BADIIY TA'LIMDA USTOZ-SHOGIRD TIZIMI VA INNOVATSION INTEGRATSIYA ORQALI IJODIY MUHIT YARATISH TAJRIBASI
Abstract
Mazkur tezisda ustoz-shogird tizimi va zamonaviy pedagogik innovatsiyalarni uyg‘unlashtirish orqali badiiy ta’limda ijodiy muhit yaratish masalalari yoritilgan. Chirchiq davlat pedagogika universiteti tajribasi asosida nazariya, amaliyot va ishlab chiqarish integratsiyasi tahlil etilgan hamda talabalarda ijodiy mustaqillik va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 249 BADIIY TA’LIMDA USTOZ-SHOGIRD TIZIMI VA INNOVATSION INTEGRATSIYA ORQALI IJODIY MUHIT YARATISH TAJRIBASI 1Sultanov Xaytboy Eralievich, 2Soliddinov Shuxriddin G'ayrat o'g'li, 3Qudratova Nozliya Ilhom qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi professori, 21 kurs magistranti, 3bakalavriat 3 kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403515 Annotatsiya. Mazkur tezisda ustoz-shogird tizimi va zamonaviy pedagogik innovatsiyalarni uyg‘unlashtirish orqali badiiy ta’limda ijodiy muhit yaratish masalalari yoritilgan. Chirchiq davlat pedagogika universiteti tajribasi asosida nazariya, amaliyot va ishlab chiqarish integratsiyasi tahlil etilgan hamda talabalarda ijodiy mustaqillik va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: ustoz-shogird tizimi, integratsiya, klaster yondashuvi, innovatsion ta’lim, ijodiy muhit. Аннотация. В тезисе рассмотрены вопросы создания творческой среды в художественном образовании путем интеграции системы «устоз–шогирд» и современных педагогических инноваций. На основе опыта Чирчикского государственного педагогического университета проанализирована интеграция теории, практики и производства, а также обоснованы возможности развития творческой самостоятельности и профессиональных компетенций студентов. Ключевые слова: система «устоз-шогирд», интеграция, кластерный подход, инновационное обучение, творческая среда. Annotation. This thesis explores the creation of a creative environment in art education through the integration of the ustoz-shogird (master–apprentice) system with modern pedagogical innovations. Based on the experience of Chirchik State Pedagogical University, the integration of theory, practice, and production is analyzed, and the opportunities for developing students’ creative independence and professional competencies are substantiated. Keywords: ustoz-shogird system, integration, cluster approach, innovative education, creative environment. KIRISH Zamonaviy ta’lim tizimida badiiy-pedagogik jarayonlarni takomillashtirish va talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalasi dolzarbdir. Davlatimiz rahbari tomonidan bu haqda “…yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlaydigan va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish zarur 1 ” deb ta’kidlaydilar. 2019 yil ishlab chiqilgan ta’lim konsepsiyasida esa ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, talabalarda mustaqil izlanish va ijodiy faollikni rag‘batlantirish vazifasi belgilangan 2 . Bu jarayonda an’anaviy ustoz-shogird an’analari zamonaviy pedagogik innovatsiyalar bilan uyg‘unlashib, ijodiy muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, fanlararo integratsiya va klaster yondashuvi asosida nazariya, amaliyot va ishlab chiqarish jarayonlari uyg‘unligi ta’lim sifatini oshirish imkoniyatini yaratadi. 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ–4947-сон Фармони 2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги ПФ–5712-сон Фармони
