scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TASVIRIY SAN'AT FANLARI BO'YICHA TALABALAR MUSTAQIL TA'LIMINING MAZMUNINI MODIFIKATSIYALASHTIRISH

Muratov Xusan Xolmuratovich

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining kredit-modul tizimiga o‘tishi sharoitida tasviriy san’at fanlari bo‘yicha talabalar mustaqil ta’limining mazmunini modifikatsiyalash masalalari tahlil qilingan. An’anaviy mustaqil ish topshiriqlarining zamonaviy ta’lim talablariga javob bermayotgan jihatlari ko‘rsatib berilgan. Mustaqil ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, talabalarning ijodiy va kognitiv faolligini oshirish vositasi sifatida raqamli texnologiyalar va maxsus ishlab chiqilgan elektron qo‘llanmalarning roli asoslab berilgan. Chirchiq davlat pedagogika universiteti tajribasida yaratilgan “Tasviriy san’at fanidan mustaqil ta’lim uchun elektron qo‘llanma” misolida mustaqil ta’lim mazmunini boyitish, uni tizimli, interaktiv va natijaga yo‘naltirilgan shaklga o‘tkazish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 189 TASVIRIY SAN’AT FANLARI BO‘YICHA TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINING MAZMUNINI MODIFIKATSIYALASHTIRISH Muratov Xusan Xolmuratovich Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi p.f.f.d., (PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.17403303 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining kredit-modul tizimiga o‘tishi sharoitida tasviriy san’at fanlari bo‘yicha talabalar mustaqil ta’limining mazmunini modifikatsiyalash masalalari tahlil qilingan. An’anaviy mustaqil ish topshiriqlarining zamonaviy ta’lim talablariga javob bermayotgan jihatlari ko‘rsatib berilgan. Mustaqil ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, talabalarning ijodiy va kognitiv faolligini oshirish vositasi sifatida raqamli texnologiyalar va maxsus ishlab chiqilgan elektron qo‘llanmalarning roli asoslab berilgan. Chirchiq davlat pedagogika universiteti tajribasida yaratilgan “Tasviriy san’at fanidan mustaqil ta’lim uchun elektron qo‘llanma” misolida mustaqil ta’lim mazmunini boyitish, uni tizimli, interaktiv va natijaga yo‘naltirilgan shaklga o‘tkazish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: mustaqil ta’lim, tasviriy san’at, kredit-modul tizimi, modifikatsiyalash, raqamli ta’lim, elektron qo‘llanma, kompetensiyaviy yondashuv, ijodiy faoliyat, pedagogik texnologiya. Аннотация. В данной статье анализируются вопросы модификации содержания самостоятельной работы студентов по изобразительному искусству в условиях перехода системы высшего образования Узбекистана на кредитно-модульный формат. Выявлены аспекты традиционных заданий для самостоятельной работы, не отвечающие современным образовательным требованиям. Обоснована роль цифровых технологий и специально разработанных электронных пособий как средства эффективной организации процесса самостоятельного обучения, повышения творческой и познавательной активности студентов. На примере электронного пособия «Электронное руководство по самостоятельному обучению изобразительному искусству», созданного на опыте Чирчикского государственного педагогического университета, рассмотрены механизмы обогащения содержания самостоятельного образования, его трансформации в системную, интерактивную и ориентированную на результат форму. Ключевые слова: самостоятельное образование, изобразительное искусство, кредитно-модульная система, модификация, цифровое образование, электронное пособие, компетентностный подход, творческая деятельность, педагогическая технология. Abstract. This article analyzes the issues of modifying the content of students' independent study in fine arts within the context of the transition of Uzbekistan's higher education system to a credit-module format. The aspects of traditional independent work assignments that do not meet modern educational requirements are identified. The role of digital technologies and specially developed electronic guides is substantiated as a means of effectively organizing the independent learning process and increasing students' creative and cognitive INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 190 activity. Using the example of the "Electronic Guide for Independent Study in Fine Arts", created based on the experience of Chirchik State Pedagogical University, the mechanisms for enriching the content of independent education and transforming it into a systematic, interactive, and result-oriented form are examined. Keywords: independent study, fine arts, credit-module system, modification, digital education, electronic guide, competence-based approach, creative activity, pedagogical technology. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 1 va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish, bitiruvchilarning raqobatbardoshligini ta’minlash va o‘quv jarayonida talabalarning mustaqil faoliyatini kuchaytirishni markaziy masalalar sifatida belgilaydi 2 . Bu jarayonning amaliy ifodasi sifatida oliy ta’lim muassasalarining kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qaroriga muvofiq, talabalar mustaqil ta’limi (TMT) ulushining umumiy o‘quv yuklamasida 5060 foizgacha oshirilishiga olib keldi. Ushbu transformatsiyaning asosiy maqsadi – talabani tayyor bilimlarni passiv qabul qiluvchi obyektdan o‘zining ta’limiy va kasbiy rivojlanish trayektoriyasini ongli ravishda loyihalashtiruvchi faol subyektga aylantirishdir. Biroq, bu ilg‘or g‘oyaning amaliyotga tatbiqi, ayniqsa, tasviriy san’at kabi amaliy-ijodiy ko‘nikmalar ustuvor bo‘lgan sohalarda jiddiy metodologik ziddiyatlarni yuzaga keltirdi. An’anaviy “usta-shogird” paradigmasiga asoslangan, bevosita muloqot va jonli namoyishga tayanadigan o‘qitish usullari auditoriya soatlarining qisqarishi sharoitida o‘z imkoniyatlarini yo‘qotmoqda. Shu bilan birga, TMT uchun ajratilgan vaqtni mazmunli to‘ldirishga qaratilgan an’anaviy topshiriqlar (“boshlangan etyudni tugatish”, “erkin mavzuda kompozitsiya chizish”) talabani zarur nazariy-uslubiy yo‘l-yo‘riqlar, ijodiy jarayonni rag‘batlantiruvchi vositalar va eng muhimi, o‘z vaqtida beriladigan konstruktiv qayta aloqa bilan ta’minlay olmayapti. Natijada, TMT uchun ajratilgan vaqtning katta qismi talabaning o‘z holiga tashlab qo‘yilishi, tizimsiz izlanishlar, motivatsiyaning yo‘qolishi va ijodiy turg‘unlikka yuz tutish xavfini tug‘dirmoqda. Shu bois, tasviriy san’at fanlarida TMTning mavjud mazmunini shunchaki isloh qilish emas, balki uni zamonaviy didaktik tamoyillar va raqamli texnologiyalar yordamida sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, ya’ni modifikatsiyalashtirish – bugungi kun ta’limining eng dolzarb ilmiy-amaliy vazifalaridan biridir. Mustaqil ta’lim mazmunini modifikatsiyalashtirish – bu uning tarkibiy qismlari, shakli, vositalari va baholash mezonlarini zamonaviy ta’lim paradigmasi talablariga mos ravishda sifat jihatdan o‘zgartirishni nazarda tutuvchi kompleks jarayondir. An’anaviy modelda TMT mazmuni asosan reproduktiv (takrorlovchi) va ijrochilikka yo‘naltirilgan bo‘lsa, modifikatsiyalashgan modelda u produktiv (yaratuvchi), tadqiqotga asoslangan va refleksiv faoliyatga qurilishi lozim. Ushbu transformatsiyaning nazariy poydevorini bir qator fundamental pedagogik-psixologik konsepsiyalar tashkil etadi. Rus psixologi L.S. Vigotskiyning “Yaqin rivojlanish zonasi” (YRZ) nazariyasiga ko‘ra, ta’lim jarayoni o‘quvchi mustaqil bajara olmaydigan, ammo “bilimdonroq boshqa shaxs” 1 2020 yil 23-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonuni 2 “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yildagi 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 191 (o‘qituvchi) yordamida uddalay oladigan vazifalar doirasida eng samarali kechadi 3 . Auditoriya soatlari qisqargan sharoitda o‘qituvchining doimiy ishtiroki imkonsiz bo‘lib qoladi. Aynan shu nuqtada zamonaviy raqamli vositalar o‘qituvchining o‘rnini qisman bosuvchi, talabaga zarur “havoza” (scaffolding) vazifasini o‘tovchi virtual yordamchiga aylanishi mumkin. To‘g‘ri loyihalashtirilgan elektron resurs talabaga kerakli vaqtda nazariy ma’lumot, vizual namuna yoki amaliy yo‘l-yo‘riqni taqdim etib, uning YRZda mustaqil harakatlanishiga imkon yaratadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, Donald Schönning “Refleksiv amaliyotchi” (The