O'RGATIB-O'RGANAMIZ LOYIHASI: USTOZ-SHOGIRD TIZIMI VA TENGDOSHLARARO TA'LIM ASOSIDAGI INNOVATSION YONDASHUV
Abstract
Mazkur tezisda Chirchiq davlat pedagogika universitetida amalga oshirilgan “O‘rgatib-o‘rganamiz” loyihasi tajribasi asosida ustoz-shogird an’anasi, tengdoshlar ta’limi (peer teaching) va integratsion ta’lim modellari yoritilgan. Shuningdek, milliy va xorijiy tadqiqotlar tahlili asosida ustoz-shogird tizimini zamonaviy ta’lim jarayoniga tatbiq etishning dolzarbligi va samaradorligi asoslab berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 256 O‘RGATIB-O‘RGANAMIZ LOYIHASI: USTOZ-SHOGIRD TIZIMI VA TENGDOSHLARARO TA’LIM ASOSIDAGI INNOVATSION YONDASHUV Sultanov Xaytboy Eralievich Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi professori, p.f.f.d. (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.17403549 Annotatsiya. Mazkur tezisda Chirchiq davlat pedagogika universitetida amalga oshirilgan “O‘rgatib-o‘rganamiz” loyihasi tajribasi asosida ustoz-shogird an’anasi, tengdoshlar ta’limi (peer teaching) va integratsion ta’lim modellari yoritilgan. Shuningdek, milliy va xorijiy tadqiqotlar tahlili asosida ustoz-shogird tizimini zamonaviy ta’lim jarayoniga tatbiq etishning dolzarbligi va samaradorligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar. ustoz-shogird tizimi, tengdoshlar ta’limi, integratsiya, innovatsion yondashuv, ijodiy muhit. Аннотация. В данном тезисе на основе опыта реализации проекта «Учимся, обучая» в Чирчикском государственном педагогическом университете раскрыты традиция «устоз-шогирд», обучение сверстников (peer teaching) и модели интеграционного обучения. Кроме того, на основе анализа отечественных и зарубежных исследований обоснована актуалност и эффективност внедрения системы «устоз-шогирд» в современный образователный процесс. Ключевые слова. система «мастер-ученик», обучение сверстников, интеграция, инновационный подход, творческая среда. Annotation. This thesis, based on the experience of implementing the “Teaching by Learning” project at Chirchik State Pedagogical University, highlights the ustoz-shogird (master-apprentice) tradition, peer teaching, and integrative learning models. Furthermore, the analysis of national and international research substantiates the relevance and effectiveness of introducing the ustoz-shogird system into the modern educational process. Keywords. Master–apprentice system, peer teaching, integration, innovative approach, creative environment. Kirish Ta’lim tizimida ustoz-shogird an’anasi hamisha muhim o‘rin tutgan. Tarixan shakllangan ustoz-shogird modeli asrlar davomida o‘z samaradorligini isbotlab kelgan va hanuzgacha AQSh, Rossiya, Turkiya, Yaponiya kabi ko‘plab mamlakatlarda qadrli an’ana sifatida saqlanib qolgan. Biroq bugungi kunda mazkur an’anaviy modelni talaba markazda bo‘lgan yangicha yondashuvlar bilan boyitish zaruriyati tug‘ilmoqda. Zamonaviy pedagogikada ushbu tizim tengdoshlar ta’limi bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarda mustaqil izlanish, rahbarlik va ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirish vositasi sifatida namoyon bo‘layapti. Masalan, estetik ta’lim borasida olib borilayotgan tadqiqotlarda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ijodiy sheriklikka
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 257 asoslangan yangi munosabatlar modeli taklif etilmoqda. Xususan, T. Rothlein 1 (2014) o‘z blogida zamonaviy estetik ta’lim konsepsiyasini an’anaviy ustoz-shogird modelidan farqli uslubda ko‘rib, ularni uyg‘unlashtirish imkonini ko‘rsatadi. Prezident farmonlari va ta’limni isloh qilish dasturlarida (PF–4947, PF–5712, PF–6108) belgilanganidek, talabalarni mustaqil fikrlaydigan, ijodiy va raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash jarayonida ustoz-shogird va tengdoshlar ta’limi modellarini joriy etish dolzarb hisoblanadi 2 . Асосий qисм Chirchiq davlat pedagogika universitetida amalga oshirib kelinayotgan “O‘rgatibo‘rganamiz” loyihasi doirasida talabalar orasida ustoz-shogird munosabatlari va tengdoshlar ta’limi (peer teaching) modeli tatbiq etilgan. Bir necha yillar davomida amalga oshirib kelinayotgan ushbu loyiha tamoyili “talaba–talabaga shogird, talaba–talabaga ustoz ” g‘oyasiga asoslangan. Bu loyiha San’atshunoslik fakultetida amaliyotga tatbiq etilib, o‘z natijadorligini ko‘rsatdi. «talabalar ijodiyoti klubi» va uning sektorlari, talabalar rahbarlik qiladigan mini to‘garaklar loyihani amalga oshirishning mexanizmi sifatida ishladi. Talabalar bilganlarini boshqalarga o‘rgatish jarayonida o‘zlaridagi mavjud bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar, shu bilan birga pedagogik kompetensiyalarni amaliyotda sinovdan o‘tkazdilar. Peer