scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TABIAT MANZARASINI CHIZISHDA KOMPOZITSIYANING O'RNI

Xudoynazarova Ug'iloy Sharifovna, Ergashova Asila Sirojiddin qizi, Mustafayeva Sevinch Dilshod qizi

Abstract

Ushbu maqolada tasviriy san’at ta’limida tabiat manzarasini o‘rgatish jarayonida kompozitsiya qonun-qoidalarining o’rni va ahamiyati yoritilgan. Manzara janrida chizishning asosiy bosqichlari, ob’ektlarni joylashtirish, mutanosiblik, rang uyg‘unligi hamda perspektiva qonuniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o’quvchilarda badiiy did, estetik qarash va ijodiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar ko’rib chiqiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 293 TABIAT MANZARASINI CHIZISHDA KOMPOZITSIYANING O’RNI 1Xudoynazarova Ug‘iloy Sharifovna, 2Ergashova Asila Sirojiddin qizi, 3Mustafayeva Sevinch Dilshod qizi 1CHDPU “Tasviriy san’at va dizayn”kafedrasi o’qituvchisi, 2ChDPU Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 3bosqich talabasi 3ChDPU Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 1bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403661 Annotatsiya. Ushbu maqolada tasviriy san’at ta’limida tabiat manzarasini o‘rgatish jarayonida kompozitsiya qonun-qoidalarining o’rni va ahamiyati yoritilgan. Manzara janrida chizishning asosiy bosqichlari, ob’ektlarni joylashtirish, mutanosiblik, rang uyg‘unligi hamda perspektiva qonuniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o’quvchilarda badiiy did, estetik qarash va ijodiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar ko’rib chiqiladi. Kalit so‘zlar:Manzara, maishiy, kompozitsiya, perspektiva, chiziqlar, oltin kesim, natyurmort, uyg’onish davri, muvozanat. Аннотация: В статье рассматриваются роль и значение законов композиции в процессе обучения изобразительному искусству, изображающему природные пейзажи. Анализируются основные этапы рисования в жанре пейзажа, законы расположения объектов, пропорций, цветовой гармонии и перспективы. Также рассматриваются методические подходы, способствующие формированию художественного вкуса, эстетического видения и образного мышления учащихся.. Ключевые слова: пейзаж, быт, композиция, перспектива, линии, золотое сечение, натюрморт, ренессанс, равновесие. Annotation: This article discusses the role and importance of the laws of composition in the process of teaching natural landscapes in fine arts education. The main stages of drawing in the landscape genre, the laws of object placement, proportion, color harmony, and perspective are analyzed. Methodological approaches that serve to form artistic taste, aesthetic vision, and creative thinking in students are also considered. Key words: landscape, household, composition, perspective, lines, golden section, still life, Renaissance, balance. Tabiat manzarasi — tasviriy san’atning eng qadimiy va eng ko’p o’rganiladigan janrlaridan biridir. Inson qadimdan atrof-muhitni kuzatib, uni qog‘oz yoki toshga tushirishga intilgan. Bugungi kunda manzara janri nafaqat san’at asari sifatida, balki ta’lim-tarbiyaning muhim vositasi hamdir. Uni o’rgatishda eng asosiy masalalardan biri — kompozitsiya qonunqoidalarini to’g‘ri qo’llashdir. Manzara - janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko’rinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqyealar emas, balki musavvirning ichki kechinmalari xam ifodalanadi. Rangtasvir san’ati jozibali va qiziqarliligi bilan nafaqat o’zlashtirishda, hatto uni idrok qila bilishda ham muayan tayyorgarlikni talab qiladi. Manzara janridagi asarlar inson uchun ma’naviy oziqa beradi, uni ruhlantiradi, shodlik va quvonch bag’ishlaydi. Manzara asarida INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 294 inson shaxsi, aql-zakovati, ichki tuyg’ularini tasvir orqali qo’shiq qilib kuylaydi va tabait obrazini yaratadi. Manzara – tasviriy san’atning qadimiy janrlaridan bo’lib, tarixiy, maishiy asarlarda ham vosita-fon sifatida muhim rol o’ynaydi. Manzara san’ati tashqi dunyoning go’zalligini aks etirish bilan insonga ijobiy ta’sir etuvchi kuchga ega. Shuning uchun rassom tabiat olamining eng nozik, tipik holatlarini, rang garmoniyalarini anglab, tabaitga nisbatan bo’lgan estetik munosabatini bildiradi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog’u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo’lsalar, boshqalari dengiz manzarasini tasvirlashda moxirdirlar. Tasviriy san’atda tabiatni tasvirlash manzara janri deyiladi. Manzarachi musavvirlar o ‘z asarlarida ifodalagan obrazlar orqali tabiatni sevishga, e’zozlashga va bu go’zalliklardan zavqlanishga chorlaydilar. Manzara ustida ishlash, avvalo, rassom ko’ngliga yoqib qolgan va uning ruhi, kayfiyati, maqsadiga mos tushadigan ko’rinish, lavha, holatlarni tanlashdan boshlanadi. Bu jarayonda rassomning o’z oldiga qo’yilgan maqsadini aniqlab olish va shunga binoan etyudlar ishlab, bular orasida yaratilajak manzara - kartina ustida