BUXORO SHAHRINING QADIMGI DAVRDAN TO HOZIRGACHA BO'LGAN TARIXI
Abstract
Ushbu maqola Buxoro shahrinining yaratilish tarixi, Somoniylar davridagi hayoti va Buxoro xonligi davrida bunyod etilgan me’moriy obidalar haqida ma’lumot beradi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 06, 2025 71 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us BUXORO SHAHRINING QADIMGI DAVRDAN TO HOZIRGACHA BO’LGAN TARIXI Mamasharipova SHahloxon Namangan davlat universiteti, Tarix yo’nalishi talabasi Annotatsiya Ushbu maqola Buxoro shahrinining yaratilish tarixi, Somoniylar davridagi hayoti va Buxoro xonligi davrida bunyod etilgan me’moriy obidalar haqida ma’lumot beradi. Kalit so’z. Buxoro, Buyuk ipak yo’li, Turon zamini, Ismoli Somoniy, Mir Arab madrasasi, Nasr II, So’g’diyona, Makedoniyalik Aleksandr. Аннотация В статье представлена информация об истории создания города Бухары, его жизни в эпоху Саманидов и архитектурных памятниках, построенных в период Бухарского ханства. Ключевые слова: Бухара, Великий Шелковый путь, туранские земли, исмаилиты Саманиды, медресе Мир Араб, Наср II, Согдиана, Александр Македонский. Annotation This article provides information about the history of the creation of the city of Bukhara, its life during the Samanid era, and the architectural monuments built during the Bukhara Khanate. Keywords. Bukhara, Great Silk Road, Turanian lands, Ismali Samanid, Mir Arab Madrasah, Nasr II, Sogdiana, Alexander the Great Kirish. BuxoroO’rta Osiyoning eng qadimgi va mashur shaharlaridan biri. U asrlar davomida ilm-fan, madaniyat, savdo va din markazi sifatida tanilgan. “Buxoro” so’zi qadimgi manbalarda “muqaddas joy”, “ ibodat maskani” degan ma’nonilarda ishlatilgan. Bu shahar o’zining boy tarixi, me’moriy yodgorliklari va ilmiy merosi bilan butun dunyoga mashhur. Buxoro--sharqning durdonasi, tarix va madaniyat maskani, o’zining betakror obidalari, qadimiy ko’chalari va ilm-ma’rifat manbalari bilan asrlar davomida xalqimiz g’ururi bo’lib kelgan. U nafaqat mamlakatimiz, balki butun musulmon olamining muhim madaniy va ilmiy markazlaridan bo’lgan. Shahar asrlar davomida ko’plab tarixiy voqealarning guvohi, buyuk allomalar va davlat arboblarining vatani sifatida tanilgan. Jumladan, buyuk hadisshunos olim imom Al-Buxoriy, fiqh olimi Abu Hafs
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 06, 2025 72 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Kabir al-Buxoriy, tabib, faylasuf va ensiklopedist Abu Ali Ibin Sino, Abu Bakr Narshaxiy kabi ko’plab allomalar yashab o’tganlar. Buxoro tarixida biz ko’plab chet el yozuvchilari asarlaridan ham ma’lumot olishimiz mumkin. Jumladan, arxeolog va sharqshunos Nikolay Ivanovich Veselovskiy shunday degan, U Buxoroni” SHarqning qadimiy ilm va madaniyati markazi” deb atagan. Sayyoh va tabiatshunos Aleksey Fedchenko 1870-yillarda O’rta Osiyoga sayohat qilib, “Puteshestvie Bukharskoe khanstvo” ya’ni Buxoro amirligiga sayohat” asarini yozgan. U o’z asarida Buxoroga shunday tarif bergan “Buxoro-bu musulmon SHarqining yuragi, ilm va e’tiqod markazi. Uning bozorlari Hayot bilan to’la, madrasa va masjidlari esa tinimsiz ilm maskani’ deb yozgan. Shu sababli Buxoro nafaqat tarixiy markaz, balki xalqimiz faxri hamdir. ”Har bir ko’chasi tarix, har bir g’ishtida o’tmish nafas oladi’- deb yozadi SH.Raxmonov o’z asarida. Buxoroning ilk davrlardagi tarixi. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, Buxoro hududida odamlar miloddan avvalgi IV-III ming yillliklarda yashagan. Dastlab bu joylarda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanuvchi qadimiy aholi manzilgohlari bo’lgan. Keyinchalik Buxoro So’g’diyona viloyatining muhim markaziga aylangan. Shahar “Buyuk Ipak yo’li” ustida joylashgani sababli, u savdo va madaniyat markaziga aylandi. Turli xalqlar bu yerda uchrashib, o’zaro tovar almashgan, hunarmandchilik rivojlangan, Shunindek, bu davrda Buxoroda mustahkam qal’alar va ibodat maskanlari barpo etilgan. Buxoro shahriga mill.avv VII asrda Alp Er Tug’ruq tomonidan asos solingan. Buxoro bu davrda Turon davlating poytaxti bo’lgan. Buxoro mil.avv VI asrlardan milodiy IV asrlargacha Sug’d davlati tarkibida bo’lib, keyinchalik buxoro uning poytaxti bo’lgan. Bu davrda buxori atrofida qal’alar va qishloqlar markazlari paydo bo’lgan. Shahar madaniyati rivojlanib, Buxoro So’g’diyonaning siyosiy, savdo va diniy markaziga aylangan. Aholisi asosan, zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Eron shohlari bo’lgan ahamoniylar Buxoroni bosib olish uchun bir necha marta hujum qilishgan. Aleksandr Makedonskiy qo’shinlari mil.avv 329-327 yillarda Turon sarhadiga kirib, Samarqanddan tashqari Buxoro vohasini ham ishg’ol etadi. Somoniylar davrida Buxoro. IX asrning o‘rtalaridan Xuroson noibi Abu-lAbbos Tusiy davrida Buxoroni tashqi hujumlardan mudofaa qilish maqsadida 700 gektardan oshiqroq joyni egallagan voha tevaragida bir necha yuz farsaxga cho‘zilgan mudofaa devori qurila boshlangan. Devor 782—831 yillar mobaynida qurilgan bo‘lib,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 06, 2025 73 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us qurilish ishlariga Buxoro qozisi Sa’d ibn Xalaf al-Buxoriy boshchilik qilgan. Devor «Kampirak» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Kampirak devori shaharni tashqi dushmanlardan himoya qilish bilan birga, shubhasiz Qizilqum cho‘lining qumli bo‘ronlaridan ham himoya qilgan. Amir Ismoil Somoniy hukmronlik yillarida (888-907 yy) dashtliklarga harbiy yurishlar amalga oshirilishi ortidan devorning har yilgi ta’mirlash ishlari to‘xtatib qo‘yildi. Bu tadbir o‘z davri uchun ijobiy natijani bergan bo‘lsada, ammo kuchli salbiy oqibati keyinchalik namoyon bo‘ldi. Birinchidan, bu tabiat va insonni qamrab olishga, ularning yaxlitligiga qaratilgan davlat siyosatining barbod bo‘lganligini ko‘rsatdi. Ikkinchidan, voha sug‘oriladigan yerlarining yuza qismi cho‘l qumlari bilan ifloslanib, unumdor yerlarning tarkibi buzilishida namoyon bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida, somoniylar hukmronligining oxirida iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi. Mamlakat iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligiga asoslangan davlat uchun bu katta yo‘qotishlarga olib keladi. Uchinchidan, vohaning cho‘llashishi kuchaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, shu tadbirdan so‘ng cho‘l vohaning ba’zi bir g‘arbiy viloyatlarini yutib yuborgan. Shaharda mo‘tadil iqlimni saqlab turish va cho‘l ta’siridan himoyalanish barcha davrlarda ham xalqimiz uchun o‘ziga yarasha muammo tug‘dirgan. IX asrning ikkinchi yarmidan - X asr oxiriga qadar Buxoro Somoniylar davlatining poytaxti bo‘lgan. Shu davrda yashagan Abu Mansur Saolibiyning «Yatimat ud-dahr» tazkirasida «Buxoro Somoniylar hukmronligi davrida shonshuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va o‘z davrining fozil kishilari yig‘ilgan joy» deb ta’riflangan. Massonning e’tiroficha, bu davr Buxoro shahri uchun yuksalish va gullab-yashnash davri hisoblangan. Shahar ilm-ma’rifat va savdo-sotiq markazi bo‘libgina qolmay, turli kasb-hunarlarning ham markazi bo‘lgan. Buxoro ta’lim tizimi tarixini o‘rgangan A. Jumanazorovga ko‘ra, madrasalar qurilishi ham aynan shu davrda ommalashgan. Shahar islom dini, musulmon axloqi, madaniyati va huquqshunosligining Sharqdagi kuchli markazlaridan biriga aylangan. Shu tufayli IX asr boshlarida «Qubbat ul-islom» —«Islom dinining gumbazi» degan sifatga ega bo‘lgan. Mazkur davrda shaharning tashqi qiyofasi jiddiy o‘zgarishlarga uchragan. Poytaxt Buxoroning umumiy maydoni taxminan 33-35 gektar bo‘lib, atrofi