BUXORO VILOYATINING TABIIY RESURSLARI, TURISTIK SALOHIYATI VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH
Full text
367 BUXORO VILOYATINING TABIIY RESURSLARI, TURISTIK SALOHIYATI VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH Isayeva M.N., Ergasheva M.K., Sharopova Sh.G’. Buxoro davlat universiteti, O’zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17400943 Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro viloyati tabiiy resurslari umumiy tavsifi, viloyatning turistik imkoniyatlari va ulardan oqilona foydalanish masalalari, mamlakatda rekreatsiya va turizm sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va ularning bugungi kundagi samarasi haqida fikr yuritilgan, shuningdek, viloyatning turistik imkoniyatlari tahlili keltirilgan. Kalit so’zlar: Turizm, rekreatsiya, “Yashil qalqon”, YUNESKO, ekoturizm, voha, cho’lyaylov, strategiya. Abstract: In this article, a general description of the natural resources of the Bukhara region, the touristic opportunities of the region and the issues of their rational use, the measures taken in the field of recreation and tourism in the country and their effectiveness today, as well as an analysis of the touristic opportunities of the region are presented. Key words: Tourism, recreation, Green Shield, UNESCO, ecotourism, oasis, desert-pasture, strategy. Respublikamizda turizm va rekreatsiya sohasi boʻyicha kompleks choratadbirlarni amalga oshirish, xususan uning tabiiy-geografik xususiyatlarini inobatga olishda zamonaviy metodlardan foydalanish boʻyicha keng qamrovli choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ning 35-maqsadi “Oʼzbekiston boʼylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish...” yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, respublikamizda turizm sohasini jadal rivojlantirish boʼyicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, uning iqtisodiyotdagi oʼrni va ulushini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosida xalqaro turizm yildan-yilga rivojlanmoqda. Umuman turizm ikkinchi jahon urushidan so‘ng rivojlana boshladi. 1950yili 25 million kishi sayohatga chiqqan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich yildan yilga ortib bormoqda [5]. Mamlakatimizning sayyohlik salohiyati tobora yuksalmoqda. Qadimiy me’moriy yodgorliklarimiz, madaniyatimiz durdonalari, betakror tabiatimiz butun dunyodan minglab sayyohlarni jalb qilayotir. Yurtimizda ko‘plab zamonaviy mehmonxonalar qad rostladi, sayyohlik infratuzilmasi va servis xizmati jadal
368 rivojlanmoqda. Yangi sayyohlik yo’nalishlari ishlab chiqilayotgani, dam olish maskanlari tobora ko‘payayotgani soha rivojiga ijobiy ta’sir etmoqda. Tinimsiz rivojlanayotgan kishilik jamiyatining hozirgi bosqichida turizm hayotiy ehtiyojlardan biriga aylandi. Ikkinchi tomondan turizm milliy daromad manbai sifatida tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Aniqroq qilib aytganda, mamlakatlarning barqaror rivojlanishida turizm eng istiqbolli (iqtisodiy-ijtimoiy) soha ekanligi namoyon bo’lmoqda. Ayrim mamlakatlarda turizmdan qo’lga kiritilayotgan daromad yalpi ichki mahsulotning 7080 foizini tashkil qilmoqda. Turizm aslida tinchlik, erkinlik va iqtisodiy ma’murchilik belgisidir. Shu boisdan ham turizm dastlab rivojlangan hamda turizm imkoniyatlari yuqori bo’lgan mamlakatlarda rivoj topgan[4]. O’zbekistonda istiqlol yillarida turizm bozorini rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. O’tgan yillar davomida turizmni rivojlantirishning me’yoriyhuquqiy asoslari yaratildi. Turizm xizmatini jahon standartlari talablariga javob beradigan shart-sharoitlari yaratildi va ular takomillashtirilmoqda. Mazkur sohaga tegishli yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi yo’lga qo’yildi. Har yilda Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasining turistik imkoniyatlarini namoyish qilish maqsadida