Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 213 TASVIRIY SANʼATNING FANLARARO AHAMIYATI 1Rajabova Laylo O‘tkir qizi, 2Umarova Ozoda Bozor qizi, 3Shoimqulova Marjona Hamidulla qizi 1San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi o‘qituvchisi 2,3Dizayn:Libos va gazlamalar yo‘nalishi 1 – bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403371 Annotasiya. Mazkur maqolada tasviriy sanʼatning turli fanlar bilan o‘zaro aloqasi va bu aloqaning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan. Xususan, sanʼatning pedagogika, psixologiya, tarix, madaniyatshunoslik, arxitektura, adabiyot, texnologiya kabi fanlar bilan integratsiyasi tahlil qilinadi. Tasviriy sanʼat nafaqat estetik tarbiyaning vositasi sifatida, balki shaxs kamolotida, ijodiy tafakkurni shakllantirishda va o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Ishda zamonaviy taʼlim tizimida fanlararo yondashuvning dolzarbligi va tasviriy sanʼat orqali bu yondashuvni samarali amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari, tasviriy sanʼatning fanlararo platformada innovatsion yondashuvlarni shakllantirishdagi o‘rni va imkoniyatlarini ochib beradi. Kalit soʻz: tasviriy sanʼat , tarixiy, ibtidoiy jamoa, ilk sinfiy jamiyat, aqliy mehnat, ong, tafakkur, tasavvur, erkinlik, yangi gʻoyalar, zamonaviy taʼlimda . Аннотация. В данной статье рассматривается взаимосвязь изобразительного искусства с различными дисциплинами и её научное и практическое значение. В частности, анализируется интеграция искусства с такими дисциплинами, как педагогика, психология, история, культурология, архитектура, литература, технология. Изобразительное искусство рассматривается не только как средство эстетического воспитания, но и как важный фактор развития личности, формирования творческого мышления и повышения эффективности образовательного процесса. В работе показана актуальность междисциплинарного подхода в современной системе образования и возможности его эффективной реализации посредством изобразительного искусства. Результаты исследования раскрывают роль и возможности изобразительного искусства в формировании инновационных подходов на междисциплинарной платформе. Ключевые слова: изобразительное искусство, исторический, первобытная община, раннеклассовое общество, интеллектуальный труд, сознание, мышление, воображение, свобода, новые идеи, в современном образовании. Abstract. This article discusses the relationship of fine arts with various disciplines and the scientific and practical significance of this relationship. In particular, the integration of art with such disciplines as pedagogy, psychology, history, cultural studies, architecture, literature, technology is analyzed. Fine arts are considered not only as a means of aesthetic education, but also as an important factor in personal development, the formation of creative thinking, and increasing the effectiveness of the educational process. The work shows the relevance of an interdisciplinary approach in the modern education system and the possibilities of effectively implementing this approach through fine arts. The results of the study reveal the role and possibilities of fine arts in the formation of innovative approaches on an interdisciplinary platform.