PEDAGOGIK INNOVATSIYALARNI MAKTAB AMALIYOTIGA JORIY ETISHNING DOLZARB MASALALARI
Abstract
Ushbu maqolada pedagogik texnologiyaning ahamiyati, uni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish zarurati va ilmiy asosda qo‘llash masalalari yoritilgan. An’anaviy usullarning takomillashuvi, zamonaviy texnologik yondashuvlar va o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi roli tahlil etiladi. Muallif pedagogik texnologiyalarni maktab ta’limi sifatini oshirishdagi vosita sifatida baholaydi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 269 PEDAGOGIK INNOVATSIYALARNI MAKTAB AMALIYOTIGA JORIY ETISHNING DOLZARB MASALALARI Xatamjonov Islombek Xusnidin o‘g‘li Guliston davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403610 Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik texnologiyaning ahamiyati, uni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish zarurati va ilmiy asosda qo‘llash masalalari yoritilgan. An’anaviy usullarning takomillashuvi, zamonaviy texnologik yondashuvlar va o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi roli tahlil etiladi. Muallif pedagogik texnologiyalarni maktab ta’limi sifatini oshirishdagi vosita sifatida baholaydi. Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiya, zamonaviy ta’lim, innovatsion metod, ta’lim sifati, o‘quv jarayoni, o‘qitish metodikasi, fan o‘qituvchisi, raqobatbardosh kadrlar. Аннотация. В данной статье рассматривается значимость педагогических технологий, необходимость их эффективного внедрения в образовательный процесс и вопросы научно обоснованного применения. Анализируются совершенствование традиционных методов, современные технологические подходы и их роль в повышении активности учащихся. Автор оценивает педагогические технологии как средство повышения качества школьного образования. Ключевые слова: педагогическая технология, современное образование, инновационный метод, качество образования, учебный процесс, методика преподавания, учитель предметник, конкурентоспособные кадры. Abstract. This article highlights the importance of pedagogical technologies, the necessity of their effective implementation in the educational process, and issues related to their scientific application. It analyzes the improvement of traditional methods, modern technological approaches, and their role in increasing students’ engagement. The author evaluates pedagogical technologies as a means to enhance the quality of school education. Keywords: pedagogical technology, modern education, innovative method, quality of education, learning process, teaching methodology, subject teacher, competitive personnel. Bugungi kunda innovatsion texnologiyalar kirib bormagan sohani topish qiyin. Ular insoniyat faoliyatining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan. Shu jihatdan, "texnologiya" tushunchasining mazmun-mohiyati, tarixiy shakllanishi va zamonaviy qo‘llanilish doirasi haqida ilmiy asoslangan tahlil zaruriyatga aylandi. "Texnologiya" atamasi ilk bor qadimgi yunon tilida vujudga kelgan bo‘lib, u ikki asosiy so‘zdan: "techne" (μαστος – mahorat, hunar, san’at) va "logos" (λόγος – ta’limot, fan, qonuniyat) iborat. Bu atama dastlab “hunar fani” yoki “texnika fani” ma’nolarida ishlatilgan. Vaqt o‘tishi bilan bu tushuncha yanada keng ma’noda qo‘llanila boshladi – inson faoliyatining har qanday sohasida bilim va ko‘nikmalarga asoslangan harakatlar majmuasini anglatadigan fanga aylanishi kuzatildi. XIX asrga kelib, sanoat inqilobi va ishlab chiqarish tizimlarining jadal rivojlanishi natijasida texnologiya maxsus amaliyot sohasi sifatida ajralib chiqdi. Jumladan, 1872-yildan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 270 boshlab “texnologiya” tushunchasi ishlab chiqarishdagi samarali jarayonlarni tashkil etishga oid fan sifatida rasmiy ravishda qo‘llanila boshlandi. Bu jarayon, ayniqsa, XIX–XX asrlar mobaynida ancha keng tus oldi. Jamiyatda texnika va texnologiyalarning takomillashuvi, hayot tarzi, turmush madaniyatining tubdan o‘zgarishi, yangicha estetik qarashlarning shakllanishi