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 250 Asosiy qism Yevropa, Sharq va Markaziy Osiyoda tasviriy va amaliy san’at asrlar davomida ustozshogird an’analari asosida rivojlanib kelgan. Bu jarayonda talabalar mashhur ustalar asarlarini ko‘chirish va ulardan ilhomlanish orqali o‘zlarining mahoratini rivojlantirib borishgan. O‘zbekiston hududida ham asrlar davomida tasviriy va amaliy san’at sohasidagi miniatyura san’ati, kulolchilik, zargarlik, hattotlik kabi an’anaviy badiiy ko‘nikmalar ustozdan shogirdga o‘tishi orqali rivojlanib kelgan. Asrlar mobaynida Hirot, Buxoro, Samarqand, Sheroz va Tabriz kabi an’anaviy miniatyura maktablarida ustozlar shogirdlariga ijodiy mahoratdan tashqari milliy qadriyatlar ham singdirib kelingan. Ustoz-shogird tizimi muhitida olingan tajribalar keyinchalik milliy rangtasvir asarlari yaratilishida muhim o‘rin tutgan. Yevropa va Sharq an’analari uyg‘unligidagi ustoz-shogird tajribasi yurtimizda B. Jalolov, J. Umarbekov, A. Ikromjonov, Ya. Salpinkidi kabi boshqa ko‘plab o‘zbek rassomlari tomonidan davom ettirib kelinmoqda. Bugungi kun sharoitida esa individual ijodiy yondashuv va milliy uslublarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ya’ni, zamonaviy O‘zbekiston badiiy ta’limida an’anaviy ustoz-shogird metodi va akademik ta’limni uyg‘unlashtirish orqali integratsion muhit yaratish dolzarb masalaga aylandi. Bugungi kunda ilmiy izlanishlar ustozshogird va kognitiv ustozlik modellarini o‘qitishda samarali ekanligini tasdiqlaydi. Masalan, kognitiv psixologiya olamidagi olamshumul olim Govard Garner ta’kidlaganidek, ustoz-shogird usulini maktab sharoitiga oqilona kiritish talabalarning tushunish qobiliyatini faollashtirish va kengaytirishga olib keladi 3 Uning fikriga ko‘ra, an’anaviy ustozlikka ta’lim tizimi omilini kiritish talabalarni to‘laqonli rivojlantirishga yordam beradi. Zamonaviy pedagoglarning ta’kidlashicha, an’anaviy ustoz-shogird va kognitiv ustozlik usullari har ikkisi ham mutaxassislik jarayonlari hamda o‘rganishning kontekstli jihatlariga katta e’tibor qaratadi O‘zbekistonda taniqli olim J. O‘sarov individual ta’lim traektoriyasi mustaqil fikrli yoshlar safini kengaytirishini ta’kidlayadi 4 . Insonning kognitiv qobiliyatlari – ta’lim jarayonining asosiy poydevori. Ular talabalarning bilim olishga tayyorligi, ijodiy faolligi va kasbiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish - zamonaviy ta’limning strategik vazifasi hisoblanadi. Demak, ta’lim jarayonida har ikki usulning kuchli tomonlarini uyg‘unlashtirish pedagogik negizlarni mustahkamlaydi. Bundan tashqari xalqaro tajribalarda ijodkorlik umrbod ta'lim uchun kerakli qobiliyat hisoblanadi va talabalarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun zarur ekanligi ta’kidlanadi 5 . XX–XXI asrlarda akademik ta’lim tizimi shakllanishi bilan birga raqamli texnologiyalar, multimedia vositalari va STEAM yondashuvlari ta’limga keng joriy etildi. Bu jarayonda nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’minlanib, talabalarning ijodiy mustaqilligi kuchaydi. Zamonaviy ta’lim tizimida akademik bilimlarning amaliy ko‘nikmalar bilan integratsiyasi, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish asosiy strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ustoz-shogird tizimi asosida 'O‘rgatib-o‘rganamiz' loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu loyiha doirasida talabalar o‘zaro tajriba almashish, ijodiy ustaxonalarda birgalikda ishlash va pedagogik amaliyotni boyitish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, klaster yondashuvi asosida maktab-universitet-ishlab chiqarish hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. San’atshunoslik fakulteti o‘z faoliyatida klaster yondashuviga tayangan holda, umumta’lim muassasalari, mahalliy hamjamiyatlar, ishlab chiqarish korxonalari va xalqaro tashkilotlar bilan keng qamrovli 3 Cariño K. The Convergence of Traditional and Cognitive Apprenticeship as a Signature Pedagogy: A Case Study of Dance Choreographer, Lim Fei Shen // Signature Pedagogies for Professions in Arts and Design. – Singapore: Springer, 2025. – P. 55–73. link.springer.comlink.springer.com. 4 Осаров Ж. Individual ta’lim traektoriyasi mustaqil fikrli yoshlar safini kengaytiradi // Янги Ўзбекистон газетаси. – 23.12.2023. – https://yuz.uz 5 Lucas B., Venckutė M. Creativity – a transversal skill for lifelong learning. – European Commission JRC Publications, 2020.