ijod qilish birinchi o’ringa chiqadi. Manzarachi rassomning shakllanishida ham o‘ziga xos sirlar bor. Buning uchun tabiatni sevish , uni kuzata bilish ayniqsa , rang – lavhalar ustida ishlay bilish talab qilinadi. Chunki tabiatning har bir kichik bo’lgida butun bir olamga xos mazmun yotadi. Endi kompozitsiyaga izoh beradigan bo’lsak, kompozitsiya (lotinchadan olingan composition-tuzish, joylashtirish) ma’nolarida qo’llaniladi. Kompozitsiya bo’laklarining birbiriga va asosiy ko’rinishga nisbatan birligi va yaxlitligini tashkil etadigan tasviriy san’atning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Kompozitsiya — bu asarda tasvirlanadigan predmet va hodisalarning joylashuvi, ular orasidagi nisbatlar, mutanosiblik va ritmiy uyg‘unlikni tashkil etuvchi badiiy tuzilishdir. Manzara chizishda kompozitsiya nafaqat ob’ektlarning qog‘ozdagi joylashuvini, balki butun asarning badiiy kuchini belgilaydi. Kompozitsiya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: -Asarning mazmunini ochib berish; - Diqqat markazini aniqlash; - Ob’ektlar o’rtasidagi muvozanatni saqlash; - Estetik yaxlitlikni ta’minlash. Kompozitsiyada “simmetrik” joylashuv asarga sokinlik va tartib bag‘ishlasa, “asimmetrik” joylashuv dinamiklik va harakat uyg‘otadi. O’quvchi manzara yaratishda shu ikki holatni maqsadga muvofiq qo’llashni o’rganishi kerak. Har bir ob’ektning kattaligi umumiy ko’rinishga mutanosib bo’lishi zarur. Masalan, odam siymosi yoki uy daraxtdan ancha kichik bo’lsa, bu nisbat tabiatdagi real ko’rinishlarga mos kelmaydi. Shu sababli, manzara chizishda proporsiya asosiy mezonlardan biridir. Chizishni o’rganiyotganda tasvirni iloji boricha qog’oz sathiga to’ldirib ishlash kerak deyiladi. Lekin buni qonun qilib olish ham noto’g’ri bo’ladi, chunki kompozitsiyada variantlar cheksiz bo’lishi mumkin. Agar oddiy A4 formatdagi albomga nimadir chizishni boshladik-mi, shuning o’zi A4 o’lchamdagi formatga nisbatan kompozitsiya tuzish hisoblanadi. Manzara chizishda albatta kompozitsiya qonun-qoidalariga amal qilishimiz lozim. Shuni nazarda tutish kerakki nafaqat kompozitsiya markazi, balki tasvirning ko’rinishini diqqat e’tibordan chetda qolishi kerak emas. Manzara chizishni o’rganayotgan talabalar kompozitsiya masalalarida bir qancha bir xil xatolarga, muammolarga uchraydilar. Talabalarni plener amaliyotiga olib chiqib tabiat manzarasini chizdirayotganimizda ular kompozitsion muvozanatni, kompozitsion INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 295 markazni to’g’ri topa ololmasligi hamda umumiylik va bir-biriga bo’ysunishlilikka amal qilishda qiyinchilikka uchrayotganligining guvohi bo’lamiz. Ma’lumki har bir tasviriy san’at asarida–naryurmortda yoki murakkab kompozitsiyada ham doimo asosiy–markaziy buyum bo’lishi shart. Muayyan mavzu mazmunini belgilovchi asosiy narsalar kompozitsiyaning markazi hisoblanadi. Chiziqlar, perspektiva, rang tus, yorug’lik kabi shunga o’xshash elementlar mujassamlashtirilgan tasvirlar sizning fikr va his tuyg’ularingizni tomoshabinga yetkazadigan kompozitsiyaga kiradi. Shuning uchun talaba tabiat manzarasini chizishdan oldin auditoriyada natyurmort kompozitsiyasini qonun-qoidalari asosida chizib o’rgangan bo’lishlari kerak. Uyg’onish davridayoq har bir asarda bizning diqqat e’tiborimizni jalb qiladigan ma’lum bir nuqta, fazoviy tekislikda jismlarning o’zaro uyg’unlikda joylashish, kompozitsiya asoslari, “oltin kesim” va boshqa tushunchalar Leonardo da Vinchi kabi rassomlar tomonidan asoslangan. Demak, manzara chizishda kompozitsion yechimga, kompozitsion markazini topishga, “oltin kesim” qoidasiga amal qilgan holda ishni bajarishga harakat qilsa, o’zi istagan natijaga erisha oladi. ADABIYOTLAR 1. Tojiyev B. T, Sultonov Hayitboy Eraliyevich “Qalamtasvir” (manzara ishlash) o’quv qo’llanma Toshkent. 2014y - 22b 2. D.A.Nazilov, I,V, Dmitriyeva, N.X..Xajibayeva “Kompozitsiya asoslari” darslik Toshkent:. 2009-9b 3. R. Rajabov, H.Sultonov, “Tasviriy san’at fanini o’qitish metodikasi” (o’quv qo’llanma)Toshkent -2008 4. Khudoynazarova, O. Oliy pedagogik ta’limda talabalarga inson portretini tasvirlashda plastik anatomiyaning nazariy asoslari. 5. Султанов, Х. (2023). Мустақил таълимни ташкил этиш орқали талабалардаги касбий ва ижодий қобилиятларини фаоллаштириш. International scientific and practical conference on the Topic: “Priority Areas for Ensuring the Continuity of Fine Art Education: Problems and solutions”, 1(01). Retrieved from https://ojs.qarshidu.uz/index.php/ts/article/view/125 6. Sultanov Xaytboy Eralievich. (2023). A cluster approach as a tool for supporting the integration of indisciplinary research and educational networks. current research journal of pedagogics, 4(11), 91–98. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-11-16 7. The role of integrative education in student activation. (2024). Web of Teachers: Inderscience Research , 2(11), 151155. https://webofjournals.com/index.php/1/article/view/2188