bu tushunchaning amaliy va nazariy doirasini yanada boyitdi. Zamonaviy dizayn san’ati, raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlar – barchasi texnologik yondashuvga asoslanadi. Endilikda “texnologiya” nafaqat ishlab chiqarish tizimlariga, balki ta’lim, san’at, tibbiyot, ijtimoiy xizmatlar kabi gumanitar sohalarga ham faol kirib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalar o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish, o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish va ijodiy faoliyatini rag‘batlantirishda beqiyos imkoniyatlar yaratmoqda. Shunday qilib, bugungi kunda “texnologiya” fani – bu faqat mexanik yoki texnik vositalarning yig‘indisi emas, balki faoliyatni ilmiy asoslangan, samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi metodik va tizimli yondashuvlar majmuasidir. Innovatsion texnologiyalar esa ushbu yondashuvlarning zamonaviy shakli bo‘lib, ularni inson intellektual salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish vositasi sifatida talqin qilish mumkin. Texnologiya – bu ishlab chiqarish, boshqaruv, ijodiy yoki ilmiy faoliyat jarayonlarini samarali tashkil etish, ularni modernizatsiya qilish va innovatsion yondashuvlar bilan boyitish tizimidir. U insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan aniq uslub va metodlarning amaliy majmuasi sifatida faoliyat yuritadi. Zamonaviy ilmiy-nazariy manbalarda texnologiyaga quyidagi tarkibiy unsurlar kiradi: loyihaviy yechimlar, konstruktiv modellar, texnik va dizaynerlik chizmalar, grafik tasvirlar, standartlashtirilgan metodlar, me’yorlar, texnik-texnologik talablar va dasturiy ta’minot elementlari. Texnologiyaning mohiyati shundaki, u faqatgina ishlab chiqarish vositalarini emas, balki ularni amalga oshirishga oid metodologiyani ham o‘z ichiga oladi. Har bir texnologik tizim ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, samaradorlik, tejamkorlik va funksionallik mezonlariga tayangan holda shakllantiriladi. Shuning uchun texnologiyaning asosiy vazifasi – mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda qisqa vaqt ichida yuqori sifatli mahsulot yoki xizmat yaratish usullarini ishlab chiqishdan iborat. Texnologiya o‘zining qo‘llanish sohasi va amaliy yo‘nalishiga ko‘ra turli sohalarga ajraladi. U quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi: • Materialshunoslik texnologiyasi – materiallarning fizik-kimyoviy xossalarini tahlil qilish va ularga ishlov berish; • Mashinasozlik va qurilish texnologiyasi – texnik konstruksiyalar, mexanizmlar va inshootlar ishlab chiqish; • Qishloq xo‘jaligi texnologiyasi – ekinlar, hayvonot va resurslarni unumli boshqarish usullari; • Fan, san’at, maorif va madaniyat texnologiyalari – ilmiy, estetik va didaktik faoliyatni yuqori samaradorlikda tashkil qilish usullari. Shuni alohida ta’kidlash joizki, texnologiyaning har bir sohaga kirib borishi mazkur sohaning ichki tuzilishini yangilaydi, ishlab chiqarish yoki ta’lim jarayonini optimallashtiradi va uning mahsuldorligini oshiradi. Natijada zamonaviy talablarga javob beradigan, funksional va raqobatbardosh mahsulotlar yoki xizmatlar vujudga keladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 271 Texnologiyaning ilmiy asosi – bu uning jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq holda doimiy o‘zgarishi, takomillashuvi va zamon talablariga mos ravishda yangilanib borishidir. Innovatsion g‘oyalar asosida shakllangan texnologiyalar nafaqat ishlab chiqarish tizimini, balki xalq xo‘jaligi, ilm-fan, san’at, ta’lim, ma’naviyat va madaniyat kabi ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlarini tubdan o‘zgartirish imkonini beradi. Texnologiyaning bunday universal xususiyati uni XXI asrning eng muhim strategik yo‘nalishlaridan biriga aylantirgan. Bugungi kunda globallashuv jarayoni, raqamli transformatsiya va ilm-fanning tez sur’atlarda rivojlanishi tufayli jamiyatning barcha tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish, fan, san’at va madaniyat sohalari tubdan yangilanmoqda. Bu jarayon o‘z navbatida