scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MA'RIFATPARVAR AJDODLARIMIZNING IBRATLI FAOLIYATI

Axmedov, Jalol

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 213 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us MA’RIFATPARVAR AJDODLARIMIZNING IBRATLI FAOLIYATI Axmedov Jalol Tursunmuratovich Jizzax politexnika instituti, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistenti “Mushtarak tariximizning yorqin sahifalarini tashkil etadigan ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o‘z qimmati va ahamiyatini hamon yo‘qotmasdan kelayotgan boy merosini hamkor davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, taniqli xorijiy olimlar bilan birgalikda teran tadqiq va targ‘ib etish bizning ustuvor vazifamizdir.” SHavkat Mirziyoev Ma’rifatparvar ajdodlarimizning ilg‘or g‘oya va qarashlarini tadqiq etish va tizimlashtirish, Turkiston jadidlarining milliy davlatchilik rivojidagi o‘rni va ta’sirini o‘rganish, XX asrning birinchi choragida ular tomonidan barpo etilgan davlat tuzilmalarining qonunchilik bazasini tahlil qilish, dunyoviy, huquqiy va demokratik jamiyat qurishga qaratilgan faoliyatiga tarixiy baho berish, mamlakatimiz kelajagini bunyod etishda ushbu merosning mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi bilan bog‘liq masalalar alohida ahamiyatga ega. Jahon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti mislsiz darajada rivojlanib, globallashuv jarayonining qamrovi g‘oyat keng ko‘lamda kuchayib borayotgan hozirgi davrda insoniyat kelgusi hayotga, ayniqsa, dunyo sivilizatsiyasining taqdiri va barqarorligiga ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho ilmiy-adabiy, ma’naviy-madaniy merosni keng ko‘lamda o‘rganish va targ‘ib etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib turibdi. Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev rahnamoligida O‘zbekistonda YAngi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish eng asosiy maqsad qilib qo‘yildi. SHu boisdan ham eng avvalo, Uchinchi Renessansning mazmunmohiyatini har birimiz chuqur va teran anglab olishimiz nihoyatda zarur. Mamlakatimizda Uchinchi Renessansni XX asrda ma’rifatparvar jadidlar amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar qildilar. SHu yo‘lda ular o‘zlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar va ular “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas” degan Hadisi sharifni hayotiy e’tiqod deb bildilar. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma’rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilmhunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisobladilar. Bu davrda Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo‘jaev, Abdurauf Fitrat, Ibrat domla, Abdulhamid CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin va boshqa yana yuzlab ulug‘ insonlar milliy uyg‘onish va millatparvarlik harakatining oldingi saflarida turdilar. Ular yangi usul maktablari bilan bir qatorda, odamlarning dunyoqarashi va turmush tarzini o‘zgartirishga qaratilgan gazeta-jurnallar, nashriyot va kutubxonalar, teatrlar tashkil etdilar. Jadidlarimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum yo‘l bermagandi. Ular o‘sha davrning turli kimsalarining tuhmat-malomatlariga duchor bo‘ldilar. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 214 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Dastlab Rossiya hukumati, keyinchalik sho‘rolar ularni ayovsiz quvg‘in va qatag‘on qilgandi. Lekin, bu milliy uyg‘onish va taraqqiyot harakati Vatanimiz tarixida yorqin xotira sifatida qoldi. YUrtimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yo‘lida jonini fido qilgan jadidlarning ilmiy-ma’rifiy, adabiy-badiiy merosi hozirgi davrda ham katta ahamiyatga ega. SHu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, XX asrning 30-yillarida e’lon qilingan qator maqola va kitoblarda birinchi galda jadidlar qoralanar, keyingi harakatlar Abdulla Qodiriy nomiga bog‘lanardi. J.SHarifiy, Olim SHarafiddinov maqolalarida jadidlar “aksilinqilobchi”, “Sovetlarga qarshi”, “Reaksion kuchlarni birlashtirgan”, “bosmachilarga rahnamolik qilgan” degan