TASVIRIY SAN'ATDA KOMPOZITSIYANING AHAMIYATI VA QONUNIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada tasviriy san’atda kompozitsiyaning ahamiyati, nazariy asoslari, qonuniyatlari va amaliy ahamiyati yoritiladi. Kompozitsiya san’at asarining g‘oyaviy mazmunini ochib beruvchi, badiiy ta’sirchanligini oshiruvchi eng muhim omillardan biri sifatida tahlil qilinadi. Unda markaz, ritm, muvozanat, proporsiya, kontrast va rang uyg‘unligi kabi qonuniyatlarning o‘rni ko‘rsatiladi. Shuningdek, statik va dinamik, simmetrik va assimmetrik, dekorativ va konstruktiv kompozitsiya turlarining xususiyatlari yoritiladi. Kompozitsiyaning ta’lim jarayonida o‘qitilishi, o‘quvchilarda ijodiy tafakkur va estetik didni shakllantirishdagi o‘rni alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 162 TASVIRIY SAN’ATDA KOMPOZITSIYANING AHAMIYATI VA QONUNIYATLARI 1Karaxanova Tumaris Oljas qizi, 2Xaydarova Charos Xamza qizi 1,2San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi 2bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403160 Annotatsiya. Ushbu maqolada tasviriy san’atda kompozitsiyaning ahamiyati, nazariy asoslari, qonuniyatlari va amaliy ahamiyati yoritiladi. Kompozitsiya san’at asarining g‘oyaviy mazmunini ochib beruvchi, badiiy ta’sirchanligini oshiruvchi eng muhim omillardan biri sifatida tahlil qilinadi. Unda markaz, ritm, muvozanat, proporsiya, kontrast va rang uyg‘unligi kabi qonuniyatlarning o‘rni ko‘rsatiladi. Shuningdek, statik va dinamik, simmetrik va assimmetrik, dekorativ va konstruktiv kompozitsiya turlarining xususiyatlari yoritiladi. Kompozitsiyaning ta’lim jarayonida o‘qitilishi, o‘quvchilarda ijodiy tafakkur va estetik didni shakllantirishdagi o‘rni alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Kompozitsiya, muvozanat, tafakkur, ritm, peysaj, proporsiya, kontrast, dekorativ, assimetrik, dinamik, simmetrik. Abstract: This article highlights the importance, theoretical foundations, principles, and practical significance of composition in fine arts. Composition is analyzed as one of the most important factors that reveal the ideological content of a work of art and increase its artistic impact. It shows the role of such laws as center, rhythm, balance, proportion, contrast, and color harmony. The features of static and dynamic, symmetrical and asymmetrical, decorative and constructive types of compositions are also highlighted. Special attention is paid to the teaching of composition in the educational process, its role in the formation of creative thinking and aesthetic taste in students. Keywords: Composition, balance, thinking, rhythm, landscape, proportion, contrast, decorative, asymmetric, dynamic, symmetric. Аннотация: В данной статье рассматривается значение, теоретические основы, закономерности и практическое значение композиции в изобразительном искусстве. Композиция анализируется как один из важнейших факторов, раскрывающих идейное содержание произведения искусства и повышающих его художественную выразительность. В нем показана роль таких закономерностей, как центр, ритм, равновесие, пропорция, контраст и цветовая гармония. Также освещаются особенности статических и динамических, симметричных и асимметричных, декоративных и конструктивных видов композиций. Особое внимание уделяется преподаванию композиции в образовательном процессе, ее роли в формировании творческого мышления и эстетического вкуса у учащихся. Ключевые слова: Композиция, равновесие, мышление, ритм, пейзаж, пропорция, контраст, декоративный, асимметричный, динамичный, симметричный.