OROL TUBIDAGI TUPROQLARNI SHAKLLANISHIDA AGROFIZIKAVIY, BIOLOGIK JARAYONLAR VA IQLIM O'ZGARISHI TA'SIRINI BAHOLASH
Full text
377 OROL TUBIDAGI TUPROQLARNI SHAKLLANISHIDA AGROFIZIKAVIY, BIOLOGIK JARAYONLAR VA IQLIM O‘ZGARISHI TA’SIRINI BAHOLASH Kurvantayev R., Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Toshkent Sultashova O.G., Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus Imanmurzaev A.K., Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus Kannazarov Z. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17400980 Annotatsiya: Respublikamizning Amudaryo havzasida suv resurslarining qisqarishi mahalliy va mintaqaviy ekologik muommolarni yuzaga kelishi natijasida degradatsiya jarayonlarini yumshatishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda va muayan natijalarga erishilmoqda, ammo Orol dengizinin qurigan qariyib 5 milion gektar er maydonidan foydalanilmaydi. Kalit (tayanch) so‘zlar: tuproq va suv resurslari, er osti suvlari, sho‘rga chidamli, oq jo‘xori, tabiy sharoit, amarant, mikoza, tabiy unumdorlik, mahaliy bacterial o‘g‘it. Abstract: In the Amu Darya basin of our republic, scientific research is being conducted aimed at mitigating degradation processes caused by the reduction of water resources, which leads to local and regional ecological problems, and certain results have been achieved. However, nearly 5 million hectares of land in the dried-up Aral Sea area remain unused. Keywords: soil and water resources, groundwater, salt-tolerant, sweet sorghum, natural conditions, amaranth, mycosis, natural fertility, local bacterial fertilizer. Respublikamizning Amudaryo havzasida suv resurslarining qisqarishi mahalliy va mintaqaviy ekologik muommolarni yuzaga kelishi natijasida degradatsiy jarayonlarini yumshatishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda va muayan natijalarga erishilmoqda, ammo Orol dengizinin qurigan qariyib 5 milion gektar er maydonidan foydalanilmaydi. Chunki u erlardan foydalanish ilmiy asosi yaratilmaganligiddir. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiysida «…tabiiy suv va er resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish muhim vazifa qilib berilgan» ushbu vazifaga javoban Orol dengzi qurigan tubida shakllanayotgan tuproqzaminlarning xossa xususiyatlarini aniqlash, sodir bo‘layotgan degradatsiy jarayonlarni oldini olish va er va suv resurslaridan samarali foydalabish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistoning taraqiyot strategiysi tog‘risidagi farmoni, 2018-yil 16-
378 oktybrdagi PQ-3975-son «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orol bo‘yi xalqaro innovatsion markazini tashkil etish to‘g‘risidagi» qarori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 132-son «Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda yashil qoplamalar-himoya o‘rmonzorlari tashkil etishni jadallashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarori» va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot natijalari muayyan darajada xizmat qiladi. Orol dengizining qurigan tubida tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariining, agrofizikaviy xossalarini o‘zgarishini o‘rganish va ushbu xossalarga moslashishini hisobga olgan holda sho‘rga chidamli bo‘lgan o‘simliklar va mikroorganizmni birga qo‘llash texnologiyasi yaratiladi ba ulardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish bo‘yich ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Sho‘rga chidamli o‘siimlik navlari oq jo‘xori, amarant, Afrika tarig‘i ushbu o‘simliklarhi urug‘i va vegetasiya davrida poyaci quyidagi mikroorganizmlar bilan ishlov beriladi: Teria-S - yuqori samarali tabiiy, tuproq unumdorligini va qishloq xo‘jaligi ekinlarini hosildorligini va sifatini oshiradigan maxaliy yangi avlod bakterial o‘g‘it. Tarkibi: tirik bir hujayrali, sho‘rga va nokulay tuproq va ob-havo sharoitlarga chidamli ko‘p xususiyatli maxalliy foydali fosfor, kaliy, kremniy, kalsiy, azot, uglerod va boshqa makro-mikroelementlarni parchalovchi tuproq bakteriyalaridan foydalaniladi. Tadqiqotlar natijasida degradatsiya uchragan sho‘rlangan tuproqlarida, tuproq iqlim sharoitiga ko‘ra