scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIBBIY VA SOG'LOMLASHTIRISH TURIZIMINING TARKIBIY TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI

Rustamov U.; Maxmudova G.X.

Full text

385 TIBBIY VA SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZIMINING TARKIBIY TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI Rustamov U. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi tayanch doktoranti Maxmudova G.X. Samarqand shahridagi Prezdent maktabi geografiya fanni o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17400998 Annotatsiya: Ushbu maqolada tibbiy turizm sohasidagi mavjud ilmiy va amaliy manbalarni tahlil qilgan holda unga a’loqador sog‘lomlashtirish turizmi, tibbiy turizm, davolash turizmi, sog‘liqni saqlash turizmi kabi terminlarning izohi berildi va o‘zoro farqlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Tibbiy turizm, sog‘lomlashtirish turizmi, davolash turizmi, sog‘lik uchun sayohat, sog‘liqni saqlash turizmi. Abstract: This article analyzes the existing scientific and practical sources in the field of medical tourism, explains related terms such as wellness tourism, medical tourism, treatment tourism, and health tourism, and analyzes the differences between them. Keywords: Medical tourism, wellness tourism, treatment tourism, health travel, health tourism. Bugungi kunda jahonda yuz berayotgan globalizatsiya jarayonlarining tezlashib borishi davlatlardan turizm tarmog‘ini rivojlantirish orqali muhum masalalarni echish imkoniyatini yaratishni taqozo etmoqda. Shu jumladan, respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning muhum yo‘nalishlaridan biri turizm sohasini rivojlantirish eng dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilandi. Dunyo turizmida O‘zbekistonning o‘rni ham salmoqlidir, sayyohlarning mamlakatimizga tashrifi ortib borishida xalqimizning mehmondo‘stligi, san’atsevarligi, o‘ziga xos hunarmandchiligi, mehnatsevarligi kabi xislatlari ham ta‘sir etadi. Biroq imkoniyatlardan oqilona foydalanilmayotganligi sohaning xizmat ko‘rsatish va eksportdagi hisassi aholini ish bilan taminlashdagi o‘rni jahon o‘rtacha ko‘satkichlaridan sezilarli darajada pastdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2024-yil 23-sentiyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish” bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ335-son qarorida Mamlaktimizda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi imkoniyatlaridan to‘liq hamda samarali foydalanish, tibbiy turizm klasterlari va mehmonxona tipidagi zamonaviy sanatoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘shimcha qo‘llabquvatlash tizimini yaratish maqsad qilib qo’yildi. 386 Tibbiy turizm urganganimizda mavjud ilmiy va amaliy materiallarda unga bevosita tegishli bo‘lgan toifalarni (sog‘liqni saqlash turizmi (health tourism), davolash turizmi, sog‘lomlashtirish turizmi (wellness tourism), davolash-rekreatsiya turizmi, kurot turizmi (spa tourism)) ko‘rishimiz mumkin. Ta’kidlash joizki, ilgari ilmiy va amaliy ma’noda “tibbiy turizm” atamasi ko‘pincha “davolash turizm” atamasi bilan almashtirilgan bo‘lsa, “sog‘liqni saqlash turizmi” atamasi kamroq qo‘llanilgan. Biroq, so‘nggi yillarda tibbiy turizm professional muloqot va keng jamoatchilik o‘rtasida muomalada bo‘lgan asosiy toifaga ya’ni terminga aylandi. Shu bilan birga, tibbiy turizmning mohiyatini ochib berish maqsadida biz uning oldingi ta’riflaridan ham foydalandik, ular zamonaviy “tibbiy turizm” toifasining sinonimi sifatida ishlatilgan. Yillar davomida xorijiy geograflar va iqtisodchilar: AQSHda M.Bookman (2007), K.Bookman (2007), M.D.Horowitz (2007), J.A.Rosensweig (2007), Yevropada L.K.Rixter, Milica Rančić (2019), H. Nahrstedt (1997), William