FARG'ONA VODIYSI BALANDLIK-LANDSHAFT GEOTIZIMLARIDA TABIATNI MUHOFAZA QILISH MASALALARINI GLOBALLASHUVI VA O'ZGARISHI
Full text
495 FARG’ONA VODIYSI BALANDLIK-LANDSHAFT GEOTIZIMLARIDA TABIATNI MUHOFAZA QILISH MASALALARINI GLOBALLASHUVI VA O’ZGARISHI Xamidov A.A., Muqumjonov M.D Farg’ona davlat universiteti, O’zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17401394 Annotatsiya:Ushbu maqolada Farg’ona vodiysi va unga tutash hududlarda olib borilgan tabiiy geografik tadqiqotlarning natijalari asosida hududda tabiatni muhofaza qilish, balandlik mintaqalaridagi geoekologik holatlar va tabiatdan foydalanish ularni optimallashtirish masalalari atroflicha ko’rib chiqilgan Kalit so’zlar: Balandlik mintaqalanishi,antorogen ta’sir, geotizimlar, geoekologik xolat, intensiv rivojlanish, antropogen omil Annotation: This article, based on the results of natural geographical research conducted in the Fergana Valley and adjacent areas, comprehensively examines the issues of nature protection in the region, geoecological conditions in high-altitude regions, and optimizing their use of nature. Key words: Altitudinal regionalization, anthropogenic impact, geosystems, geoecological condition, intensive development, anthropogenic factor Farg’ona vodiysining cho’l, adir, tog’, yaylov kabi balandlik mintaqalarida turli tabiiy va tabiiy-antropogen geosistemalar shakllangan. U qadimdan sug’orib kelinayotgan voha, aholisi tez o’sayotgan va zich yashayotgan, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan industrial-agrar rayondir. SHu sababli vodiyning tabiati antropogen ta’sir natijasida o’zgarishlarga uchrab, yildan-yilga unda noqulay geoekologik muammolar tug’ilmoqda. Vodiy hududida olib borilayotgan tabiiy geografik va geoekologik tadqiqotlarning asosiy vazifasi undagi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, geosistemalarning tabiiy evolyutsiyasi va antropogen ta’sir tendentsiyasi nisbatini optimal qulaylikda saqlashga imkon beradigan usullar va tadbirlarni ishlab chiqish uchun geosistemalarning hozirgi holatini baholashdir. Bunda geosistemalarning hosil bo’lishida va inson xo’jalik faoliyati natijasida vujudga kelgan salbiy ekologik oqibatlarni boshqarishda tabiiy komponentlarning rolini va ahamiyatini aniqlash muhimdir [1]. Vodiyning geoekologik muammolarini yechishda hozirgi ekologik holatning hududiy tarqalish xususiyatlarini o’rganish ham zarurdir. CHunki, har bir geosistemaga qilinayotgan antropogen ta’sirning turi va ko’lami hamda bu ta’sirga nisbatan geosistemaning barqarorlik darajasi har xil bo’ladi.
496 Demak, har bir geosistemada ekologik vaziyat va uni optimallashtirish yo’llari ham turlicha bo’ladi. Jumladan, vodiyning cho’l voha geosistemalarida atmosfera havosi, suvlar, tuproq qoplamining ifloslanishi, yer resurslarining suv va shamol eroziyasi, suffoziya, sho’rlanish, zaxlanish, botqoqlanish, zichlanish va boshqalar ta’sirida qisqarishi yoki yomonlashuvi, ekinlar, tabiiy va tabiiy-antropogen geosistemalardagi o’simlik, hayvonot dunyosi tarkibining o’zgarishi, suv havzalarini eftroflanishuvi va boshqalar bilan izohlanadi. Adir geosistemalarida suv eroziyasi, sel oqimlari, tuproq qoplamining o’zgarishlari va ifloslanishi, biogen komponentlarning kamayishi, tuproq sho’rlanishi va botqoqlanishi va boshqalar kuzatiladi. Tog’ geosistemalarida suv eroziyasi, sel oqimlari, o’rmonlarning kesilishi, foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida tabiiy muhitning o’zgarishi va ifloslanishi, surilmalar, tog’ qulashlari, karst hodisalari, qor ko’chkilari, zilzilalar, biogen komponentlar tarkibini o’zgarishi va boshqalar rivojlangan. Suv resurslaridan oqilona foydalanishning