scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XOMAKI RASMLAR CHIZISHNING PORTRET CHIZISHDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

Xudaynazarova Ug'iloy Sharifovna, Turdiyeva Sevinch Zulqaynar qizi, Perneyeva Aliya Anvarqizi

Abstract

Maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash va rangtasvirda portret ishlash jarayonida qalamtasvir, qalamchizgi, xomaki rasmlarning ahamiyati xaqida so‘z boradi. Talabalarga naturaga qarab tasvirlash bo‘yicha amaliy mashqlar bajarish texnologiyalari borasida amaliy maslahatlar beriladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 299 XOMAKI RASMLAR CHIZISHNING PORTRET CHIZISHDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI 1Xudaynazarova Ug‘iloy Sharifovna, 2Turdiyeva Sevinch Zulqaynar qizi, 3Perneyeva Aliya Anvarqizi 1CHDPU “Tasviriy san’atva dizayn”kafedrasi o’qituvchisi, 2ChDPU Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 3bosqich talabasi 3ChDPU Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 1bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403693 Annotatsiya. Maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash va rangtasvirda portret ishlash jarayonida qalamtasvir, qalamchizgi, xomaki rasmlarning ahamiyati xaqida so‘z boradi. Talabalarga naturaga qarab tasvirlash bo‘yicha amaliy mashqlar bajarish texnologiyalari borasida amaliy maslahatlar beriladi. Kalit so‘zlar: rangtasvir, kompozitsiya, shakl, hajm, nisbat, qalamchizgi va qalamtasvir, chiziqli konstruktiv qurilish. Аннотация. В статье рассказывается роль методики работы над портретом в профессиональной подготовке будущих учителей изобразительного искусства. Дается практические советы и технология выполнения учебных набросков с натуры. Ключевые слова: Живопись, композиция, форма, объем, пропорция, набросок и рисунок, линейно конструктивное построение. Abstract. The article discusses the importance of pencil drawings, pencil sketches, and sketches in the professional training of future teachers of fine arts and the process of working on portraits in painting. Students are given practical advice on the technologies for performing practical exercises in drawing from nature. Key words: Painting, composition, shape, size, proportion, pencil drawing and pencil drawing, linear construction. Tasviriy san’at ta’limida xomaki rasmlar chizish mashqlari o‘quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Mashhur rassom va nazariyotchilar (L. Da Vinchi, P. Picasso, Repin va boshqalar) o‘z asarlarida tezkor chizgilarni rassomlik maktabining “alfaviti” deb baholaganlar. Xomaki rasm portret janrida inson boshining umumiy shakli, proporsiyalari, xarakterli xususiyatlarini tez va aniq tasvirlash imkonini beradi. Talabalarga jismlarni naturaga qarab to‘g‘ri tasvirlash mashqlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bo‘lajak rassom-pedagogning tasviriy san’at sohasidagi mahoratini shakllantirish auditoriyada naturani hayotiy tasvirlash mashqlari orqali amalga oshiriladi. Bu to‘g‘rida buyuk rassom va nazariyotchilar o‘zlarining fikrlarini ko‘plab ilmiy maqolalarida bayon etganlar. Naturadan rasm chizish mashg‘ulotlarda talaba birinchi galda turli shakllarning o‘ziga xos tomonlarini to‘g‘ri ko‘rishni o‘rganadi. Shakllarni o‘ziga qarab rasmini chizish talabaning naturaga qo‘yilgan shakllarni qanday qabul qilishiga bog‘liq. Ma’lumki, insonlar jismlar va ularning tasvirini turlicha tasavvur etadilar. Bu esa birinchi navbatida har bir insonning ko‘z tuzilishiga va ayniqsa tasviriy san’at borasida ko‘rish qobiliyatiga bog‘liq. Rasm chizishni o‘rgatishda asosiy vazifa, bu rassomda jism shaklini masofadan ko‘rish va tasvirlash qobiliyatini INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 300 shakllantirishdan iborat. Jism shaklini masofadan (kenglikda) ko‘rish va tasvirlash – jismni «to‘la hajmda», uch o‘lchamli shaklda (balandligi, eni va qalinligini) ko‘rish demakdir. Xaqqoniy rasm chizish ko‘z bilan o‘lchash, masofa va jism o‘lchamlarini ko‘zda chamalash, va naturani to‘g‘ri anglash orqali erishiladi. Bunday hollarda jism o‘lchami va masofani aniqlash uchun ko‘z bilan chamalash qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. CHamalash qobilyatlari bo‘lajak pedagogni o‘z ishlariga nisbatan e’tiborli, mas’uliyatli bo‘lishga o‘rgatadi, ularda