scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORAZM VILOYATI AHOLISI MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI BILAN TA'MINLANGANLIGINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI

Abdullayev A.G.; Gulimmatova I.B.

Full text

416 XORAZM VILOYATI AHOLISI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI BILAN TA’MINLANGANLIGINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI Abdullayev A.G., Gulimmatova I.B. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat Universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17401186 Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalariga doir ma’lumotlarini tadqiq qilgan holda, Xorazm viloyati maktabgacha ta’lim muassasalari va ularning hududiy jihatlari kartografik tahlil qilingan. Kalit so‘zlar maktabgacha ta’lim muassasalari, tarbiyalanuvchilar, pedogog kadrlar, hududiy jihatlar, ijtimoiy geografik ko‘rsatkichlar Annotation: In this research work, kindergartens in the Khorezm region and their territorial aspects were analyzed by a using cartographic approach based on study of data on kindergartens in the Republic of Uzbekistan Keywords: kindergartens, children, pedagogical personnel, territorial aspects, cartographic method, social geographic indicators Maktabgacha taʼlim muassasalari – bolalarning eng erta rivojlanish bosqichida, ayniqsa 0–5 yosh oralig‘ida intelektual, jismoniy va ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda asosiy omil sanaladi. Jahon Banki ma’lumotlariga ko‘ra, kam va o‘rta daromadli xalqlarda 250 milliondan ortiq besh yoshgacha bo‘lgan bolalar rivojlanish potentsialiga yetishmayapti, xususan ularning faqat taxminan 20 % ga yaqini maktabgacha ta’limga ega [1]. Butun dunyo bo‘ylab uch yoshdan oltigacha bo‘lgan bolalarning atigi 60 %i maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qiy oladi. Shunday ekan, bu davr — eng samarali va samaradorlik jihatdan arzon sarmoya davri bo‘lib, ushbu davrda amalga oshirilgan sarmoyaning natijalari uzoq muddatda sezilarli bo‘ladi. Empirik tadqiqotlar maktabgacha taʼlimning ijtimoiy-iqtisodiy foydalarini aniq ko‘rsatadi. James Heckman va hamkasblari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, har bir sarflangan dollar uchun $7 dan ortiq, hatto ba’zi hollarda $7–$10 gacha jamiyat foydasi qaytadi [2]. Abecedarian dasturi ishtirokchilarida kuzatilgan asosiy natijalar – o‘qish va matematikadan 1.8 va 1.3 darajaga ko‘tarilish, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinish ehtimolining sezilarli darajada oshishi, jinoyatchilik va ijtimoiy yordamga muhtojlikning kamayishi – bunga yorqin tasdiq hisoblanadi [3]. Bundan tashqari, sifatli maktabgacha ta’lim dasturi orqali kam ta’minlangan bolalarda adabiyot va raqamlar sohalarida qobiliyatlarini sezilarli darajada kuchaytirish mumkinligi isbotlangan. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim tizimidagi 417 korrupsiya sohasini kamaytirishga, ijtimoiy barqarorlikka va iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. Yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash, sifatli ta’lim va tarbiya berishda maktabgacha ta’lim muassasalari ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Yoshlarni kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan iqtidorli yoshlar qilib tarbiyalashda sifatli uzluksiz ta’lim tizimini hamda undagi ilk bosqich maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini har tomonlama talablarga javob beradigan shaklda tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan davlatlar tajribasidan ma’lumki, aholining uzluksiz sifatli ta’lim tizimi hamda zamonaviy ta’lim muassasalari bilan ta’minlanganligi mamlakatning barqaror rivojlanishida eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. BMT tomonidan “Barqaror rivojlanish” konsepsiyasida ham to‘rtinchi usutvor maqsad “Har bir insonni qamrab oluvсhi odil va yuqori sifatli ta’lim tizimini ta’minlash va ta’lim olishiga rag‘batlantirish” ga qaratilgan [4]. Respublikamizda ham “O‘ZBEKISTON-2030”strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlashga doir islohotlarni amalga oshirish belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil PQ-308-son “O‘zbekiston Respublikasida 2024-2030-yillarda davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish chora -tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorida 300 mingdan ortiq