “Jaloliddin Manguberdi”, “Amir Temur lashkari bilan”, “Ulug’bek rasadxonasi” kabi asarlar shunchaki tasvir emas, balki xalq qalbida faxr va g’urur uyg’otuvchi badiiy yodgorliklardir. Tarixiy janr yosh avlod uchun ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular bunday asarlar orqali o‘z xalqining o‘tmishini chuqur anglaydi, vatanparvarlik, mardlik va sadoqat tu’g'ularini his etadi. Shu ma’noda tarixiy janr nafaqat san’at asari sifatida, balki tarixiy – ma’naviy tarbiya vositasi sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv sharoitida tarixiy janrning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Rassomlar zamonaviy texnologiyalar, yangi badiiy ifoda usullari orqali o‘tmishni hozirgi davr nuqtayi nazaridan talqin etib, yoshlar ongiga tarixiy xotira va milliy qadriyatlarni singdirmoqda. Shunday qilib, tasviriy san’atdagi sakkizta janr inson hayotining turli jabhalarini yoritib bersa-da, tarixiy janr o`zining chuqur mazmuni, milliy ruhiyati va g’oyaviy ahamiyati bilan ularning barchasidan ajralib turadi. U san’atning faqat estetik yo‘nalishi emas, balki xalqning tarixini, or-nomusini va ruhiyatini ifodalovchi kuchli ma’naviy manbadir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “San’atshunoslik asoslari” – Muallif: T. Qosimov. - Toshkent “ O‘zbekiston milliy enskilopediyasi” nashriyoti, 2015-yil. 2. “O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixi” - Muallifi: M. Nuriddinov. - Toshkent: “ Fan va texnologiya”, 2019-yil. 3. “ Adabiyot nazariyasi” - Muallif: N. Karimov, T. Mirzaev. - Toshkent: “O ’qituvchi” nashriyoti, 2017-yil. 4. “Jahon san’ati tarixi” - Muallif: I.Karimova. - Toshkent: “ G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot”, 2016-yil. 5. “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” – 2002 – 2020 – yillar nashrlari. 6. Makhkamоva Saоdat Bakhtiyarоvna (2024). THE FORMATION OF VISUAL ARTS SKILLS OF SCHOOLCHILDREN IN PERFORMING SKETCH, COMPOSITION AND CREATIVE WORKS. European Journal of Arts, (1), 63-66. doi: 10.29013/EJA-24-1-63-66 7. O ‘ZBEKISTONDA DO ‘PPIDO ‘ZLIK MAKTABLARINING O ‘ZIGA XOSLIGI VA ULARNING AMALYOTDAGI O ‘RNI SA Fayzullayevich E Conference Zone, 23-28 8. TASVIRIY SAN’AT ASARLARINI BADIIY TAXLIL QILISHDA RASSOM KAMOLIDDIN BEXZOD IJODIDAN FOYDALANISH MASALALARI S MAXKAMOVA Journal of Culture and Art 1 (8), 107-114 9. The study of teaching applied decorative arts in higher education institutions through software solutions: a review of methodological literature JR Ravshanovich Current research journal of pedagogics 5 (10), 106-111 10. O ‘ZBЕKISTON DAVLAT SAN’AT MUZЕYI RANGTASVIR KOLLEKSIYASINING ELЕKTRON KATALOG PLATFORMASINI YARATISH: ISTIQBOLLARI VA
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 403 NATIJALARI N KULTASHEVA Scientific Journal of Mathematical Knowledge and Applied Research 1 (01), 33-36 11. Application of geoinformation systems in the agricultural complex U Nasritdinova, X Sultonov, H Muratov, R Ankabaev, U Ismatov, BIO Web of Conferences 105, 03005 12. Nigmatjon Nozimovich Talipov THE STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ART OF ENGRAVING IN ANCIENT PERIOD AND THE MIDDLE AGES // European Journal of Arts . 2024. №1 . С. 67 - 71. URL: https://ppublishing.org/archive/publication/975-the-stages-ofdevelopment-of-the-art-of-engrav 13. Саодат Бахтияровна Махкамова (2023). ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ СПОСОБНОСТИ УЧАЩИХСЯ В ШКОЛЕ И КАК ОНИ ПРОЯВЛЯЮТ СВОИ ТВОРЧЕСКИЕ СПОСОБНОСТИ В ЭТЮДАХ, КОМПОЗИЦИОННЫХ ВАРИАНТАХ, В СВОИХ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ. Oriental Art and Culture, 4 (5), 311-326. 14. Bakhtiyarovna, S. M., Dildora, A., Markhabo, T., & ToshpulatovaSabina, I. Z. (2020). CREATIVITY OF PEOPLE ARTIST GAFUR ABDURAKHMANOV IN THE DEVELOPMENT OF MODERN PAINTING OF UZBEKISTAN. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(2). 15. Saodat Baxtiyarovna Makxkamova (2023). THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF COMPOSITION IN THE FINE ARTS IN FORMING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE FINE ARTS TEACHERS. Oriental Art and Culture, 4 (2), 720-728