GEOGRAFIYA FANLARINI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN XORIJIY TAJRIBALAR
Full text
431 GEOGRAFIYA FANLARINI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN XORIJIY TAJRIBALAR Gaypova R.T. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti geografiya kafedrasi Docenti Abdurahmanov S.T. Namangan davlat pedagogika instituti, Tabiiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi, PhD Sapaeva M.M. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2-bosqich magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17401234 Annotatsiya. Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida interaktiv metodlardan-кartalar bilan ishlash, dala amaliyotlari, raqamli ta'lim vositalari va geografik axborot tizimlaridan (GAT) keng foydalanish geografiya darslarini qiziqarli va samarali qilishga xizmat qilishi, shuningdek, geoekologik muammolarni o'rganish, hududiy tahlil va global o'zgarishlar kabi mavzularni o'quvchilarga chuqur tushuntirishda xorijiy amaliyotlar o'ziga hos jihatlari bayon etilgan. Kalit so’zlar: xalqaro tajriba, amaliyot, modul, GAT, geografiya, tarmoq, integratsiya, bilimlar majmui, ko'nikma. Abstract. This article describes the unique features of foreign practices in explaining to students in depth topics such as the study of geoecological problems, regional analysis, and global changes, as well as the widespread use of interactive methods - working with maps, field practices, digital educational tools, and geographic information systems (GIS) - based on the experience of foreign countries. Key words: international experience, practice, module, GAT, geography, network, integration, body of knowledge, development. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida geografiya fanining o'quvchilarga berilishi, ularning hududiy tafakkurini, ekologik ongini va tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, geografiyani zamonaviy, innovatsion usullar asosida o'qitish ta'lim sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari asosida geografiyani o'qitish yondashuvlarini o'rganish va ularni mahalliy ta'lim tizimiga moslashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Rivojlangan mamlakatlarda geografiya ta'limining mazmuni sifat jihatidan yuqori bo'lib, o'quvchilar ma'lum ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Bu davlatlarda geografiya ta'limi ko'proq muammolarni, turli nazariya va qonunlarni, kategoriyalarni o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, o'quvchilarga o'zlashtirishda birmuncha qiyinchiliklar tug'diradi. Rivojlangan g'arb mamlakatlari geografiya ta'limida ta'limning ruhiy jabhalari asosiy o'rinni egallagan. O'quvchi ruhiyati, uni bilish faoliyatini o'rganish va
432 qobiliyatiga katta e'tibor beriladi. Geografiya ta'limi tadqiqotlari psixologlar ishtirokisiz deyarli amalga oshirilmaydi. Сабаби, geografiya ta'limida turli matnlar, o'yinlar, imitatsiya keng qo'llaniladi. Masalan, o'quvchi biror kompaniya prezidenti sifatida fikrlaydi, ish yuritadi, biror muammoni hal qiladi, o'zi tahlil qiladi va xulosalar chiqaradi. Umuman bunda ta'limning asosiy maqsadi o'quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat.[1] Dunyo miqyosida geografiya fani nafaqat tabiiy jarayonlarni o'rgatish, balki ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy holatlarni chuqur tahlil qilishga xizmat qiluvchi muhim fan sifatida e'tirof etiladi. Masalan, Finlyandiya, Germaniya, AQSh, Yaponiya kabi mamlakatlarda geografiya ta'limi zamonaviy pedagogik texnologiyalar, GAT (Geografik Axborot Tizimlari), raqamli кartalar, multimedia vositalari va dalatadqiqot ishlari bilan uyg'unlashtirilgan holda olib boriladi. Bunday yondashuvlar o'quvchilarda geografik bilimlarni chuqur o'zlashtirish, ularni hayotda qo'llay olish ko'nikma ва компетенцияларини shakllantirishga xizmat qiladi. Ayrim davlatlarda maktab geografiya darslari amaliyot bilan boyitilgan bo'lib, real hayotiy misollar asosida tahliliy va muammoli