scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOMBINATSIYALSHTIRILGAN SEYALKA BILIN ISHLOV BERILADIGAN TUPROQ VA SABZI URUG'INING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI

Babojanov Atabek Berdiboy o'g'li Buxoro davlat texnika universiteti "Qishloq va suv xo'jaligi texnika-texnologiyalari" kafedrasi assistenti; Jo'rayev Asliddin Nasriddin o'g'li Buxoro davlat texnika universiteti "Qishloq va suv xo'jaligi texnika-texnologi

Abstract

Maqolada sabzi ekiladigan pushtalarni olish bilan bir vaqtda, sabzi urug‘ini ko‘p qatorlab ekadigan seyalkada tajribalar asosan tuproqning fizik-mexanik xossalarini aniqlash maqsadida tajribalar o’tkazilgan. Seyalka yordamida ekiladigan sabzi urug‘ining o‘lcham va massa ko’rsatkichlari aniqlanilib jadvallarda qiymatlari keltirildi. Tajribalar asosan sabzining “Sariq mirzoi 304”, “Qizil mirzoi 228” va Koreya davlatining “Super Kuroda” navli urug‘larida olib borildi. Tajribalarda maxsus tarozi yordamida 1000 ta urug’ massasi va ularning geometric o’lchamlari mikroskop yordamida aniqlanildi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 UDK 631.33.1 KOMBINATSIYALSHTIRILGAN SEYALKA BILIN ISHLOV BERILADIGAN TUPROQ VA SABZI URUG‘INING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI Babojanov Atabek Berdiboy o‘g‘li Buxoro davlat texnika universiteti “Qishloq va suv xo‘jaligi texnikatexnologiyalari” kafedrasi assistenti. [email protected] Jo‘rayev Asliddin Nasriddin o‘g‘li Buxoro davlat texnika universiteti “Qishloq va suv xo‘jaligi texnikatexnologiyalari” kafedrasi assistenti. [email protected] Fayzulloyev Muxriddin Nasriddin o'g'li Buxoro davlat texnika universiteti “Qishloq va suv xo‘jaligi texnikatexnologiyalari” kafedrasi assistenti. [email protected] Djumaboyeva Shohista Baxtiyor qizi Buxoro davlat texnika universiteti “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi magistr talabasi [email protected] Annotatsiya; Maqolada sabzi ekiladigan pushtalarni olish bilan bir vaqtda, sabzi urug‘ini ko‘p qatorlab ekadigan seyalkada tajribalar asosan tuproqning fizik-mexanik xossalarini aniqlash maqsadida tajribalar o’tkazilgan. Seyalka yordamida ekiladigan sabzi urug‘ining o‘lcham va massa ko’rsatkichlari aniqlanilib jadvallarda qiymatlari keltirildi. Tajribalar asosan sabzining “Sariq mirzoi 304”, “Qizil mirzoi 228” va newjournal.org zenodo.org 2 Koreya davlatining “Super Kuroda” navli urug‘larida olib borildi. Tajribalarda maxsus tarozi yordamida 1000 ta urug’ massasi va ularning geometric o’lchamlari mikroskop yordamida aniqlanildi. Kalit so‘zlar; Qurilma, tadqiaotlar, sabzavot, ekinlar, sabzi urug‘, uzunligi, eni, bo’yi, qiya tekislik. Kirish. Butun dunyoda shu jumladan respublikamizda sabzi urug’lari pushtaga ekib kelinmoqda, urug’larni pushtaga ekish orqali o’simlikni o’sib rivojlanishi uchun kerakli sharoitlar yaratiladi va buning hisobiga o’simlikdan yuqori hosildorlikka erishish mumkin. Disertatsiyada sabzi urug‘i ekiladigan pushtaning o‘lchamlari quyidagicha. Pushtaning qamrov kengligi 70 sm, pushta tepasining kengligi 40 sm, ekiladigan qatorlar soni 4 ta va qatorlar oralig‘i 10 smni tashkil etib ekish sxemasi ko’rinishda bo’ladi. 2.1-rasm. Sabzi urug‘ining pushtaga joylashish sxemasi Sabzi urug‘ning o‘lcham va massa ko‘rsatkichlari. Sabzi urug‘larining o‘lchamlari tasnifi. Urug‘ning asosiy o‘lchamlari bu uning uzunligi, eni va qalinligi hisoblanadi. Sabzi urug‘ining o‘lchamlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tajribalarda ham uning asosiy kattaliklari bo‘lgan uzunligi, eni, qalinligi kabi ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tajribalar keyingi yillarda O‘zbekiston maydonlarida ekilayotgan sabzining “Sariq mirzoi 304”, “Qizil mirzoi 228” va Koreya davlatining “Super Kuroda” navli urug‘larida olib borildi (2.2-jadval). 