tarbiyalanuvchilar sig‘imiga ega maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish maqsadida 2026-yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va boshqarishni tashkil etish belgilangan [5]. Ishning maqsadi va vazifalari: Maktabgacha ta’lim muassasalarini geografik xususiyatlarini tahlil qilgan holda, mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini hududiy tashkil qilish bo‘yicha fikrmulohaza hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat. Asosiy qism: Ta’lim tizimini isloh qilish natijasida keyingi yillarda bir qator ijobiy natijalarga erishilmoqda. Jumladan, 2019-yilda 7104 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lib,ulardan 506 tasi (79 %)-davlat, 63 tasi idoraviy va 1473 tasi (21%) nodavlat ta’lim tashkilotlari bo‘lib, 2023-yil statistika ma’lumotiga ko‘ra 35973 ta ya’ni qariyb 5 barobar ko‘paygan. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, aholining uzoq muddatli o‘rtacha o‘sish sur’atlari 1,7-1,8%ni tashkil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida o‘lim koeffitsiyentining boshqa barcha yosh guruhlariga nisbatan pastligini hisobga olganda, 3-7 yoshdagi bolalar sonining o‘sishi butun aholi sonining o‘sish sur’atiga 418 qaraganda yuqoridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili O‘zbekiston Respublikasida 700 mingdan ortiq bola tug‘iladi, bu esa o‘z navbatida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Maktabgacha ta’lim tizimida olib borilgan islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni va sifat ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari soniga ko‘ra Farg‘ona viloyati (1089,0), Samarqand viloyati (969,0), Toshkent shahri (927,0) yetakchilik qilsa, 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishga darajasiga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlar Buxoro (81,2%), Navoiy (80,6%), Andijon (79,6%) viloyatlarida, past darajasi esa Qashqadaryo (56,2), Surxondaryo (59,8%) va Toshkent (66,5%) viloyatlarida kuzatilmoqda. Xorazmda esa ushbu ko‘rsatkich 79,5%ni tashkil qiladi [6]. Xorazm viloyatida ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda sifatli ta’lim tizimini tashkil qilishda ijobiy o‘zgarishlar mavjud. Jumladan 2010-yilda Xorazm viloyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlari 357 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2023-yilda maktabgacha ta’lim muassasalari soni 2065 tani tashkil qilgan. Xorazm viloyati statistik ma’lumotlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalari soni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkish Hazorasp (355ta), Gurlan (223) va Shovot (207) tumanlarida, past ko‘rsatkichlar esa Tuproqqal’a (50), Yangibozor(81) va Yangiariq (111) tumanlarida ko‘rishimiz mumkin (1-rasm). 1-rasm.Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida mualliflar tomondan tayyorlandi Lekin MTM soni yuqori bo‘lganligi ushbu xizmatga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qamrab olishni anglatmaydi. Shu sababdan hududlar kesimida bog‘cha yoshidagi aholi soni MTM laridagi o‘rinlar nisbatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. 419 Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o‘rinlar bilan ta`minlanganligi (1000 bolaga to‘g‘ri keladigan o‘rinlar)-maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘rinlar sonini 3-6 yoshdagi aholi soniga bo‘lib 1000 ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. 3-6 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichimaktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 3-6 yoshdagi bolalarni mazkur yoshdagi aholi soniga nisbatini aniqlaydi va qamrab olish darajasiga ko‘ra Urganch shahrida qamrab olish darajasi 80 % dan yuqori qolgan barcha tuman va shaharlar qamrov darajasi 80% dan past ekanligini ko‘rishimiz mumkin (2-rasm). 2-rasm.Statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan tayyorlangan(2023-y.) Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sifatli ta’limni tashkil qilishda pedagog kadrlarning ahamiyati katta. Jumladan, 2010-yil maktabgacha ta’lim muassasalari yo‘nalishida 56476 nafar pedagog kadrlar mavjud bo‘lib, 2023-yil holatiga ko‘ra 167570 nafar qarib 3 barobarga ko‘paygan. Xorazm viloyatida maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM) hududiy taqsimlanishida mavjud aholi soni va talab inobatga olingan. Ammo barcha qariyb 200 ming tarbiylanuvchining 1/5 qismi qamrab olinmagan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Urganch va Xiva shaharlariga, eng past ko‘rsatkich esa Urganch (57%), Xiva (53%), Xonqa (59%) tumanlarida qayd etilgan (3-rasm). Viloyat bo‘yicha hududlar miqyosida MTM joylashtirishda faqat qamrovni emas, balki ularni oqilona joylashtirishni hisobga olish zarur. Masalan MTM kamida 20-30 yillik kelajakda potensial talab, masofa qulayligi, infratuzilma imkoniyatlari va o‘zgarishi kabi ko‘rsatkichlar inobatga olish talab qilinadi. Tahlillarga ko‘ra MTM joylashuviga bir qancha omillar ta’sir qiladi: Maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM) obyektlarini joylashtirish jarayonida 420 birinchi navbatda demografik omillar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bolalar sonining hududiy taqsimoti, aholining yoshi bo‘yicha tarkibi, tug‘ilish darajasi va aholi zichligi MTM obyektlariga bo‘lgan talabni belgilab beradi. Masalan, tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan va aholisi zich hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalarini ko‘proq qurish zarur bo‘ladi. Shu sababli demografik ko‘rsatkichlarni muntazam monitoring qilish va tahlil qilish MTMlarni optimal joylashtirish uchun muhimdir. 3-rasm Xorazm viloyati maktabgacha ta’lim muassasalari kartasi Ikkinchi muhim omil — ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar. Aholining daromad darajasi, mehnat bozoridagi faoliyati, shuningdek, davlatning ta’lim sohasiga ajratadigan budjet mablag‘lari MTM obyektlarining joylashuvi va quvvatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori daromadli va iqtisodiy rivojlangan hududlarda xususiy MTMlarning ko‘pligi kuzatilsa, iqtisodiy jihatdan sust rivojlangan hududlarda ko‘proq davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan muassasalarga ehtiyoj tug‘iladi. Bundan tashqari, ota-onalarning ish joyiga yaqin joylarda MTM qurish ijtimoiy ehtiyojlarni samarali qondirish imkonini beradi. Uchinchi omil — hududiy-rejalashtirish va infratuzilma imkoniyatlaridir. MTM obyektlarini qurishda transport qulayligi, xavfsizlik talablari, yashil hududlarning mavjudligi, ekologik holat va urbanizatsiya jarayonlari hisobga olinadi. Shuningdek, shahar va qishloq hududlaridagi farqlar ham muhim: shaharlarda transport oqimi va yer tanqisligi, qishloqlarda esa aholi tarqoqligi muassasa 421 joylashtirishda o‘ziga xos yondashuvlarni talab qiladi. Shu bois maktabgacha ta’lim muassasalarini joylashtirish kompleks rejalashtirish, ya’ni demografik, iqtisodiy va hududiy omillarni uyg‘un hisobga olish orqali samarali tashkil etiladi. Xulosa MTM aholining ijtimoiy holati va ta’lim sifatini belgilovchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. MTMning soni, ularni hududlarda optimal tashkil qilinganligi, faoliyatining barqarorligi, infratuzilma va moddiy texnik bazasining talab darajasida ekanligi, pedagog kadrlarning salohiyati mamlakat kelajagi uchun xizmat qiladigan yetuk va barkamol yoshlarni tarbiylashda muhim masalalardan bir bo‘lib qoladi. Xorazm viloyatida MTM joylashtirishda aholi soni yillik dinamikasi va aholining ijtimoiy barqarorligini hisobga olgan holda maqbul joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki mazkur ko‘rsatkichlar potensial talabni baholash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari turli hududlardagi infratuzilma sharoitlari va transport uchun qulayligi ham soha obyektlari faoliyatining barqarorligini belgilab beruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://www.worldbank.org/en/topic/earlychildhooddevelopment?utm_source 2. https://en.wikipedia.org/wiki/Early_childhood_education?utm_source 3. https://en.wikipedia.org/wiki/Abecedarian_Early_Intervention_Project?utm_source 4. https://sdgs.un.org/goals/goal4 5. https://lex.uz/docs/-6600413 6. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/bolalarga-oid-statistika 7. https://www.xorazmstat.uz/uz/rasmiy-statistika/social-protection-2 8. Umurzakova D.E. “Maktabgacha ta’lim xizmatlarini rivojlantirishning xorij tajribasi” “Iqtisodiyot va Turizm” xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali, 2022 yil, №6(8) 9. Н.Р.Шаропова “Мактабгача таьлим хизматлари бозорида маркетинг тадкикодларини такомиллаштириш” номли Автореферати. Тошкент. 2021 10. Солиев А., Қаршибоева Л. Иқтисодий географиянинг назарий ва амалий масалалари. – Т., 1999.