scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TASVIRIY SAN'ATDA KOMPOZITSIYA: NAZARIY ASOSLAR VA IJODIY AHAMIYATI

Maxmudov Mirali Jabbarovich, Tojiboyeva SHoxruza Ulug'bek qizi

Abstract

Maqolada tasviriy san’atda kompozitsiyaning o‘rni, uning nazariy asoslari va badiiy ijodda tutgan o‘rni yoritiladi. Kompozitsiyaning estetik ta’sirchanlikni oshirishdagi roli, uning turlari va qonuniyatlari san’at asarlari misolida tahlil qilinadi. Shuningdek, rassomlik ijodida kompozitsiyaning ijodiy jarayonga ta’siri ham ko‘rsatib beriladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 259 TASVIRIY SAN’ATDA KOMPOZITSIYA: NAZARIY ASOSLAR VA IJODIY AHAMIYATI 1Maxmudov Mirali Jabbarovich, 2Tojiboyeva SHoxruza Ulug‘bek qizi 1San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403564 Annotatsiya. Maqolada tasviriy san’atda kompozitsiyaning o‘rni, uning nazariy asoslari va badiiy ijodda tutgan o‘rni yoritiladi. Kompozitsiyaning estetik ta’sirchanlikni oshirishdagi roli, uning turlari va qonuniyatlari san’at asarlari misolida tahlil qilinadi. Shuningdek, rassomlik ijodida kompozitsiyaning ijodiy jarayonga ta’siri ham ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, kompozitsiya, mutanosiblik, muvozanat, estetik ta’sir. Tasviriy san’at insonning dunyoni obrazli idrok etishi va ifoda etishining eng qadimiy shakllaridan biridir. Har qanday san’at asarining mazmuni va shaklini bir butun qilib bog‘lovchi asosiy tamoyil bu — kompozitsiyadir. “Kompozitsiya” (lotincha compositio — birlashtirish, joylashtirish) tushunchasi san’atshunoslikda asar qismlarining yagona g‘oyaga bo‘ysungan holda uyg‘unlashuvi jarayonini bildiradi. Kompozitsiyaning mohiyati. Kompozitsiya san’at asarida qismlarning mazmuniy va shakliy uyg‘unligini ta’minlaydi. U asarning g‘oyaviy mazmunini ifodalaydi, obrazlarning o‘zaro aloqasini belgilaydi, tomoshabin e’tiborini zarur markazga qaratadi, badiiy yaxlitlikni yaratadi.Tasviriy san’atda kompozitsiya turlari. Statik kompozitsiya sokinlik, osoyishtalik va barqarorlikni ifodalaydi. Masalan, portret va me’moriy manzaralarda. Dinamik kompozitsiya harakat, dramatizm va kuchlanishni ifodalaydi. Masalan, jang sahnalari yoki sport obrazlarida. Markaziy kompozitsiya asosiy obraz markazda joylashgan bo‘ladi. Diagonal kompozitsiya keskinlik va harakatni kuchaytiradi. Simmetrik kompozitsiya uyg‘unlik va barqarorlikni aks ettiradi. Assimetrik kompozitsiya kontrast va kuchli ta’sirchanlik yaratadi. Kompozitsiya qonuniyatlari: Tasviriy san’atda kompozitsiya quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi: 1. Yaxlitlik — asarning barcha qismlari yagona mazmunga xizmat qiladi. 2. Mutanosiblik — shakl va figuralarning o‘zaro nisbatliligi saqlanadi. 3. Markaziy nuqta — tomoshabin nigohini jalb qiluvchi asosiy obraz mavjud bo‘ladi. 4. Muvozanat — asarda bo‘sh va to‘la joylar, yorug‘ va soya, ranglar uyg‘unlashadi. 5. Ritm va takror — obraz elementlarining tartibli takrorlanishi orqali badiiy uyg‘unlik hosil qilinadi. Kompozitsiyaning estetik va tarbiyaviy ahamiyati. Kompozitsiya nafaqat san’at asarining ta’sirchanligini oshiradi, balki inson estetik didini tarbiyalaydi. Rassomlikda to‘g‘ri qurilgan kompozitsiya esa obrazning mazmunini ochib beradi. Tomoshabinda chuqur estetik taassurot uyg‘otadi shuningdek yosh avlodni badiiy tafakkur va estetik idrokka o‘rgatadi. Milliy va jahon san’ati boyliklarini chuqur anglashga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda tasviriy san’atda kompozitsiya badiiy ifodaning poydevori hisoblanadi. U asarning mazmunini aniq yetkazish, estetik ta’sirchanlikni kuchaytirish va INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 260 obrazlarni bir butun yaxlitlikda uyg‘unlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir rassomning ijodiy yutug‘i, avvalo, kompozitsiya qonunlarini puxta o‘zlashtirish va ularni ijodiy qo‘llashiga bog‘liqdir. Shu bois tasviriy san’atni o‘qitishda kompozitsiya nazariyasi va amaliyotiga alohida e’tibor qaratish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Umarov S. Tasviriy san’at nazariyasi. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2018. 2. Ashrafiy T. San’atshunoslik asoslari. Samarqand: Zarafshon nashriyoti, 2019. 3. Xalikov A. Kompozitsiya qonunlari va ularni qo‘llash. Toshkent: Fan, 2021. 4. Mirali Jabborovich Maxmudov (2022). KОMPОZITSIYANING TARIXI VA RIVОJLANISHI. Academic research in educational sciences, 3 (12), 403-408.