TASVIRIY SAN'ATNI O'QITISHDA KOMPETENSIYA VA KOMPITENTLIKNING AHAMIYATI
Abstract
Maqolada kompitensiya va kompitentlik tushunchalari haqida so‘z boradi. T’alim tizimida kompetensiyaning ahamiyati, ayniqsa tasviriy san’atni o‘qitishda kompitentlikning juda katta ahamiyatga ega ekani to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. O‘qtuvchilarning yangi innavatsion metodlarni joriy etib, darslarni samarali va qiziqarli olib borishi to‘g’risida bir qancha fikrlar yuritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 274 TASVIRIY SAN’ATNI O‘QITISHDA KOMPETENSIYA VA KOMPITENTLIKNING AHAMIYATI Xo‘jaqulov Ro‘zibek Ilxomjon o‘g‘li Guliston davlat pedagogika instituti, San’atshunoslik kafedrasi magistranti, https://doi.org/10.5281/zenodo.17403618 Annotatsiya. Maqolada kompitensiya va kompitentlik tushunchalari haqida so‘z boradi. T’alim tizimida kompetensiyaning ahamiyati, ayniqsa tasviriy san’atni o‘qitishda kompitentlikning juda katta ahamiyatga ega ekani to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. O‘qtuvchilarning yangi innavatsion metodlarni joriy etib, darslarni samarali va qiziqarli olib borishi to‘g’risida bir qancha fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: Kompitensiya, kompitentlik, kreativ, tarixiy , milliy , qadriyatlar, bilimdonlik. Аннотация. В статье рассматриваются понятия «компетенция» и «компетентность». Освещается значение компетентностного подхода в системе образования, в частности, его важность в преподавании изобразительного искусства. Подчёркивается необходимость внедрения инновационных методов преподавания, способствующих проведению уроков более эффективно и увлекательно. Приведены мнения о роли преподавателя в развитии творческого потенциала учащихся. Ключевые слова: компетенция, компетентность, креативность, исторические и национальные ценности, эрудиция. Abstract. This article discusses the concepts of competence and competency. It highlights the importance of a competency-based approach in the education system, particularly emphasizing its significant role in teaching fine arts. The paper underscores the necessity of implementing innovative teaching methods that make lessons more effective and engaging. Several views on the role of teachers in fostering students’ creative activity are also presented. Keywords: competence, competency, creativity, historical and national values, erudition. Bugungi kunda mamlakatimizning ta’lim sohasi mutahasislari rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganish, iqtisodiy va intellectual resurslarni, mahalliy shart-sharoitlarni inobatga olgan holda jamiyat hayotida yangi islohatlarni amalga oshirishga intilmoqdalar. Turli sohalarda amalga oshiriliyayotgan hamkorlik natijasida yaxshi marralarga erishilayotgan bo‘lsada, erishilgan yutuqlarni boyitish, ta’lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish ta’lim sohasi fidoyilaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat ko‘rsatishni talab etmoqda. Bugungi kunda Respublikamizda fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovich tomonidan 2017 yil 7-fevraldagi F-4947-sonli Farmoniga binoan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalilu bo'yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjatning 4-qismi “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” bo‘lib mazkur hujjatning ramziy belgisida qizil rang bilan ya’ni hayot va aholining munosib turmush tarzini ta’minlash ma’nosini bildirilganligi hamda 2019 yilning 19 martida voshlarga e’tiborni kuchaytirish, ulani madaniyat, san’at, jisoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ulami axborot
