scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA TALABALARDA IJODIY VA PEDAGOGIK SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISH

Xudaynazarova Ug'iloy Sharifovna, Samandarova Zuxra Odil qizi, Qalandarova Marjona Inomjon qizi

Abstract

Maqolada fanlararo integratsiya asosida ta’limni tashkil etishning nazariy-metodik asoslari, Chirchiq davlat pedagogika universiteti misolida amalga oshirilgan integratsion bitiruv malakaviy ishlar (BMI) tajribalari, ularning talabalarda ijodiy, ilmiy-tadqiqot va pedagogik salohiyatni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 290 FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA TALABALARDA IJODIY VA PEDAGOGIK SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISH 1Xudaynazarova Ug‘iloy Sharifovna, 2Samandarova Zuxra Odil qizi, 3Qalandarova Marjona Inomjon qizi 1CHDPU “Tasviriy san’at va dizayn”kafedrasi o‘qituvchisi 2ChDPU Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 1bosqich talabasi 3ChDPU Dizayn: Libos va gazlamalar yo’nalishi 1bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403646 Annotatsiya. Maqolada fanlararo integratsiya asosida ta’limni tashkil etishning nazariymetodik asoslari, Chirchiq davlat pedagogika universiteti misolida amalga oshirilgan integratsion bitiruv malakaviy ishlar (BMI) tajribalari, ularning talabalarda ijodiy, ilmiytadqiqot va pedagogik salohiyatni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: Fanlararo integratsiya, pedagogik salohiyat, ijodiy fikrlash, klaster, ustozshogird tizimi, integratsion BMI Abstract. The article discusses the theoretical and methodological foundations of organizing education based on interdisciplinary integration, the experiences of integrated final qualification works (BMI) implemented on the example of Chirchik State Pedagogical University, and their importance in developing creative, research and pedagogical potential in students. Keywords: Interdisciplinary integration, pedagogical potential, creative thinking, cluster, teacher-student system, integrated BMI Аннотация. В статье рассматриваются теоретико-методологические основы организации образования на основе междисциплинарной интеграции, опыт реализации интегрированных выпускных квалификационных работ (ИВК) на примере Чирчикского государственного педагогического университета и их значение в развитии творческого, исследовательского и педагогического потенциала студентов. Ключевые слова: Междисциплинарная интеграция, педагогический потенциал, творческое мышление, кластер, система «учитель-ученик», интегрированная ИВК Zamonaviy ta’lim tizimida fanlararo integratsiya bilimlarning uzviyligini ta’minlab, o‘quvchi va talabalarda hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirish va raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash davlat siyosati darajasida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Prezidentning 2019 yil 29 apreldagi PF–5712-son va 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmonlarida ta’lim sifatini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda iqtidorli yoshlarni pedagogik kasbga yo‘naltirish masalalari aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bois, fanlararo integratsiya asosidagi o‘quv-tarbiya jarayoni talabalarning ijodiy, ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi globallashuv jarayonlarida ta’lim sohasida yuzaga kelayotgan yangi talablar — talabalarning multidissiplinar bilimlarga ega bo‘lishini taqozo etmoqda. Bu esa ulardan faqatgina nazariy bilimlarni emas, balki ilmiy-tadqiqot, ijodiy, kommunikativ, tanqidiy fikrlash, jamoada INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 291 ishlash, etakchilik va innovatsion faoliyat ko‘nikmalarini ham talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan, fanlararo integratsiya ta’lim mazmunini boyitish, o‘quv jarayonini hayotiylashtirish va talabalarda yuqori motivatsiya uyg‘otishda muhim vazifa bajaradi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda fanlararo integratsiya bo‘yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Sangirova Z.B. umumta’lim maktablarida STEAM yondashuvini joriy etish orqali tabiiy fanlarni san’at bilan uyg‘unlashtirgan holda o‘qitish modelini ishlab chiqqan. Qarshieva B.F. texnika yo‘nalishidagi talabalarga ingliz tilini CLIL texnologiyasi asosida kasbiy fanlar bilan integratsiya qilgan holda o‘qitish metodikasini taklif etgan. Ramazonova F.X. pedagogik fanlarni integratsiyalash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga sadoqatni shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqqan. Qurbonov J.A. integrativ yondashuv yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatini rivojlantirish metodikasini asoslab bergan. Sultanov X.E. esa tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuvini joriy etish orqali fanlararo integratsiya va ta’lim muassasalari hamkorligini ta’minlash modelini ishlab chiqqan. Shuningdek, xorijiy tadqiqotchilardan J.Dyui, J.Bruner, G.Gardnerlar ham ta’limda integrativ yondashuvlarning insonning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi rolini asoslab bergan. Ular ta’lim jarayonida fanlar chegarasini yo‘q qilish, bilimlarni hayotiy masalalarni echishga qaratilgan holda birlashtirish zarurligini ta’kidlaydilar. Bu esa talabalarda funksional savodxonlik, tizimli fikrlash, ilmiy va amaliy faoliyatni uyg‘unlashtirish imkonini yaratadi. Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2023–2025 yillarda tarix va tasviriy san’at yo‘nalishlari talabalari ishtirokida integratsion bitiruv malakaviy ishlar (BMI) amalga oshirildi. Ularda Amir Temur mavzusida byust, mahobatli va dastgohli rangtasvir asarlari, Bibixonim libosi, kulolchilik mahsulotlari, 3D-suvenirlar, grafik plakatlar va ilmiy loyiha hisobotlari yaratildi. Bu jarayonda tarixiy ma’lumotlar va tasviriy artefaktlar uyg‘un holda o‘rganilib, talabalar yozma-tahliliy va amaliy ijodiy vazifalarni birgalikda bajardilar. BMI jarayonida ustoz-shogird tizimi asosida professor-o‘qituvchilar ilmiy rahbarlik qildi, magistrlar tashkilotchilik va uslubiy rahbarlikni amalga oshirdi, bakalavr talabalar esa ijodiy vazifalarni bajarishda ishtirok etdi. «O‘rgatib-o‘rganamiz» loyihasi doirasida talabalar maktab o‘quvchilariga rahbar sifatida to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazdi, ularda pedagogik kasbga qiziqish uyg‘otdi. «Kamalak-ART» festivalida maktab o‘quvchilari va talabalar hamkorlikda rangtasvir, grafika, haykal va amaliy san’at turlari bo‘yicha ijodiy ishlar namoyish etishdi. Bu tajribalar talabalarda ilmiy-tadqiqot, ijodiy va pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirdi. Ta’limda fanlararo integratsiyani joriy etish talabalarda quyidagi natijalarni berdi: Ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyati oshdi; Jamoada ishlash, muloqot, etakchilik va tashkilotchilik ko‘nikmalari rivojlandi; Loyihalash va hujjatlashtirish, tadqiqot rejalashtirish va amalga oshirish kompetensiyalari shakllandi; Talabalarda pedagogik kasbga qiziqish va motivatsiya kuchaydi. BMI ishlarini tahlil qilish natijasida talabalar real tarixiy-san’atiy ob’ektlar asosida tadqiqot olib borish, konsepsiya ishlab chiqish, kompozitsiya yaratish, loyiha hujjatlashtirish va himoya qilish ko‘nikmalarini egalladi. Bu jarayon ta’lim jarayonida ustozshogird tizimi, klaster hamkorlik va individual ta’lim imkoniyatlarini uyg‘unlashtirishga xizmat qildi. CHDPU tajribasi shuni ko‘rsatdiki, fanlararo integratsiya talabalarning kasbiy tayyorgarligini, ilmiy-tadqiqot va ijodiy salohiyatini oshiradi. Universitet va maktab o‘rtasida INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 292 integratsion klaster hamkorlik tizimini yanada rivojlantirish, BMIlarni ko‘paytirish, o‘qituvchilar uchun fanlararo integratsiya bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etish tavsiya etiladi. Shuningdek, talabalarni pedagogik kasbga yo‘naltirish va ijodkorlikka rag‘batlantirish maqsadida amaliy ko‘rgazmalar, festivallar, mahorat darslari muntazam o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. ADABIYOTLAR 1. Sangirova Z.B. Umumta’lim maktablarida STEAM yondashuv asosida o‘quv-loyiha ishlarni tashkil etish metodikasi. PhD diss. 2. Qarshieva B.F. Texnika yo‘nalishi talabalariga ingliz tili fanini integral bilingval o‘qitish metodikasini takomillashtirish. PhD diss. 3. Ramazonova F.X. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik yo‘nalishdagi fanlar integratsiyasi asosida kasbga e’tiqodni rivojlantirish texnologiyalari. PhD diss. 4. Qurbonov J.A. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual madaniyatini falsafiy rivojlantirish metodikasi. DSc diss. 5. Sultanov X.E. Tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuviga asoslangan o‘qitish texnologiyalari. PhD diss. 6. Boymetov B.B. “Qalamtasvir.” Darslik. 1-qism. – Toshkent, 2006. 7. Ростовцев Н.Н. “Учебный рисунок.” – Москва: Просвещение, 1979. 8. Boymetov B.B., Tolipov M. “Plastik anatomiya.” – Toshkent: “Ilm-Ziyo”, 2005. 9. Khudoynazarova, O. Oliy pedagogik ta’limda talabalarga inson portretini tasvirlashda plastik anatomiyaning nazariy asoslari. 10. Султанов, Х. (2023). Мустақил таълимни ташкил этиш орқали талабалардаги касбий ва ижодий қобилиятларини фаоллаштириш. International scientific and practical conference on the Topic: “Priority Areas for Ensuring the Continuity of Fine Art Education: Problems and solutions”, 1(01). Retrieved from https://ojs.qarshidu.uz/index.php/ts/article/view/125 11. Sultanov Xaytboy Eralievich. (2023). A cluster approach as a tool for supporting the integration of indisciplinary research and educational networks. current research journal of pedagogics, 4(11), 91–98. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-11-16 12. The role of integrative education in student activation. (2024). Web of Teachers: Inderscience Research , 2(11), 151155. https://webofjournals.com/index.php/1/article/view/2188