BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA TASVIRIY SAN`ATNING O`RNI
Abstract
Ushbu maqolada tasviriy san`at va ko`rgazmali qurollarning tadbiq qilinishi yosh avlodni bilimli va barkamol qilib tarbiyalashda tutgan o`rni haqida ma`lumot berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 169 BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA TASVIRIY SAN`ATNING O`RNI I.Mamatov, 1X. In’omova 1Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403186 Annotatsiya. Ushbu maqolada tasviriy san`at va ko`rgazmali qurollarning tadbiq qilinishi yosh avlodni bilimli va barkamol qilib tarbiyalashda tutgan o`rni haqida ma`lumot berilgan. Annotation. This article provides information about the role of the application of visual arts and visual aids in aducating the young generation to be educated and mature. KIRISH Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarni qo`llab-quvvatlash va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo`nalishda salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlarni yaratish orqali O`zbekistonning buyuk kelajagini yaratish g`oyasini ilgari surmoqdalar. Binobarin, respublikamiz aholising 64 % ini yoshlar tashkil qiladi. Shuningdek, yoshlarning ma`nan va axloqiy jihatdan yetuk, intellektual salohiyatli qilib tarbiyalashda san`at va madaniyatning roli ayniqsa muhimligini ta`kidash lozim. Hozirgi zamon psixologiyasining erishgan natijalari shuni ko`rsatadiki, bolaning tafakkurini ko`rgazmali obrazli yo` li bilan shakillantirish kerak. Shu jumladan, o`zlashtirilgan bilimlarning taxminan 90% ini ko`z orqali qa`bul qilingan ma`lumotlar tashkil qiladi. O`quvchi bolalarni kitob mutolaasiga qiziqtirishda, kitoblarga ishlangan rasmlar va illustratsiyalar ham muhim rol o`ynaydi. Kitob grafikalari bolalarni, umuman, o`quvchi yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish bilan birga, ularni fantaziya va tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga va kitob mazmunini umumlashgan holda aks ettirishga ham xizmat qiladi. Kitob illustratsiyalari chizish bizning Sharqda qog`oz ishlab chiqarish sanoati xitoydan o`zlashtirilganidan buyon mavjud bo`lib, bu san`at ``Kitobot san`ati`` darajasiga ko`tarilgan. Mazkur sohada Juna-id Bag`dodiy, Xoja Abdulxay, Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib va boshqa ko`plab rassomlar ijod qilishga bo`lsa, XX asrning 30yillarida Iskandar Ikromov, 40-50-yillarida Usto Mo`min, Vladimir Kaydalov, Chingiz Ahmarovlar o`zbek kitob grafikasiga rivojiga katta hissa qo`shdilar. Har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashda tasviriy san`atning o`rni katta hisoblanadi. Manzara janridagi asarlarni kuzatish orqali yoshlarda tabiatga muhabbatni kuchaytirishda, go`zal tabiatni asrab-avaylash va undan zavqlanish kabi etik va estetik madaniyatni shaklantirishda muhin rol o`ynaydi desak mubolag`a bo`lmaydi. Yosh avlodga o`z ona tarixini bilishga qiziqtirishda, tarixiy voqealarni tahlil qilishda, tarixiy bilim berishda va ularning ongida milli o`zlik va vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirishda tarixiy janrga mansub asarlarni o`rganish ham muhim.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 170 So`nggi 20 yil ichida san`atning zamonaviy grafik dizayn turi ham o`z o`rnini topdi. San`atning bu zamonaviy turini ta`lim sohasiga jalb qilish orqalibiz yaxshigina yutuqlarga erishishimiz mumkin. Maktab fanlaridan misol uchun, Kimyo, Fizika fanlarini oladigan bo`lsak, ushbu fanlarni o`rganishda ko`zga ko`rnmas zarralarni va hodisalarni tasvvur etishga to `g`ri keladi. Bunda agar biz, darslarni grafik va moushn (``motion`` -- ing. ``harakatli``) grafik dizaynli ko`rgazmali qurollar yordamida o`tsak, bugungi XXI asr - axborot asrida yoshlarga ma`lumotlarni nisbatan tushunarliroq va shu bilan birgalikda, qiziqarli va ko`p miqdorda berishga erishamiz. Buning uchun, albatta ta`lim sohasiga yetarlicha zamonaviy axborot tehnologiyalarini joriy qilinishi zamonaviy bilimlarga ega kadrlar zarur hisoblanadi. XULOSA Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan, ma`lumotlarning ulkan oqimi o`rab turgan davrda yuksak bilimli va salohiyatli, badiiy va estetik jihatdan barkamol, yuqori intellekt darajasiga ega yoshlarni tarbiyalash dolzarb masala bo`lib qolmoqda. Bu vazifani bajarishda pedagoglar, madaniyat va san`at xodimlarining, xususan, rassomlarning mas`uliyati kattadir. Buning vazifani yoshlar qalbida tasviriy san`tga mehr uyg`otish, ularni san` at galereyalariga jalb qilish va shu bilan birgalikda, zamonaviy psixologik va pedogogik bilimlardan maksimal darajada foydalangan holda amalga oshirish lozimdir. Zero bu borada o`rta asrning buyuk olimi Abu Ali Ibn Sino shunda degan edi: ``Ustoz yuksak qalbli, mard, pok,ta`lim-tarbiyaning barcha usulini mukammal biladigan va e`tiqodli bo`lishi shart.`` FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Botir Boymetov. ``Qalamtasvir``- 2007 2. S. Tolibovich. ``Sciene and Innovation``journal -2022 3. ``Academic research in Educational Scienses`` S.T.Sobirov. Vol. ISSN 2181-1385.