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 275 texnologiyalaridan ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig’ilishida mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etishi ulaming bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida “Besh muhim tashabbus”ni ilgari surdi. Besh tashabbusning birinchisi yoshlaming musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi haqida so‘z yuritishi ham bejiz emas. Ayniqsa tasviriy san’at yurtimiz tarixida, bugunida va kelajag hayotida muhim ahamiyatga ega hisoblanib, yurtimiz ravnaqi va farovonligini taminlashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Buning uchun avvalo tasviriy san’at o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish va o‘z kasbiga loyiq kadr bo‘la olishini ta’minlash lozim. Buning uchun kompetensiya tushunchasi va kompitentlik g‘oyalarini ilgari surib, o‘qituvchilarning ijodiy tafakkuri, amaliy ko‘nikmalarini hamda estetik tarbiyani shakillantirish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”. Hozirgi kunda ta’lim samaradorligini oshirish, mutaxassislaming kasbiy kompetentlik darajasini rivojlantirish, pedagog kadrlami innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga innovatsion ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish. ilg‘or xorijiy tajribalami o‘zlashtirish va maqsadli yo‘naltirish oliy ta’lim tizimini modemizatsiyalashdagi dolzarb vazifalar sifatida qaraladi. Bugungi jadal ravishda rivojlanib borayotgan mamlakatimizda kompetensiya tushunchasi dolzarbligi, ta’lim jarayonini tashkil qilish, uning samaradorligini oshirish uchun zarurligi kerakli ekanini etirof etish to‘g‘ri. Harakatchan va faol, o‘zining tashabbuskorligi bilan ajralib turadogan, kreativ va tahliliy, tanqidiy fikirlaydigan, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega, faoliyati davomida yangiliklarni amalga tadbiq etadigan mutahassis kompetensiyasini shakillantirish masalasi ta’lim sohasining eng muhim unsurlaridan hisoblanadi. O‘z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Yan Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy va boshqalar o‘z asarlarida o„qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o‘qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo‘lgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish orqali o‘zlari ham pedagogik madaniyatga ega ekanliklarini namoyon etganlar. Samarali ishlash uchun har bir pedagog kasbiy kompitentlikka ega bo‘lishi kerak. Kreativlik hamisha hamkori bo‘lgan, ko‘p mehnat sarf qilib katta natijaga erishgan pedagog kasbiy kompitentlik egasi hisoblanadi. Kompetensiyaso‘zi lotincha “competero” so‘zidan olingan bo‘lib “mos kelmoq”, “qodir bo‘lmoq”, “loyiq bo‘lmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Ya’ni kompetensiyabu shaxsning ma’lum bir sohada zarur bilim, ko‘nikma, malaka va tajribaga ega bo‘lishi hamda ularni samarali qo‘llay olish qobiliyati demakdir. Tasviriy san’at darslarida ham kompetensiya o‘z o‘rni va vazifasiga ega. Masalan, ranglarni uyg’unlashtirish va tasviriy ifodaviylikni anglash, badiy tafakkur va estetik didni rivojlantirish, ijodiy yechimlarni topa olish, san’at asarlariga tanqidiy va tahliliy yondasha olish qobiliyati bunga namuna bo‘la oladi. O‘quvchilar bilan ishlash jarayonida tasviriy san’at fanidan yetarli darajada bilim, ko‘nokma va malakalarga ega bo‘lish, shuning bilan ranglar bilan ishlash qoidalari, qalamtasvir, haykaltaroshlik kabi tasviriy san’at turlarini oson va samarali o‘rgata