Cooper, V.A.Navedrik (2005) S.Kaspar, A.M.Vetitnev (2010), A.S.Kuskov, G.Yu.Shekin, P.A.Gerasimov, V.V.Galkin, S.O.Vasileva, E.F.Seleskerova, R.M.Navodnichiy, A.V.Dzyubinoy, A.A.Torgashevoy, A.A.Fedyakina (2001), M.S.Oborin, A.V.Babkin, N.A.Saveleva, E.L.Dracheva, G.Yu.Shekin, V.F.Kazakov (2002), M.N.Pokoladnaya, A.N.Razumov (1999), E.R.Yashina (1999) va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarida tibbiy turizm yoki unga a’loqador toifalarning ayrim masalalarini muhokama qilishgan. Ilk marotaba Shveysariyalik iqtisodchi D.Nahrstedt (1997) davolash turizmi haqida quyidagicha ta’rif beradi “davolash turizm - bu sayyohlarning (mahalliy va xorijiy) doimiy yashash joyini o‘zgartirgan holda balneologik va boshqa kurortlarga tashrif buyurishi, bunday turistlarga o‘zlarining shaxsiy javobgarligi ostida shaxsiy to‘lovlarni amalga oshirish orqali sog‘lomlashtirish dasturlarini taqdim etishi.” [7]. Rossiya tibbiy turizm ilmiy maktabining asoschilaridan biri V.F.Kazakov (2002) esa davolash turizmini – “qoida tariqasida, mijozning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan sof tibbiy xususiyatga ega sanatoriya-kurort faoliyatiga nisbatan turistik dam olish shakllarining ustuvorligi asosida kurort yoki sanatoriy sharoitida dam olish va davolanishning kombinatsiyasi” deb ta’riflaydi. [6]. Yevropa va AQSHda an’anaviy ravishda davolash va sog‘lomlashtirish maqsadlari bilan bog‘liq turizmning ikki turi ko‘rib chiqiladi: tibbiy turizm va sog‘lomlashtirish turizmi [5]. Sog‘lomlashtirish turizmi maxsus sog‘lomlashtirish dasturi orqali kasalliklarni oldini olish va solomatlikni mustahkamlashga qaratilgan turizm [5] 387 Sog‘lomlashtirish turizmi jismoniy, psixologik yoki ma’naviy faoliyatlar orqali salomatlik mustahkamlash maqsadida dunyo bo‘ylab ixtiyoriy sayohatdir. [9] 1-jadval Tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi o‘rtasidagi farqlar Xususiyat Tibbiy turizm Sog‘lomlashtirish turizmi Tibbiy turistning asosiy maqsadi Profilaktika va sog‘lom hayot tarzini saqlash va yaxshilash, stressdan xolos bo‘lish. Aniq bir kasallikni davolash yoki tibbiy muolajani o‘tash. Tibbiy turistning ehtiyoji Dam olish, energiyani qayta tiklash. Sog‘lig‘iga jiddiy tahlikka solgan muammoni bartaraf etish. Faoliyat turlari Spa, yoga, meditatsiya, massaj, detoks, fitness, tabiat bilan vaqt o ‘tkazish. Jarrohlik, stamatologiya, onkologiya, kardiologiya va boshqa ixtisoslashtirilgan davolashlar. Davomiyligi Odatda qisqa (bir hafta yoki undan kam) Uzoq muddatli (davolash va tiklanish jarayoniga qarab) Natija O‘zini yaxshi his qilish, energiyani oshirish. Kasallikning tuzalishi yoki yaxshilanishi. Manba: Muallif asosida tuzildi Tibbiy turizmiga keng ma’nodagi tarifni P.A.Gerasimova berdi “tibbiy turizm nafaqat bemorlar va mehmonlarning, balki tibbiyot xodimlari, diagnostika va jarrohlik asbob-uskunalari migratsiyasini ham o‘z ichiga oladi” [8]. Shuni takidlash kerakki, tibbiyoti rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan bozorlardan shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlarining o‘ziga xos, yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakatning boshqa hududlariga yoki boshqa davlatlarga safarlari tibbiyot amaliyotida tobora kengayib bormoqda. Bundan kelib chiqadiki tibbiy turizmda nafaqat bemorlar balki shifokorlar ham ishtirok etishi mumkin. Tibbiy turizm toifalaridan biri bo‘lgan sog‘liqni saqlash turizmi haqida Amerikalik marketing mutaxassisi va tibbiy turizm bo‘yicha maslahatchi William Cooper tibbiy turizmni sog‘liqni saqlash turizmi bilan bir manoni anglatuvchi atam deydi, uni “butun dunyoni qamrab olgan ulkan va jadal rivojlanayotgan sanoat” deb tariflaydi [10]. Tibbiy turizim – bu sayyohlik sohasidagi davolanish chet elda