PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR: KELIB CHIQISHI, RIVOJLANISHI, ASOSIY TA'RIFLARI VA TURLARI
Abstract
Ushbu ilmiy ishda pedagogik texnologiyaning mazmuni, uning paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari, ta’lim jarayonidagi ahamiyati va qo‘llanilish xususiyatlari yoritilgan. Pedagogik texnologiya — bu o‘quv jarayonini ilmiy asoslangan holda rejalashtirish, tashkil etish va baholash tizimi sifatida talqin etilgan. Asarda yangi pedagogik texnologiyalarning vujudga kelishi, ularning rivojlanishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va fan-texnika yutuqlari muhim omil sifatida ko‘rsatilgan
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 82 PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR: KELIB CHIQISHI, RIVOJLANISHI, ASOSIY TA’RIFLARI VA TURLARI 1Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, 2Norboboyeva Maftuna Fazliddin qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik” fakulteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi p.f.f.d., v/b dotsent, 2Talaba. https://doi.org/10.5281/zenodo.17400060 Annotatsiya. Ushbu ilmiy ishda pedagogik texnologiyaning mazmuni, uning paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari, ta’lim jarayonidagi ahamiyati va qo‘llanilish xususiyatlari yoritilgan. Pedagogik texnologiya — bu o‘quv jarayonini ilmiy asoslangan holda rejalashtirish, tashkil etish va baholash tizimi sifatida talqin etilgan. Asarda yangi pedagogik texnologiyalarning vujudga kelishi, ularning rivojlanishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va fan-texnika yutuqlari muhim omil sifatida ko‘rsatilgan. Annotation: This scientific work explores the essence of pedagogical technology, its emergence, stages of development, significance in the educational process, and its application features. Pedagogical technology is interpreted as a system for scientifically grounded planning, organization, and evaluation of the teaching process. The study highlights the emergence of new pedagogical technologies and emphasizes the important role of modern information and communication tools, as well as scientific and technical advancements, in their development. Аннотация: В данной научной работе раскрывается сущность педагогической технологии, её происхождение, этапы развития, значение в образовательном процессе и особенности применения. Педагогическая технология интерпретируется как система научно обоснованного планирования, организации и оценки учебного процесса. В исследовании подчеркивается возникновение новых педагогических технологий и указывается на важную роль современных информационно-коммуникационных средств и достижений науки и техники в их развитии. Kalit so‘zlar; pedagogik texnologiya, ta’lim jarayoni, o‘qitish metodlari, zamonaviy ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (akt), ta’lim sifati, o‘quvchi va talaba faoliyati, pedagogik mahorat, yangi pedagogik texnologiyalar, modul tizimi, dasturlashtirilgan ta’lim, o‘qituvchi malakasi, kasbiy kompetensiya, diagnostik yondashuv, shaxsiy yondashuv. Keywords: pedagogical technology, educational process, teaching methods, modern education, information and communication technologies (ict), quality of education, student activity / learner engagement, pedagogical skills, new pedagogical technologies, modular system, programmed instruction / programmed learning, teacher qualification, professional competence, diagnostic approach, individual approach / personalized approach Ключевые слова: Педагогическая технология, Образовательный процесс, Методы обучения, Современное образование, Информационно-коммуникационные технологии (ИКТ), Качество образования, Учебная деятельность учащихся и студентов, Педагогическое мастерство, Новые педагогические технологии, Модульная система, Программированное обучение, Квалификация преподавателя / учителя, Профессиональная компетентность, Диагностический подход, Индивидуальный подход.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 83 Pedagogik texnologiya - o‘qitish jarayonlarini optimal tashkil etishdir. O‘quv materiallarini tanlash, qayta ishlab o‘quvchi yoki talabalarning kuchiga, o‘zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl va hajmini o‘zgartirish ham ta’lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya, o‘z navbatida, ta’lim-tarbiyaning obyektiv qonuniyatlari va diagnostik maqsadlari asosida o‘quv jarayonlari, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir, ya’ni fan va texnika yangiliklarini o‘zida mujassamlashtiradigan o‘quv jarayonidir. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat-e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o‘qituvchi o‘quvchi yoki talabaning shakllanish jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayonni boshqarar ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi lozim. Shundagina o‘qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogikani tushunib yetadi. Pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lgan o‘qituvchi, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, yangi pedagogik texnologiyalarning mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi kerak. Ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko‘pchiligi ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va ahamiyatini tobora chuqur anglab bormoqdalar. Shu sababli ular o‘z mahoratlarini uzluksiz oshira borishga. Hozirgi kunning yuksak talablariga mos zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zlashtirishga, ijodiy mehnat qilishga intilmoqdalar. Ammo shuni ham e’tirof etishimiz kerakki, o‘quv yurtlarida ayrim o‘qituvchilar o‘z pedagogik mahoratlarini oshira borishning ahamiyatini yetarli darajada his qilmaydilar, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Yangi pedagogik texnologiyalar”ning talablarini chuqurroq o‘rganishga qiziqmaydilar, o‘quv jarayonining ilmiyligiga, zamon talablariga mosligiga, turmush va amaliyot bilan bog‘lanishiga yuzaki qaraydilar, o‘qitilayotgan o‘quv fanlarining ilmiy va g‘oyaviy tarbiyaviy birligini doimo esda tutmaydilar. Bu esa ular qo‘lida ta’lim olayotgan o‘quvchi va talabalarning bilim darajasi va saviyasining yetarli bo‘lmasligiga, o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishdan orqada qolishlariga sabab bo‘lmoqda. “Yangi pedagogik texnologiyalar” asosida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib, uchinchi bosqichdagi o‘zgarishlar davom etmoqda. Bu bosqichda o‘quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish, yuqori sifat ko‘rsatkichiga erishish talab qilinadi. “Yangi pedagogik texnologiyalar” yuksak umumiy madaniyatga va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o‘zlashtirgan. jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi. Ushbu pedagogik g‘oya ta’lim tizimi oldiga: - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash; - kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 84 - ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy qilishni hal etish vazifalarini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlaring shakllanishi, ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar (PT)ga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. “Yangi pedagogik texnologiyalar”da zamonaviy pedagogik texnologiyalari joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi ko‘p marta takrorlanib, ularni o‘quv muassasalariga olib kirish zarurati uqtirilgan. Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan, mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. “Pedagogik texnologiya” atamasining mohiyati nimada? “Texnik logiya”- yunoncha so‘z bo‘lib, “techne”-mahorat, san’at, “logos”- tushuncha, o‘rganish. demakdir. Nega bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik darajada kuchaydi, degan mulohaza tug‘ilishi tabiiy. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni yetishtirib kelgan pedagogikaning o‘ziga xos uslublari mavjud. Pedagogik jamoatchilikning aksariyati mana shu yo‘ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo‘l kutilgan samara bilan xizmat qila olmaydi. Chunki buning zamirida ma’lum sabablar mavjud, ya’ni; 1. Rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi; 2. Fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimi hajmining tobora ko‘payib borayotganligi; 3. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ta’limga tatbiq etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonida axborot texnologiyasi (AT) va texnik vositalar (TV)dan foydalanish kerakligi; 4. O‘qituvchi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchi ta’lim maqsadi va mazmunini puxta bilishi, ta’lim usullari, metodlari va vositalarini yaxshi egallagan bo‘lishi, talabaning qiziqish va intiluvchanligini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltira olishi lozimligi; 5. O‘qituvchi ta’lim jarayonini yuqori darajada, samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilashi, ta’lim natijasini oldindan qayd etishi, o‘quv predmetlarini to‘liq o‘zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta’lim vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlashga erishishi kerakligi; 6. O‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazaning yaratilgan bo‘lishligi; 7. Ta’lim-tarbiya jarayoni natijalarini xolisona va obyektiv baholash, talabalarning bilim va malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashni avtomatlashtirishga erishilganligi; 8. O‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa majmuyi yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi kabi muammolardadir. Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya yuqorida keltirilgan shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbir hisoblanadi. Bugungi kunda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan biri ta’lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 85 qoplash, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda ta’lim oluvchilarni o‘qitishni jadallashtirish sanaladi. Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga doir keng ko‘lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. “Pedagogik texnologiya” so‘zlar birikmasining asosida “texnologiya”, “texnologik jarayon” tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Bugungi kunda pedagogik texnologiyani tushunish uchun asosiy yo‘l aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak Bugun har bir sog‘lom fikrlovchi inson yangi asrda o‘zi, yaqinlari, kasbdoshlari, tengdoshlarining jamiyatdagi o‘rni va salohiyati qanday bo‘lishini o‘ylashi tabiiy. O‘tgan asrning ahamiyati, qadr-qimmati, tarixiyligi esa O‘zbekistonning mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lganligi bilan baholanadi. Pedagogik texnologiyaning umumiy asoslari Bu tushuncha XX asrda paydo bo‘ldi va 1940-1950 yillarda “ta’lim texnologiyasi” tarzida qo‘llanilib, mazmunan o‘quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan. Atama dastlab AQShda qo‘llana boshladi. Keyinchalik “ta’lim texnologiyasi” o‘rniga “dasturlashtirilgan ta’lim” atamasidan foydalanish keng yoyildi. So‘ngra pedagogik texnologiya loyihalashtirilgan ta’lim va aniq maqsadga qaratilgan o‘quv jarayonini ifoda eta boshladi. O‘tgan asrning 80-yillarida pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi. Keyingi o‘n yilliklarda pedagog olimlar va o‘qituvchilar diqqatini jalb qilgan masalalardan bin pedagogik texnologiya (PT) hisoblanadi. Bu mavzuning ilmiy ishlarda, hisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda qizg‘in o‘rganilayotganligi, bahs-munozaraga sababchi bo‘layotganligi ham ta’lim-tarbiyada uning o‘rni naqadar muhimligiga guvohlik beradi. Mavjud materiallarni jamlash, uning nazariy va amaliy jihatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Yangi pedagogik texnologiyalar” talablari asosida tahlil qilish, pirovard natijada, qator konseptual texnologiyaning empirik asosini yaratishga harakat qilish, shuningdek, uni ilmiy bilimlar doirasiga o‘tkazish kabi ishlar ham jadal davom ettirilmoqda. Avvalo, nega bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik kuchaydi, degan savol tug‘iladi. Aytish mumkmki, rivojlanayotgan davlatlarda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta’lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma’qullandi va 1972-yilda “Ta’limni rivojlantirish masalalari” bo‘yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya ta’lim moderniyatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi. Dastlab “Texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha ikki so‘zdan – “texnos” -hunar va “logos”-fan, so‘zlaridan tashkil topib, “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab bera
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 86 olmaydi, texnologik jarayon deyilganda mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish bo‘yicha qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Demak, bu ta’rif istalgancha sharhlash mumkin, bunda: pedagogik texnologiya bu o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, deb ta’riflasak xato bo‘lmaydi. Bizning fikrimizcha, yangi pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida qarash yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlaydi. Bu erda izlanishning mohiyati pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o‘rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Sababi, har qanday o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, PT - anialiyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Shunday qilib, pedagogik texnologiyada didaktik masalalarning o‘z yechimlarini topishi milliy dasturni ro‘yobga chiqarishning muhim bosqichidir. Agar pedagog qo‘lida bilimga chanqoq talabalar, fan maqsadiga mos mazmundagi dastur, darslik va qo‘llanmalar mavjud bo‘lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Boburmirzo, Kukiev., Achilov, Nurbek, Norboy o‘g‘li & Bekqulov, Qudrat, Shaydulloyevich. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Science. 7 (12), 49-54-220. 2. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students’ graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78. 3. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko‘kiyev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li & Jumayev Isroil Omandovlat o‘g‘li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153. 4. Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich., Kukiyev Boburmirzo Bahodir ugli., Avazova Guzal Rustambek qizi. (2020). The works in the framework of five initiatives at chirchik state pedagogical institute in tashkent region. EPRA International Journal of Research and Development, 5 (3), p. 411-412. 5. Boizaqova, S. A., Bekqulov Q.Sh. (2021). Ko‘rinishlar mavzusni tushuntirishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyat. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 96-101. 6. Ko‘kiyev, J. S., Bekqulov Q.Sh. (2021). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 34-39. 7. Boizaqova Sh.A., Bekqulov Q.Sh. Ko‘rinishlar mavzusni tushuntrishda detal modelini o‘ziga qarab o‘rganishning ahamiyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў, № 3, 117-120.