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 276 olish, dars davomida yangi metodlardan foydalana olish qobiliyatiga ega bo‘lish tasviriy san’at fani o‘qituvchisi uchun muhim hisoblanadi. Kompetentlik (bilimdonlik) – u yoki bu savolning javobidan xabardorlik, ishda kerakli natijalarni qo‘lga kiritish yuzasidan zarur qarorlami qabul qila olish, egallangan bilim va ko‘nikmalarni amalda samarali qo‘llash, bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatidir. Masalan, o‘qituvchi tasviriy san’at, rangshunoslik, haykaltarioshlik, qalamtasvir qoidalarini nazariy jihatdan bilishi kompetensiya hisoblanadi, biroq ularni rasm chizishda qo‘llab, amaliy ishida ifodalay olsa – bu uning kompetentligidan dalolat beradi. Kompitentlik, bilimni amaliyotda to‘g’ri qo‘llash, ijodiy rasm ishlash, haykal yasash jarayonida mustaqilva mahurat bilan ishlash, jarayon davomida yuzaga kelgan muammoli variyatlarni uddaburonlik bilan to‘g’ri yechimini topa olish, nazariy tayyorgarlikni amaliy natijaga aylantirish qobiliyatlarida namoyon bo‘ladi. Kompitensiyabilim va tajriba yig’indisi, kompitentlik esa shu bilib va tajribalarni amaliy ijodiy faoliyatda qo‘llay olishdir. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarning tasviriy san’atga qiziqishi ortishi bu sohani qiziqarli tarzda tushunarli jarayon bilan ozon va tez o‘zlashtirib olishlari uchun zarur omil hisoblanadi. Tasviriy san’atda o‘qituvchi qay darajada o‘z kasbiga loyiq ekanini uning o‘quvchilarinig erishgan natijalarini ko‘rish orqali bilib olish mumkin. Ustoz shogirtiga o‘z bilim va salihiyatidan kelib chiqib yetarlicha bilim va ko‘nikmalarni shakillantira olishi, uning kelgusi hayotida olgan bilim va ko‘nikmalarini real hayotda qollab kattadan katta yutuqlarga erisha olishi ustozning kompitentlik darjasini belgilab beradi. Tasviriy san’atga qiziquvchilarga malumki rasm chizishda yoki sana’at asarlari yaratishda albatta insonning tug’ma qobiliyatlari muhim ro‘l o‘ynaydi, kompetensiya tushunchasi va kompitentlik ham ana shunday qobiliyatli shahslarni yanada rivojlanishi juda katta tasir ko‘rsatadi. O‘z ustida muntazam ishlamagan, faqatgina qobiliyatiga ishinib qo‘shimcha bilim va tajribalarni egallamagan kishining qobiliyatlari ham rivojlanmasdan bir joyda qotib qolishi turgan gap. Tasviriy san’atda kompitent shaxs bo’lish uchun ham muntazam ravishda izlanib, amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlab boorish, ayniqsa amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatini rivojlantish muhimdir. Tasviriy san’atni o‘qitish chuqir bilim va uzoq yillik amaliy ko‘nikma talab qiladi. Bu jarayon bir biriga chambarchas bog’liq bo‘lib, nazariy bilimlar amaliy bilimlar bilan birgalikda yani rasm chizish yoki haykal yasash davomida o‘qitilib ham amalda ko‘rsatib berish orqali tushuntiriladi. Tasviriy san’at o‘quvchilari ko‘rish, eshitish, o‘qish va eng asosiysi amalda qo‘llash usuli yordamida bilimlarini oshirishadi, shaxsiy ko‘nikmalar hosil qilishadi, qobiliyatlarini rivojlantirishadi. Rasm chizish amaliy jarayon bo‘lib, bu jarayon davomida tasviriy san’at o‘qituvchisi ranglar hosil qilishni nazariy biladi va amaliy ko‘rsatib tushuntirishi lozim bo‘ladi, bu jarayon o‘z-o‘zidan o‘qituvchidan yetarlicha mahurat talab qiladi, yani mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlash, kerakli rangni hosil qilish uchun ranglarni yetarli miqdorda aralashtirish kabi mahoratni talab qiladi.Qo‘shimcha qilib aytganda bu jarayon qo‘g‘ozni to‘g‘ri tanlay olishdan tortib ranglar haqida malumotlarga ega bo‘lish va ularni tanlash, anjomlardan to‘g‘ri foydalanishgacha bo‘lgan murakkab va qiziqarli hamda ko‘nikma hosil qilinishi kerak bo‘lgan amaliy jarayondir. Kompitensya deganda faqatgini o‘z vanining mutahasisi degani emas, yani o‘z mutahsisligini chuqur egallash bilan birga sohaga yondosh bo‘lgan boshqa fanlardan ham yetarli darajada xabardor bo‘lib borishi lozim. Shuningdaek , falsafa fanining umumiy qonuniyatlarini va ilmga aloqador tarmog‘ini o‘zlashtirib olishi, xorijiy