teaching modeli jahon amaliyotida ham keng o‘rganilgan: Nestojko va boshqa mualliflar 3 talabalarning o‘z tengdoshlariga bilim berish jarayoni ularning o‘z bilimlarini ham mustahkamlashini isbotlagan. Koch va boshqalar 4 esa peer teaching talabalarning muloqot va hamkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishini ta’kidlaydilar. O‘zbekiston tajribasida esa ustoz-shogird tizimi milliy pedagogik merosning ajralmas qismi hisoblanadi. Mirzaeva 5 ning ilmiy tadqiqotlarida bu tizim talabalarda kasbga qiziqishni shakllantirish va ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim omil ekanligi ko‘rsatilgan. Shu bois ustoz-shogird tizimi va tengdoshlar ta’limi bo‘yicha ChDPU tajribasi milliy an’ana va zamonaviy pedagogik modellarni uyg‘unlashtirgan holda talabalarning ta’lim va ijodiy muhitini boyitishga xizmat qildi. Muhokama va tahlil Loyihani amalga oshirishda San’atshunoslik fakultetida tashkil etilgan universitet talabalar akademiyasi qoshidagi talabalar ijodiyoti klubi faoliyati katta rol o‘ynadi. Ushbu klubning «Yosh tadqiqotchilar», «Zakovat ntellektual faoliyat», “Yosh akvarelchilar maktabi”, «Ijodiy to‘garaklar», «Innovatsion tashabbuslar», «Sport», «Matbuot va blogerlik» sektori faoliyati doirasida kasbiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot, ijodiy hamda tashkiliy yo‘nalishlarda talabalar faollashtirildi. Undan tashqari «Art studio» va «Art taaym» ijodiy o‘quv markazlari, mini to‘garaklar faoliyati ushbu loyiha samaradorligini ta’minladi. Ushbu markazlarda talabalarni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish bilan birga hududdagi umumta’lim maktablaridan 30 1 Rothlein, T. (2014). Contemplating the Master and Apprentice Model [Blog post]. Retrieved from http://tobinrothlein.com. 2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2017; 2029; 2020. 3 Nestojko, J. F., Bui, D. C., Kornell, N., & Bjork, E. L. (2014). Expecting to teach enhances learning and organization of knowledge in free recall of text passages. Memory & Cognition, 42(7), 1038–1048. https://doi.org/10.3758/s13421-014-0416-z 4 Koch, A. V. L., Li, S. C., & Lim, S. W. H. (2018). The learning benefits of teaching: A retrieval practice hypothesis. Applied Cognitive Psychology, 32(3), 401–410. https://doi.org/10.1002/acp.3410 5 Mirzaeva, N. A. (2022). Табиий фанларни ўқитишда педагогик таълим инновацион кластери (Чирчиқ модели) “Эшитдим–кўрдим–бажардим” тамойили методологияси. Research Focus, 1(1), 15–22.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 258 nafar o‘quvchilar va 10 ga yaqin mahalla yoshlari ham qamrab olindi. Bu jarayonda talabalar faqatgina nazariy bilimgina emas, balki amaliy ijodiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘ldilar. Masalan: - talabalardagi pedagogika kasbiga qiziqishi yanada oshdi; - ulardagi mustaqil izlanish va tadqiqot olib borish ko‘nikmalari rivojlandi; - rahbarlik va tashkilotchilik qobiliyatlari shakllandi; - ijodiy muhitda samarali hamkorlik qilish ko‘nikmalari mustahkamlandi. Natijalardan ko‘rinib turibdiki, “O‘rgatib-o‘rganamiz” loyihasi talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa milliy ta’lim tizimida ustoz-shogird va tengdoshlar ta’limi (peer teaching) modellarini yanada kengroq joriy etish zarurligini tasdiqlaydi. Xulosa ChDPU tajribasi shuni ko‘rsatdiki, ustoz-shogird tizimi va tengdoshlar ta’limi modellarini uyg‘unlashtirish talabalarning kasbiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiradi. Bunday modellar ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda innovatsion yondashuv sifatida xizmat qiladi. Kelgusida ushbu tajribani respublika ta’lim muassasalarida kengroq joriy etish, ilmiy tadqiqotlar va grant loyihalarida amaliyotga tatbiq qilish maqsadga muvofiq. АДАБИЁТЛАР 1. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2017; 2029; 2020. 2. Koch, A. V. L., Li, S. C., & Lim, S. W. H. (2018). The learning benefits of teaching: A retrieval practice hypothesis. Applied Cognitive Psychology, 32(3), 401–410. https://doi.org/10.1002/acp.3410 3. Mirzaeva, N. A. (2022). Табиий фанларни ўқитишда педагогик таълим инновацион кластери (Чирчиқ модели) “Эшитдим–кўрдим–бажардим” тамойили методологияси. Research Focus, 1(1), 15–22. 4. Nestojko, J. F., Bui, D. C., Kornell, N., & Bjork, E. L. (2014). Expecting to teach enhances learning and organization of knowledge in free recall of text passages. Memory & Cognition, 42(7), 1038–1048. https://doi.org/10.3758/s13421-014-0416-z 5. Rothlein, T. (2014). Contemplating the Master and Apprentice Model [Blog post]. Retrieved from http://tobinrothlein.com. 6. Trowbridge, C. (2009). Master-apprentice traditions in art education. 6. Wikipedia (2025). Peer teaching – umumiy назарий асослар.