scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KLASTYER TYEXNOLOGIYASI VOSITASIDA TA'LIMNI TASHKIL ETISH VA YOSHLARNINING BADIIY MAHORATLARINI SHAKLLANTIRISH

Botir Boltabayevich Baymetov, O'razboyeva Ravshanoy Bahodir qizi

Abstract

Mazkur maqolada klaster texnologiyasi vositasida o‘quvchilarning tasviriy san’at fanida tasvirlash mahoratini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Klaster texnologiyasining mohiyati, uning ijodiy fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni hamda o‘quvchilarning mustaqil tasviriy faoliyatini shakllantirishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonida klaster texnologiyasidan foydalanish bosqichlari, metodik tavsiyalar va amaliy misollar keltirilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 54 KLASTYER TYEXNOLOGIYASI VOSITASIDA TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA YOSHLARNINING BADIIY MAHORATLARINI SHAKLLANTIRISH 1Botir Boltabayevich Baymetov, 2O‘razboyeva Ravshanoy Bahodir qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi professori, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti, Tasviriy san’at yunalishi 2kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17399927 Annotatsiya. Mazkur maqolada klaster texnologiyasi vositasida o‘quvchilarning tasviriy san’at fanida tasvirlash mahoratini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Klaster texnologiyasining mohiyati, uning ijodiy fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni hamda o‘quvchilarning mustaqil tasviriy faoliyatini shakllantirishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonida klaster texnologiyasidan foydalanish bosqichlari, metodik tavsiyalar va amaliy misollar keltirilgan. Kalit so‘zlar:Klaster texnologiyasi, tasviriy san’at, ijodkorlik, metodika, badiiy tafakkur, vizual fikrlash, o‘quvchi faoliyati, innovatsion yondashuv. Аннотатсия. В данной статье рассматриваются возможности развития художественных навыков учащихся в области изобразительного искусства с помощью кластерной технологии. Анализируется сущность кластерной технологии, её роль в развитии творческого мышления и эффективность в формировании самостоятельной изобразительной деятельности учащихся. Также представлены этапы применения кластерной технологии, методические рекомендации и практические примеры на занятии. Ключевые слова:Кластерная технология, изобразительное искусство, творчество, методика, художественное мышление, образное мышление, деятельность учащихся, инновационный подход. Abstract. This article discusses the possibilities for developing students' artistic skills in the field of visual arts using cluster technology. It analyses the essence of cluster technology, its role in the development of creative thinking, and its effectiveness in forming independent visual arts activities among students. It also presents the stages of applying cluster technology, methodological recommendations, and practical examples for use in the classroom. Keywords:Cluster technology, visual arts, creativity, methodology, artistic thinking, imaginative thinking, student activity, innovative approach. KIRISh. Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini, estetik didini va amaliy mahoratini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarni erkin fikrlashga, obrazli tasavvur etishga va san’at asarlarini tahlil qilishga o‘rgatish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar, xususan, klaster texnologiyalarini keng qo‘llash ta’lim sifatini oshirish omili ekanligi isbotlangan. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 55 Ta’lim tizimini zamonaviylashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda uning asosiy tamoyillari, g‘oyalarini, uslubiy yondashuvlari va ko‘rsatmalari bo‘yicha bir qator o‘zbek olimlar,jumladan U.Sh.Begimqulov, O. Musurmonova, M.S.Mustafayeva, B.R.Adizov, RSh.Axliddinov, Yu.N.Abdullayev, M.X.Mahmudov, R.Ishmuhammedov, L.V.Golish kabi tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlarida ta’lim sifatini takomillashtirishdagi muammolar, usul va ta’limni takomillashtirish, uni demokratlashtirish va boshqa xususiyatlari bo‘yicha izlanishlar olin borgan. ADABIYOTLAR VA TADQIQOT METODOLOGIYASI O‘zbekiston talim tizimini klaster texnologiyalari asosida tashkil etish va