geografik-ekologik aspektlari, sug’oriladigan mintaqalarda antropogen omil ta’sirida landshaftlarning o’zgarishi va uning ekologik oqibatlari to’g’risida Yu.Sultonov, A.Maqsudov, A.Qozoqov, K.Boymirzaev va boshqalar o’zlarining ilmiy fikrlarini e’lon qildilar. Jumladan, vodiyning atroflaridan oqib tushadigan daryolar (Oqbura, Aravon, Isfayram, So’x, Kosonsoy, va boshq.) ning aksariyat suvlari Sirdaryoga yetib kelmasdan sug’orishga sarf bo’ladi. Sug’orishning ekstensiv rejimda ekanligi, suvdan nooqilona foydalanish Markaziy Farg’ona hududida mintaqaga xos bo’lmagan landshaft ko’rinishlarini, ya’ni botqoqlanish, grunt suvlarining ko’tarilishi va boshqalarni keltirib chiqardi. So’x yoyilmasining yuqori qismidagi Burgandi dashtlarini, adirlarini sug’orish natijasida yer osti suvlarining sathi yuqoriga ko’tarilib, yerlarning meliorativ holatini yomonlashtirdi. Bulardan tashqari vodiy hududida joylashgan suv omborlarining atroflarida ham shunday ahvolni kuzatish mumkin. Suv resurslari, ayniqsa yer osti suvlari sanoat korxonalari ta’sirida ifloslanmoqda [2]. Voha geosistemalarida suv havzalariga oqava suvlar keltirgan azot, fosfor, kaliy va boshqa kimyoviy moddalar suv sifatini yomonlashuviga va ularni ifloslanishiga (eftroflanishuviga) sabab bo’lmoqda. Bularning barchasi vodiy hududida yer usti va yer osti suvlaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Suv bilan bog’liq bo’lgan gidromorfli jarayonlarning aynan avtomorf sharoitlar o’rnida vujudga kelishi tabiiy landshaftlarning ham o’zgarishiga olib keladi. Farg’ona vodiysining yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish muhim davlat ahamiyatiga ega bo’lgan vazifadir. Vodiyda yer juda
497 cheklangan, shuning uchun yer resurslaridan foydalanishda intensiv xo’jalik yuritish tizimlarini ishlab chiqib amaliyotga tadbiq qilish kerak. Hozirgi kunda yer resurslari zahlanish, botqoqlanish, sho’rlanish, tuproq eroziyasi, zichlanish hamda yerlardan qurilish va boshqa maqsadlarda foydalanilishi sababli yildan-yilga yana kamayib bormoqda. Endigi asosiy masala Farg’ona vodiysi yer resurslaridan, tuproqdan foydalanishni intensiv yo’lga quyish uchun hududning g’arbiy qismlarida tuproqning gumus qatlamini saqlab qolish uchun shamol eroziyasini kamaytirish maqsadida ixota o’rmonlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir (Mirzajonov, 1973) Markaziy Farg’onada sho’rlanish, botoqlanish va boshqa ekologik holatlarni oldini olish maqsadida zovur tizimlarini boshqarish, tog’oldi tekisliklari, adirlar, adir orti cho’kmalarida suv eroziyasi (jarliklar, karst, o’pqonlar, surilmalar va b.) bilan bog’liq masalalarni hal qilish hozirgi kunning dolzarb masalalariga aylanib bormoqda [3]. Vodiyning g’arbiy qismi «Qo’qon» va «Bekobod» shamollariga ro’para hisoblanadi. Bu shamollar esgan vaqtida qishloq xo’jalik yerlariga katta zarar yetadi. SHamol eroziyasi natijasida bu hududda paxta hosili 34,5 tsentnerdan 22,1 tsentnerga tushib qoldi. Bunga asosiy sabab, K.M.Mirzajonovning g’oyasi asosida 1962 yillardan boshlab Qo’qon zonasi hududlarida tuproq eroziyasini oldini olish maqsadida ixota o’rmonlari tashkil etilgan edi. Keyinchalik bu ixota o’rmonlarining aholi tomonidan kesib yuborilishi oqibatida shunday holatlar sodir bo’ldi. Vodiy sharoitida shamol eroziyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlarining maqbul yo’lini ko’rsatuvchi bu g’oyani yanada rivojlantirish vaqti yetib keldi [4]. Tuproq eroziyasidan tashqari vodiyning janubi-sharqiy, janubiy va janubig’arbiy qismlarida katta yer maydonlari juda sho’rlanib ketgan, bular o’z navbatida ekinlar hosilini kamaytirib, tuproq strukturasini buzilishiga olib keladi. Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish borasida mana shu sho’rlangan yerlarning sho’rini yuvish, yahob suvlariga, ochiq va yopiq drenaj tizimlariga katta e’tibor berilishi kerak. O’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab Farg’ona vodiysi hududida katta maydonlarni o’zlashtirilishi munosabati bilan tabiiy holda o’sadigan o’simliklar maydoni juda qisqarib ketdi. Xo’jaliklarni ekstensiv yo’ldan rivojlanishi bir vaqtning o’zida yaylovlarning ham maydonini qisqarishiga olib keldi. Farg’ona vodiysi sharoitida chorva hayvonlari uchun ozuqabop o’simliklarni yetishtirish nafaqat almashlab ekish hisobigagina emas, balki lalmi dehqonchilik mintaqalarida agrofitotsenozlarni ham tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, vodiy hududining o’simlik dunyosi juda ham xilma-xil, bu xilma-xillikni biz ayniqsa uning balandlik bo’yicha landshaftlarini mintaqalanishida yaqqol ko’rishimiz mumkin. R.SHonazarovning (1995) ta’kidlashicha, vodiy hududida dorivor o’simliklarning
498 ham tarqalgan areallari mavjud. SHuning uchun hududda o’simlik dunyosini va umuman foydali o’simliklarni saqlab qolish uchun tabiiy landshaftlarni qishloq xo’jalik aylanmasiga tortmaslik hamda agrofitotsenozlarni tashkil etish lozim [5]. Endilikda inson omili ta’sirida vodiy hududining 60%dan ortiq maydoni antropogen va tabiiy-antropogen landshaftlar ko’rinishiga ega bo’ldi. Bularning barchasi vodiy hududida aholi sonining tez o’sishi, qishloq xo’jaligini ekstensiv rivojlantirish, suv resurslaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi, zamin qazilma boyliklaridan foydalanish imkoniyatining qulayligi va boshqlar bilan bog’liq. Aynan chala-cho’l, cho’l, adir, tog’, yaylov landshaftlari bo’yicha ya’ni dengiz sathidan 350 metrdan 4 000 metrgacha bo’lgan balandliklar oralig’ida tabiiy landshaftlarni saqlab qolish hamda mavjud antropogen landshaft ko’rinishlaridan intensiv foydalanish va har bir vertikal mintaqada xo’jalikning qaysi sohalarini rivojlantirish mumkinligi g’oyasi A.A.Rafiqov va A.A.Nazarovlar tomonidan ilgari surilmoqda. Bu g’oya Farg’ona vodiysida tekislik, tog’oldi va tog’ geosistemalarini ekologik-geografik asosini ilmiy va amaliy jihatdan muhofaza qilishga imkon beradi [6]. Farg’ona vodiysi shaharlari atrofi tabiiy landshaftlari antropogen omil ta’sirida juda ham o’zgarib ketmoqda. Bu masalada Qirg’izistonlik geograflar S.Ergashev va boshqalar shaharlar atrofi landshaftlarining antropogen omil ta’sirida o’zgarishini chuqur tahlil qilib, tabiiy landshaftlar maydonining qisqarib borishini foizlarda ifodalashgan [7]. I.Abdug’aniev tomonidan ilgari surilgan g’oyada shaharlar atmosferasini yaxshilash borasida ekilajak daraxtlar turlariga katta e’tibor berilishi ta’kidlanadi. Bunda asosiy e’tibor daraxtlarni, chang, har xil is, toksik gazlarni yutib qolish va shu bilan birga yonma-yon ekilgan turli xil turdagi daraxtlarni ko’kka intilish qobiliyatlarini ham hisobga olish kerak. Bu g’oya iloji boricha tezroq amaliyotga tadbiq qilinishi darkor. CHunki hozirgi kunda Farg’ona vodiysi shaharlarida atmosfera havosini ifloslanish darajasi juda yuqori. Berilgan g’oyani amalga oshirish bir vaqtning o’zida magistral yo’llarni ko’kalamzorlashtirish hamda sanoat korxonalari atroflarida sanitar-himoya zonalarini tashkillashga ham turtki bo’ladi [8]. Farg’ona vodiysi hududining tabiiy va antropogen landshaftlarining hozirgi ekologik-geografik holati va ularni optimallashtirish masalalari bilan mahalliy geograf olimlar shug’ullanmoqdalar. Ular hududda geoekologik vaziyatlarni yaxshilash borasida o’zlarining tabiiy geografik va geoekologik g’oyalarini, fikrlarini hamda qarashlarini ifodalab berdilar.
