O'zbek va ingliz tillaridagi turg'un o'xshatishlaretalonlarining semantik tavsifi
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi turg‘un o‘xshatishlar etalonlarining semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada o‘xshatishlarning til tizimidagi o‘rni, ularning obrazlilik va ifoda vositasi sifatidagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, turg‘un o‘xshatishlarda milliy-madaniy omillar, etalonlarning shakllanishida xalq dunyoqarashi va mentalitetining roli yoritiladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘xshash va farqli semantik modellarning qiyosiy tahlili asosida umumiy va o‘ziga xos jihatlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari turg‘un o‘xshatishlarning lingvokulturologik va semantik tahlilini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Full text
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 136 O‘zbek va ingliz tillaridagi turg‘un o‘xshatishlaretalonlarining semantik tavsifi Xolmuratova Diana Alisher qiz O’zbekiston Milliy Universiteti filiologiya fakulteti Annotatsiya Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi turg‘un o‘xshatishlar etalonlarining semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada o‘xshatishlarning til tizimidagi o‘rni, ularning obrazlilik va ifoda vositasi sifatidagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, turg‘un o‘xshatishlarda milliy-madaniy omillar, etalonlarning shakllanishida xalq dunyoqarashi va mentalitetining roli yoritiladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘xshash va farqli semantik modellarning qiyosiy tahlili asosida umumiy va o‘ziga xos jihatlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari turg‘un o‘xshatishlarning lingvokulturologik va semantik tahlilini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: turg‘un o‘xshatish, etalon, semantika, o‘zbek tili, ingliz tili, frazeologiya, lingvokulturologiya, milliy-madaniy xususiyat, obrazlilik, qiyosiy tahlil. Kirish Bugun zamonaviy tadqiqotlarda o‘xshatishlarning lingvokulturologik jihatlariga katta e’tibor berilmoqda. “Lingvokulturologiya” kitobining muallifi V.A.Maslova o‘xshatishlarda muayyan xalqning milliy dunyoqarashi aks etishini ta’kidlab, bu fikrini rus, belorus, va qirg‘iz tilida qo‘llanuvchi o‘xshatish qurilmalari tahlili asosida dalillaydi. Uning fikriga ko‘ra, глаза блестящие как Иссык-Кулстройный как марал силный как Манас kabi qurilmalar qirg‘iz xalqining milliy dunyoqarashini aks ettiradi1. “V.A.Maslova, shuningdek, muayyan xalqning obrazli tafakkur tarzi, xususan, o‘sha xalq tilida qo‘llanuvchi o‘xshatishlarda ham yaqqol namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. Olimaning bu fikrini o‘zbek tilidagi turg‘un o‘xshatishlar ham tasdiqlaydi. “O‘zbek tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati” uchun yig‘ilgan materiallar shundan dalolat beradiki, xalqning muayyan predmet, belgi, harakatholatga munosabati, assotsiativ fikrlash tarzi o‘xshatishlarda ham namoyon bo‘ladi”2. Jumladan, buni o‘zbek tilidagi inson haqidagi turg‘un o‘xshatishlarda ham ko‘rishimiz mumkin. Тilshunos olima D.Xudoyberganova o‘zining “Matnning antroposentrik tadqiqi” nomli monografiyasida o‘zbek tilidagi inson haqidagi turg‘un o‘xshatishlarni quyidagi ma’noviy guruhlarga tasnif qiladi: Inson a’zolari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlar.