har bir soha uchun yangicha texnologik yondashuvlarni, zamonaviy boshqaruv tizimlarini va innovatsion metodlarni joriy etishni talab qilmoqda. Ayniqsa, mamlakatning barqaror taraqqiyoti, raqobatbardosh iqtisodiyot va ma’naviy yetuk jamiyat qurilishi uchun ta’lim tizimini zamon talablari asosida isloh qilish dolzarb vazifaga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya, ilm-fan va ma’naviyat sohalarini tubdan yangilash, xalq ta’limi tizimini ilg‘or pedagogik tizim asosida qayta tashkil etish bo‘yicha keng qamrovli davlat dasturlari va huquqiy-hujjatlar qabul qilindi. Bu islohotlar doirasida ta’lim jarayoniga yangi avlod pedagogik texnologiyalarini tatbiq etish – o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish, ijodiy fikrlovchi mutaxassislar tayyorlash kabi strategik maqsadlarga xizmat qilmoqda. Ta’lim tizimining hozirgi holati esa ayrim jihatlarda xalq ta’limi oldida turgan zamonaviy vazifalarni to‘laqonli bajarishga qodir emasligi bilan izohlanadi. Shu boisdan, ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlariga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ularni amaliyotga samarali tadbiq etish dolzarb ehtiyojga aylangan. Pedagogik texnologiya tushunchasi, aslida, XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan bo‘lib, bu masalada turli mamlakatlar – AQSh, Angliya, Yaponiya, Italiya, Polsha, Vengriya va Rossiya kabi ilg‘or davlatlarda yetakchi pedagog olimlar tomonidan chuqur tadqiqotlar olib borilgan. Ular pedagogik texnologiyaning mohiyati, tamoyillari, amaliy qo‘llanilishi va ta’limga ta’sir mexanizmlarini har tomonlama o‘rgangan holda, uning ilmiy asoslarini shakllantirishga katta hissa qo‘shganlar. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim jarayonining aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan, puxta loyihalashtirilgan, ilmiy asoslangan, nazorat qilinadigan va baholanishi mumkin bo‘lgan metodik tizimidir. U o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini samarali tashkil qilish, natijadorlikka erishish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi. Pedagogik texnologiyalarning asosiy ustunliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: • O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni ta’minlaydi; • Mustaqil fikrlash, tahlil qilish, ijodiy yondashuv kabi kompetensiyalarni rivojlantiradi; • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bilan uyg‘unlashtirilgan integratsiyalashgan yondashuvlar orqali o‘qitish sifatini oshiradi; • Nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirish imkonini beradi. Shunday qilib, ta’lim sohasida texnologik yondashuvni takomillashtirish nafaqat o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, balki umuman olganda, jamiyatning intellektual salohiyati, ilmiy-innovatsion imkoniyatlari va ma’naviy kamoloti uchun mustahkam poydevor yaratadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 272 Hozirgi kunga kelib, dunyo bo‘yicha pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Aksariyat mamlakatlar o‘z ta’lim tizimidagi fanlarni o‘qitishda mavjud an’anaviy metodik yondashuvlarni yangilash va takomillashtirish yo‘lida izchil harakat qilmoqda. Bu esa jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida ta’limga qo‘yilayotgan yangi talablar bilan bevosita bog‘liqdir. Shu sababli pedagogik texnologiyalarni chuqur o‘rganish, ilmiy jihatdan asoslangan ta’rifini ishlab chiqish, ularni takomillashtirib, maktab ta’limi amaliyotiga tatbiq etish – zamonaviy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagog olimlar va amaliyotchilar oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, ilg‘or va jadal rivojlanayotgan davlatlar maktablarida o‘qitilayotgan har bir fan uchun zamonaviy, samarali va innovatsion pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda dunyo miqyosida ta’lim tizimini zamonaviylashtirish, uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish, o‘qitishning samarali va innovatsion shakllarini joriy etish dolzarb masalaga aylangan. Xususan, ilg‘or mamlakatlar pedagogik