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 214 Keywords: fine arts, historical, primitive community, early class society, intellectual labor, consciousness, thinking, imagination, freedom, new ideas, in modern education. Bugungi kunda taʼlim tizimida fanlararo yondashuvning dolzarbligi tobora ortib bormoqda. Ushbu yondashuv orqali o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, dunyoqarashini kengaytirish va turli fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash imkoniyatlari yaratiladi. Xususan, tasviriy sanʼat fani boshqa ko‘plab fanlar bilan uzviy aloqador bo‘lib, ularning samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada tasviriy sanʼatning pedagogika, psixologiya, tarix, adabiyot, texnologiya va boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi tahlil qilinadi. Tasviriy sanʼat bolalarda estetik didni shakllantirishda, tasavvur va ijodiy tafakkurni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogik nuqtai nazardan qaralganda, bu fan o‘quvchilarning individualligini yoritib beruvchi vosita hisoblanadi. Rang, shakl, kompozitsiya kabi tushunchalarni o‘rganish orqali o‘quvchilar tanqidiy fikrlash, mushohada yuritish va o‘z g‘oyasini ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Psixologiya fanida tasviriy sanʼatdan shaxsning ruhiy holatini aniqlash, emotsional rivojlanishini kuzatish vositasi sifatida keng foydalaniladi. Art-terapiya usullari orqali insonlar o‘z ichki kechinmalarini ifoda etishadi. Tasviriy faoliyat orqali bolalarning psixologik holatini baholash ham mumkin. Tarix fanida tasviriy sanʼat muhim manba sifatida xizmat qiladi. Rassomchilik asarlari orqali o‘tmishdagi davrlarning turmush tarzi, urf-odatlari, siyosiy voqealari va tarixiy shaxslari aks ettirilgan. Masalan, qadimiy devoriy rasmlar, miniatyuralar yoki tarixiy portretlar orqali muhim maʼlumotlarga ega bo‘lish mumkin. Adabiyot va sanʼat bir-birini boyitadi. Tasviriy sanʼat asarlari ko‘pincha adabiy obrazlarga asoslanadi, aksincha, ko‘plab adabiy asarlar rassomlarga ilhom manbai bo‘ladi. Adabiyot darslarida tasviriy sanʼatdan foydalanish obrazlarni vizual tarzda tasavvur qilishni osonlashtiradi. Zamonaviy texnologiyalar tasviriy sanʼatning rivojlanishiga katta turtki bermoqda. Raqamli grafika, 3D dizayn, animatsiya va boshqa ko‘rinishlar orqali sanʼat yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Shuningdek, tasviriy sanʼat orqali texnikaviy fanlarga oid loyihalarni vizual ko‘rinishda ifodalash mumkin, bu esa fanlararo integratsiyani yanada kuchaytiradi. Insoniyatning asrlar davomida shakllangan badiiy ijodiy namunalarini yaratilishiga asos bu tasviriy sanʼat hisoblanadi. Tasviriy sanʼat ong va tafakkurning eng koʻhna mahsuli boʻlib insoniyat uzoq yillik tarixiy voqelik va tabiatga nisbatan oʻz munosabatini sodda shakllarda bildirishga intilishgan . Shu alfozda tasviriy sanʼatning dastlabki ilk sodda namunalari yuzaga kela boshlagan . Ilk tasviriy sanʼatdan foydalanish ibtidoiy jamoa davridan boshlangan, keyin yer yuzasida ilk sinfiy jamiyatning shakllanishi va undan keyingi davrning ijtimoiy - madaniy va tarixiy - tadrijiy jarayonlari pirovardida takomillashadi. Eng uzoq davom etgan tarixiy bosqich ibtidoiy jamoa davri boʻlib, odamlarning ilk hayoti, dastlabki tushunchalari shakllana boshlagan va bu jarayonga oʻz munosabatlarini bildira boshlagan davrdir . Mazkur bosqich yer yuzining qariyb , barcha joylarida bosib oʻtilgan . Bu davrda odamlarning dastlabki tasavvuri , badiiy - estetik his tuygʻulari shakllana boshlagan . Ular oʻz hayot tarzlarini ifodalash uchun devorga sur ' atlar chizishgan va dekorativ uslubdagi shartli xarakterli haykaltaroshlik namunalarini yasashgan. Sinfiy jamiyat shakllanishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta oʻzgarishlar sodir boʻldi. Aqliy mehnat jismoniy mehnatdan alohida boʻlib ajralib chiqa boshladi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 215 . Bu esa fan va sanʼat rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Fanlarning rivojlanishi va tushunarli boʻlishi uchun ham tasviriy sanʼat