yog‘ingarchilik bilan ta’minlanganligi, sho‘rlanganlik darajasi, tuproq mexanik tarkibiga, sho‘rlangan tuproq sharoitida turli o‘simlik navlarida maxaliy bakterial o‘g‘itlarni qo‘llash agrotexnologiyasini ishlab chiqish maqbul hajm va me’yorlarini belgilab ilmiy asosda tuproqqa kam ishlov berish va mulchalash hamda bargidan “Yashil yangi avlod” bioo'g'iti bilan oziqlantirish agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish orqali yuqorida ko‘rsatilgan muammolar hal etiladi. Kutilayotgan natijalar va ularning imiy ahmiyati. Tadqiqotlar va izlanishlardan kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat: -dala tajribalari uchun degradatsiyaga uchragan Orol dengizining qurigan tubida sho‘rlangan yer maydonlari tanlab olinadi. Yer maydonlari tabaqalashtirilgan holda sho‘rlanish darajalarga ajratiladi hamda kelib chiqish sabablari aniqlanadi; -tanlab olingan yr maydonlarining agrokimiyoviy, agrofiziraviy va sho‘rlanush darajalari, mikrobiologik faoliyati aniqlanadi
379 - shoʻrlangan tuproq sharoitida tabiiy resurslar asosida olingan maxaliy Teria-S bakterial o‘g‘itini o‘simliklarni ekish oldidan urug‘lariga va rivojlanish davrlarida barglar orqali Yashill bioo'g'iti qoʻllaniladi; - sho‘rlangan tuproqlarda yetishtirilgan turli o‘simlik turlariga qo‘llanilgan maxaliy organic oʻgitini, Teria-S va Yashil bioʻgitlarni ta’sirida suv-fizikaviy, fizikmexanik, kimyoviy hamda agrokimyoviy xossa-xususiyatlarini, mikrobiologik faoliyatini va sho‘rlanish darajasini o‘zgarishi o‘rganiladi. - shoʻrlangan tuproqlarda maxaliy organic oʻgitini, Teria-S va Yashil bioo‘g‘itlarni turli o‘simlik navlarini rivojlanishiga, hosil toʻplashiga, hosil saqlab qolishiga, miqdoriga va sifatiga taʼsiri oʻrganiladi; - Orol dengizining qurigan tubida sho‘rlangan yer maydonlari tuproq sharoitida turli o‘simlik navlarida tabiiy resurslar asosida olingan mahalliy organic oʻgitini, yangi avlod bioo‘g‘itlarni qoʻllash agrobiotexnologiyasi ishlab chiqiladi; - mahalliy organic oʻgitini va yangi avlod bioo‘g‘itlarni qoʻllashni iqtisodiy va biologik samaradorligi aniqlanadi hamda maqbul qoʻllash meʼyorlari va muddatlari boʻyicha tavsiya tayyorlanadi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi hamda patent olishga hujjat topshiriladi. Kutilayotgan natijalarning ilmiy ahamiyati degradatsiyaga uchragan Orol dengizining qurigan tubida sho‘rlangan yer maydonlarining sho‘rlanish darajasi, tuproq xossa xususiyatlari aniqlanadi, sho‘rlangan yer maydonlarini GAT texnoligiyalari asosida tuproq sho‘rlanish xaritalari, sho‘rlangan tuproqlarda yetishtiriladigan turli o‘simlik navlariga yangi avlod bioo‘g‘itlarni qo‘llash orqali suv-fizikaviy, fizik-mexanik, kimyoviy hamda agrokimyoviy xossa-xususiyatlarini, mikrobiologik faoliyatini va sho‘rlanish darajasini yaxshilashga oid tavsiyalar ishlab chiqiladi. Список литературы: 1. Кирнасовская Н. В. Комплексная оценка и районирование показателей тепловых ресурсов почв в Одесской области //Український гідрометеорологічний журнал. – 2014. – №. 15. – С. 102-110. 2. Sultashova O. et al. Modeling of Temperature Mode of the Soil //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. – 2020. – Т. 24. – №. 04. – С. 6057-6068. 3. Sultashova O. G., Kewnimjaeva A. A. The importance of soil thermal regime in the life of plants //Экономика и социум. – 2021. – №. 4-1 (83). – С. 399-402. 4. Султашова О. Г., Далжанов К. О., Файзуллаева А. Х. По вопросу агроклиматического районирование территории Каракалпакстана //Инновационный потенциал развития науки в современном мире. – 2020. – С. 329-334. 5. Султашова О. Г., Утеулиев М. О., Рахимбаев О. Д. Роль метеорологических и агрометеорологических прогнозов в шелководстве //Символ науки. – 2018. – №. 6. – С. 3536.
380 6. Султашова О. Г., Султашов Р. Г. ПОЛНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АГРОМЕТЕОРОЛОГИЧЕСКИХ И ГИДРОПРОГНОЗОВ В МЕЛИОРАТИВНОМ ДЕЛЕ УЗБЕКИСТАНА //ИННОВАЦИОННЫЙ ПОТЕНЦИАЛ РАЗВИТИЯ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ. – 2020. – С. 334-340. 7. БУГУН К. GEO-ECOLOGICAL PROBLEMS OF ARAL BASIN: SCIENTIFIC IDEAS, RESEARCH, INNOVATIONS //Этнографическое обозрение. – 2013. – №. 4. – С. 49-64.