Xalqaro turistik yarmarka va mazkur sohaga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar o’tkazish odat tusiga kirdi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida turizmdan olinadigan daromadlarning ulushi yildan yilga ortib borishiga erishilmoqda. Keyingi yillarda jahon turizmning noan’anaviy turlari: ekoturizm, tarixiyme’moriy, arxeologik, etnografik, diniy, agroturizm, favqulotda hodisalar turizmi kabi sohalar tez sur’atlar bilan ommalashib bormoqda. Qayd qilish joizki, bular orasida ekoturizm O’zbekiston Respublikasi uchun eng istiqbolli yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki, respublikamizda mujassam bo’lgan cho’l, adir, tog’ landshaftlari, inson qudrati bilan yaratilgan moddiy va nomoddiy meroslar betakror ekoturistik mazmun-mohiyatga ega. Bu borada cho’l ekoturizmi bilan bog’liq imkoniyatlar alohida istiqbolga ega. Respublikamiz hududining 70 foizini egallab turgan chala cho’l va cho’l landshaftlari ekoturizmining tabiiy-iqtisodiy-ijtimoiy poydevori hisoblanadi. Ekoturizm bozorini tashkil qilish va rivojlantirish uchun eng avvalo har bir hududning ekologik xususiyatlari va imkoniyatlarini mukammal o’rganish lozim. Chunki, hududning ekologik tabiiy-ijtimoiy asosini bilmasdan turib ekoturizm bozorini samarali tashkil qilib bo’lmaydi. Turizmning barcha turlarini rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqildi. Shuningdek, kichik turistik majmualarga xorijiy investitsiyalar jalb etilmoqda, yangi turistik yo’nalishlar ochilmoqda, tarmoqni rivojlantirish uchun malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
369 BMTning YUNESKO tashkiloti fikricha, O’zbekiston turizm rivojlanib borayotgan davlatlar qatoridan o’rin egallagan. O‘zbekistonda mahalliy va xalqaro turizmni rivojlantirish keyingi yillarida yangi bosqichga ko‘tarildi. Uning huquqiy asoslari yaratildi. Turizm bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilmalar jadal sur’atlar bilan rivojlantirilmoqda. Qayd qilish joizki, bu sohani istiqboli uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon kabi shaharlarda juda katta imkoniyatlar mavjud[3]. Bundan tashqari Respublikamiz tabiati va ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan son-sanoqsiz nodir tabiiy yodgorliklar, urf-odatlar borki, ular milliy turizmni rivojlantirish uchun bebaho manbadir. Xalqaro va milliy turizmni rivojlantirishda Buxoro shahri o‘ziga xos va betakror imkoniyatlarga ega. Albatta, turizmni samarali tashkil qilishda serviz xizmatining darajasi asosiy o‘rin tutadi. Bular orasida ma’rifiy turistik xizmatning mahalliy xususiyatlari alohida ajralib turadi. Quyida, Buxoro viloyatida mavjud bo‘lgan ayrim turistik imkoniyatlarning mazmun-mohiyati haqida fikr yuritamiz. Viloyat hududi (40,3 ming kv. km) cho‘l zonasida joylashgan. Ushbu hudud inson tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasiga ko‘ra cho‘l-voha, cho‘l-yaylov hududlardan iborat [1]. Viloyatning cho‘l-voha qismi inson tomonidan to‘liq o‘zlashtirilgan bo‘lib, boshqariladigan landshaftlardan iborat. Sug‘oriladigan yerlar Buxoro, Qorako‘l va Qorovulbozor vohalarida mujassam bo‘lib, viloyat maydonining atigi 11,4% qismini tashkil qiladi. Ushbu vohalar viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy o‘zagini tashkil qiladi. Viloyatning cho‘l-yaylov qismi 88,6 foizi maydonni tashkil qiladi (X.R.Toshov, 2008). Bu yerda O‘rta Osiyo o‘lkasining janubiy cho‘llariga xos bo‘lgan qumli, qum-chag‘illi, gilli, gipsli, sho‘rxokli, to‘qay, ko‘l-delta, suniy-ko‘l (suv omborlari) va nihoyat sturukturali past-tog‘ cho‘l, alohida ifodalangan plato cho‘l landshaftlari o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, Buxoro viloyatining shimoliy chegarasi yoqasida sobiq ko‘chma qumlar o‘rnida barpo etilgan “yashil qalqon” turistik obyekt sifatida e’tiborga loyiq. Saksovul, qandim, cherkez, yulg‘unzorlardan iborat bo‘lgan cho‘l