tillardan bittasini egallagan bo‘lishi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 277 maqsadag muvofiqdir. Ayniqsa tasviriy san’atni o‘qitishda xorijiy tillarni bilish chet el rassomlari asarlarini o‘rganish va xorijiy o‘qituvchilarda yangi metodlarni o‘zlashtirib amaliyotda qo‘llab kompitentlikni oshirishda yanada keng imkoniyatlar yaratib beradi. Bugungi kunda milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimizxalqimiz merosining hunarmandchilik, amaliy bezak va milliy anʼana, afsona va rivoyatlarni qayta tiklash va asrab qolib kelejak avlod qalbida ularga bo‘lgan hurmatni uyg‘otishda tasviriy san’atning ro‘li beqiyosdir. Tasviriy san’at darslarida yoshlarga milliy urf odat va an’analarimizni, tarixiy voqea va hodisalarni suratlar orqali o‘rgatib ularni talqin qilish imkoniyati beriladi. Tasviriy sana’t orqali o‘qitish, yangi avlodga millatimizning tarixiy bardavomligini va ma’naviy tajribasini yetkazish uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa, qadriyatlarimizni yuksaltirish va kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Buning uchun milliy rassomlarimizning ishlaridan foydalanish, ularning ranglardan foydalanish uslublarni va yarata olish ko‘nikmalarini ozlashtirish o‘qitish metodikasini bir qismi hisoblanadi. Milliy rassomlarimizning asarlarida halqimiz hayoti, ma’naviyati va turmush tarsi aks ettirilishi bilan birga ijtimoiy va siyosiy hayoti ham yoritib berilgan. Ushbu asarlarda ranglarning ramziy ma’nolari ham chuqur ahamiyatga ega va bizga tariximiz haqida so‘zlab beruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib o‘qitish jarayoni ilmiy va estetik tarixiy, milliy jihatlarni uyg‘unlashtirib jamiyatimizda yetuk mutahasislar yetishtirishga asoslangan. Ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati yangi zamon talabiga mos oʻqitish texnologiyalari va metodlari vositasida tasviriy san’at darslarida oʻquvchilarni san’at olamiga olib kirishga eʼtibor qaratilgan. Darhaqiqat, tasviriy san’atda go‘zalliklarni his qilish va oʻquvchilarning dunyoni oʻzgacha koʻz bilan koʻrish qobiliyatini shakllantirish uchun ilmiy tadqiqotlar oʻta muhimdir.Ilmiy munozaralar va tahlillar yordamida metodologik yondashuvlar takomillashib boradi va o‘qituvchining kompitentligii mustahkamlanib dars jarayonlarining samaradorligi tobora ortib boradi. Oʻqituvchilar yangi nazariyalarni va tajribalarini qoʻllab-quvvatlash orqali darslarida innovatsion usullarni kiritishlari mumkin. Bunday ilmiy asoslangan yondashuv, oʻquvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi va ularni sanʼatga boʻlgan qiziqishini yanada kuchaytiradi. Tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy kompitentligi – bu subyektning pedogogik va estetik faoliyatini sifatli amalga oshirishga, tahsil oluvchilarning ta’lim olishlarini samarali tashkil qilishga tayyorligini ta’minlaydigan integral-shaxsiy ma’lumoti (ta’limi, savodi) hisoblanadi. Tasviriy san’at darslarida o‘qituvchining kompitentligining yuqori darajada bo‘lishi o‘quvchilarni san’at olami orqali borliqni anglash va his qildirish, fanga qiziqtira olish kabi qobiliyatlarning rivojlantirilishi orqali o‘quvchilarni yaxshi mutahasis bo‘lib yetishishiga hizmat qiladi. Ayniqsa tasviriy sanʼat oʻqituvchisining kompetentligisiz oʻquvchida borliq, fazo, shakl va hajm, rang haqidagi tasavvurni shakllantirish juda mushkul ish. Tasviriy san’atni o‘qitishda kompetensiya va kompitentlikning ahamiyatli ekani o‘rinli qilib yoritib berildi. Demak, tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish pedogogik, tasviriy, ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega ekani tushunildi. Bolalarni tasviriy san’atga o‘qitish, ularga chuqur ta’lim bera olish qobiliyatida, muammolarni ko‘ra olish va ularni gipotezalarni ilgari surish asosida hal qilishda, ma’lumotlarni qayta ishlash, amaliy tajriba o‘tkazish, olingan xulosalarni asoslay olish o‘quvchilarning ushbu bilimlarni qay darajada egallaganligida namoyon bo‘ladi. Kompitentlikka erishish nafaqat tasviriy san’at fani balki ta’lim tizimidagi barcha sohalarda eng muhim va ahamiyatli jarayondir. Chunki qaysi sohada