499 Umuman, Farg’ona vodiysining cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarining turli landshaftlarida olib boriladigan tabiiy geografik, geoekologik va bioekologik tadqiqotlar hamda bu tadqiqotlar natijasida hududni geoekologik holatini yaxshilash va uning tabiatidan oqilona foydalanish bo’yicha yo’nalishlar, chora-tadbirlar tizimi hozirgi kunda ishlab chiqilgan. Havo, suv, tuproqni sanoat, transport chiqindilari bilan ifloslanishi, o’simlik va hayvonlarni antropogen omil ta’sirida yo’qotishlarni bundan buyon izchillik bilan kamaytirib borish maqsadida 3-5-10 yilga mo’ljallangan viloyat hokimliklari darajasida reja, dasturlar ishlab chiqish vaqti yetib keldi. Bunda hududdagi havo va suv havzalarini bulg’ayotgan barcha korxona, muassasalarning ishlab chiqarish texnologiyalarini eng yangi takomillashgan gaz, chang va oqova suvlarni tozalovchi moslamalar bilan ta’minlash yoki ba’zi bir eski sanoat korxonalarini yangi loyiha asosida qaytadan qurish bilan tashqariga chiqarilayotgan chiqindilarni kamida yarmigacha va undan keyin esa 75%, kelajakda 90 % ga qadar kamaytirish rejasini amalga oshirish shu kunning dolzarb vazifasiga aylanmoqda. Modomiki, Farg’ona vodiysi hududi iqtisodiy nuqtai nazardan agrar-industrial rivojlanish yo’lida taraqqiy etaveradi. SHuning uchun hududni geoekologik holatini yuqorida keltirilgan tabiiy geografik va geoekologik qarashlar asosida, ya’ni, qishloq xo’jaligida o’zlashtirilayotgan tekislik, adir, tog’oldi hududlarini litologik, geomorfologik, tuproq sharoitlariga bog’liq holda tuproqning qalinligi, tuz-gips mavjudligi, sug’orishda esa gruntning litologik tarkibi, rel’ef qiyaligi (ayniqsa adir va tog’oldi hududlarida) va boshqalarga katta e’tibor berilishi lozim. Hudud suvlaridan samarali foydalanish, sug’orish texnologiyasining zamonaviy uslublarini ishlab chiqish (mahalliy sharoitga mos keladigan), tuproq eroziyasining barcha turlarini oldini olishga mumkin qadar ko’proq e’tibor berish va shu bilan birga sanoat, qurilish, transport, kommunal xizmat sohalarida tabiatni muhofaza qilishga katta e’tibor berish, tabiatdan, uning boyliklaridan foydalanishning oqilona yo’llarini ishlab chiqib amaliyotga tadbiq qilish va eng asosiysi aholini ekologik ongini, savodxonligini, madaniyatini oshirib borish hozirgi kunning eng zaruriy va qo’llanilishi lozim bo’lgan tadbiriy choralaridir. Xulosa o’rnida shunday izohlash mumkinki, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, rekulьtivatsiya masalalari siyosiy-ma’muriy chegarada emas, balki tabiiy geografik chegarada amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’lar ekan. Bunga Farg’ona vodiysi tipik misoldir [9].
500 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Хамидов А.А. Физико-географические исследования в Ферганской долине и их геоэкологическое значение// Автореф. Дисерт. на соискан. уч степен Boymirzaev K.M. Farg’ona vodiysi tabiatini muhofaza qilishning geografik-ekologik asoslari. // K.Boymirzaev va boshq., Qozoqov A.va boshq. Namangan: 2003. 147 b. 2. Мирзажонов К.М. Ветровая эрозия орошаемых почв Узбекистана. //Изд-во «ФАН». - Ташкент: -1973. -С.32-40, 94-213. 3. SHonazarov R., Abdug’aniev O. Markaziy Farg’ona o’simliklari va ularni muhofaza qilish // Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va Farg’ona vodiysining ekologik muammolari. Ilmiy-amal. anjum. mater. 26-28 noyabr 1999. –Farg’ona. 2001. -B. 50-52. 4. Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. –Toshkent: O’qituvchi. 1997. -110 b. 5. Ergashev A.O’zbekiston tabiatidagi noyob biologik yodgorliklar va ularni muhofaza qilish. – Toshkent: O’qituvchi. 1995. -135 b. 6. Abdiganiev I. Farg’ona vodiysi geosistemalarini optimallashtirishning ekologo-geografik asoslari // Farg’ona davlat universiteti ilmiy xabarnomasi. –Farg’ona. 1996. -№ 2. -B. 69-73.