o‘rmonlari 1925-1941 yillarida ko‘chma qumlar hujumiga qarshi olib borilgan fitomeliorativ ishlarning samarasidir. Bundan tashqari cho‘l zonasida qorako‘lchilik va Buyuk Ipak yo‘li bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy-ijtimoiy indikatorlar: yo‘llar, sardoba, quduq, qo‘sh, qorauy, aullar o‘ziga xos turistik maskanlar hisoblanadi [2]. Viloyatning tarixiy-me’moriy va islom dini bilan bog‘liq bo‘lgan ma’rifiy-turistik imkoniyatlari o‘ziga xos. Buxoro viloyati va uning markazi hisoblangan Buxoro shahri O‘rta Osiyodagi eng qadimgi madaniyat o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda viloyat hududida 1000 ga yaqin tarixiy, tarixiy-
370 me’moriy yodgorliklar borligi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning aksariyat qismi Buxoro shahrida joylashgan. Buxoro shahrida joylashgan Ark (miloddan avval V asr) Somoniylar maqbarasi (X asr) Chashmai Ayub maqbarasi, Mog‘aki Attor, Poyi Kalon ansambili, Minorai Kalon, Masjidi Kalon yodgorliklari, Abdulazizxon madrasasi, Labi Hovuz ansambili, Sitorai Mohi Xossa saroyi (XIX-XX asr) kabi tarixiy va memoriy obidalar ota-bobolarimizning aql-zakovati va manaviy salohiyatidan darak beruvchi nodir durdonalardir. Xususan, kelgusida xalqaro miqyosda tan olingan ko‘plab tarixiy yodgorliklarni muhofaza etish va turistik marshrutlarga qo‘shish, ekoturizm, xalq tabobati, shashmaqom, folklor singari nomoddiy madaniy meroslardan unumli foydalanish orqali viloyatda sayyohlarni yanada keng jalb etish imkoniyatlari mavjud. Buxoro viloyatida quyidagi turizm imkoniyatlari va afzalliklari mavjud, jumladan: - geografik o‘rinning qulay joylashuvi, Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan boy madaniy, tarixiy meros; - landshaftlar rang-barangligi, barhayot boy an’ana va urf-odatlari; - mehmondo‘stlik, turli xil ajoyib taomlar; - mehnat resurslarining nisbatan arzonligi Kelajakda noyob obyektlarga ilmiy asoslangan reja asosida geografik va turistik ekspedisiyalar tashkil etish va turistik marshrutlar ishlab chiqish kerak. Tabiatning nodir go‘shalari odatda insoniyatdan biroz xoliroq hududda joylashganligi uchun ulardan foydalanishda ilmiy yondoshgan holda faqatgina turistik marshrutlar asosida turizmda foydalanish darkor. Buxoro xalqining tarixi va bugungi kundagi etnik ijtimoiy – xususiyatlari, hunarmandchiligi, urf-odatlari, sharqona bozorlari turistlar uchun eng qiziqarli, sevimli mavzu va maskanlardir. Buxoro shahrining “Islom dinining gumbazi”, “Sharq makkasi”, “Buxoroi Sharif”, “Sharq marvaridi” kabi faxrli nomlarga ega bo‘lishi uning naqadar noyob marifiy turistik makon ekanligidan darak beradi. Buxoro viloyatida joylashgan ziyoratgoh joylar, tarixiy-me’moriy obidalar, tabiiy-tarixiy maskanlar, milliy taomlar, madaniyatimiz, mintalitetimiz ramzlaridir. Bular turistlar uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega. Bunday nodir obidalar xalqimizni, yurtimizni sevishga undaydi, o‘tmish madaniyatimiz naqadar ulug‘vor ekanligini anglatadi.
371 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nazarov I.K. Allayorov I.Sh. Buxoro geografiyasi. Buxoro. 1994. 67 bet 2. Nazarov I.Q., Toshov X.R. Cho‘l – yaylov landshaftlarini kelgusida rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari (Buxoro viloyati misolida). Fan va texnika taraqqiyoti. Samarqand, 2007, 101-103 betlar. 3. Ergasheva M.K., Isayeva M.N., Temirova M.A. Quyi Zarafshon okrugining rekreatsion resurslari va ulardan foydalanish imkoniyatlari. Scientific Article. "Ekonomika i sotsium" №10 (125) 2024. 4. Ergasheva M.K., Temirova M.A. Climatic characteristics and climate resources of the Bukhara region. "Ekonomika i sotsium". Jurnal. №:5 (132). 2025. -S.226-230. 5. Ergasheva M., Toshov X.R. Emergence factors and characteristics of landscape science. Web of Conferences 389, 04018 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338904018 UESF-2023.