dam olish bilan birlashtiruvchi imkoniyatini beruvchi yo‘nalish. Bemorlarga eng zamonaviy, dunyoga mashhur tibbiyot markazlarida professional tibbiy yordam ko‘rsatiladi[2]. Amerikalik olimlar M. Booklman va K. Bookmanlarning tibbiy turizmga bergan tariflariga asosan – o‘z sog‘ligini yaxshilsh maqsadida sayohatlar, shuningdek, xizmatlar savdosini birlashtirgan iqtisodiy faoliyat bo‘lgan ikki sektor: tibbiyot va turizm [3]. Ayni paytda millionlab odamlar tibbiy muolajalar va dam 388 olishni birlashtirish uchun mamlakatlar va mintaqalar bo‘ylab harakatlanishadi. Bunday muhim migratsiya tashkilotchi mamlakat yoki mintaqa iqtisodiyoti uchun katta iqtisodiy ahmiyatga ega [4]. Tibbiyot yoki sog‘lomlashtirish maqsadida boshqa mamlakatga yoki mintaqaga sayohat qilish doim ham tibbiy turizmda ishtirok etayotganlikni anglatmaydi. Tibbiy turizm va sog‘ik uchun sayohatning ma’lum farqlari mavjud (1.2.-jadval). 2-jadval Tibbiy va sog‘lik uchun sayohat farqlari Tibbiy turizm Sog‘lik uchun sayohat Ko‘pincha plastik jarrohlik, stomatologik qoplamalar, vazn yo‘qotish jarrohligi kabi tanlovli muolajalar Odatda tibbiy mutaxassis tomonidan o‘z mintaqasida yoki mamlakatida mavjud bo‘lmagan muhim davolanish uchun yuboriladi Bemorning vatanida davolanish mumkin bo‘lsa-da, ular yaxshiroq kelishuv uchun chet elga sayohat qilishadi Agar bemor o‘z mamlakatida davolanish narxini ko‘tara olmasa, chet elda davolanishga majbur bo‘lishi yoki sug‘urta kompaniyasi tomonidan yuborilishi mumkin. Bemor sayohatni uchinchi tomon provayderi orqali tashkil qiladi va ko‘pincha qisqa ta’til va diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun tanaffusni o‘z ichiga olishi mumkin. Bemorni tibbiy mutaxassis yoki sug‘urta provayderi yuboradi va u vaqtini kasalxonada o'tkazish ehtimoli ko‘proq - turizm bemor uchun ustuvor ahamiyatga ega emas. Manba: https://www.william-russell.com/blog/what-is-medical-tourism/ Yashab turgan hududingizda o‘z kasalligingizni davolashning butkil imkoniyati yo‘qligi sababli boshqa shahar, boshqa mintaqa yoki boshqa davlatga borib davolanishga majbur bo‘lishi davolanish uchun sayohat bo‘ladi. Bunda bemor o‘z vaqtini kasalxonada o‘tkazadi, turizm esa bemor uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Demak yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi bir-biridan farq qiladigan turlari sifatida rivojlanmoqda va o‘ziga xos hududiy xususiyatlarga ega. Adabiyotlar: 1. 2022-2026 йилларга мўлжалланган “Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида” ги Ўзбекистон Республикаси президентининг фармони ПФ-60 сонли. 2022йил. 28-январ. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish” bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-335-sonli qarori. 2024-yil 23-sentiyabr 3. Bookman M. & Bookman K. medical tourism in Developing Countries. New York: Palgrave MacMillan, 2007. 4. Samandarov O.A. “Turizm bozorida tibbiy turizmning tutgan o‘rni va O‘zbekistonda sohani 389 rivojlantirish uchun xorij tajribalarini qo‘llash”, 2022. 5. Ветитнев А.М. Лечебный туризм: учебник / А.М. Ветитнев, А.С. Кусков. – М.: ФОРУМ, 2010. – 592 с. 6. Опыт организации лечебного туризма в санатории средней полосы России / В.Ф. Казаков // Курортные ведомости, 2002. – № 2. – С. 10–12. 7. Nahrstedt H. Die Kurorten Medizine und Vorteile. – Bern, 1997. – P. 197. 8. Герасимов П.А. Особенности поставки и потребления медицинских услуг в современных международных экономических отношениях / П.А. Герасимов // Российское предпринимательство, 2013. – № 22 (244) / ноябрь. – С. 215–244. 9. Dimon, Anne (24 October 2013). "Wellness Travel: 10 Trends for 2014 and Beyond". Travelmarketreport.com. Retrieved 1 December 2013. 10. https://www.william-russell.com/blog/what-is-medical-tourism/