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 251 hamkorlikni faol yo‘lga qo‘ygan. Ushbu strategik yondashuv ta’lim jarayonini real hayot ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lash, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy kontekstda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ularning ijtimoiy faolligini oshirishni nazarda tutadi. Chirchiq shahar tarixi muzeyi bilan o‘rnatilgan integratsion hamkorlik muzey madaniy merosni saqlash, o‘rganish va keng jamoatchilikka targ‘ib qilishda muhim o‘rin tutadi. San’atshunoslik fakulteti bilan hamkorlik doirasida muzey talabalar uchun amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallash, tarixiy va badiiy eksponatlar bilan bevosita tanishish imkoniyatini yaratuvchi platforma sifatida xizmat qilmoqda. Bakalavr hamda magistrlik ijodiy ishlarini (BMI) muzey faoliyatiga integratsiya qilish, ijodkor o‘qituvchilari va talabalarning ijodiy salohiyatidan foydalangan holda muzey eksponatlarini ta’mirlash va yangi asarlar bilan boyitishga yordam berish hamkorlikning muhim mexanizmi hisoblanadi. "Tasviriy san’at" kafedrasida ming yillik tarixga ega bo‘lgan Rishton kulolchilik an’analari tajribalarini o‘rganish, talabalarni amaliy san’atga qiziqtirish, xalq ustalari bilan hamkorlikda “Ustoz-shogird”tizimini yanada takomillashtirib kelinmoqda. bu bilan talabalarning nazariy bilimlari mustahkam amaliyot bilan to‘yingan holda ishlab chiqarishga yo‘naltirilmoqda. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan nazariya–amaliyot–ishlab chiqarish integratsiya modeli quyidagilarni qamrab oladi: Blok Мazmun Samara Nazariya Pedagogika, uslubiяt, san’at tarixi Ilmiy asoslangan bilim Amaliyo t Ijodiy ustaxonalar, kompozitsiya, rangtasvir, amaliy san’at Kasbiy mahorat va ko‘nikmalar Ishlab chiqarish Muzey, galareya, hunarmandchilik va dizayn korxonalari bilan hamkorlik Ijtimoiy-iqtisodiy samara Ushbu model talabalarda kasbiy kompetensiyalar shakllantirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish va pedagogik amaliyotda innovasion yondashuvlarni tatbiq etish imkonini yaratadi. Tadqiqot natijalari - Talabalarning ijodiy faolligi va mustaqil fikrlashi kuchaydi. - Fanlararo integrasiya asosida ijodiy muhit shakllandi. - Ustoz-shogird tizimi zamonaviy talablarga uyg‘unlashtirildi. - Klaster yondashuvi orqali ta’lim–amaliyot–ishlab chiqarish uyg‘unligi ta’minlandi. Xulosa Ustoz-shogird tizimi va zamonaviy innovasion ta’lim modellari uyg‘unligi talabalarda ijodiy muhitni rivojlantirishda, ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda hamda pedagogik jarayon samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu tajribani klaster yondashuvi doirasida yanada rivojlantirish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Ўзбекистон Республикаси Президенти. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Hаракатлар стратегияси тўg‘рисида: ПФ–4947-сон Фармон. 2017 йил 7 феврал. // Ўзбекистон Республикаси qонун hужжатлари тўплами. – Т., 2017. 2. Ўзбекистон Республикаси Президенти. Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепцияси тўg‘рисида: ПФ–5712-сон Фармон. 2019 йил 29 апрел. // Ўзбекистон Республикаси qонун hужжатлари тўплами. – Т., 2019. 3. Cariño K. The Convergence of Traditional and Cognitive Apprenticeship as a Signature Pedagogy: A Case Study of Dance Choreographer, Lim Fei Shen // Signature Pedagogies for Professions in Arts and Design. – Singapore: Springer, 2025. – P. 55–73. link.springer.comlink.springer.com.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 252 4. Султанов Х.Э. Кластер усули орqали тасвирий санъат таълимини интеграциялаш. – 2024. – Itm.uz. 5. Осаров Ж. Individual ta’lim traektoriyasi mustaqil fikrli yoshlar safini kengaytiradi // Янги Ўзбекистон газетаси. – 23.12.2023. – https://yuz.uz 6. Lucas B., Venckutė M. Creativity – a transversal skill for lifelong learning. – European Commission JRC Publications, 2020.