uydirmalar to‘qib chiqarildi. Bunday fikrni birinchi bo‘lib, Sotti Husayn bayon qilib shunday degan edi: “jadidlar oktyabrdan keyin o‘zlarining sobiq inqilobiy fikrlarini burib proletariatga qarshi aksilinqilobiy adabiy kuch bilan chiqdilar”[1]. Ma’rifat istagan jadidlar eski diniy maktablarga dunyoviy fanlar kiritish va o‘qitish metodikasini o‘zgartirish yo‘li bilan ularni isloh qildilar. Mustabid Sovet tuzumi ushbu islohotni yuzaki rasmiy islohot deb, uning mafkurachilarini dunyoviy fanlarni dinga bo‘ysundirishda aybladilar. SHuningdek, yangi usul jadid maktablari ham burjua millatchiligi ruhi bilan sug‘orilgan deb topildi. Jadid ziyolilarining mafkurasida Turkistonni o‘rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish, milliy muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish hamda milliy qo‘shin tuzish bo‘lgan. Ularning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yo‘nalishlar ustuvor bo‘lgan: yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi. Jadidlar siyosiy ishlar – haq-huquq, milliy davlat, hokimiyat masalalari bilan muntazam shug‘ullandilar. Ayni paytda, maktab-maorif isloh qilina boshlandi. Milliy matbuot yo‘lga qo‘yildi. Teatr paydo bo‘ldi. YAngi adabiyot shakllandi, bir so‘z bilan aytganda, yangi tafakkur maydonga keldi. Bu – millatning o‘zligini anglash va mustaqillik mafkurasi edi [2]. Biz so‘z yuritayotgan davrga kelib bolsheviklar mafkurasiga qarshi kurash nafaqat O‘zbekiston va boshqa sovet respublikalarida, shuningdek, inqilob markazi hisoblangan Rossiyaning o‘zida ham mavjud edi. Ayniqsa, muxolif marralar bolshevizm mafkurasining iqtisodiy tomonlariga keskin qarshi edilar. Fuqarolar qo‘lidagi mol-mulk, er va boyliklar zo‘ravonlik bilan, yanada aniqroq aytganda proletariatcha hujum natijasida tortib olingan edi. 1925 yil partiya Markaziy qo‘mitasi o‘sha vaqtda Buxarin maydonga aytgan va “Komsomolskaya Pravda” yoqlab chiqqan “boy bo‘lingiz” shiorini Stalin tashabbusi bilan qoralagan edi. Stalin aytishicha, bu narsa “aslida kapitalizmni tiklashga chaqirish” edi [3]. O‘z o‘rnida bolsheviklar o‘zlarining mafkuralarini matbuot orqali o‘tkazish uchun kurashganlar. Ular milliy ziyolilarni kundalik gazeta, jurnal hatto chiqarilgan kitoblarini tanqid qilganlar va har xil usul vositalar bilan kuchli bosim o‘tkazganlar. Kommunistik partiyaning yig‘ilishdarida mafkura masalasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bir necha bor muhokama qilingan. Ushbu muhokamalarda ziyolilarga qarshi qanday usul va vositalar bilan g‘oyaviy kurash olib borish lozimligini qayd etganlar. SHu o‘rinda mafkura masalasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilingan [4]. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 215 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Sovet mafkurasiga xizmat qilishni istamagan milliy ziyolilar faoliyati bolsheviklar tomonidan muntazam nazorat qilingan. Milliy ziyolilardan Munavvar Qorining faoliyati bir necha marotaba muhokama qilinib, shunday keltirilgan: “Keyingi vaqtlarda Munavvar Qorining ikkinchi bosqich maktablari uchun yozilgan kitobining ikkinchi bo‘limida firqamizning hozirgi siyosatiga to‘g‘ri kelmaydigan narsalar va mayda bolalarning miyasini zaharlaydigan jumlalar yozilgan edi. Bundan bizning xabarimiz bo‘lmagan. CHunki bu ish hukumatimizning boshqa ishlar bilan ovora bo‘lib bularning shu harakatlariga yaxshi ahamiyat bermaganligidan bo‘lsa, ikkinchidan ko‘proq o‘zimizning maorif xodimlari davlat nashriyotida o‘tirgan kishilarning rahbarlari bu ishga ahamiyat bermaganligi, kitobning rasmiy tomonini ko‘rib chiqib, mafkuraviy jihatiga ahamiyat bermaganligi bo‘lib chiqadi. Ular o‘zlarining buzuq mafkuralari bilan bolalarni tarbiyalamoqdalar. Hozirda ham bunday ishlarni to‘xtatganlari yo‘q” [5]. Mamlakatda ziyolilarning partiya oldidagi xizmatlari unumli bo‘lishi mamlakatda hokimlik qiluvchi ishchilar sinfi mafkurasiga qanchalik yaqin turishiga bog‘liq ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ular sovet ziyolisini mafkura maydonida yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklarini quyidagi 3 asosiy