boshqarish, uni ta’alim tizimiga tadbiq qilish borasida Chirchiq davlat pedagogika universitetida talaygina ijobiy ishlar amalga oshirildi. Universitetning yetakchi olimlaridan G.I.Muxamedov, Sh.Q.Mardonov, U.N.Xodjamqulov, R.Eshchanov, B.Eshchanov, J.Usarov, A. Shafqorov, S.A.Toshtemirova kabi ozbek tadqiqotchilarining ilmiy izlanishlarida pedagogik talim inovatsion klasteri asosida mintaqaviy ta’lim turlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, sifat samaradorligini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha innovatsion g‘oyalar joriy qilishningilmiy-nazariy asoslarini yaratish va ularning amaliy tadbig‘i borasida samarali tajriba tahlillari bayon qilingan. Ta’lim klasteri o‘zida nafaqat ta’lim turlari o‘rtasidagi, balki fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyalashuv jarayonlarini, shuningdek, ta’limni boshqarish, ta’lim vositalari va shakllari bilan bog‘liq sohalarni ham jamlaydi. Klaster yondashuvi ta’lim berish, o‘quv adabiyotlarini yaratish, pedagog kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim va tarbiya uzviyligi bilan bog‘liq umumiy yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. Bu esa muammoning umumiy metodologik xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Ayni paytda bu umumiy yo‘nalishlar ta’limni boshqarish va tashkillashtirish, ta’lim turlari va yo‘nalishlari, uzviylik va integratsiyani ta’minlash, o‘qitish metodlari va vositalari kabi yo‘nalishlarda xususiy metodologik xarakter kasb etadi. Bu esa muammoning yechimiga nisbatan deduktiv (umumiylikdan xususiylikka kelish) usulda yondashish maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatadi. TAHLIL VA NATIJALAR O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha xorijiy tajribani tizimli tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, Klaster yondashuvi asosida ta’limni rivojlantirish Yevropada 1990-yillarda M. Porter tomonidan ishlab chiqilgan klasterlar va klasterlarni rivojlantirish nazariyasini yekstrapolyatsiya qilish natijasida boshlangan (xalqlarning raqobatbardosh ustunligi, 1990; raqobat to‘g‘risida, 1998). Ular Massachusets va Garvard universitetlari yetakchilari bo‘lgan Massachusets shtatining ta’lim klasterini tahlil qildilar va klasterning boshqa Shtatlar (birinchi navbatda Kaliforniya) va boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda mamlakatning ta’lim sohasidagi rolini batafsil ko‘rsatdilar. Pedagogik ta’limdagi Klaster-bu shartnomalar asosida o‘zaro aloqada bo‘lgan va ta’lim mutaxassislarini tayyorlashning ilmiy, o‘quv va innovatsion maqsadlarini amalga oshirishda ishtirok yetadigan geografik jihatdan mahalliylashtirilgan tashkilotlarning kombinatsiyasi 1 . Ta’limni rivojlantirishga klaster yondashuvi ijtimoiy sheriklik asosida amalga 1 Пуденко Т. И. Образовательные кластеры как модель управления развитием образования на муниципальном уровне, повышающая доступность качественных образовательных услуг. Управление образованием: теория и практика. - 2014. - № 3 (15). - С. 33-45. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 56 oshiriladigan sub’ektlarining o‘zaro va o‘z-o‘zini rivojlantirish sifatida qaraladi, bu esa barcha alohida ishtirokchilar va umuman klasterlarning o‘ziga xos afzalliklarini oshiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirda klasterning yagona ta’rifi mavjud yemas. Barcha ma’lum ta’riflarni tahlil qilib, ushbu konsepsiyaning ikkita asosiy xususiyatini ajratish mumkin. Birinchidan, klasterdagi korxonalar qandaydir tarzda ulanishi kerak va ulanishlar vertikal va gorizontal, shuningdek ushbu munosabatlarning aksariyati jalb qilingan tashkilotlar uchun Klasterda oliy ta’limning roli muhimligini hisobga olgan holda, klasterlarning bunday turini sanoat va sheriklik bilan birlashtirilgan o‘zaro bog‘liq ta’lim tashkilotlari to‘plami bo‘lgan ta’lim klasteri sifatida ajratish mumkin. MUHOKAMA Ta’lim klasterining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: -soha talabiga o‘z vaqtida javob beradigan samarali ta’lim xizmatlari sohasini yaratish; oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun kafolatlar yaratish; -zamonaviy ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish, kasbga yo‘naltirishni tashkil yetish; hamkorlik uchun me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishni ta’minlash; -o‘quv dasturlarini birgalikda loyihalash bakalavr/magistr tayyorlash sohasidagi faoliyat. Ta’lim klasterining alohida holati-bu pedagogik Klaster bo‘lib, uning muhim ajralib turadigan xususiyatlari: o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish uchun sharoit yaratish; ta’limni ishlab chiqarish bilan birlashtirish; o‘qituvchilik kasbining obro‘sini ko‘tarish. Pedagogik Klaster modeli-bu oliy pedagogik maktab bitiruvchilarini tayyorlash sifatini oshirish maqsadida sheriklikni rivojlantirishning maqsadli jarayonini aniq taqdim yetishga imkon beradigan tashkiliy, boshqaruv, texnologik va tarkib darajalarini o‘z ichiga olgan yaxlit ta’lim. Klaster texnologiyasining mohiyati “Klaster” atamasi inglizcha cluster so‘zidan olingan bo‘lib, “to‘plam”, “guruh”, “tugun” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu texnologiyada asosiy g‘oya — bir markaziy tushuncha atrofida bog‘liq bo‘lgan fikrlarni vizual tarzda guruhlash orqali o‘quvchining mantiqiy va ijodiy tafakkurini faollashtirishdir. Xususan o‘quvchilarga tasviriy san’atdan mashg‘ulotlar tashkil qilishda - masalan, “Tabiat manzarasi” mavzusida o‘quvchilar “rang”, “yorug‘lik”, “makon”, “tuyg‘u” kabi tushunchalarni klaster markaziga joylashtirib, har birini batafsil ochib berish orqali manzara tasvirining badiiy ifodasini yaxshiroq tushunadilar. Portretda quyidagicha olib borilishi mumkin: Portret xarakteristikasi, uning plastik tuzilishi, rang va tus jihatdan yoritilganligi, yuz qismini o‘ziga hosligi va boshqalar, natyurmortda esa, shakllarning o‘zaro nisbatlari, kompozitsion joylashuvi, rang va tus munosabatlari, buyum tekisligida joylashuvini klaster texnologiyalari vositasida ochib berish muhimdir. Bu orqali o‘quvchilar tasvirlash malakalari rivojlanadi, fikrlash qobilyatlari takomillashadi va tasviriy san’atga bo‘lgan muhabbat shakllanadi. Tasviriy san’at darslarida klaster texnologiyasidan foydalanish bosqichlari. O‘qituvchi dars mavzusini e’lon qiladi va markaziy tushunchani aniqlaydi. Masalan, “Natyurmort” yoki “Kompozitsiya” kabi.O‘quvchilar mavzu bo‘yicha barcha fikr, obraz, rang, shakl va hissiy taassurotlarni mustaqil ravishda yozadilar. Yig‘ilgan fikrlar o‘zaro bog‘liqligiga qarab klaster sxemasiga joylashtiriladi. O‘quvchilar klaster asosida rasm ishlaydi, tanlangan g‘oya asosida ranglar uyg‘unligini topadi.O‘quvchilarning ishlarini tahlil qilish, o‘zaro fikr almashish, mustaqil xulosalar chiqarish. Klaster texnologiyasining afzalliklari O‘quvchining mustaqil va ijodiy fikrlashini faollashtiradi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 57 Dars jarayonida hamkorlik va interfaol muhitni ta’minlaydi. Har bir o‘quvchining individual qobiliyatini ochishga yordam beradi. Tasviriy san’atdagi kompozitsion tafakkurni shakllantiradi Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, klaster texnologiyasi asosida o‘tilgan tasviriy san’at darslarida o‘quvchilar: mavzuni chuqurroq anglaydi; rasm chizishda kompozitsion joylashuvni aniqroq tanlaydi; ranglar uyg‘unligini mustaqil topa oladi; o‘z ijodiy qarashlarini erkin ifoda etadi. XULOSA Klaster texnologiyasi o‘quvchilarning tasviriy san’at fanida tasvirlash mahoratini shakllantirishda samarali metod hisoblanadi. U nafaqat o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini kengaytiradi, balki ularni ijodkorlik, mustaqillik va estetik tafakkurga yo‘naltiradi. Shunday ekan, har bir tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘z dars jarayonida klaster texnologiyasini tizimli ravishda qo‘llasa, o‘quvchilarning badiiy tafakkuri, estetik didi va amaliy mahorati yanada rivojlanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. 1.G‘ulomova D. S. Klaster texnologiyasi va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati. // “Ta’lim texnologiyalari” jurnali, №4, 2020, 45–49-betlar. 2. 2.M.X.Mannopovna klaster talim tizimining uzluksizligi uzviyligi va izchilligini taminlovchi model sifatida. viyewer maqola sciyentific journal impact Factor(SJIF)2020:4.804 3. Pudenko T. I. Obrazovatelnыe klasterы kak model upravleniya razvitiyem obrazovaniya na munitsipalnom urovne, povыshayuщaya dostupnost kachestvennыx obrazovatelnыx uslug. Upravleniye obrazovaniyem: teoriya i praktika. - 2014. - № 3 (15). - S. 33-45.