KITOB MAZMUNINI IDROK QILISHIDA UNGA ISHLANGAN ILLYUSTRATSIYALARNING AHAMIYATI
Abstract
Maqolada bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalashda bolalar kitobiga ishlangan illyustratsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari, maqsadi, yo‘nalishi va obrazni ifodalashdagi axamiyati haqida gap boradi. Bundan tashqari bolalar kitoblariga illyustratsiya ishlashda bolalardagi yosh farqlanishini, adabiy manba bilan bog‘liqligini va kitob mazmunini idrok qilishda illyustratsiyalarning vazifalari yoritib berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 245 KITOB MAZMUNINI IDROK QILISHIDA UNGA ISHLANGAN ILLYUSTRATSIYALARNING AHAMIYATI Sobirov Sarvar Tursunmurotovich Chirchiq davlat pedagogika univesiteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17403500 Annotatsiya. Maqolada bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalashda bolalar kitobiga ishlangan illyustratsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari, maqsadi, yo‘nalishi va obrazni ifodalashdagi axamiyati haqida gap boradi. Bundan tashqari bolalar kitoblariga illyustratsiya ishlashda bolalardagi yosh farqlanishini, adabiy manba bilan bog‘liqligini va kitob mazmunini idrok qilishda illyustratsiyalarning vazifalari yoritib berilgan. Tayanch so‘zlar: shaxs kamoloti, badiiy ta’lim, tasviriy savodxonlik, estetik did, kompetentsiya, axloqiy ideal, illyustratsiya, axloqiy qadriyatlar, adabiy matn, badiiy asar, obraz, dekorativ, voqeylik, grafik tasvir, idrok, ko‘rgazmalilik, syujet. Аннотация. В статье рассматриваются особенности иллюстраций к детским книгам, их цель, направление и значение в передаче художественного образа в воспитании детей как гармонично развитых личностей. Кроме того, освещены задачи иллюстрирования детских книг с учетом возрастных особенностей детей, связи с литературным источником и роли иллюстраций в восприятии содержания книги. Ключевые слова: гармоничное развитие личности, художественное образование, изобразительная грамотность, эстетический вкус, компетенция, нравственный идеал, иллюстрация, нравственные ценности, литературный текст, художественное произведение, образ, декоративность, реальность, графическое изображение, восприятие, наглядность, сюжет. Annotation. The article discusses the specific features of illustrations in children's books, their purpose, direction, and importance in conveying artistic images for educating children as well-rounded individuals. In addition, the paper highlights the functions of illustrating children's books in relation to age differences, the connection with literary sources, and the role of illustrations in comprehending the content of the book. Keywords: personal development, art education, visual literacy, aesthetic taste, competence, moral ideal, illustration, moral values, literary text, artistic work, image, decorativeness, reality, graphic representation, perception, visualization, plot. Bolalarni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk vakillari jalb etiladi. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Badiiy ta’lim tarixida o‘quvchilarning tasviriy savodxonligi, estetik didini shakllantirishda tasviriy san’at tarkibidagi illyustrativ rasm ishlash darslari alohida ahamiyat kasb etishi bilan ham nafaqat badiiy-estetik ta’limda, balki umuman ta’limda, ayniqsa, tarbiyada muhim o‘rin tutadi. Zero, bu jarayon o‘quvchilarda tasviriy savodxonlik kompetentsiyalari bilan hamohang
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 246 tarzda o‘quvchilar ma’naviyatini boyitish, ularda axloqiy ideallarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. 1 Bolalar kitoblariga illyustratsiya (lot. illustratio - yoritish, ko‘rgazmali tasvir) ishlash haqida gapirganda, uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida aytib o‘tish kerak. Bolalar kitoblariga illyustratsiyalar chizishda ularning hali ham o‘yinlar, qiziqarli sarguzasht, yorqin dunyoda yashayotganligini xisobga olish kerak. Bola uchun illyustratsiya eng muhim bilim va axborot elementi bo‘lib, u shubhasiz ta'lim qiymatiga ega. Bu orqali bola atrofdagi voqelikni, tabiatni va hayvonot dunyosi, insonlarning turmush tarzi haqida juda ko‘p narsalarni o‘rganadi. Shuning uchun rassomning bolalar kitoblarini tasvirlashga bo‘lgan munosabati alohida, o‘ta mas'uliyatli, samimiy va bevosita bo‘lishi kerak. Kitob bilan muloqot bolaning ichki dunyosi shakllanishiga ta'sir ko‘rsatadi. Badiiy adabiyotni o‘qish