2.2-jadval newjournal.org zenodo.org 3 Sabzi urug‘ining o‘lchamlari № Navlar Ko‘rsatkichlar xmax, xmin X ±σ V, % 1. Sariq mirzoi 304 uzunligi, mm 3,7 2,3 2,92 0,39 13,47 eni, mm 1,9 1,2 1,47 0,16 10,89 qalinligi, mm 1,1 0,6 0,79 0,11 14,40 2. Qizil mirzoi 228 uzunligi, mm 4,0 2,3 3,06 0,42 13,77 eni, mm 2,9 1,2 1,53 0,40 25,88 qalinligi, mm 1,0 0,6 0,77 0,13 17,29 3. Super Kuroda uzunligi, mm 3,6 2,4 3,01 0,31 10,38 eni, mm 2,0 1,1 1,52 0,17 11,23 qalinligi, mm 1,3 0,6 0,86 0,15 17,96 Bunda ushbu navlarning har biridan 100 donadan urug‘ ajratib olinib, o‘lchamlari aniqlandi. O‘tkazilgan tajribalarda donning katta o‘lchami bu uning uzunligi ekanligi va u “Sariq mirzoi 304” navida 2,3 mm dan 3,7 mm gacha oraliqda, “Qizil mirzoi 228” navida 2,3 mm dan 4,0 mm gacha oraliqda, “Super Kuroda” navida 2,5 mm dan 3,6 mm gacha oraliqda o‘zgarishi ma’lum bo‘ldi . Urug‘larda bir muncha kichikroq o‘lcham uning eni va qalinligi bo‘lib, ular mos ravishda “Sariq mirzoi 304” navining eni 1,2 mm dan 1,9 mm gacha, qalinligi 0,6 mm dan 1,1 mm gacha oraliqda, “Qizil mirzoi 228” navining eni 1,2 mm dan 2,9 mm gacha, qalinligi 0,6 mm dan 1,0 mm gacha oraliqda va “Super Kuroda” navining eni 1,1 mm dan 2,0 mm gacha, qalinligi 0,6 mm dan 1,3 mm gacha oraliqda o‘zgarishi ma’lum bo‘ldi. Sabzi urug‘larining massa ko‘rsatkichlari Tajribalarni olib borishdan oldin 1000 donadan xar bir nav bo‘yicha sabzi urug‘ini massa o‘lchamlari maxsusu mkm tarozida tortib ko‘rish orqali aniqlanildi. newjournal.org zenodo.org 4 a) b) 2.2-rasm. a-1000 dona sariq mirzoi 304 b-1000 dona qizil mirzoi 228 sabzi urug‘larining massasi 2.4-§. Sabzi urug‘ining ishqalanish xossalarini aniqlash Urug‘larning statik ishqalanish koeffitsientlarini aniqlash uchun adabiyotlardan ma’lum bo‘lgan va qo’llanib kelinayotgan usulda – urug’larning ishqalanish yuzasida sirpanadigan minimal qiyalik burchagini aniqlash usuli qo‘llanildi. Sabzi urug‘ini seyalka bilan ekish uchun ishchi qismlarining parametrlari hamda ish rejimlarini aniqlashda urug‘ning sirtlarga ishqalanish xossasini ham bilish zarur bo‘ladi. Sabzi urug‘ining bo‘yalmagan po‘lat, bo‘yalgan po‘lat, rezina va plastmassa sirtlarda ishqalanishi “qiya tekislik” qurilmasida aniqlandi (2.4-rasm). Ushbu qurilma yordamida ishqalanish burchagini aniqlashda namuna ishqalanuvchi sirt ustiga qo‘yilib, ko‘tarish mexanizmi yordamida sirtni uning yuzasiga qo‘yilgan namunaning harakatga kelish paytigacha asta-sekinlik bilan ko‘tariladi. newjournal.org zenodo.org 5 1Sabzi urug‘ining “Sariq mirzoi 304” navi; 2- “Qizil mirzoi 228” navi; 3- “Super Kuroda” navi. 2.3-rasm. Sabzi urug‘ining ishqalanish burchagini aniqlash Urug‘larning harakatga kelish vaqtiga mos sirtning yotiqlikka nisbatan hosil qilgan qiyalik burchagi, burchak o‘lchagich shkalasida aniqlanadi. So‘ngra quyidagi ifoda bilan ishqalanish koeffitsienti topiladi: fishq = tg  , (2.1) Tajribalar