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 137 Insonning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlar. Insonning jismoniy xususiyati bilan bog‘liq o‘xshatishlar. Insonning ovozi bilan bog‘liq o‘xshatishlar. Inson nutqi bilan bog‘liq o‘xshatishlar. Insonning xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlar. Insonning xatti-harakati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlar. Bu o‘xshatishlarning har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz. “inson a’zolari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlar: alifdek / sarvdek / sambitdek / shamshoddek tik qomat, angishvonadek kichkina og‘iz, anorday qizil yuz, burgutnikiday o‘tkir ko‘z, gilosday qizil lab, guruchday oppoq, mayda tish, zulukdek qora qosh, ipday ingichka qosh, kulchadek yumaloq yuz, tunday qora soch, cho‘michday katta burun; insonning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq o‘xshatishlar: azroilday xunuk, bo‘rdoqiday / meshday semiz, devday bahaybat, zangidek qop-qora, niholday nozik, oyday go‘zal, suqsurday chiroyli, terakday novcha, chigirtkaday / arvohday / kosovday / cho‘pday ozg‘in; insonning jismoniy xususiyati bilan bog‘liq o‘xshatishlar: ajdarhoday kuchli, ayiqday baquvvat, alpday pahlavon, gulday nafis; insonning ovozi bilan bog‘liq o‘xshatishlar: ayiqday / sherday / arslonday / tuyaday bo‘kirmoq, na’ra tortmoq, bo‘riday uvullamoq, momaqaldiroqday gumburlamoq, qo‘ng‘iroqday jarangdor; inson nutqi bilan bog‘liq o‘xshatishlar: avtomatday gapirmoq, bedanaday / bulbulday sayramoq, itday qopmoq, itday irillamoq, chumchuqdek chirqillamoq; insonning xarakteri bilan bog‘liq o‘xshatishlar: bir qop yong‘oqday shaldir-shuldur, avliyoday begunoh, ammamning buzog‘idek bo‘sh, ipakdek muloyim, itday sadoqatli, molday befahm, musichaday beozor, sutday oq, tayoqday to‘g‘ri, tulkiday ayyor, eshakday qaysar, qo‘yday yuvosh; insonning holati bilan bog‘liq o‘xshatishlar: baqaday / shamday / haykalday / toshday qotmoq, bezgak tutganday qaltiramoq, yosh boladay quvonmoq, dokaday / devorday / bo‘zday oqarmoq, tilla topgan gadoyday sevinmoq, to‘rvasini yo‘qotgan gadoyday talmovsiramoq, yеtimchadek mung‘aymoq, yog‘day erimoq, igna ustida o‘tirganday betoqat, ilonday to‘lg‘anmoq, kuydirgan kalladay tirjaymoq, lavlagiday / sholg‘omday qizarmoq, suvga tushgan bo‘lka nonday bo‘shashmoq; insonning xatti-harakati bilan bog‘liq o‘xshatishlar: yеlimday yopishmoq, yеb qo‘yguday qaramoq, yov quvganday yugurmoq, itday / devday / eshakday / molday / qulday ishlamoq, och kalxatday yopirilmoq, ko‘z qorachig‘iday asramoq, maymunday / echkiday sakramoq,
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 138 molday / itday / cho‘chqaday / ho‘kizday ichmoq, toshbaqaday sudralmoq, o‘qdek otilib chiqmoq. O‘zbek tilidagi inson bilan bog‘liq o‘xshatishlar shuni ko‘rsatadiki, ularda insonning holati va harakatini ifodalovchi o‘xshatishlar miqdori boshqa ma’noviy guruhdagi o‘xshatishlarga nisbatan ko‘p. Keyingi o‘rinda esa inson a’zolarini ifodalovchi o‘xshatishlar turadi. Demak, bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi til egalari ko‘proq insonning harakatholatini obrazli tarzda ifodalaydi”3. O‘xshatish uchun etalon sifatida tanlangan so‘zlar ham o‘zbek tilining lingvokulturologik xususiyatlarini ko‘rsatuvchi til birligidir. Insonning xarakteri xatti-harakati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlarda o‘zbek tilida so‘zlashuvchi til egalarining etalon sifatida turli hayvon va jonivor turlarini bildiruvchi so‘zlardan ko‘proq foydalangani ma’lum bo‘ladi. Masalan, itday sadoqatli, molday befahm, musichaday beozor, eshakday qaysar (xarakter bilan bog‘liq); itday ishlamoq, echkiday sakramoq, toshbaqaday sudralmoq, ilonday sudralmoq, bulbulday sayramoq (harakat bilan bog‘liq o‘xshatishlar). O‘zbek tilida o‘simlik va meva nomlarining o‘xshatish etaloni sifatida qo‘llanishi ham ko‘p uchraydi. Bunday o‘xshatish etalonlariga