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 163 Tasviriy san’at qadimdan insoniyat madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. U nafaqat estetik zavq manbai, balki inson tafakkurini, dunyoqarashini, ijodiy qobiliyatlarini shakllantiruvchi kuchli vosita sifatida qadrlanadi. Har qanday san’at asarining badiiy darajasi, avvalo, uning kompozitsion qurilishiga bog‘liq. Kompozitsiya orqali rassom o‘z fikrini ifoda etadi, tasvir elementlarini bir butunga uyg‘unlashtiradi va tomoshabinga kerakli hissiy ta’sirni yetkazadi. Bugungi kunda tasviriy san’atni o‘qitishda kompozitsiya masalalarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki kompozitsiya qonuniyatlarini bilmagan o‘quvchi yoki talaba san’at asarini yaratishda muvozanat, ritm, rang uyg‘unligi kabi tushunchalarni to‘g‘ri qo‘llay olmaydi. Shu bois maqolada kompozitsiyaning mohiyati, asosiy qonuniyatlari va uni ta’lim jarayonida o‘qitish metodlari tahlil qilinadi. Kompozitsiyaning nazariy mohiyati: “Kompozitsiya” atamasi lotincha compositio – “tuzish”, “joylashtirish” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, san’atda tasvir elementlarini yagona g‘oya asosida tartibga solish jarayonini anglatadi. Rassom asar yaratishda tasvir elementlarini bevosita kompozitsiya qonuniyatlariga tayangan holda joylashtiradi. Bu jarayon o‘z ichiga chiziqlar, shakllar, ranglar, yorug‘lik-soya va bo‘shliqning bir butunlikda uyg‘unlashuvini oladi. Kompozitsiya asarning nafaqat tashqi ko‘rinishini, balki ichki mazmunini ham belgilaydi. U tomoshabinning e’tiborini kerakli nuqtaga yo‘naltiradi, asar kayfiyatini shakllantiradi va badiiy ta’sirchanlikni oshiradi. Kompozitsiya qonuniyatlari: Kompozitsiya nazariyasida quyidagi asosiy qonuniyatlar alohida o‘rin tutadi: Markaz – har bir asarda diqqatni jalb qiluvchi asosiy nuqta bo‘lishi kerak. Masalan, portret asarlarida bu insonning yuzi yoki ko‘zlari bo‘lishi mumkin. Ritm – tasvir elementlarining ma’lum tartibda takrorlanishi. Bu ko‘proq bezak san’atida yoki peyzajlarda kuzatiladi. Tasviriy san‟atda kompozitsiya qonun va qoidalari insoniyatni ibtidoiy taraqqiyot davridan boshlab shakllana boshlagan. Lеkin ibtidoiy davr odamlari hayotni zеhn bilan kuzatsalarda, kompozitsiya sеzgisi juda bo„sh rivojlangan. Bunday holatni odam gavdasi va hayvon podalarini tartibsiz alohida tasvirida ko„rishimiz mumkin. Qadimgi sharq san‟atidagi kompozitsiya ibtidoiy davridan farq qiladi. Qadimgi sharqda kompozitsiya mavzusi tеkislikda qat’iy ma’lum tartibda tasvirlanib, quldorlik jamiyatining (marosimlari) qonunlariga bo‘ysundirilgan. Muvozanat – kompozitsiyada elementlarning og‘irlik markazi bir tomonga og‘ib ketmasligi lozim. Aks holda siz chizayotgan kompozitsiyaning muvozanati buziladi va yaxshi natija bermaydi. Muvozanat simmetriya va assimetriya orqali ta’minlanadi. Proporsiya – qismlarning butunga nisbatan mutanosibligi. Bu qonuniyat inson qiyofasini yoki predmetlarni to‘g‘ri tasvirlashda muhimdir. Yani yaratilayotgan kompozitsiyangizning tuzilish jihatdan predmetlarning bir-biriga nisbatan mutannosibligi tushuniladi. Kontrast – qarama-qarshi elementlarni qo‘llash orqali ta’sirchanlikni kuchaytirish. Masalan, qora va oq, katta va kichik shakllar bir-birini kuchaytiradi, shu bilan bir qatorda asaringizning yanada mazmunli chiqishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Rang uyg‘unligi – asarda ranglarning hissiy ta’sirini to‘g‘ri tanlash va uyg‘unlashtirish. Bu qonuniyatlarga rioya qilinmasa, asar tartibsiz, mazmunsiz yoki hissiy kuchsiz ko‘rinadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 