INDIVIDUAL TA'LIMNI AMALGA OSHIRISHDA AN'ANAVIY USTOZ-SHOGIRD USULI VA INNOVATSION O'QITISH MODELLARINING INTEGRATSIYASI
Abstract
Maqolada an’anaviy ustoz-shogird usuli va zamonaviy innovatsion ta’lim modellarini integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Xususan, tasviriy san’at ta’limida shaxsiylashtirilgan yondoshuv, raqamli texnologiyalar va hamkorlikka asoslangan pedagogik modellar uyg‘unligi talaba shaxsiyatini har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berishi ko‘rsatilgan. Chirchiq davlat pedagogika universiteti tajribalari orqali ustoz-shogird tizimi, “O‘rgatib-o‘rganamiz” loyihasi va raqamli kurslar samaradorligi tahlil etilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 253 INDIVIDUAL TA’LIMNI AMALGA OSHIRISHDA AN’ANAVIY USTOZ-SHOGIRD USULI VA INNOVATSION O‘QITISH MODELLARINING INTEGRATSIYASI 1Sultanov Xaytboy Eralievich, 2Mustafoqulova Farida Fozilovna, 3Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi professori, 2magistr, 3bakalavriat 3 kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403539 Annotatsiya. Maqolada an’anaviy ustoz-shogird usuli va zamonaviy innovatsion ta’lim modellarini integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Xususan, tasviriy san’at ta’limida shaxsiylashtirilgan yondoshuv, raqamli texnologiyalar va hamkorlikka asoslangan pedagogik modellar uyg‘unligi talaba shaxsiyatini har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berishi ko‘rsatilgan. Chirchiq davlat pedagogika universiteti tajribalari orqali ustoz-shogird tizimi, “O‘rgatib-o‘rganamiz” loyihasi va raqamli kurslar samaradorligi tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: ustoz-shogird, innovatsion ta’lim, integratsiya, individual ta’lim, tasviriy san’at. Аннотация. В статье рассмотрены вопросы интеграции традиционной системы «устоз–шогирд» и современных инновационных моделей обучения. В частности, показано, что в художественном образовании синтез персонализированного подхода, цифровых технологий и педагогических моделей, основанных на сотрудничестве, открывает возможности для всестороннего развития личности студента. На основе опыта Чирчикского государственного педагогического университета проанализирована эффективность системы «устоз–шогирд», проекта «Учимся, обучая» и цифровых курсов. Ключевые слова: устоз-шогирд, инновационное обучение, интеграция, индивидуальное обучение, изобразительное искусство. Annotation. The article discusses the integration of the traditional ustoz-shogird (master–apprentice) system with modern innovative teaching models. It demonstrates that in art education, the combination of personalized approaches, digital technologies, and collaborationbased pedagogical models provides opportunities for the comprehensive development of students’ personalities. Based on the experience of Chirchik State Pedagogical University, the effectiveness of the ustoz-shogird system, the “Teaching by Learning” project, and digital courses has been analyzed. Keywords: ustoz-shogird, innovative education, integration, individual learning, fine arts. Kirish Zamonaviy ta’lim tizimi rivojining hozirgi bosqichida ta’lim ishtirokchilarining o‘zaro faol muloqotiga asoslangan shaklda ustoz-shogird an’anasi hamda innovatsion ta’lim metodlarini integratsiyalash muhim hususiyatga aylanib bormoqda. Xususan, badiiy ta’limda ustozning shaxsiy boshqaruvi va turli loyihalar bilan ta’lim-tarbiya jarayonidagi talabalarning faolligini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 254 uyg‘unlashtirish zaruriyati sezilyapti. Chunki, ta’lim jarayonida har bir shaxsning potensialini to‘liq ochib berish, ijodiy fikrlashini rivojlantirish va mustaqil o‘rganishni rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, individual