sambit, shamshod, sarv, terak, lavlagi, sholg‘om, gilos, olma, yong‘oq kabi so‘zlarni misol sifatida keltirish mumkin. Hayvonni bildiruvchi so‘zlarning o‘xshatish etaloni sifatida qo‘llanishi shaxsning subyektiv munosabatini bildirish harakati bilan bog‘liq ekanligi yaqqol seziladi. Masalan, it so‘zi etalon bo‘lib kelgan o‘xshatishlar soni o‘ndan ortiq bo‘lib, ularning barchasi insonga nisbatan qo‘llangan. Ilon etaloni ham shunday xususiyatga ega”4. It leksemasi kognitiv maydonini idrok etish va tasavvurda obraz hosil qilish yo‘li bilan jamlanadigan bilim turlicha shakllanadi, natijada bezovtalik, xo‘rlik, subutsizlik, ozor berish, qolaversa, vafodorlik va sodiqlik konseptini aks ettirgan bo‘lsa, qo‘y leksemasi kognitiv maydonida esa boylik, xursandchilik va beozorlik konseptlarini ifoda etgan. Turg‘un o‘xshatishlarning milliy-madaniy xususiyatlari ularning ekstrolingvistik omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ekstrolingvistik omillar deganda, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’daniy shart-sharoitlar, funksional va tilning ichki strukturaviy rivojlanishi va hosil bo‘lishida katta ahamiyatga ega bo‘ladigan, ularning milliy xarakterini ko‘rsatib berishga sabab bo‘ladigan omillar yig‘indisi tushuniladi. Muayyan xalqning obrazli tafakkur tarzi xalq tilida qo‘llaniluvchi o‘xshatishlarda yaqqol o`z ifodasini topadi. Masalan, baqa go‘shtidan tayyorlangan taomlar fransuzlarning eng lazzatli taomi hisoblanadi. Demak, fransuzlarda baqa so‘zi qatnashgan o‘xshatishlar ijobiy ma’noda keladi. Xuddi shunday holatni boshqa xalqlar tili misolida ko‘rishimiz mumkin. Xitoyliklarda ilon so‘zini ijobiy ma’noda yuklagan holda ilon go‘shtiga nisbat berishadi, demak, xitoyliklar ilon so‘zi qatnashgan o‘xshatishlarni ijobiy ma’noda qabul qiladilar.
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 139 O‘zbek tilida esa, aksincha, ilon so‘zi qatnashgan o‘xshatishlar salbiy ma’noda qo‘llaniladi. Misol uchun ilonday sudralmoq yoki ilonday zahar kabi. Inglizlar mushuk bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlarni ijobiy ma’noda ishlatishadi, chunki mushuk inglizlarda “go‘zallik ramzi” hisoblanadi. Mana shunday o‘xshatishlar kishilarning ongi, tashqi dunyoni idrok qilishi, dunyoqarashi rangbarangligini ko‘rsatib turadi. Insonlarning qaysi millat vakillari, ular atrofdagi narsalarga qanday munosabatda ekanligini bilmoqchi bo‘lsa, eng avvalo, tilini o‘rganish lozim. Chunki ularning uzoq yillik madaniyati, albatta, tilida o‘z ifodasini topadi. Turg‘un o‘xshatishlar deyarli barcha tillarda uchraydigan lingvopoetik birlik hisoblanadi. Biz mazkur bobda o‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli milliy tafakkur mahsuli, har ikki millatga xos urf-udum, an’analarni ko‘rsatib beruvchi turg‘un o‘xshatishlarga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Chunki “o‘zbek tilidagi turg‘un o‘xshatishlar deyarli tavsiflanmagan, ularning tilimizning leksik-frazeologik xazinasidagi o‘rni belgilanmagan”5. N.Mahmudov va D.Xudoyberganovaning “O‘zbek tilida o‘xshatishlarining izohli lug‘ati”da shunga harakat qilingan. Ingliz tilida ham shunday lug‘atlar mavjud. Tilshunosligimizda o‘xshatishlarning to‘rt unsurdan: o‘xshatish subyekti, o‘xshatish obyekti, o‘xshatish asosi, o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichidan tarkib topishi tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1 Iqtibos: Xudoyberganova D.ning “Matnning antroposentrik tadqiqi” monografiyasidan olindi. Маслова В.А. Человек в зеркалесравнения // htt: / wwwgumer. Info / biblioter – Burs / Linguist / maslova / 06 / php. 2 Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013. – B.94 3 Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013. – B.95 4 Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013. –B.96. 5 Mahmudov. N. Xudoyberganova D. O‘zbek tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati. – T.: Ma’naviyat, 2013. – B.16.