BACHADON MIOMASI: SABABLARI, BELGILARI VA DAVOLASH YO'LI
Abstract
Ushbu maqolada bachadon miomasining tushunchalari,kelib chiqish sabablari, klinik belgilari va diagnostika usullari haqida ma’lumot berilgan. Miomanining ayollar salomatligiga ta’siri, uning homiladorlik davrida yuzaga keltiradigan asoratlari hamda davolash yollar dori-darmon, jarrohlik usullari körib chiqilgan. Diagnostika jarayonida genekologik ko‘rik, MRI kabi usullar ahamiyati korsatib ötilgan. Maqolada ayollarda erta aniqlash muntazam genekologik korikdan o‘tish va profilaktik choralarning ahamiyatiga qaratilgan.
Full text
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 125 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17406537 BACHADON MIOMASI: SABABLARI, BELGILARI VA DAVOLASH YO‘LI Obidova Ominaxon Avazbek qizi Qo‘qon Universiteti Andijon Filliali Tibbiyot fakulteti Davolash ishi 1-kurs talabasi [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada bachadon miomasining tushunchalari,kelib chiqish sabablari, klinik belgilari va diagnostika usullari haqida ma’lumot berilgan. Miomanining ayollar salomatligiga ta’siri, uning homiladorlik davrida yuzaga keltiradigan asoratlari hamda davolash yollar dori-darmon, jarrohlik usullari körib chiqilgan. Diagnostika jarayonida genekologik ko‘rik, MRI kabi usullar ahamiyati korsatib ötilgan. Maqolada ayollarda erta aniqlash muntazam genekologik korikdan o‘tish va profilaktik choralarning ahamiyatiga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Submukozal mioma, intamural mioma, subserazol mioma, MRT, 3D, stress, semizlik, abort, homiladorlikda mioma АННОТАЦИЯ В статье представлена информация о концепции, причинах, клинических симптомах и методах диагностики миомы матки. Рассматриваются влияние миомы на здоровье женщины, её осложнения во время беременности, а также методы лечения, включая медикаментозное и хирургическое. Подчёркивается важность таких методов, как гинекологический осмотр и МРТ, в диагностическом процессе. В статье особое внимание уделяется важности раннего выявления заболевания у женщин, регулярных гинекологических осмотров и профилактических мер. Ключевое слово: Подслизистая миома, интамуральная миома, подсерозная миома, МРТ, 3D, стресс, ожирение, аборт, миома при беременности
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 126 ANNOTATION This article provides information about the concepts, causes, clinical symptoms and diagnostic methods of uterine fibroids. The impact of fibroids on women’s health, its complications during pregnancy, and treatment methods, including medications and surgery, are reviewed. The importance of methods such as gynecological examination and MRI in the diagnostic process is highlighted. The article focuses on the importance of early detection in women, regular gynecological examinations and preventive measures. Keywords: Submucosal myoma, intamural myoma, subserosa myoma, MRI, 3D, stress, obesity, abortion, myoma in pregnancy Kirish: Bachadon miomasi gormonal özgarishlar bilan xatarsiz o‘sma bölib, bachadonning miometriy qavatidan rivojlanadi. Mioma ginekologik kasalliklarning 10-27% ini tashkil qiladi, 18-60 yoshdagi ayollar tekshirilganda esa, ularning 12% dan to 39% gacha qismida mioma aniqlangan. Bachadon miomasi autopsiya bo‘yicha 80% ayollarda aniqlanadi. Klinik belgilari esa 30-35% ayollarda 35 yoshdan keyin uchraydi. Miomaning bir necha turlari bor. Bular: Submukozal mioma - bachadon ichki qavatida joylashadi.Intamural mioma-bachadon devorida paydo bo‘ladi.Subserazol miomabachadon tashqi qavatiga o‘sadi.Miomalar kichkina tugun ko‘rinishida bo‘lishi mumkin,ba’zida esa juda katta hajmga yetadi. Asosiy qism: Miomaning paydo bölishiga bir necha omillar sabab bo‘ladi:birinchidan, gormonal buzilishlar, ya’ni estrogen gormoni köpayishi, ikkinchidan, nasliy moyillik, ya’ni onasida yoki singlisida bölsa, ayolda ham uchrashi mumkin. Bundan tashqari, tez-tez abort qilish, stress, semizlik va notoğri turmush tarzi ham ta’sir qiladi. Mioma har doim ham alomat bermaydi. Kichkina bölsa, ayol hatto bilmay ham yurishi mumkin. Kasallikning asosiy belgilari hayz körish köp va uzoq davom etadi, qorin pastida ogriq va oğirlik seziladi. Agar mioma kattalashsa, siydik pufagi yoki ichakka bosim qiladi va tez-tez siyishga yoki ich qotishiga sabab boladi. Ayrim hollarda bepushtlik ham yuzaga keladi. Tashxis qöyish usullari: ginekologik körik, Uzi (ultratovush tekshirun MRT yoki KT (zarur hollarda, gisteroskopiya yo‘llari bilan boradi. Bachadon miomasini davolash yo‘llari ayolning yoshi, homiladorlik rejalari, miomaning kattaligi va joylashuviga qarab tanlanadi. 1. Dori-darmon bilan davolash -Gormonal dori vositalari qöllaniladi. Bu miomaning o‘sishini sekinlashtiradi, bazan uni kichraytirishi ham mumkin. -Oğrigni kamaytiruvchi dorilar qo‘llanib, ayolda hayz davridagi noqulayliklarni kamaytiradi.