texnologiyalarni chuqur o‘rganish, ularni amaliyotga joriy etish va mavjud an’anaviy metodikalarni yangilash orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga intilmoqda. Bu holat zamonaviy jamiyat taraqqiyotining ta’lim oldiga qo‘ygan asosiy talablaridan biri bo‘lib, har bir o‘qituvchi, pedagog olim va metodist mutaxassisdan yangicha yondashuv, doimiy izlanish va yuqori mas’uliyatni talab qiladi. Pedagogik texnologiyalarni chuqur o‘rganish, tahlil qilish, ularning nazariy va amaliy asoslarini aniqlash hamda o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda mustahkam bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirish mumkin bo‘ladi. Shu bois, har bir o‘quv fani uchun mos keladigan o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish, ularni takomillashtirish va ta’lim muassasalarida qo‘llash zamonaviy o‘qituvchining ustuvor vazifasiga aylangan. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, pedagogik texnologiyani amaliyotga keng joriy etish orqali nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasi oshadi, balki ularning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va hal etish ko‘nikmalari ham rivojlanadi. Natijada ta’lim tizimida sifatli o‘zgarishlar yuz beradi, zamonaviy jamiyat talablariga mos bilimli, ijtimoiy faol va barkamol avlod tarbiyalanadi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-jild. Т., “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2004. 2. B.N.Oripov. Tasviriy san’atni o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyasi, didaktikasi уа metodikasi. Toshkent, “ILM ZIYO”, 2013. 3. R. Hasanov. Maktabda tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. Т., 2004. 4. Хайров Р. З., Султанов А. А. ИНДИВИДУАЛЬНЫЙ ПОДХОД К УЧЕНИКАМ НА УРОКАХ ИСКУССТВА В ШКОЛАХ УЗБЕКИСТАНА // Символ науки. 2020. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/individualnyy-podhod-k-uchenikam-na-urokahiskusstva-v-shkolah-uzbekistana. 5. MORAL AND AESTHETIC PRINCIPLES OF EASTERN THINKERS: APPLICATION IN MODERN EDUCATION. (2025). International Journal of Artificial Intelligence, 5(05), 1489-1494. https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai/article/view/4677. 6. Ibadullaeva , Z. ., & Jumaboev , N. . (2025). UZBEK NATIONAL ART AND ITS SCHOOLS. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 2(2), 127–130. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/68532.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 273 7. Pardaboyevich J.N. O‘QUVCHILAR IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALARNING O ‘RNI //WORLD OF SCIENCE. – 2023. – Т. 6. – С. 87-90. 8. Jumaboev Nabi Pardaboevich. (2025). BEAUTY AND MORAL EDUCATION IN EASTERN PEDAGOGY: OPPORTUNITIES FOR APPLICATION IN THE PROCESS OF ARTISTIC EDUCATION. IQRO INDEXING, 16(01), 170-172. https://worldlyjournals.com/index.php/IFX/article/view/12671. 9. Pardaboevich J. N. THE APPLICATION OF EASTERN PHILOSOPHICAL AESTHETIC CONCEPTS IN ARTISTIC EDUCATION AND THEIR INTERPRETATION IN PEDAGOGICAL RESEARCH //PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI. – 2025. – Т. 14. – №. 01. – С. 218-222. 10. Курбанов, Э. (2022). Размеры демократии в современное время. Общество и инновации, 3(3/S), 286-291. 11. Alimjanovna Y. S. TOOLS AND CRITERIA OF COMPOSITION IN THE CREATIVE PROCESS OF FINE ARTS CLASSES OF UNIVERSITY SCHOOLS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2024. – Т. 5. – №. 02. – С. 48-58. 12. Inoyatov O.S. Sirtning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishish masalalarini ifodalashga metodik yondashuv// Inter education & global study. 2025. №6. B.256-269. 13. Имомов F. . (2025). CHIZMACHILIK FANINING O‘QUVCHILARNING SHAXSIY RIVOJIGA TA’SIRI. Свет науки, (10(45). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-shine/article/view/102914. 14. Khojamkulov, R. (2024). THE IMPORTANCE OF DEVELOPING DESIGN COMPETENCES OF FUTURE ENGINEERS USING COMPUTER GRAPHICS. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 4(5). https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I5Y2024N57.