orqali bola dunyoning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqida tahlil qilishni o‘rganadi, axloqiy qadriyatlarni o‘zida shakllantirib boradi. Illyustratsiya bolalar uchun kitobning eng muhim elementi bo‘lib, u asosan kitobning badiiy qiymatini va hissiy ta'sirining xususiyatini belgilaydi. Illyustratsiyalar-matnni obrazli ochib beruvchi, adabiy asar mazmuni va uslubiga bo‘ysunuvchi, shu bilan birga kitobni bezovchi va uning dekorativ tuzilishini boyituvchi tasvirlardir. “Bola kitoblardagi illyustratsiyalarning yorqin ranglarda bo‘lganini yoqtiradi. Bolalarga ko‘rish bilan bir qatorda ushlab ko‘rish juda muhimdir. Bolalardagi bu istak bolalar kitoblarining nafaqat mazmun jixatdan balki material jihatidan ham mustaxkam va sifatli bo‘lishini talab etadi. Bolalar kitoblaridagi narsalarni jonlantirish va insonlardagi xati-xarakatlar, fel – atvorlarini hayvonlar obrazida tasvirlash muhim axamiyat kasb etadi. Bola ko‘pincha o‘zini ertakdagi biror qaxramon yoki narsaning o‘rniga qo‘yib ko‘radi. Shu sababli voqeylikni illyustratsiyalarda xuddi hayotdagi kabi tasvirlash bolalar uchun qiziqarli bo‘lmaydi”. 2 Bolalar kitobiga ishlangan-illyustratsiya o‘qituvchiga matnni bolaga to‘liqroq taqdim etishga yordam beradi, lekin noto‘g'ri vaqtda ko‘rsatilsa, idrok qilishga ham xalaqit berishi mumkin. Kitob illustratsiyasi tasviriy san'atning maxsus turi sifatida idrokning shakllanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi u bolaning estetik ta'sirchanligini rivojlantiradi, bu esa bolaning go‘zallikka bo‘lgan intilishida namoyon bo‘ladi. Kitobdagi illyustratsiya bolalarning tasviriy san'at olami bilan birinchi uchrashuvidir. Kitob mazmunini ochib berishda, bolarda his-tuyg'ularni uyg'otish va nihoyat uning ko‘rgazmaliligini boyitish va rivojlantirishda kitob illyustratsiyasi estetik vazifani bajaradi. Kitobat san’atida illyustratsiyaning vazifalari - Birinchidan, kitobdagi tasvirlar bola uchratgan ilk tasviriy san'at asarlaridan biri bo‘lib, mashg'ulotlar bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga yordam beradi, unga san'at asari sifatida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi. 1 Sulaymanov A. , Abdullayev N. “Tasviriy san’at”. 7-sinf uchun darslik-2006y. 2 K .В. Макарова. Особенности детской книжной иллюстрции и ее отличия от взрослой. Культура и образование. https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-detskoy-knizhnoyillyustratsii-i-ee-otlichiya-ot-vzrosloy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 247 Ikkinchidan, illyustratsiyalar bolalarda badiiy didni shakllantirishga yordam beradi, bolaga kartinalarda har doim ham ko‘rmaydigan va ularni tushunish qiyinroq bo‘lgan badiiy vositalarni ko‘rishga, idrok etishga va baholashga yordam beradi. Rasmlardagi rang, ritm, kompozitsiya va boshqa tushunchalar bolalar uchun tushunarli bo‘ladi. Uchinchidan, bu mavzu bolalar nutqini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi: hikoyalar tuzish, turli emotsional holatlarni tasvirlash orqali so‘z boyligini boyitadi. To‘rtinchidan, kitobga ishlangan illyustratsiyalar bilan ishlash va barcha aqliy bilish jarayonlarini faollashtirishga yordam beruvchi maxsus mashqlar, o‘yinlardan foydalanish: xotira, fikrlash, diqqat, tasavvur va ularning rivojlanishiga yordam beradi. Beshinchidan, kitobga illyustratsiya ishlovchi rassomlarning ijodiy uslubi bilan tanishish bolalarni chizishga undaydi va ularning tasviriy malakalarini oshirish imkoniyatini beradi. Illyustratsiya bolalar uchun kitobning eng muhim elementi bo‘lib, asosan uning badiiy qimmatini, hissiy ta'sirining xususiyatini va o‘quvchilarni estetik tarbiyalash jarayonida undan foydalanish imkoniyatini belgilaydi. Kitob illustratsiyasi bolani dunyoni o‘rganishda, axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirishda, estetikada yordam beradi. Illyustratsiya bolaning o‘qishi uchun kitob tanlash jarayonini boshlaydi. Illyustratsiya bolaning adabiy matnni tushunishiga yordam beradi, uning mavzusi, g'oyasi, xarakterlari haqida tasavvur hosil qiladi va adabiy harakatning voqea va belgilariga baho beradi. Illyustratsiya - bolalarni adabiy dunyoga kirib, uni his qilish, do‘stlashish, sevishga yordam beradi. Bolaning hayotiy tajribasi kam bo‘lgani uchun yozuvchining aytganlarini xayolida qayta yaratish qiyinroq. U tasavvur qilishi uchun ko‘rishi, ishonishi kerak. Bu yerda illyustratsiyachi rassom kitob mazmuniga kirishi va bolalarcha dunyoqarash bilan tasvirlashi kerak bo‘ladi. Kitob illustratsiyasi yosh bolalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bola uchun kitob illyustratsiyadan boshlanadi va bu bolaning o‘zlashtirishi uchun rag'bat bo‘lib xizmat qiladi. 