yondashuvlar qo'llaniladi. AQSh maktablarida, masalan, o'quvchilarga GIS dasturlari orqali o'z shahar yoki mintaqasini o'rganish imkoniyati beriladi. Germaniyada esa geografik ta'lim ekologik barqarorlik va iqlim o'zgarishlariga bag'ishlangan amaliy loyihalar bilan to'ldiriladi. Finlyandiya ta'lim tizimida esa fanni o'rganish o'quvchilarning hayotiy tajribasi va shaxsiy qiziqishlari asosida tashkil qilinadi. Ushbu xorijiy yondashuvlar O'zbekiston ta'lim tizimi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda geografiya fanini o'qitishda ko'proq an'anaviy usullar qo'llaniladi, o'quvchilarning mustaqil tahlil qilish, axborotlarni vizual vositalar orqali tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishga yetarlicha e'tibor berilmayapti. Shu sababli xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish va ularni moslashtirib joriy qilish o'quv jarayonini interaktiv, samarali va zamonaviy holatga keltiradi. Geografiya fanini o'qitishda xorijiy tajribalarni o'rganish va tatbiq etishda bir qator ilmiy manbalar tahlil qilinadi. Asosiy adabiyotlar sifatida xalqaro ilmiy jurnallar, ta'lim standartlari, metodik qo'llanmalar va ta'lim sohasidagi ilmiy maqolalar xizmat qiladi. Misol uchun, Finlyandiya, Germaniya, AQSH va Yaponiya ta'lim tizimlarida geografiya fanining o'qitilishi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar, amaliy tajribalar va innovatsion metodlar sharhlanadi. Tahlil jarayonida asosiy e'tibor interfaol va loyiha asosida o'qitish metodlariga, raqamli texnologiyalardan foydalanishga (GIS, interaktiv кartalar), hamda fanlararo yondashuvga qaratiladi. Shuningdek, o'quvchilarning mustaqil faoliyatini
433 rag'batlantirish, ekologik ongni shakllantirish va amaliy mashg'ulotlarga alohida urg'u beriladi. Metodik jihatdan, xorijiy tajribalarni o'zlashtirishda taqqoslash, analitik va sintez metodlari keng qo'llaniladi. Ta’lim jarayonida olingan natijalar asosida samarali o'quv rejalari va dasturlar ishlab chiqiladi, bu esa geografiya ta’limining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Dunyoning ilg'or ta'lim tizimlariga ega davlatlarida geografiyani o'qitishda innovatsion uslublar keng qo'llaniladi. Masalan, Finlyandiyada ta'lim integratsiyalashgan, ya'ni geografiya boshqa fanlar bilan uyg‘un holda o'qitiladi. AQShda GIS (Geographic Information System) texnologiyasi yordamida o'quvchilar кarta bilan ishlashni, tahlil qilishni va qaror qabul qilishni o'rganadilar. Germaniyada esa geografik ta'lim ekologiya, barqaror rivojlanish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan amaliy mashg'ulotlar bilan boyitiladi. Bu tajribalarni o'zimizning ta'lim tizimiga moslashtirish orqali fan o'qitish samaradorligini oshirish mumkin. Buning uchun xorijiy dasturlarni tahlil qilish, o'qituvchilarni xorijiy tajriba asosida qayta tayyorlash, metodik qo'llanmalar yaratish zarur. Muammoni hal qilishning eng samarali yo'llaridan biri bu - raqamli texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq etishdir. Masalan, GIS va GPS texnologiyalarni qo'llash orqali o'quvchilar atrof-muhit, geografik ob'yektlar, resurslar, joylashuv va masofani aniqlashni o'rganadilar.Virtual sayohatlar, 3D кartalar, interaktiv testlar orqali o'quvchilar mavzuni vizual tarzda o'rganib, tezroq tushunadilar. Multimedia vositalar yordamida murakkab jarayonlar - tog'lar hosil bo'lishi, vulqonlar faolligi, iqlim zonalari o'zgarishi kabi mavzularni tushuntirish osonlashadi. Xorijiy tajribada geografiya fani orqali o'quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahlil qilishi, muammoga yechim topishi kabi ko'nikmalari ustuvor hisoblanadi. Bu yondashuv bizning ta'lim tizimimizda ham joriy qilinishi lozim. Geografiyani o'qitishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy maktablar bilan tajriba almashish, onlayn darslar, qo'shma loyihalar, vebinarlar tashkil etish orqali o'qituvchi va o'quvchilar bilim doirasini kengaytirish mumkin. Xorijiy tajribalarni to'g'ridanto'g'ri ko'chirib olish emas, balki ularni mahalliy sharoitga moslab ishlab chiqish muhim. Har bir mamlakat o'zining tabiiy-geografik sharoiti, madaniyati va ijtimoiy tizimiga ega. Shuning uchun o'quv materiallari ham ushbu omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak. Geografiya fani bo'yicha respublikamizda xorijiy mamlakatlarning ta'lim tajribasidan kelib chiqqan holda quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin: ➢ dars jarayonida faollashtirish, muammoli hamda tadqiqot xarakteriga ega bo'lgan yangi g'oyalar yaratish;