Reflective Practitioner) konsepsiyasi professional mahorat, ayniqsa ijodiy sohalarda, shunchaki nazariy bilimlarni qo‘llash orqali emas, balki “harakatdagi refleksiya” (reflection-in-action) – ya’ni, ijodiy jarayon davomida o‘z harakatlarini doimiy tahlil qilish, kutilmagan natijalarga munosabat bildirish va o‘z yondashuvini o‘zgartirish orqali shakllanishini ta’kidlaydi 4 . An’anaviy TMTda bu refleksiv jarayon deyarli e’tiborsiz qoladi. Samarali modifikatsiya esa talabani o‘z faoliyatini tahlil qilishga undovchi maxsus mexanizmlarni (o‘z-o‘zini baholash rubrikalari, reflektiv kundaliklar, jarayonni hujjatlashtirish topshiriqlari) o‘z ichiga olishi shart. Aynan shu nazariy tamoyillarga asoslangan holda, Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Tasviriy san’at fanidan mustaqil ta’lim uchun elektron qo‘llanma” (https://fineart.cspu.uz/2024/15/) ishlab chiqildi va o‘quv jarayoniga tatbiq etildi. Mazkur qo‘llanma TMT mazmunini an’anaviy shakldan modifikatsiyalashgan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan shaklga o‘tkazishning amaliy modeli sifatida quyidagi tizimli afzalliklarni namoyon etdi: 1. Tizimlilik va tarkibiy to‘liqlik orqali ta’limiy tartibsizlikni bartaraf etish. An’anaviy tarqoq va epizodik topshiriqlardan farqli o‘laroq, elektron qo‘llanma tasviriy san’atning barcha asosiy fanlarini (“Rangtasvir”, “Qalamtasvir”, “Kompozitsiya”, “Haykaltaroshlik”, “San’at tarixi”) modulli tizimda birlashtirgan yagona platforma hisoblanadi. Har bir modul mantiqiy ketma-ketlikda tuzilgan bo‘lib, nazariy materiallar, amaliy topshiriqlar, yuqori sifatli ko‘rgazmali materiallar (reproduksiyalar, sxemalar, 3D modellar, video-darslar) va o‘z-o‘zini tekshirish vositalari bilan boyitilgan. Bu talabaga mustaqil ish uchun zarur bo‘lgan barcha resurslarni bir joydan olish, fanlararo aloqadorlikni anglash va o‘z faoliyatini tizimli rejalashtirish imkonini beradi. 2. Nazariya va amaliyotning uzviy integratsiyasi. Klassik ta’limda ko‘pincha nazariya ma’ruzalarda, amaliyot esa ustaxonada bir-biridan ajratilgan holda o‘rganiladi, bu esa bilimlarning amaliyotda qo‘llanilmay qolishiga olib keladi. Elektron qo‘llanma bu uzilishni bartaraf etadi. Masalan, “Qalamtasvir” modulida “Chiziqli-konstruktiv qurish” mavzusi o‘rganilayotganda, talaba nafaqat geometrik jismlarni qurish qonuniyatlari haqidagi nazariy ma’lumotni o‘qiydi, balki shu zahotiyoq interaktiv 3D modellarni aylanitirib ko‘rishi, qurilish bosqichlari aks etgan video-darsni tomosha qilishi va shu bilimlar asosida aniq bir amaliy topshiriqni (“geometrik jismlardan tuzilgan postanovkaning chiziqli-konstruktiv tasvirini ishlash”) bajarish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnomani olishi mumkin. Bu yondashuv nazariy bilimlarning shunchaki yod olingan ma’lumotdan amaliy faoliyatning ongli vositasiga aylanishini ta’minlaydi. 3. Jarayonni vizuallashtirish va individual ta’lim trayektoriyasini ta’minlash. Tasviriy san’atda ijodiy jarayon yakuniy natijadan kam ahamiyatga ega emas. Qo‘llanmadagi 3 Выготский Л.С. Мышление и речь. – М.: Лабиринт, 1999. – 352 с. 4 Schön, D. A. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. – New York: Basic Books, 1983. – 384 p. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 192 mikro-dars formatidagi videolar va bosqichma-bosqich fotoyo‘riqnomalar talabaga murakkab texnik jarayonlarni (masalan, akvarelda “lezginka” usulida ishlash, moybo‘yoqda ko‘p qatlamli bo‘yash yoki portretning anatomik qurilishi) o‘zlashtirishga yordam beradi. Eng muhimi, talaba ushbu materiallarni o‘zi uchun qulay vaqtda, o‘zining individual o‘zlashtirish sur’atiga mos ravishda istalgancha qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu an’anaviy dars jarayonida guruhning umumiy sur’atiga moslasha olmaydigan talabalar uchun ham, ilg‘or talabalar uchun ham teng imkoniyatlar yaratadi. 