164 Bunday hatoliklarga yo‘l qo‘yishdan oldin, kompozitsiyaning asosiy mazmun, mohiyatini bilib olish kifoya. Kompozitsiya turlari: Kompozitsiya turli xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Statik kompozitsiya – tinchlik, barqarorlikni ifodalaydi. Odatda simmetrik joylashuvga asoslanadi. Dinamik kompozitsiya – harakat, kuch va rivojlanishni aks ettiradi. Sport, jang yoki hayotiy voqealarni tasvirlashda qo‘llanadi. Simmetrik kompozitsiya – tartib va uyg‘unlik hissini uyg‘otadi. Chizilgan asaringizda predmetlarning tartib va qonun qoidalar bilan joylashganini bevosita anglaysiz. Assimmetrik kompozitsiya – erkinlik va harakatni kuchaytiradi. Yanada aniqroq qilib aytganda assimmetrik kompozitsiyada siz yanada ko‘proq fikralaysiz va dunyo qarashingizning qanchalik kengligi namoyon bo‘ladi. Dekorativ kompozitsiya – bezak maqsadida ishlatiladi, ko‘proq naqsh va ornamentlarda qo‘llaniladi. Bunday kompozitsiyalar insonga zavq va quvonchni targ‘ib qiladi. Konstruktiv kompozitsiya – muhandislik va texnik chizmalar bilan bog‘liq bo‘lib, buyumlarning tuzilishini aniq ifodalaydi. Aniqroq qilib aytganda konstruktiv kompozitsiya asosan muhandislik chizmalarini o‘z ichiga oladi. Masalan: uy, korxona, maktab va biznes binolarini va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Kompozitsiyaning ta’lim jarayonidagi ahamiyati: Ta’lim jarayonida kompozitsiyani o‘rgatish o‘quvchilarning estetik dunyoqarashini shakllantiradi. Ta’lim jarayonida kompozitsiyaning ahamiyati juda katta bo‘lib, bolalarning dunyoqarashini shakillantirishda va hayotni yanada yorqin ranglar bilan ko‘rishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda quyidagi usullar samarali hisoblanadi: • Eskiz ishlash – oddiy chiziqlar asosida kompozitsiya qurishni mashq qilish. • Rangli topshiriqlar – rang uyg‘unligini his qilish va tanlash. • Ijodiy loyihalar – mavzu asosida mustaqil san’at asarini yaratish. • Tahlil va baholash – mashhur rassomlarning asarlaridagi kompozitsion yechimlarni muhokama qilish. Ushbu jarayon o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, ularda san’atga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Xulosa Kompozitsiya tasviriy san’atning nazariy va amaliy jihatdan eng muhim bo‘g‘inidir. U asarning badiiy mazmunini ochadi, tomoshabinda hissiy ta’sir uyg‘otadi va asarning estetik qiymatini belgilaydi. Kompozitsiya qonuniyatlarini bilish rassom uchun zarur bo‘lishi bilan birga, san’at ta’limida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida kompozitsiya mavzusiga e’tibor qaratish orqali o‘quvchilar ijodiy tafakkurini kengaytirish, estetik didini shakllantirish va san’atga mehr uyg‘otish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abdirasilov N. Tasviriy san’at asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 2. Mirali Jabborovich Maxmudov (2022). KОMPОZITSIYANING TARIXI VA RIVОJLANISHI. Academic research in educational sciences, 3 (12), 403-408. 3. Jalilov A. Kompozitsiya nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 4. Xusanov Sh. San’atshunoslik asoslari. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2018.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 165 5. Arnheim R. Art and Visual Perception. – Berkeley: University of California Press, 2004. 6. Kandinskiy V. O duchovnom v iskusstve. – Moskva: Iskusstvo, 1992. 7. Gombrich E. H. The Story of Art. – London: Phaidon Press, 2006. 8. Mirali Jabborovich Maxmudov (2022). KОMPОZITSIYANING TARIXI VA RIVОJLANISHI. Academic research in educational sciences, 3 (12), 403-408.