434 ➢ tizim yoki faoliyat yo'nalishini o'zgartirishga qaratilgan aniq maqsadlar qo'yish; ➢ noan'anaviy yondashuvlar, odatiy bo'lmagan tashabbuslar orqali harakatga keltiruvchi, ta'lim jarayonining sifatini kafolatlaydigan innovatsion metodlar yaratish va amaliyotga tatbiq etish; ➢ o'quv topshiriqlari, nostandart testlardan iborat bo'lgan darslik va o'quv qo'llanmalarni yaratish; ➢ o'qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to'la tushunishi va o'z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur. Xorijiy tajribani to'liq qabul qilish emas, balki uni mahalliy sharoitga moslashtirish muhim. Maktab atrofi, mahalla, shahar yoki qishloq hududlarini o'quv materiali sifatida o'rganish darslarni jonlantiradi. Har bir hududdagi tabiiy resurslar, muammolar va rivojlanish istiqbollariga oid real ma'lumotlar asosida topshiriqlar ishlab chiqiladi. Xorijiy tajribalarning muvaffaqiyatli tatbiq etilishi uchun o'qituvchilarga doimiy metodik yordam zarur. Raqamli metodik platformalar yaratish va ularda o'qituvchilar o'z tajribasi bilan o'rtoqlashishi uchun imkoniyat yaratish maqsadga muvofiq bo'ladi. Dunyoning ko'plab davlatlarida geografiya ta'limida eng ko'p qo'llaniladigan usullar quydagilar hisoblanadi. 1) Evristik suhbat usuli. Bunda e'tibor o'quvchilarni ko'proq mustaqil bilim olishga, kichik tadqiqotlar qilishga o'rgatishdan iborat. Rasmlar, turli xil hujjatlar, vositalar asosida muammolar va savollar o'quvchilar diqqatiga havola etiladi. Bunday usul ko'proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zellandiya, Garbiy Yevropa davlatlarida keng tarqalgan. 2) Tarqatmalar usuli. Bunda turli chizmalar, jadvallar, кartalar va boshqa tarqatma materiallar tarqatiladi. Bu tarqatmalar vazifasiga ko'ra turlicha ko'rinishda bo'lishi mumkin. Masalan, tarqatma materialda xatoliklar beriladi va o'quvchilar bu xatoliklarni topish, ularni yechish yo'llarini izlashlari lozim bo'ladi. Turli xil misollar va masalalar yechish ham o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini oshirish tufayli ulardan keng qo'llaniladi, o'quvchilarda ishbilarmonlik, uddaburonlik hislatlarini shakllantirish uchun ham ko'proq misol va masalalardan foydalaniladi. 3) To'g'ri-noto'g'ri usuli. Matnlar, ya'ni javoblar to'g'ri, noto'g'ri tarzda aralashtirilib berilishi shulardan to'g'risini raqamlar bilan belgilab ajratish ham keng qo'llaniladigan usullardandir. 4) Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo'llanmalardan foydalanish, matematik modullashtirish keng tarqalgan o'qitish metodlari hisoblanadi. Ayniqsa
435 diskussiya, rivojlangan mamlakatlar geografiya talimida keng tarqalgan. Hozirda mamlakatimizda darslik va o'quv qo'llanmalar xorijiy davlatlardagi kabi tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Bu masalani hal etishda o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga ynaltirilgan ta’lim mazmunini belgilashda ustuvor maqsad bo'lishi zarur. Ta'lim mazmunini belgilashda o'qitish texnologiyasi va o'quvchi tomonidan bajariladigan talimiy topshiriqlarni aniq rejalashtirish talab etiladi.