4. O‘z-o‘zini nazorat qilish va refleksiv madaniyatni shakllantirish. TMTning eng zaif nuqtasi – bu o‘z vaqtida va xolis qayta aloqaning yo‘qligidir. Elektron qo‘llanma bu muammoni ikki yo‘nalishda hal qiladi. Birinchidan, har bir mavzu yakunidagi interaktiv testlar, krossvordlar talabaning nazariy bilimlarini bir zumda tekshirib, unga oniy qayta aloqa beradi. Ikkinchidan, amaliy topshiriqlar uchun batafsil ishlab chiqilgan o‘z-o‘zini baholash mezonlari (rubrikalar) keltirilgan. Masalan, “Manzara kompozitsiyasi” topshirig‘i uchun “kompozitsion markazning aniqligi”, “planlarning fazoviy farqlanishi”, “koloritning yaxlitligi”, “perspektivaning to‘g‘ri qurilishi” kabi aniq mezonlar beriladi. Bu talabani o‘z ishiga subyektiv (“chiroyli-xunuk”) baho berishdan tiyib, uni obyektiv mezonlar asosida tanqidiy tahlil qilishga, o‘z yutuq va kamchiliklarini aniq anglashga va keyingi faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishga – ya’ni, “refleksiv amaliyotchi” kompetensiyasini rivojlantirishga o‘rgatadi. 5. Ijodiy kompetensiyalarni kompleks rivojlantirish. Modifikatsiyalashgan TMT shunchaki ijro mahoratini emas, balki ijodiy kompetensiyaning kognitiv-evristik, tadqiqotchilik va shaxsiy-motivatsion kabi barcha komponentlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Elektron qo‘llanmadagi “Glossariy” bo‘limi talabaning kasbiy terminologik bazasini kengaytirsa, “San’at tarixi” bo‘limi uning badiiy-estetik dunyoqarashini boyitadi. Amaliy topshiriqlar shunchaki texnik ijrodan tadqiqotga yo‘naltirilgan loyihalarga o‘tadi. Masalan, “O‘zbekiston zamonaviy rangtasvir maktabi vakillari ijodini o‘rganish, ularning uslubiy o‘ziga xosliklarini tahlil qilish va shu tahlil asosida “Mening O‘zbekistonim” mavzusida ijodiy kompozitsiya yaratish” kabi topshiriqlar talabani shunchaki nusxa ko‘chiruvchidan mustaqil izlanuvchi, tahlilchi va o‘z g‘oyasini asoslay oladigan interpretator (talqin qiluvchi) darajasiga ko‘taradi. Xulosa qilib aytganda, oliy ta’limning kredit-modul tizimiga o‘tishi sharoitida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta’limning rolini keskin oshirish – bu shunchaki TMT soatlarini ko‘paytirishni anglatmaydigan, balki uning mazmuni, metodik ta’minoti va tashkiliy shakllarini tubdan modifikatsiyalashtirishni talab etadigan murakkab pedagogik vazifadir. An’anaviy yondashuvlar yangi sharoitlarda o‘z samarasini yo‘qotgan bir paytda, raqamli texnologiyalar va maxsus ishlab chiqilgan elektron o‘quv platformalari ushbu modifikatsiyaning eng samarali vositasi va metodologik poydevori bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Chirchiq davlat pedagogika universiteti tajribasida yaratilgan “Tasviriy san’at fanidan mustaqil ta’lim uchun elektron qo‘llanma” kabi resurslar TMTni tarqoq, nazoratsiz va shunchaki reproduktiv faoliyatdan tizimli, resurslar bilan ta’minlangan, interaktiv, diagnostik va eng muhimi, talabaning mustaqil ijodiy izlanishini rag‘batlantiruvchi, uning refleksiv madaniyatini shakllantiruvchi jarayonga aylantirish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, an’anaviy auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim o‘rtasidagi metodologik uzilishni bartaraf etib, bo‘lajak pedagog-rassomlarning zamon talablariga mos, raqobatbardosh, raqamli savodxonlikka ega va o‘z kasbiy rivojlanishi uchun mas’uliyatni his qila oladigan mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 193 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. 2020 yil 23-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637sonli Qonuni. 2. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yildagi 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1691-son. 4. Botirbekova G.A. Elektron darsliklar innovatsion texnologiyalarning turi sifatida. // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 2021-y. 798-802. https://cyberleninka.ru/article/n/elektron-darsliklar-innovatsion-texnologiyalarning-turisifatida. 5. Muratov X.X. Tasviriy san’at fanidan mustaqil ta’lim uchun elektron qo‘llanma. // Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 2024. URL: https://fineart.cspu.uz/2024/15/ 6. Usmonov M.S. Multimediyaviy texnologiyalar asosida interaktiv elektron o‘quv kurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish.: diss. ... Avtoref. ped. fan. fal. dok (PhD). - Jizzax.-2023.-23-b. 7. Tolipov O‘.Q. Pedagogik texnologiyalar: muammolar va yechimlar. – Toshkent: Fan, 2006. – 184 b.