5-6 yoshdagi bolalarda o‘qish ko‘nikmalari hammasida ham unchalik rivojlanmagan bo‘ladi, shuning uchun bolalar idrokining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlangan illyustratsiyalar bolalarning kitobga va o‘qishga qiziqishini oshiradi. Bolalarni kitob grafikasi bilan badiiy asar sifatida tanishtirish uchun o‘qituvchi pedagogik ishlarni to‘g'ri olib borish maqsadida illyustratsiya va bolalar kitobining badiiy matni haqidagi, kitob grafikasining turli yosh guruhlarini idrok etish xususiyatlarining qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Adabiy asarning g'oyaviy mazmunini ochib berish bilan chambarchas bog'liq holda qahramonlar obrazlarini tasvirlash kitobga illyustratsiya ishlovchi rassom tomonidan hal etiladigan vazifa. Obrazni xarakterli tasvirlash vositalariga quyidagilar kiradi: qahramonning grafik tasviri, qahramonning psixologik holatini ochib beruvchi yuz ifodalari, qaddi-qomati, imoishorasi hattoki ranglar orqali xarakterini ochib berish. “G‘oyani rangda ifodalash ham eng muhimlardan biridir. Inson bajargan har bir ijodiy ish bu qandaydir darajadagi bir asar. Badiiy asarning o‘zi qanday muammo ifodalanganligidan qat’iy nazar “alohida asar” sifatida e’tiborga molik bo‘lishi kerak”. 3 3 X. Sultonov. “Rangtasvir” (Akvarelda natyurmort ishlash).Ўқув қўлланма Т.:“VNESHINVESTROM” МЧЖ, 2019
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 248 Matn va illyustratsiya birligi bolalar tomonidan ko‘rgazmalilik va nutq idrokining o‘zaro aloqasida butun kitobning mazmunini tushunish mumkin. Badiiy illyustratsiya bolalarning matnni tushunishlariga katta ta'sir ko‘rsatadi. Bu ta'sir erta maktabgacha yoshdagi bolalarda muhim hisoblanadi. Kelajakda illyustratsiyalarning ta’siri kamayadi va matnning roli ortadi. Kichik bola uchun chizilgan illyustratsiya yordamchi vazifani bajarmaydi, balki asosiy material rolini o‘ynaydi. Rivojlanishning bu bosqichida illyustratsiya bola uchun voqelikning o‘zini ifodalaydi, uni og'zaki tavsif bilan almashtirib bo‘lmaydi. Katta yoshdagi bolalar illyustratsiyalar yordamisiz ertak yoki oddiy hikoya syujetini tushuna boshlaydilar. Biroq, murakkabroq badiiy asarning ichki mazmunini - xattiharakatlarining axloqiy mazmunini tushunish bola uchun katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etishda illyustratsiya yana muhim rol o‘ynay boshlaydi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, matn va illyustratsiyalar kitob mazmunini taqdim etishning asosiy shakli bo‘lgani uchun bolaning kitobni tushunishi og'zaki taqdimot va ko‘rgazmali tasvirning to‘g'ri nisbati bilan ta'minlanadi. Bolaning shakllanishida kitobning o‘rni beqiyos. Kitob bolaning tabiiy qiziquvchanligini boshqaradi, uni rivojlantiradi va chuqurlashtiradi, tasavvurida paydo bo‘lgan minglab savollarga javob beradi. Bolalar uchun kitobdagi illyustratsiyalarga bo‘lgan ehtiyoji kattadir. Illyustratsiya bolalarni matnni yanada chuqurroq va yaxshiroq idrok etishiga va atrofidagi dunyo haqida bilimlarini boyitishiga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Sulaymanov A. , Abdullayev N. “Tasviriy san’at”. 7-sinf uchun darslik-2006y. 2. Gurovich L. M. “Bola va kitob”. Moskva: Prosveshchenie, 2002. 3. X. Sultonov. “Rangtasvir” (Akvarelda natyurmort ishlash).Ўқув қўлланма Т.:“VNESHINVESTROM” МЧЖ, 2019 4. K .В. Макарова. Особенности детской книжной иллюстрции и ее отличия от взрослой. Культура и образование. https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-detskoy-knizhnoyillyustratsii-i-ee-otlichiya-ot-vzrosloy 5. Qosimov J.A., Sultanov Kh.E., Sobirov S.T. va boshq. Increasing professional competence of students based on modern graphics programs. – Scopus maqolasi. 6. Sarvar Tursunmurotovich Sobirov. Developing Students’ Imagination Through Illustration and Illustrations in Fine Arts Classes. International Journal of Social Science Research and Review. http://ijssrr.com [email protected] Volume 5, Issue 6 June, 2022. 7. Sultanov X.E, Sobirov S.T, Marasulova I. M. “THEORETICAL BASIS OF CLUSTER APPROACH IN FINE ARTS EDUCATION”. Journal of Critical Reviews ISSN23945125 Vol 7, Issue 9, 2020. 15.05.2020. p 108-111 https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2s2.0-85086321517&origin=recordpage