scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUALLIFLIK HUQUQI VA JADAL RIVOJLANAYOTGAN INTERNET

Normamat Ramazonovich Mallayev; Yusupov Zarifjon Erkin o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekistob Respublikasi qonunchiligidagi mualliflik huquqiga oid normalar, mualliflik huquqi tushunchasining ta’rifi, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida mualliflik huquqining qay darajada himoya etilganligi, mualliflik huquqi to’g’risidagi qonunchilikning internet muhitidagi raqamli kontent, bloglar, ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar va boshqa onlayn asarlarni qanchalik qamrab olganligi tahlil qilingan. Shuningdek, mualliflik huquqi buzilishining huquqiy oqibatlari, unga qo’llaniladigan jazolar haqida ham ma’lumot berilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 309 MUALLIFLIK HUQUQI VA JADAL RIVOJLANAYOTGAN INTERNET Normamat Ramazonovich Mallayev Yuridik fanlar nomzodi, dotsent. Yusupov Zarifjon Erkin o’g’li Termiz davlat universiteti Advokatlik faoliyati mutaxasisligi tinglovchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17400734 Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekistob Respublikasi qonunchiligidagi mualliflik huquqiga oid normalar, mualliflik huquqi tushunchasining ta’rifi, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida mualliflik huquqining qay darajada himoya etilganligi, mualliflik huquqi to’g’risidagi qonunchilikning internet muhitidagi raqamli kontent, bloglar, ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar va boshqa onlayn asarlarni qanchalik qamrab olganligi tahlil qilingan. Shuningdek, mualliflik huquqi buzilishining huquqiy oqibatlari, unga qo’llaniladigan jazolar haqida ham ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: Mualliflik huquqi, intellektual mulk, ob’ektlar, badiiy, tasviriy, asarlar, javobgarlik, fuqaroviy da’vo, moddiy zarar, ma’naviy zarar, ma’muriy javobgarlik, jarima, jinoiy javobgarlik, kontrafakt nusxalar, nusxa ko’chirish, WIPO, Bern konferensiyasi, yangiliklar, AI, qonunchilik. АВТОРСКОЕ ПРАВО И БУРНО РАЗВИВАЮЩИЙСЯ ИНТЕРНЕТ Аннотация. В данной статье анализируются нормы законодательства Республики Узбекистан, касающиеся авторского права, дается определение понятия «авторское право», а также рассматривается степень его защиты в законодательстве Республики Узбекистан. Особое внимание уделено тому, насколько законодательство об авторском праве охватывает цифровой контент в интернет-среде, включая блоги, материалы в социальных сетях и другие онлайн-произведения. Кроме того, рассматриваются правовые последствия нарушения авторского права и виды наказаний, применяемых за такие нарушения. Ключевые слова: авторское право, интеллектуальная собственность, объекты, художественные, изобразительные произведения, ответственность, гражданский иск, материальный ущерб, моральный вред, административная ответственность, штраф, уголовная ответственность, контрафактные копии, копирование, ВОИС, Бернская конвенция, новости, искусственный интеллект (AI), законодательство. COPYRIGHT AND THE RAPIDLY DEVELOPING INTERNET Annotation. This article analyzes the provisions of the legislation of the Republic of Uzbekistan related to copyright, defines the concept of “copyright,” and examines the degree of its protection under Uzbek law. Special attention is given to how the copyright legislation covers digital content in the online environment, including blogs, social media materials, and other online works. In addition, the article discusses the legal consequences of copyright infringement and the types of penalties applied for such violations. Keywords: copyright, intellectual property, objects, artistic, visual works, liability, civil claim, material damage, moral damage, administrative liability, fine, criminal liability, counterfeit copies, copying, WIPO, Berne Convention, news, AI, legislation. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 310 Mualliflik huquqi – san’at, fan va adabiyotga oid asarlar yaratgan ijodkorlarning o’z asarlarini qonuniy himoya qilish, ulardan foydalanish va himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan o’zaro huquqlar majmuyidir. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qatʼi nazar, tatbiq etilishi, mualliflik huquqi quyidagi biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etilishi; Yozma (qoʻlyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo); ogʻzaki (omma oldida soʻzlash, omma oldida ijro etish va hokazo); ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo); tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, videoyoki fotokadr va hokazo); hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo); boshqa shakllardagi asarlar shular jumlasiga kirishi, Mualliflik huquqi gʻoyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etilishi aytib o’tilgan. Yana o’sha manbada mualliflik huquqining ob’ektlari haqida ham batafsil ma’lumot berilgan bo’lib, unga ko’ra: adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va boshqa asarlar); dramatik va ssenariy asarlar; matnli va matnsiz musiqa asarlari; musiqali-dramatik asarlar; xoreografiya asarlari va pantomimalar; audiovizual asarlar; rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy sanʼat asarlari; manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼati asarlari; arxitektura, shaharsozlik va bogʻ-park barpo etish sanʼati asarlari; fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻxshash usullarda yaratilgan asarlar; joʻgʻrofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, joʻgʻrofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar; barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari kirishi ma’lumot sifatida keltirilgan. Lekin shuni aytish ham lozimki rasmiy hujjatlar; (qarorlar, qonunlar, va shu kabilar), rasmiy ramzlar va belgilar; (ordenlar, bayroqlar, gerblar, pul belgilari va shu kabilar) xalq ijodiyoti asarlari; oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar; insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar mualliflik huquqi ob’ektlari hisoblanmaydi. WIPO (World Intellectual Property Organisation)ning rasmiy saytida mualliflik huquqi tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi “Mualliflik huquqi (yoki muallif huquqi) — bu ijodkorlarning o‘zlarining adabiy va badiiy asarlariga nisbatan ega bo‘lgan huquqlarini ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 311 ifodalovchi huquqiy tushunchadir.” Stanford universiteti professori Paul Goldstein o’zining “Copyright’s Highway” kitobida shunday deydi “Mualliflik huquqi — bu shaxsning o‘z asaridan nusxa ko‘chirish va boshqalarning bu asardan ruxsatsiz nusxa ko‘chirishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqidir; ya’ni, bu “mualliflik qonuni”dir.” deydi . demak bulardan shunday xulosa chiqarsak bo’ladi “Mualliflik huquqi bu o’zi mustaqil asarlarga ega bo’lish va ruxsatsiz nusxa ko’chirishni taqiqlashni ta’minlovchi huquqdir.” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunida mualliflik huquqi “muallif tomonidan yaratilgan ilmiy, adabiy, san’at asarlari, shuningdek kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalariga nisbatan shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquqlarning majmui” sifatida ta’riflangan. Bu qonun muallifning shaxsiy huquqlarini (asarni o‘z nomi bilan nashr etish, nomini ko‘rsatish, asarni himoya qilish, asar ustida o‘zgartirish kiritishni rad etish) hamda mulkiy huquqlarini (ko‘paytirish, tarqatish, namoyish qilish, ijro etish, efirga uzatish va boshqalar) kafolatlaydi. Qonuniy asoslar va himoya mexanizmlari Mualliflik huquqlari quyidagi asosiy hujjatlar bilan himoyalanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 53-moddada “Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi” deb belgilangan. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun (2006-y.) — asosiy huquqiy manba. Fuqarolik kodeksi – 1031–1111-moddalarida intellektual mulk obyektlariga egalik va foydalanish tartibi belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (1) va Bern konvensiyasi ishtirokchisidir. Bu xalqaro a’zolik mamlakatdagi mualliflik huquqlarini xalqaro standartlar darajasida himoya qilish imkonini beradi. Hozirgi axborot texnologiyalari asrida internet tarmog’i qanchalik rivojlanib borayotgani sayin u yerda monitoring kamligi (ayniqsa, O’zbekiston sharoitida) tufayli mualliflik huquqining buzulishi holatlari ko’paymoqda. Ular quyidagicha holatlarda namoyon bo’lmoqda: 1.Nusxa ko‘chirish va plagiat Eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri — plagiat, ya’ni boshqalarning matnini, musiqasini, rasm yoki videolarini yoki dastur kodini ruxsatsiz olib, o‘z nomidan taqdim etish. Masalan, talabalar internetdagi maqolalarni to‘liq nusxa qilib topshiriq sifatida berishadi; blogerlar yoki sayt egalari boshqa manbalarni o‘zgartirmay joylashadi; YouTube’da esa boshqa kanallardagi videolarni yuklab olib, o‘z foydasiga ishlatish holatlari uchraydi. 2. Ruxsatsiz tarqatish (piratlik) Raqamli mahsulotlar — filmlar, dasturlar, musiqa va elektron kitoblar — pirat saytlar orqali noqonuniy tarqatiladi. Masalan, torrent yoki Telegram kanallarda pullik filmlar va darsliklar bepul tarqatilishi, mobil ilovalarning “crack” qilingan versiyalari tarqalishi, yoki Spotify, Netflix, Adobe kabi xizmatlarning noqonuniy akkauntlari sotilishi keng tarqalgan muammolardir. 