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 127 -Agar mioma tufayli ko‘p qon ketishi kuzatilsa, temir preparatlari berilib, kamonlikni oldi olinadi. 2.Jarrohlik usullari Myomektomiya - faqat mioma olib tashlanadi, bachadon ese saqlanadi. -Histerektomiyabachadon butunlay olib tashlanadi. 3. Zamonaviy muolajalar: -Uterin arteriya embolizatsiyasi miomani qon bilan ta’minlaydigan tomirlar yopiladi va natjada mioma kichrayadi. Fokuslangan ultratovush ablatsiyasi - maxsus ultratovush nurlari yordamida mioma yo‘q qilinadi. 4. Kuzatuv va profilaktika: -Agar mioma kichkina va ayolni bezovta qilmasa, muntazam ginekolog ko‘rigidan yetarli bölishi mumkin. -Soģlom turmush tarzi, stressni kamaytirish va o‘z vaqtida körikdan ôtish ham muhim ahamiyatga ega. Bu kasallikning oldini olish uchun muntazam ginekolog ko‘rikdan ötish, gormonal muvozanatni nazorat qilish, soğlom ovqatlanish va jismoniy faollik, Stressdan saqlanish va zararli odatlardan voz -kechish lozim. Agar davolash qilinmasa, nima bo‘ladi? Tez-tez va ko‘p qon ketishi natijasida kamqonlik rivojlanadi. Ayolda holsizlik, bosh aylanishi, charchash paydo bo‘ladi. Mioma kattalashganda qorin pastida og‘riq va bosim seziladi. Ichak va pufakka ham bosim o‘tkazib, qabziyat yoki tez siyishga sabab bo‘ladi. Homiladorlikda turli muammolar – homila tushishi, tug‘ruqning qiyinlashishi yoki umuman homilador bo‘lolmaslik ehtimoli bor. Juda kam hollarda esa mioma yomon sifatli o‘smaga aylanishi xavfi ham bor. Miyoma bilan homilador bo‘lish mumkinmi? Miyoma fonida homilador bo‘lish mutlaqo real va ushbu tashxisga ega ko‘plab ayollar reproduktiv funktsiyani muvaffaqiyatli amalga oshiradilar. Biroq homilador bo‘lish ehtimoli asosan tugunlarning joylashishi, soni va hajmiga bog‘liq.Homiladorlikni rejalashtirishdan oldin tugunlarning o‘lchami va aniq joylashishini baholash va homilador bo‘lish urinishlaridan oldin operatsiya kerakligini hal qilish uchun ultratovushli 3-D xaritalash yoki MRT tavsiya etiladi.Homiladorlik paydo bo‘lganda, miyomatoz tugunlar diqqat bilan kuzatish ob’ektiga aylanadi. Ko‘pincha ularning o‘lchamlari barqaror, lekin ba’zida gormonal o‘zgarishlar tufayli, ayniqsa 2-trimesterda o‘sishi mumkin. Ammo kamida 30% bemorlarda o‘lchamlari deyarli o‘zgarmaydi.Miyoma tug‘ruq usulini tanlashga ta’sir qilishi mumkin. Agar
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 128 tugunlar bachadonning pastki segmentida joylashgan bo‘lsa va tug‘ruq kanalini to‘sib qo‘ysa, ko‘pincha kesish operatsiyasi ko‘rsatiladi. Miyoma katta o‘lchamda bo‘lsa yoki asoratlar xavfi bo‘lsa, tabiiy tug‘ruq kontrendikatsiya bo‘lishi mumkin. Birok kichik o‘lchamli va qulay joylashgan tugunlar bo‘lsa, vaginal tug‘ruq mumkin.Homiladorlik davrida miyomani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash ona va homila uchun xavf tufayli juda kam amalga oshiriladi. Biroq tugun nekrozi kabi jiddiy asoratlar rivojlansa, operatsion aralashuv hayot uchun zarur bo‘lishi mumkin. Odatda miyomani olib tashlash homiladorlikdan keyingi davrda, ayol organizmi tiklanganidan keyin rejalashtiriladi.Miyoma – onalikka hukm emas. Malakali rejalashtirish, zamonaviy minimal invaziv jarrohlik va homiladorlik davridagi jamoaviy kuzatish xavflarni minimallashtirishga imkon beradi va ayolga onaga aylanish imkoniyatini beradi. Xulosa: Bachadon miomasi ayollar orasida keng tarqalgan ginekologik kasalliklardan biri bolib, uning rivojlanishida gormonal özgarishlar, irsiy moyillik va tashqi muhit omillari muhim rol o‘ynaydi. Kasallik kõpincha bepushtlik, hayz siklining buzilishi va boshqa asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun miomani erta tashxislash va muntazam ginekologik körikdan o‘tish muhim kasb etadi.Xulosa qilib aytganda,bachadon miomasing oldini olish uchun soĝlom turmush tarziga rioya qilish,gormonal muvozanatni nazorat qilish va profilaktik tekshiruvlarni muntazam o‘tkazib borish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Magzumova N. Ginekologik kasalliklar 2021. 2.Abdullayeva Sh.X.Jo‘rayeva N.T.Ayollar salomatligi va ginekologik kasalliklar 2019. 3.Musayev A.B.,Rahmatullayev Sh.Sh.Ginekologiyada zamonaviy tashxis va davo usullar SamDU nashriyoti 2020.