kerak. Masalan tasviriy sanʼat tarix fanida muhim manba boʻlib xizmat qiladi. Miniatyuralar , freskalar, portretlar orqali oʻtgan davr voqealari va shaxslari bizgacha yetib keldi. Adabiyotdagi qahramon va sahnalarni illyustratsiya qilish ham tasviriy sanʼat yordamisiz amalga oshmaydi. Madaniyatshunoslikda esa xalq urf-odatlari, kiyimkechaklari , milliy bezaklari va meʼmoriy yodgorliklari tasviriy sanʼat asarlarida aks ettiriladi. Faqatgina gumanitar fanlar uchun emas ,balki tabiiy fanlar, texnik va amaliy fanlar, pedagogika va psixologiya bilan ham bogʻliq. Tabiiy fanlar qatoridan biologiyani misol qilib oladigan boʻlsak, unda oʻsimlik va hayvonot dunyosining ilmiy rasmlari va illyustratsiyalari tayyorlanadi. Geografiyada esa landshaft va tabiiy zonalarni chizish, xaritalarni bezashda tasviriy sanʼat uslublari qoʻllanadi. Shuningdek, pedagogika boʻyicha ham asosiy roʼl oʻynaydigan fan tasviriy sanʼat chunki pedagogika sohasida oʻquvchilarning estetik tarbiyasini rivojlantirish, ijodkorlikni kuchaytirish uchun qoʻllaniladi. Tasviriy sanʼat zamonaviy taʼlimda juda zarur fan hisoblanadi. U orqali turli xil fanlarni rasmlar va grafik tasvirlar yordamida chuqurroq oʻrganish mumkin. Sanʼat bilan shugʻullanish insonning ichki dunyosini ochib berib, hayotga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshiradi hamda estetik did, tafakkur va ijodkorlikni rivojlantiradi. Xullas sanʼat sohasida ijod qiladiganlar qancha koʻpaysa, shuncha erkinlik va yangi gʻoyalarni targʻib qilish koʻnikmasi ham kuchayadi . Jamiyatda ijodkorlik muhiti yanada rivojlanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. 1.Mirsoatova, L. (2023, December). PEDAGOGIK TA’LIM INNOVATSION KLASTERI HAMKORLIGI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01). 2. Мирсоатова, Л. Ў. (2023). Интеграция Средств Компьютерной Графики В Образовательные Стандарты И Курсы Развития Навыков Самостоятельного Обучения. Diversity Research: Journal of Analysis and Trends, 1(8), 72-76. 3. Султанов ХЭ, Бойназарова НХ, Бердиев ДА, Мирсоатова ЛЎ, Маматкаримова МТ. Кластер ҳамкорлигида ижодий фаолиятни ташкил этишнинг ўқувчилар маънавийахлоқий тарбиясидаги аҳамияти. Yangi o ‘zbekistondа pedаgogik tа’lim innovаtsion klаsterini rivojlаntirish istiqbollаri” mаvzusidаgi xаlqаro ilmiy-аmаliy аnjumаn mаteriаllаri/may. 2022 May 20:613-20. 4. Mirsoatova, L. (2022). USE OF INNOVATIVE METHODS IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS’CREATIVE ABILITIES. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(01), 45-49. 5. Султанов, Х. Э., & Мирсоатова, Л. У. (2021). МЕХAНИЗМ ИННOВAЦИOННOЙ ДЕЯТЕЛЬНOCТИ В CФЕPЕ НЕПPЕPЫВНOГO OБPAЗOВAНИЯ. Academic research in educational sciences, 2(5), 1240-1247. 6. 6.Baymetov, B. B., & Misoatova, L. (2021). DEVELOPMENT OF CREATIVITY AND IMAGINATION OF SCHOOLCHILDREN IN FINE ARTS CLASSES. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES, 2(05), 55-61. 7. Baymetov, L. M. B. B. (2020). Theory and methods of depicting the human body in higher pedagogical education. 2020/11" Science and Education. Scientific Journal, 1(8), 467-475.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 216 8. Baymetov, B., & Sharipjonov, M. (2021). OLIY PEDAGOGIK TA’LIMDA TALABALARGA INSON QIYOFASINI AMALIY TASVIRLASH JARAYONIDA IJODIY KOMPYETYENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH. Academic Research in Educational Sciences, 2(3), 1066-1070. 9. TASVIRIY SANʼAT TARIXI (Qadimgi dunyo sanʼati) . D. Pulatov 10. TASVIRIY SANʼAT TARIXI( PORTRET, MANZARA, NATYURMORT, ANIMALISTIK, BATAL JANRLARI) O. N. Shomurodov . 11. TASVIRIY SANʼAT FANINING KELAJAK AVLOD HAYOTIDA TUTGAN OʻRNI . Mamitaliev Ahmadjon Gʻaniyevich