3. Ijtimoiy tarmoqlarda kontent o‘g‘irlash ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 312 TikTok, Instagram yoki YouTube Shorts kabi platformalarda foydalanuvchilar ko‘pincha boshqa ijodkorlarning videolarini suv belgisi (watermark)dan holi qilib o‘z sahifasiga qo‘yadi, musiqalar yoki effektlardan ruxsatsiz foydalanadi, hamda tanlangan rasmlar yoki dizaynlarni o‘zgartirib, o‘z nomidan reklama yoki mahsulot sifatida ishlatadi. 4. Sun’iy intellekt (AI) bilan yaratilgan kontent muammosi Oxirgi yillarda AI vositalari yordamida hosil qilingan asarlar mualliflik masalalarini murakkablashtirmoqda: AI ko‘pincha boshqa mualliflarning ishlaridan o‘rganib, ularga o‘xshash natijalar chiqaradi. Shu bois “AI yaratuvchisi kimga tegishli?” degan savol tug‘ilmoqda. Ba’zi mamlakatlarda (masalan, AQSh va Buyuk Britaniya) AI yordamida yaratilgan kontent mualliflik huquqi bilan himoyalanmasligi mumkinligi e’tirof etilyapti. 5. Manba ko‘rsatmaslik (Vikipediya, bloglar va boshqa platformalar) Internetda ko‘plab odamlar manbalarni ko‘rsatmay turib ma’lumotdan foydalanadi. Bunday xatti-harakatlar ko‘pincha “yumshoq buzilish” sifatida qaraladi, lekin ilmiy yoki tijorat maqsadlarda manba ko‘rsatilmasa, bu qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Agarda mualiflik huquqi buzilsa, 1) Fuqarolik-huquqiy (civillik) choralar: Muallif yoki huquq egasi Fuqarolik kodeksi asosida zarar miqdorini aniqlab, moddiy va ma’naviy zararni sud orqali undirishi mumkin; shuningdek, asarni foydalanishni to‘xtatish (taqiq), asarning nusxalarini musodara qilish, zararlarni qoplashni talab qilish huquqi mavjud. 2) Ma’muriy javobgarlik (Ma’muriy kodeks): Ma’muriy jihatdan mualliflik va turdosh huquqlarni buzish uchun javobgarlik belgilangan (Ma’muriy kodeks — 177¹-modda va tegishli bandlar). Sanksiyalar quyidagicha ifodalangan (qisqacha): fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining 5 dan 15 baravarigacha jarima; mansabdor shaxslarga — 15 dan 30 baravarigacha; takroriy yoki jiddiy holatlarda ko‘proq (tartibga ko‘ra 15–30 yoki 30–50 va hokazo). Shuningdek, contrafakt nusxalar, ularni tayyorlashda ishlatilgan materiallar va uskunalar ham musodara qilinishi mumkin. 3) Jinoiy javobgarlik (Jinoyat kodeksi): Mualliflik huquqini o‘zlashtirish yoki ularni qonunga xilof ravishda ko‘paytirish, tarqatish va hokazo — Jinoyat kodeksining 149-moddasi (va unga qo‘shimchalar) bo‘yicha jinoiy javobgarlikka olib keladi. Jinoiy xarakterdagi va katta zarar yetkazilgan holatlarda sanksiyalar og‘irlashishi mumkin. 4) Musodara va boshqa protsessual choralar: Ma’muriy va jinoiy ishlarda (qaror va hukmlar asosida) kontrafakt nusxalar, ularni tayyorlash uskunalari va tarqatishda ishlatilgan materiallar musodara qilinishi nazarda tutiladi. Fuqarolik da’vosi orqali moddiy va ma’naviy zarar undirishni ham mumkin. Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, insonning o’z ijod maxsulini uning roziligisiz o’zlashtirib olish jinoyat hisoblanadi. Bugungi internet tarmoqlari rivojlangandanda-rivojgan davrda bunday holatlar, ayniqsa, ko’paymoqda. Afsuski, O’zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish sohasida dunyo bo’yicha reytingi unchalik yuqori emas. Buning sababi hali aholida huquqiy savodxonlikning pastligida deb aytish mumkin. chunki ko’pchilik birovning ijod mahsulini “o’ziniki“ qilib olganda buning jinoyat ekanligini, hatto, bilmaydi ham. Yana boshqa sabablardan biri Internet materiallaridagi Mualliflik holatlarining buzilish holatlarini monitoring qilib borish juda ham qiyin jarayon hisoblanadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 313 Lekin so’ngi yillarda O’zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga qo’shilish jarayoni ketayotganligi bois, Mualliflik huquqini himoya qilish sohasida qonunchilik hujjatlari yangilanib, yaxshilanib bormoqda. Bunga yaqqol misol sifatida, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga 2025-yil 10-noyabrda boshlab kuchga kiradigan qator o‘zgartirishlarni ko’rsatish mumkin. Xususan, asarning va turdosh huquqlar ob’ektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash va tarqatish uchun foydalanilgan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik qurollarini musodara qilish haqida qo’shimchalar kiritilmoqda. Umid qilamizki, yaqin yillarda O’zbekiston mualliflik huquqining himoya qilinishi sohasida yanayam kattaroq marralarga erishadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – qonunchilik milliy bazasi lex.uz; 2. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi - qonunchilik milliy bazasi lex.uz; 3. O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiqonunchilik milliy bazasi lex.uz; 4. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi - qonunchilik milliy bazasi lex.uz; 5. WIPO ning rasmiy sayti wipo.int; 6. Copyright’s Highway – muallif Paul Goldstein; 7. Fuqarolik huquqi - darslik II qism – TDYU Mualliflar jamoasi Toshkent 2023; 8. O’zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonuniqonunchilik milliy bazasi lex.uz.