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 278 yoki yo‘nalishda bo‘lmasin o‘z sohasining mutahasisi, bilimdonigina yaxshi va sifatli, samarali ta’lim bera oladi, kreativ g‘oyalar asosida yangilik yarata oladi, eng asosiysi ilmga ishtiyoqmand yoshlarni o‘ziga ergashtirib ulkan ijobiy natijalarga erisha oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. S.M.Abduxamidov. “Tasviriy va amaliy san’at”, T.: “Malik print co”, 2021. 2. G.O.Ochilova, S.Sh.Akbarova, “Kasbiy kompitentlik”, T.: 2022. 3. D.X.Aslanova, F.F.Salamov, Y.M.Xalikov, “Kasbiy kompitentlik”. Samarqand, 2020. 4. S.Abdirasilov, N.Tolipov, Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. T.: 2007. 5. A.A.Berikbayev. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompitentligini rivojlantirish (Monografiya). T.: “Grand kondor print”, 2024. 6. Shakarbek o‘g‘li I. F. CHIZMACHILIK DARSLARIDA INDIVIDUAL YONDASHUV TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA USUL VA VOSITALAR //PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI. – 2025. – Т. 14. – №. 01. – С. 266-269. 7. Khojamkulov, R. (2024). THE IMPORTANCE OF DEVELOPING DESIGN COMPETENCES OF FUTURE ENGINEERS USING COMPUTER GRAPHICS. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 4(5). https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I5Y2024N57. 8. Baxtiyarova , F. (2023). MODERN TECHNOLOGIES IN DEVELOPING PROFESSIONAL CREATIVE ACTIVITY OF STUDENTS. Ilm-Fan Va ta’lim, 1(1). извлечено от https://ilmfanvatalim.uz/index.php/ift/article/view/120. 9. MORAL AND AESTHETIC PRINCIPLES OF EASTERN THINKERS: APPLICATION IN MODERN EDUCATION. (2025). International Journal of Artificial Intelligence, 5(05), 1489-1494. https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai/article/view/4677. 10. Юсупова, Шохиста Алимжановна, and Наби Пардабоевич Жумабоев. "ТАСВИРИЙ САНЪАТ ДАРСЛАРИ ОРҚАЛИ ЎҚУВЧИЛАРНИ ИЖОДКОРЛИККА ЎРГАТИШ." Science and Education 2.2 (2021): 460-464. 11. Xo‘jaqulov, Ro‘zibek. "BOʻLAJAK TASVIRIY SANʼAT OʻQITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA RANGTASVIR FANINING AHAMIYATI." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 5.2 (2025): 622-625. 12. Izzatullayev, Sardor. "TASVIRIY SAN’AT DARSI JARAYONIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI, ULARNI QO ‘LLASH USUL VA VOSITALARI: https://doi. org/10.5281/zenodo. 14219837." Journal of Contemporary World Studies 2.9 (2024): 5-8. 13. Shoxista, Yusupova, and Yodgorova Anora. "OLIY TA’LIM MUASSASALARIDAGI TASVIRIY SAN’ATNI O ‘QITILISH MUAMMOLARI." Elita. uz-Elektron Ilmiy Jurnal 2.1 (2024): 341-343. 14. Abduraximov, Abror, and Islom Tolipov. "HUMAN DIGNITY AND SOCIAL POLICY ISSUES IN DEVELOPMENT STRATEGY." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.2 (2023): 90-93.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 279 15. Rayimjonovna, Raxmonberdiyeva Oygul. "TASVIRIY SAN’AT FANIDA RANGTASVIR MASHG ‘ULOTLARIDA O ‘QUVCHILARGA INSON PORTRETINI ISHLASH METODIKASI." ИКРО журнал 16.01 (2025): 72-74. 16. Khayrova , M. R. (2025). TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA MILLIY O‘ZLIK VA QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH. Innovative Development in Educational Activities, 4(1), 98-104. http://researchweb.uz/index.php/idea/article/view/328