yetti darvozali devor bilan o‘rab olingan. Shaharning ark-qal’asi – Ko‘handiz, shahriston qismi – Shahri darun, tashqi qismi esa – Shaxri berun yoki Rabot deb atala boshlangan. Maydoni taxminan 3,5 – 3,8 gektar bo‘lgan ko‘handiz atrofi xom g‘ishtli devor bilan o‘ralib, devorning tevaragi bo‘ylab pishgan g‘ishtdan o‘ziga xos “yopinchiq” qadama kiydirilgan. Ko‘handizda hukmdor qarorgohi - saroy, masjid, devon, qabulxona, xazina, zindon, kutubxona, soqchilar turar joyi va turli ustaxonalar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 06, 2025 74 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us joylashgan. Somoniy hukmdorlar davlatni ko‘handiz (dargoh)dan turib idora qilishgan.Somoniy hukmdorlardan Nasr II (914-943) zamonida Registonda hukmdor va uning amaldorlari uchun yangi saroy (devon)lar qurilgan. Natijada go‘zal saroy va uning darvozasiga qaratib qurilgan o‘nta devondan iborat ajoyib bir me’morchilik ansambli tashkil topgan. Saroy atrofida garmselli shamol va jazirama oftobdan saqlash maqsadida so‘lim bog‘lar tashkil qilingan. Ichki shahar atrofi (rabod)da esa yangi mahallalar, guzarlar, bozorlar, ustaxonalar qad rostlagan. Rabot atrofi kengayib, 849-850 yillarda eski devoridan tashqari yana o‘n bir darvozali yangi devor bilan o‘rab olingan. [1. B. 1310-1311] Qadim Buxoroda uy-joy va ko‘chalar joylashishida shamolning yo‘nalishi va havoning yaxshi aylanishi hisobga olingan. Vohada shamol asosan shimol va shimolisharqdan esganligi sababli, shaharning eski shahar qismidagi ko‘chalar tor, uylar shimoldan janubga tomon qurilgan. Natijada tor ko‘cha shamolni siqib chiqargan, shamolning tez harakatlanishi tufayli havo doimiy, tez-tez almashib turgan va havoning tozaligi, musaffoligini ta’minlagan. Buxoro uy-hovlilarida asosiy hovliga kirish ingichka tirsaksimon yo‘lak – dolondan boshlanadi. Buxoro xonligi davrida memorchilik. Buxoroda yirik me’morchilik majmua –Labihovuz ansambli bunyod etilgan. Buxoroning eng badavlat kishilaridan biri bo’lgan Nodir devonbegi 1620-yilda bozor maydoni o’rtasida bo’yi 45 metr, 36 mert, chuqurligi 5 mert bo’lgan katta hovuz qurdirib, atrofini shag’al, marmar va toshlar bilan mustahkamlatiradi. Hovuz atrofida Nodir devonbegi madrasasi va xonaqohi, Ko’kaldosh madrasasi, Ernazar elchi madrasasi bunyod etiladi. 1652-yilda Buxoro shahrida Abdulazizxon qurdirgan qo’sh imoratli madrasa mustahkamligi, nafis naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turadigan, o’z zamonasi me’morchiligining yetuk namunasi hisoblanadi. Mir Arab madrasasi SHayx Abdulla ( Mir Arab) tomonidan 1530-1536yillarda qurilgan. Uni qurish uchun sarflangan xarajatlarni Buxoro xoni Ubaydullaxon bergan. Madrasa ulkan peshtoqli. Ikki yonida baland gumbazli keng darsxona, masjid va go’rxona. Go’rxonada Ubaydullaxonning sag’anasi va Mir Arab hamda uning qarindoshlarining qabrlari bor. Madrasa bugungi kunda ham islom oliy diniy o’quv muassasasidir. Buxoroga kelgan Rossiya elchisi Antoniy Jenkinson: “Buxoro juda kata shahar, unda g’ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko’p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo’qdir”, - deb yozdi. [2 -B. 31-34 ] Ayniqsa, Abudullaxonning yurt obodonchiligi yo’lidagi sa’yharakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli kata qurilish ishlari amalga oshirilgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 06, 2025 75 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Foydalangan adabiyotlar: 1. Yo’ldoshivna Bibirajab. “Somoniylar va Qoraxoniylar davrida Buxoro shahar madaniyating rivojlanishi va atrof-muhitga munosabati. Scinetific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor. March 2022. P 1313. 2. Rajabov.Q. O’zbekiston tarixi “O’qtuvchi” nashriyoti. Toshkent 2014y 3. Buxoro obidalari https://mirarab.uz/rukn/14