davomida urug‘ining namligi 11,2 foiz bo‘ldi. Sabzi urug‘ining ishqalanish burchagi uning sirtlar bo‘ylab joylashi-shi bo‘yicha o‘rganildi. Tajribalarda ma’lum bo‘ldiki (2.3–2.6 - jadvallar), urug‘ning ishqalanish burchagi ishchi sirtning turiga bog‘liq bo‘lar ekan. 2.3-jadval. Sabzi urug‘ining kraskalanmagan po‘lat yuzali asosda ishqalanish burchagi, grad. № Navlar Ishqalanish burchagi, grad V, % newjournal.org zenodo.org 6 xmax, xmin X ±σ 1 Sariq mirzoi 304 410 330 38010´ 2,41 6,56 2 Qizil mirzoi 228 430 320 36045´ 3,65 10,01 3 Super Kuroda 420 330 37030´ 2,7 7,23 2.4-jadval kraskalangan po‘lat yuzali asosda ishqalanish burchagi, grad. № Navlar Ishqalanish burchagi, grad V, % xmax, xmin X ±σ 1 Sariq mirzoi 304 280 220 26020´ 1,79 6,96 2 Qizil mirzoi 228 300 220 26035´ 2,46 9,48 3 Super Kuroda 310 230 26005´ 2,89 11,10 2.5-jadval. Sabzi urug‘ining rezina yuzali asosda ishqalanish burchagi, grad. № Navlar Ishqalanish burchagi, grad V, % xmax, xmin X ±σ 1 Sariq mirzoi 304 400 340 36050´ 1,85 5,07 2 Qizil mirzoi 228 410 330 37010´ 2,40 6,48 3 Super Kuroda 410 310 35025´ 2,50 7,02 2.6-jadval. Sabzi urug‘ining plastmassa asosga ishqalanish burchagi, grad. № Navlar Ishqalanish burchagi, grad V, % xmax, xmin X ±σ 1 Sariq mirzoi 304 290 220 24035´ 2,30 9,45 newjournal.org zenodo.org 7 2 Qizil mirzoi 228 300 240 27035´ 1,99 7,37 3 Super Kuroda 290 220 25015´ 2,58 10,26 Olingan natijalarga ko‘ra eng kam ishqalanish burchagi “Super Kuroda” navli donlarniki bo‘lib, u kraskalanmagan po‘lat, kraskalangan po‘lat, rezina va plastmassa sirtda o‘rtacha 37030´, 26005´, 35025´ va 25015´ ni tashkil etadi. Adabiyotlar ro‘yxati. 1. Бабич С.В. Усовершенствование методики оценки всхожести семян овощных культур / Диссертация кандидата сельскохозяйственных наук. - Москва, 2009. - 120 с. 2. Ostonaqulov T.E., Zuyev V.I., Qodirxoʻjayev O. Sabzavotchilik. – Toshkent: 2009. – B. 256-298. 3. Xakimov R., Xakimov A., Toshmuxammedov A. Sabzavot va poliz ekinlari urugʻchiligi. – Toshkent: 2003. – B.50-126. 4. Попов А.А.. Технологии и технические средства производства столовой моркови и свеклы на Северо-Западе Российской Федерации / А.А. Попов, А.М. Валге// Рос. акад. с.-х. наук, Гос. науч. учреждение Сев.-Зап. науч.-исслед. ин-т механизации и электрификации сел. хоз-ва (ГНУ СЗНИИМЭСХ). – СанктПетербург: [СЗНИИМЭСХ], 2007. – 216 с. 5. Тараканов Г.И. Овощеводство: учебник для ВУЗов / Тараканов Г.И., Мухин В.Д., Шуин К.А.; под. ред. Г.И. Тараканова и В.Д. Мухина. - 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Колос, 2003. – 427 с. 6. Сабзи уруғини экиш машинасининг кoнструктив схемасини яратиш / КД Астанақулов, АБЎ Бабажанов, КОЎ Имомов Academic research in educational sciences 3 (3), 74-79 7. Physical-Mechanical Properties of Soil and Carrot Seed / B Atabek, D Shohista, X Ramazonbek. / Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education. newjournal.org zenodo.org 8 8. Development of a seeder design for precise sowing of carrot seeds on a ridge / AB Babojanov, AK Dulliev, AR Turdibekov IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 1076 (1), 012071. 9. Development of a pneumatic drum-type seeding apparatus for two-row seeding soybean and mung bean / KD Astanakulov, KA Baimakhanov, GB Alpamyssova, AB Babojanov. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 839 (5), 052062.