ta’limni samarali tashkil etishda an’anaviy ustoz-shogird an’analari va innovatsion pedagogik modellarning integratsiyasi ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu ikki yondashuvni uyg‘unlashtirish orqali insonparvar, shaxsiylashtirilgan muhit yaratilmoqda. Bunda raqamli texnologiyalar, hamkorlikka asoslangan o‘qitish usullari va refleksiv ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda. An’anaviy ustoz-shogird usuli xususiyati shundaki, ustoz bitta yoki bir nechta shogirdga individual yondashuv bilan chuqur bilim beradi, shaxsiy tajribasini o‘rgatadi. Bu jarayonda shogird ustozning ish uslubini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatadi, ijodiy mahoratini rivojlantiradi. Ustoz-shogird tizimi o‘zbek xalqining ma’naviy merosi va pedagogik an’analarining ajralmas qismi bo‘lib, bilim, ko‘nikma va qadriyatlarni avloddan avlodga o‘tkazishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim-tarbiyaga asoslangan ustoz-shogird munosabatida hissiy bog‘lanish va hurmat muhiti shaklanadi. Biroq, qat’iy ierarxiyali tarzidagi bu tizim shogirdning mustaqil fikrlashini va yangilikqa intilishini cheklashi mumkin. Zamonaviy pedagogikada murabbiy faqat buyuruq beruvchi emas, balki ta’lim jarayonida talaba bilan hamroh, yo‘l-o‘rgatuvchi ekanligi ta’kidlanmoqda. Ustoz endi birdamlikda faoliyat olib borishiga sharoit yaratadi - talaba-ijrochi, ijodkor va yo‘naltiruvchi sifatida rivojlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, asrlar davomida sinovdan o‘tgan ustoz-shogird modeli hozirgacha ham AQSh, Rossiya 1 , Turkiya 2 va Yaponiya 3 kabi ko‘pgina mamlakatlarda asosiy qimmatini saqlab qoladi, lekin uni talaba markazli yondashuvlar bilan boyitish talab etiladi. Misol uchun, estetik ta’lim bo‘yicha tadqiqotlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ham ijodiy sheriklikka asoslangan yangi munosabatlar modelini taklif etadi. Bunda ustoz faol boshqaruv orqali emas, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, o‘rgatuvchi va qo‘llab-quvvatlovchi murabbiy sifatida ishtirok etadi. Bu usul talaba shaxsiyatini har tomonlama anglash, uning qobiliyatlarini aniqlash va shaxsiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Praktikaga asoslangan vazifalar, bevosita kuzatish va reproduktiv faoliyat orqali amaliy ko‘nikmalar mustahkamlanadi. Hozirgi zamonda faol va hamkorlikka asoslangan o‘qitish, peer-to-peer, STEAM, dizayn-tafakkur, raqamli ta’lim texnologiyalari kabi innovatsion modellar keng qo‘llanilmoqda. Qayd etish kerakki, murabbiyning o‘rni pedagogik jarayonda o‘zgara boshladi. U endi faqat bilim manbai emas, balki jarayonni boshqaruvchi fasilitatorga aylanadi. Hamkorlikda o‘qitish uslubiga xos interaktiv mashg‘ulotlarda pedagog va talabalar o‘rtasida bevosita muloqot, teng ishtirok hamda erkin fikr almashinuvi jarayoni kechadi. Natijada, o‘quv muhitida har bir talaba shaxsiy fikrini bildirishi, o‘zini qiziqtirgan savollarni berib, jamoa bilan tahlil qilgan holda kerakli javoblarni topishi mumkin. Bu usul o‘quv-tarbiya jarayonida talabalarning faol ishtirokini ta’minlab, muammoli vaziyatlarda ijodiy qaror qabul qilish, tanqidiy fikrlash hamda raqamli savodxonlikni rivojlantiradi. 1 Шайгозова, Ж. Н. (2005). Художественная педагогика и поликультурное образование. Вестник Нижневартовского государственного университета. 2 Kabaçam, B. (2024). El sanatı geleneğinde usta-çırak ilişkisi: Yaşayan insan hazineleri örneği [The masterapprentice relationship in the handicraft tradition: The case of living human treasures]. Milli Folklor. 100-111 б. 110 б., 2. https://doi.org/10.58242/millifolklor.1372122. 3 Kogei Japan – Living National Treasure. – en.kogei-japonica.com (япон аний анъанавий ҳунармандчилик бўйича веб-сайт, мурожаат санаси: 05.05.2025).
