scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT VA CHIZMACHILIK FANLARI O`QITILISHINING MUHIM O`RNI

Djabborov Dilshod Turdiqulovich

Abstract

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini dars soatlarini ko`paytirish zarurati va o‘qitishga innovatsion yondashuv yo‘llari, rivojlangan davlatlarning tajribalarini nazarda tutgan holda tasviriy san’at va chizmachilik fani tizimini takomillashtirishning ijtimoiy pedagogik tarixi va zamonaviy asoslari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 125 UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANLARI O`QITILISHINING MUHIM O`RNI Djabborov Dilshod Turdiqulovich Jizzax davlat pedagogika universiteti katta oqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17400253 Annotatsiya. Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini dars soatlarini ko`paytirish zarurati va o‘qitishga innovatsion yondashuv yo‘llari, rivojlangan davlatlarning tajribalarini nazarda tutgan holda tasviriy san’at va chizmachilik fani tizimini takomillashtirishning ijtimoiy pedagogik tarixi va zamonaviy asoslari haqida fikrmulohazalar bildirildi. Kalit so‘zlar. o‘quv qo‘llanma, tasviriy san’at, jarayon, amaliy ko’nikma, san’at xonasi. Аннотация. В статье представлены взгляды на необходимость увеличения часов занятий изобразительным искусством и черчением в общеобразовательных школах, пути внедрения инновационных подходов в преподавание, социально-педагогическая история и современные основы совершенствования системы изобразительного искусства и черчения с учетом опыта развитых стран. Ключевые слова: учебник, изобразительное искусство, процесс, практические навыки, изостудия. Abstract. This article presents views on the need to increase the number of hours spent on fine arts and drawing in comprehensive schools, ways to implement innovative approaches to teaching, and the socio-pedagogical history and current foundations for improving the fine arts and drawing system, taking into account the experience of developed countries. Keywords: textbook, fine arts, process, practical skills, art studio. Umumiy ta'lim sifatini oshirish. XXI asr, sun`iy idrok hayotimizga kirib kelayotgan davrda, rivojlanayotgan mamlakatlarda mutaxassislarni tayyorlash va ularga ta’lim berish jarayoniga o‘qitishning yangi, zamonaviy uslub va vositalaridan samarali foydalanilmoqda. O‘qituvchi bilim olishning yagona manbai bo‘lib qolishi kerak emas, balki o‘quvchilar uchun mustaqil ta’limning tashkilotchisi, maslahatchisi, o‘quv jarayonining boshqaruvchisi bo‘lishi lozim. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi darslari umumiy ta'lim sifatini oshirishda yordam beradi. Tasviriy san'at asarlari orqali turli madaniyatlar, tarixiy davrlar va jamiyatning ijtimoiy masalalari haqidagi bilimlarni oshirish mumkin. Bu esa, o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi. Ko'proq dars soatlari, o'quvchilarga o'z fikrlarini ifoda etish, umumiy ta'lim sifatini oshirish va estetik ta'limni qo'llab-quvvatlashda yordam beradi. O'z fikrlarini ifoda etish, - o'z ijodiy uslubini shakllantirish va estetik qadriyatlarni tushunishda va tushintirishida muhim ahamiyatga egadir. San'at asarlari orqali turli madaniyatlar, tarixiy davrlar, jamiyatlar, ijtimoiy masalalari haqidagi bilimlarni oshiradi. Bu esa, bolalarning dunyoqarashini kengaytirib, yod g`oyalarga ko`r-ko`rona qo`shilmasdan, oldin o`ylab ko`rishga va tahlil qilishiga yordan beradi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 126 Stressni yo`qotish va ruhiy yaratuvchanlik. Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi dars soatlari ko‘paytirilsa, - bu hozirgi paytda o`quvchilar o`rtasida ko`p uchraydigan stress holatlarini oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu ularda mustaqil fikrlash, ijod qilish, o‘z qobiliyatini anglash kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Tasviriy san'at bolalar uchun muhim bir chiqish yo'li bo'lib, ularga o'z ruhiy his-tuyg'ularini ifoda etish imkonini beradi. O'qish jarayonidagi bolalarda uchraydigan stressni kamaytirish uchun tasviriy san'at darslarini ko'paytirish samarali natija beradi. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi darslari nafaqat individual rivojlanish, balki jamoaviy ish ko'nikmalarini ham rivojlantiradi. Darslarni zamonaviy raqamli tizimlarda birgalikda olib borish, - bu loyihalar asosida jamoaviy ishlash, o'quvchilar hamjihatligini o'rgatadi. Yana tasviriy san'at va muhandislik grafikasi darslari o'quvchilarga nafaqat turli texnikalarni nafaqat o'rganish, balki kelajakdagi buyuk yaratuvchiga ham asos solsa ajab emas. Chunki, hammaga ma`lum, barcha yaratiladigan har qanday “yangilik”ni, - albatta avvalo tasviri yaratiladi. Metodik uslublardan foydalanish. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi darslari o'quvchilarga o'z fikrlarini va his-tuyg'ularini so`zsiz, ya`ni tasvirda ifoda etish imkoniyatini beradi. Muhandislik grafikasi (chizmachilik) darslari amaliy jarayonlar va albatta zamonaviy raqamli uslubda olib borilsa, ertangi kunda yoshlarni hayotda o`z o`rnilarini topishda katta yordam beradi. Turli usullarlar, umumiy ta'lim sifatini oshirish va estetik ta'limni qo'llabquvvatlashda muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Agar biz tasviriy san`at va muhandislik grafikasi dars mashg‘uloti, ya’ni 45 minutli vaqt ichida barcha imkoniyat, shart-sharoit, vosita, didaktika, metodik uslublardan foydalanib, kafolatlangan natija uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning barchasi tasviriy san’at darslarining pedagogik texnologiyasi bo‘ladi. Madaniy va milliy identitetni mustahkamlash. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlari nafaqat chizish ko‘nikmasini beradi, balki o‘quvchilarni o‘z milliy qadriyatlari, milliy san’atimiz an’analari va tarixiy merosi bilan yaqindan tanishtiradi. Ayniqsa, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi — naqshlar, miniatyura san’ati, hunarmandchilik, xalq amaliy san’ati va tarixiy obidalarni o‘rganish orqali o‘quvchilar o‘zini millatning ajralmas bir qismi sifatida his qilishni boshlaydi. Bu quyidagi jihatlar orqali amalga oshadi: -Milliy naqshlar va ramzlar – darslarda o‘quvchilar doira, islimiy, girih naqshlar, xalq amaliy san’ati turlarini o‘rganib, ularni chizish orqali milliy o‘ziga xoslikni chuqur anglaydilar va asraydilar. -Tarixiy obrazlar – Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy va albatta yaqin asrimizdagi kabi tarixiy siymolar obrazlarini tasvirlash orqali yoshlar o‘z tarixiga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. -Tarixiy obidalarimiz orqali yurt go‘zalligini tasvirlash (masalan, Registon maydoni, Ichan qal’a, Chorvoq tabiati) yosh avlodda vatanparvarlik, faxr va iftixor tuyg‘ularini shakllantiradi. Bu jarayonlar ta’limning faqat bilim emas, balki tarbiya berishdagi rolini kuchaytiradi. Tasviriy san’at va muhanslik fanlari orqali yoshlar nafaqat tasvirlaydi yoki chizadi, balkim milliy o‘zligini anglaydilar va qadrlaydilar. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, maktablarimizda tasviriy san’at va muhandislik grafikasi darslarining ajratilgan soatlarni qaytadan o`ylab ko`rish va qaytadan ko`rib chiqish, - bu hozirgi globallashuv davrida eng muhimi bo`lgan inson omiliga, ya`ni bilimli, vatanparvar, yaratuvchanlik qobiliyati yuqori boladigan yoshlarimizga bo`lgan e`tiborlarimizdir. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 127 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. 1.Karimov, I.A. "Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch", Toshkent: Ma’naviyat, 2008. (Milliy qadriyatlar va ma’naviy tarbiya haqida asosiy manba) 2. 2.Hasanov, N. "San’atshunoslik asoslari", Toshkent: Fan, 2017. (O‘zbekiston san’at tarixi va nazariyasi haqida umumiy tushuncha) 3. 3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–3775-sonli qarori, 2018-yil 14-iyul "O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi". 4. 4.G‘ulomov, A., Raximov, Z. "Tasviriy san’at metodikasi", Toshkent: O‘qituvchi, 2019. (Maktabda rasm darslarini tashkil qilish bo‘yicha amaliy qo‘llanma) 5. 5.O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi. "Tasviriy san’at fani o‘quv dasturi (1–9-sinflar uchun)", Toshkent, 2021.