BOSHLANG`ICH TA`LIMGA QO`YILAYOTGAN ZAMONAVIY TALABLAR
Abstract
Ushbu maqolada “Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasining” ahamiyati va ta’lim mazmuniga qo’yilayotgan zamonaviy yondashuvlar hamda o‘quvchilarning o‘qish va tushunish darajasini oshirish yuzasidan fikrlar yuritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 166 BOSHLANG`ICH TA`LIMGA QO`YILAYOTGAN ZAMONAVIY TALABLAR 1Mahkamova Shohida Rahmatullayevna, 2Usmonova Fatima Ibragimovna 1Chirchiq davlat pedagogika universitetiMusiqa ta’limi kafedarsi dotsenti 2Chirchiq davlat pedagogika universitetiMusiqa ta’limi yo’nalishi 4-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403175 Annotatsiya: Ushbu maqolada “Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasining” ahamiyati va ta’lim mazmuniga qo’yilayotgan zamonaviy yondashuvlar hamda o‘quvchilarning o‘qish va tushunish darajasini oshirish yuzasidan fikrlar yuritilgan. Kalit so’zlar: boshlang’ich ta’lim, ta’lim konsepsiyasi, o’quv dasturi Аннотация: В статье обсуждается важность «Концепции начального образования» и современные подходы к содержанию образования, а также идеи по улучшению чтения и понимания учащимися. Ключевые слова: начальное образование, образовательная концепция, учебная программа Annotation: The article discusses the importance of the "Concept of Primary Education" and modern approaches to the content of education, as well as ideas for improving the reading and understanding of students. Keywords: primary education, educational concept, curriculum O‘qish savodxonligini oshirish o‘qish darslarini tashkil etilishi bilan bo`gliq. Boshlang`ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o`rin tutadi. Nеgaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa prеdmеtlar ta'limini o`qish ta'limisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. O`quvchi matnni to`g`ri, tеz, tushunib o`qish, mazmunini o`zlashtirish bilan ilk bor o`qish darslarida yuzlashadi. O`qish darslari orqali o`quvchilarning Davlat ta'lim standartlari (DTS) talablari bo`yicha o`zlashtirishlari ko`zda tutilgan o`quv-biluv ko`nikmamalakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo`l ochiladi. Aynan o`qish ta'limida insonning, avvalo, o`zligini, qolavеrsa olamni anglashga bo`lgan intilishlariga turtki bеriladi. Shu maqsadda «O`qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o`rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mеhnatsеvarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do`stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo`yicha atroflicha tushunchalar bеrishga mo`ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiyommabop asarlar kiritiladi. Respublikamizda “Boshlangʻich taʼlim konsepsiyasi” hamda boshlangʻich taʼlim uchun oʻquv dasturlari va oʻquv-metodik majmualarda oʻquvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, xalqaro baholash dasturlari asosida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻqish savodxonlikni rivojlantirishning didaktik tizimini ishlab chiqish, oʻqituvchilarni oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarni tarkib toptirishga tayyorlashning pedagogic mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida “yosh avlodning ijodiy va intellectual
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 167 salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda roʻyobga chiqarish” kabi muhim vazifalar belgilab berildi[1]. Bu esa, oʻqish darslarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida tayanch va hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish, tayanch kompetensiyalarni tarkib toptirishning ijtimoiypedagogik tizimini takomillashtirishni taqozo etadi. O’qish savodxonligi – shaxs o’zining bilim va salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda o’z o’rnini topish maqsadiga erishishi yo’lida matnlarni tushunish, ulardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish hamda ularga munosabat bildirish qobiliyati demakdir[2]. Boshlangʻich sinflarning oʻqish darslarida oʻrganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng boʻlib, ona tabiat, yil fasllari, xalq ogʻzaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va maʼnaviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan[3]. Asar tahlili jarayonida oʻqituvchi savollariga oʻquvchilarning oʻz soʻzlari bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea - hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini toʻgʻri baholashga yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz boʻlmasdan, qatʼiy maqsad asosida izchil berilishi oʻquvchilarning oʻqilgan matn mohiyatini chuqur anglab yetishlariga imkon yaratadi. Negaki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi. Taʼkidlash joizki, oʻquvchilarning oʻzlarini ham savol tuzishga oʻrgatishlozim. K.D.Ushinskiy qayd etganidek, toʻgʻri qoʻyilgan masalaning oʻzi yarim javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda oʻquvchining dars mavzusi bilan bogʻliq jihatlarga eʼtibor berishi asarda tasvirlangan voqeahodisalar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yoʻl ochadi. Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish oʻquvchini ongli va tushunib oʻqishga yoʻllaydi. Uning oʻziga xos xususiyatini oʻquvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish orqali dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida toʻgʻri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi [4]. Oʻqish darslari uchun tanlangan mavzular oʻquvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar boʻyicha ham bilim va tarbiya berishni koʻzda tutadi. Bular Ichida istiqlol, vatan, maʼnaviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan koʻzlangan maqsad oʻzlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bogʻliq tuygʻularini uygʻotishdir. Ta`lim mazmuni va sifatiga qo`yilayotgan xalqaro baholash talablari bo`yicha o`quvchilarning quyidagi bilish darajalari baholanadi: Erkin va ravon o„qish; Matn ichidagi ma’lumotlarni olish va foydalanish; Tegishli matnni qidirish va saralash; So’zma-so’z ma’nosini tasvirlash; Shakl va mazmun ustida mulohaza yuritish; Sifat va ishonchlilikni baholash; Qarama-qarshiliklarni aniqlash va qayta ishlash; Xulosalarni umumlashtirish va hosil qilish. Ushbu bilish darajalari asosida o`quvchilarning mustaqil fikrlay olish, xulosalar chiqarish, taqqoslash, bir yoki bir nechta matnni to'liq va batafsil tushunish, bir nechta matnlardan ma'lumotlarni birlashtirish kabi fikrlash operatsiyalari shakllanadi. ADABIYORLAR 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF– 4947-sonli Farmoni // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017. 6-son, 70modda. 2. Sh.R.Mahkamova.Imkoniyati cheklangan bolalar va har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalashda musiqaning o’rni. Maxsus son № 1 http//libruary.cspi.uz/book/69. Mahkamova SH.R., Tаълим жараёнида ўқувчи ва талабалар билимини баҳолаш
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 168 усуллари ва методикаси // Экономика и Социум //№11(90) 2021 Mahkamova Sh.R., Asadullayeva M.A., Бошланғич синф ўқувчиларининг мусиқий идрокини шакллantirish // ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 2021, 1334-1338-бет