[2] Geografiya fanini xorijiy tajribalar asosida o'qitish natijasida o'quv jarayonida sezilarli ijobiy o'zgarishlar kuzatiladi. Bunday yondashuv, avvalo, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshiradi va ularning bilimlarini real hayot bilan bog'lash imkonini yaratadi. Xorijiy tajribalarda keng qo'llaniladigan GIS, GPS, interaktiv кartalar va virtual dala mashg'ulotlari orqali o'quvchilarda geografik axborotni tahlil qilish, кarta bilan ishlash, muammoli hududlarni aniqlash kabi amaliy ko'nikmalar shakllanadi. Ular nazariy bilimlarni hayotda qo'llay oladigan darajaga yetadilar. Geografik jarayonlarni faqat yodlab olish emas, balki ularni tahlil qilish, sabab-oqibat aloqalarini aniqlash, mintaqaviy farqlarni tushunish orqali o'quvchilarda tanqidiy tafakkur shakllanadi. Bu esa ularni kelajakda har qanday kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatli bo'lishlariga zamin yaratadi. Mamlakatimizda geografiya fanini yangi ta'lim texnologiyalari asosida qo'llash uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Lekin mazkur texnologiyalarni qo'llash bo'yicha ilmiy-metodik ishlar juda sust olib borilmoqda. Rivojlanagan mamlakatlar xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlarda ta'limda qollanilayotgan innovatsion usullarning aksariyati o'quvchilarning kreativ fikrlashi va qobiliyatini hisobga olgan holda olib boriladi.[2] Zamonaviy usullar, innovatsion texnologiyalar, xalqaro tajribalar asosida tashkil etilgan darslar samarali, interaktiv va tushunarli bo'ladi. Bu esa umumta’lim maktablaridagi geografiya fanining o'qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi. Xorijiy tajribalardan foydalanish o'qituvchilarni o'z ustida ishlashga, yangi metodlarni o'rganishga undaydi. Ular darslarni interaktiv, hayotiy, vizual vositalar bilan boyitilgan shaklda olib borishni o'zlashtiradi. Natijada o'qituvchilarning pedagogik salohiyati oshadi. Geografiya fani boshqa fanlar bilan uzviy bog'lab o'qitilganda, o'quvchilarda kompleks bilim va ko'nikmalar shakllanadi. Bu yondashuv ularning keng qamrovli dunyoqarashga ega bo'lishlariga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, xorijiy ta'lim tajribalari geografiya fanini o'qitishni zamonaviy, amaliy va interaktiv darajaga olib chiqishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Ularni to'g'ri o'zlashtirish va mahalliy sharoitga moslashtirish ta'lim
436 jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va yosh avlodning ekologik ongini rivojlantirishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati: 1. Vahobov X.; Alimqulov N.; Sultanova N.Geografiya o`qitish metodikasi Toshkent OOO «Aktiv print» 2021 22b. 2. Madiyar Daniyarovich Abdullayev. Geografiyani o'qitishda xorijiy mamlakatlar tajribasi. Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022 ISSN: 2181-1385 3. Аргунова М.В. Экология и устойчивое развитие в системе образования / М.В.Аргунова // Наука и школа. - 2009. - N 2. - С.4-7. 4. Иванов Ю.В. Методика преподавании географии. –Брест: БрГУ, 2012420 с. 5. Mamatova Ya., Sulaymonova S. O’zbekiston mediata’lim taraqqiyoti yo’lida. (o’quv qo’llanma) –T.: «Extremum-press». 2015. 6. Nikadambaeva H.B. «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fanini o’qitish jarayoniga kompyuter va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bo’yicha uslubiy qo’llanma. – T.: O’zMU, 2011. – 115 b. 7. Шадиметов Ю. Ш. Актуальные проблемы эколгического образования и воспитания. Монография. Ташкент. 2018. 245 с 8. Sultonova N.B. Abdimurotov O.U. “O‟zbekiston tabiiy geografiyasi kursida Keys-stadi texnologiyasidan foydalanish”. Geografiya fani va talimning zamonaviy muommolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 20 may 2015-yil 423-426-bet 9. Abdimurotov O.U. Umumtalim maktablari oquv atlaslari mazmunini takomillashtirish (5, 6 va 7sinf atlaslari misolida). Ўзбекистон География жамияти ахбороти, 56-жилд – Т., 2019. 10. Abdimurotov O.U. The importance of preparing future geography teachers for the international PISA program. “Экономика и социум” электронное научно практическое периодическое издание. Выпуск №5(72) май, 2020. 11. Shernayev A.O‟. The System Of Working With Maps In Geography Lessons In Secondary Schools Of Uzbekistan. Jour of adv research in dynamical & control systems, vol. 12, special issue -06, 2020