atrofdagi buyum va shakllarni sinchkovlik bilan tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qiladi va bir vaqtning o‘zida ko‘rgan qiyofani eslab qolish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Chamalash qobiliyatini shakllantirish uchun ish jarayonida doimiy ravishda ko‘z bilan nisbatni aniqlab turish yaxshi natija beradi. Ko‘rish orqali eslab qolish rassomning eng qimmatli va e’tiborli hislati bo‘lib, u orqali jism shakli, nisbati va tuzilishi haqidagi aniq va umumiy tasavvurni xotirada saqlaydi. Bu esa shaklni xotiradan, tasavvur va anglash asosida chizish imkonini beradi va rassomning kelgusida mustaqil kompozitsiyalar va eskizlar yaratish borasidagi ishlarini birmuncha engillashadi. Portret chizishda xomaki rasmlarning o‘rni kata.Portret – inson shaxsiyatining tashqi qiyofasi va ichki dunyosini ifodalovchi murakkab janrdir. Talabalar dastlabki bosqichlarda inson boshining oval shakli, suyak tuzilishi, simmetrik qonuniyatlari bilan tanishadilar. Shu jarayonda qisqa muddatli etyudlar ularning kuzatuvchanligini oshiradi, yuz ifodalaridagi o‘zgarishlarni aniqlashga yordam beradi. Amaliy mashg‘ulotlarda quyidagi vazifalar muhim: 1. Inson boshining asosiy proporsiyalarini o‘rganish; 2. Kalla suyagi va yuz qismlarining tuzilishini chizgilar orqali anglash; 3. Yorug‘lik va soya munosabatini oddiy chiziqlar yordamida ifodalash; 4. Xarakterni berishda tezkor va ishonchli chizgilar qo‘llash. Amaliy mashg‘ulotlar metodikasi Xomaki rasmlar qisqa muddatli bo‘lib (2–5 daqiqa), asosiy shakl va umumiy harakatni ifodalashga qaratiladi. Masalan: • birinchi mashqlarda bosh suyaklari va oval shaklni chizish; • ikkinchi bosqichda yuz qismlarining joylashuvi va proporsiyalarini aniqlash; • uchinchi bosqichda esa jonli model asosida turli burilish va holatlardan chizgilar bajarish. Mazkur mashqlar orqali talaba “ko‘rish madaniyati”ni egallaydi – ya’ni, predmetni yaxlit ko‘ra olish, asosiy belgilarni ajratish va ularni tez tasvirlash mahoratini shakllantiradi. Xomaki rasmlar talabalarda quyidagi sifatlarni shakllantiradi: “diqqat va kuzatuvchanlik” – asosiy shaklni tez topish va ko‘ra olish; “chamalash va nisbatni aniqlash” – masofani ko‘z bilan o‘lchash; “eslab qolish qobiliyati” – ko‘rilgan shaklni ongda saqlash va qayta tiklash; “ijodiy tafakkur” – portretni individual va obrazli talqin etish. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 301 Bular bo‘lajak san’at o‘qituvchisining nafaqat badiiy, balki metodik tayyorgarligi uchun ham muhimdir. Xomaki rasmlar portret o‘rgatishda dastlabki tayanch mashqlar sifatida katta ahamiyatga ega. U talabalarni kuzatuvchanlikka, nisbatlarni to‘g‘ri ko‘ra olishga, tezkor ifodaga o‘rgatadi. Natijada ular portret san’atida nafaqat tashqi o‘xshashlikni, balki insonning ruhiy qiyofasini ham tasvirlash mahoratini egallaydilar. Shuningdek, bunday mashqlar talabalarda estetik did, badiiy tafakkur va pedagogik sezgirlikni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois, tasviriy san’at ta’limida xomaki rasmlar portret chizish jarayonining nazariy va amaliy asoslarini boyituvchi muhim vosita hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Boymetov B.B. “Qalamtasvir.” Darslik. 1-qism. – Toshkent, 2006. 2. Ростовцев Н.Н. “Учебный рисунок.” – Москва: Просвещение, 1979. 3. Boymetov B.B., Tolipov M. “Plastik anatomiya.” – Toshkent: “Ilm-Ziyo”, 2005. 4. Khudoynazarova, O. Oliy pedagogik ta’limda talabalarga inson portretini tasvirlashda plastik anatomiyaning nazariy asoslari. 5. Султанов, Х. (2023). Мустақил таълимни ташкил этиш орқали талабалардаги касбий ва ижодий қобилиятларини фаоллаштириш. International scientific and practical conference on the Topic: “Priority Areas for Ensuring the Continuity of Fine Art Education: Problems and solutions”, 1(01). Retrieved from https://ojs.qarshidu.uz/index.php/ts/article/view/125 6. Sultanov Xaytboy Eralievich. (2023). A cluster approach as a tool for supporting the integration of indisciplinary research and educational networks. current research journal of pedagogics, 4(11), 91–98. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-11-16 7. The role of integrative education in student activation. (2024). Web of Teachers: Inderscience Research , 2(11), 151155. https://webofjournals.com/index.php/1/article/view/2188