xususiyatini keltiradilar: “Birinchi – sho‘ro ziyolilarining marksizm bilan yaxshi tanish bo‘lmaganliklari; ikkinchi – bular safida millatchilik ruhi borligi; uchinchi – ziyolilarimiz ichida siyosatdan chetda turishning mahkam ildiz otganligi” [6]. Sovet davlati milliy masalaga proletarcha ruhda yondashib, jamiyatni ezuvchi va eziluvchiga, boylar va kambag‘allarga ajratdi, milliy manfaatlarning va milliy munosabatlarning murakkab va xilma-xil ekanligini unitib, uning muttasil rivojlanib hamda chuqurlashib borishini e’tiborga olmadi. Natijada tor milliy manfaatlar atrofida o‘ralashib qolish holatlari yuzaga keldi. Sovet davlatining “sotsializm qurishning sharti” bo‘lgan milliy avtonomlashtirish siyosatiga qarshi chiqqanlar “xalq dushmanlari” deb, ataldi. SHu tariqa “proletar internatsionalizmi” g‘oyasi yuzaga keldi. Sovet davlatining nazariy asoslari qurilayotgan vaqtda proletariat diktaturaning asoschisi V.Lenin chizib bergan yo‘ldan borildi. V.Lenin millatga tegishli har qanday jiddiy masalani milliylik jihatdan emas, balki sinfiylik jihatdan hal qilib kerakligini uqtirib, sotsialistik tuzumga xos bo‘lgan yakka partiyaning milliy imtiyozlarga qarshi siyosatini yoqlab chiqqan edi. Ushbu g‘oyalar majmuida qurilajak “sog‘lom kommunistik jamiyat” kishilari nafaqat o‘z fikri, tuyg‘usi bilan balki kiyinish madaniyati bilan ham ajralib turishi lozim edi [7]. Xulosa qilib aytganda, milliy ziyolilar g‘oyasiga qarshi bolsheviklar mafkuraviy tahdidni kuchaytiradilar. Milliy ziyolilarining o‘lkani boshqarishga qaratilgan islohotchilik qarashlari bolsheviklar zo‘ravonlik siyosatining qurboniga aylandi. Jadid ziyolilari burjuaziyaning vakili bo‘lganlikda, ularning asarlari inqilobdan ilgari yozilganligi, unda burjuaziyaning ideallashtirilganligi hamda millatchilik ko‘rinishlari tasvirlanganligi ta’kidlandi. Aksariyat milliy kadrlar va ziyolilar ochiqdan-ochiq aksilinqilobchilar tomoniga o‘tganligi, sovetlarga qarshi kurashib, “bosmachilikni” tashkil etishda va har qanday bo‘lsada ishchi-dehqon hukumatini yiqitish fikrida bo‘lganligini bilan bolsheviklarga katta mafkuraviy xavf solganligi keltiriladi. Jadidchilik go‘yoki “omma ongini millatchilik g‘oyalari bilan zaharlash va uni inqilobiy kurashdan chetga toritish” maqsadida tashkil etilgan reaksion burjua-millatchilik yo‘nalishi deb e’lon qilindi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati 1. Qo‘shjonov M. Qodiriy – erksizlik qurboni. – Toshkent: “Fan”, 1992. – B.56. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 216 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us 2. Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – B.4 – 5. 3. O‘ng murtadlar – kapitalizmni tiklash tarafdori // “Qizil O‘zbekiston”, 1936 yil 17 dekabr, 289son. 4. Mafkura maydonida kurash masalasida maorif ishchilarining vazifasi // “Qizil O‘zbekiston”, 1927 yil 16 yanvar, 13-son. 5. Mafkura maydonida kurash masalasida maorif ishchilarining vazifasi // “Qizil O‘zbekiston”, 1927 yil 16 yanvar, 13-son. 6. Ziyolilarni qanday qilib ishga solamiz // “Qizil O‘zbekiston”. 1928 yil 30 aprel, 97-son. 7. YUnusova X. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va ma’naviy jarayonlar (XX asr 80-yillar misolida). – T., ABU MATBUOT-KONSALT, 2009. – B.25. 8. Axmedov, J. T., & Guljan Kobeyevna, O. (2024). History of inter-ethnic relations in Central Asia and stages of development. 9. Tajibayev, M. A., & Axmedov, J. T. (2022). Sinergetik yondashuv-yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantirishning asosiy jihatlaridan biri sifatida. Scientific progress, 3(3), 527532. 10. Axmedov, J. T., & Tajibayev, M. A. (2021). Young people from different information attacks care is a requirement of the time. Scientific progress, 2(5), 549-553. 11. Tursunmuratovich, A. J., & Abdurashidovich, T. M. (2021). Ensuring the rule of law-as an urgent direction in the appeal. International Journal of Discourse on Innovation, Integration and Education, 2(2), 164-169. 12. Tajibaev, M. A., & Akhmedov, J. T. (2021). The young spiritual-moral of the global network effects on education. Scientific progress, 1(5), 708-711.