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 255 An’anaviy va innovatsion modellarni integratsiyalash xolis pedagogik yondashuvga tayanadi. Bu gibrid model shaxsiylashtirilgan ta’lim, refleksiv tahlil, ijtimoiy hamkorlik va raqamli ta’lim muhitini birlashtiradi. O‘qituvchining ustoz sifatida individual ta’limni tashkil etishi, talabalarda esa kasbiy-ijodiy bilim olish uchun faollashishini rag‘batlantiradi. Integratsiya jarayonida ustoz tajribasi va raqamli platforma orqali masofaviy muloqot, onlayn-portfolio, adaptiv resurslar muvaffaqiyatli tatbiq etiladi. Individual ta’limni amalga oshirishda an’anaviy ustoz-shogird usuli va innovatsion o‘qitish modellarini integratsiyalash kasbiy-pedagogik, ilmiytadqiqot, ijodiy, tashkiliy-yetakchilik faoliyati yo‘nalishlarida talabalarga kelajakdagi faoliyatlari uchun ko‘plab qiziqarli imkoniyatlarni ochib beradi. Аamaliy natijalar. Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasidagi “Ustoz-shogird” tizimiga asoslangan individual ta’lim muhiti orqali erishilgan amaliy natijalarni misol keltirish mumkin. Ilmiy-ijodiy to‘garaklar, talabalar rahbarlik qiladigan mini-to‘garaklar, “Talaba-talabaga ustoz, talaba-talabaga shogird” tamoyiliga asoslangan “O‘rgatib-o‘rganamiz” tengdoshlar ta’limi loyihasi tajribalari, raqamli multimedia kurslari yuqori samara bermoqda. Talabalarning shaxsiy portfoliolari orqali rivojlanish dinamikasi monitoring qilindi va ta’lim natijalari 15–20 % ga oshgani kuzatildi. Xulosa An’anaviy ustoz-shogird usulining insonparvar-tarbiyaviy qimmati va innovatsion o‘qitish modellarining samaradorligi o‘zaro uyg‘unlashgan holda individual ta’lim sifati va o‘quvchining ijodiy faolligini oshirishi mumkin. Integratsiyalashgan yondashuv har bir shaxs potensialini ochishga va ta’lim natijalarini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. ADABIYOTLAR 1. Хусанова М. Ж. Традиционная система «устоз–шогирд» в художественном образовании. – Ташкент: Фан, 2020. – 214 с. 2. Султанов Х.Э. Кластер усули орқали тасвирий санъат таълимини интеграциялаш // Ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2024. – №3. – Б. 50–60. 3. Султанов Х. Э. Педагогические основы кластерного подхода в индивидуальном обучении. – Ташкент: Университет, 2024. – 178 с. 4. Байназарова Н. Х. Technologies for Preparing Future Teachers for Creative Activity // Journal of Pedagogical Innovations. – 2023. – Т. 5, № 2. – С. 45–59. 5. Попов Е. А. Методология исследования искусства: социология, культурология, искусствоведение. – Москва: Наука, 2022. – 320 с. 6. Прокопьев С. Н. Инновационные педагогические модели в художественном образовании // Педагогика и психология искусства. – 2024. – Т. 11, № 1. – С. 78–88. 7. Brown P.; Roediger H. L.; McDaniel M. A. Make It Stick: The Science of Successful Learning. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 2014. – 336 p. 8. Ates B.; Mamedov R. Digital Technologies Integration in Fine Arts Education // International Journal of Art & Design Education. – 2021. – Vol. 40, No. 3. – P. 526–541.