PEDIKULYOZ KASALLIGI: ETIOLOGIYASI, KLINIK KECHISHI VA PROFILAKTIKASI
Abstract
Ushbu maqolada pedikulyoz kasalligining etiologiyasi, klinik belgilar kompleksi, tashxislash va davolash usullari hamda profilaktik choralari haqida ma’lumot beriladi. Pedikulyoz insonlar orasida keng tarqalgan yuqumli parazitar kasallik bo‘lib, uning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish va sanitariya-gigiyena nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Full text
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 137 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17406592 PEDIKULYOZ KASALLIGI: ETIOLOGIYASI, KLINIK KECHISHI VA PROFILAKTIKASI Ma’rufjonova Zaynabxon Baxtiyorjon qizi Qo‘qon Universteti Andijon Filiali, Tibbiyot fakulteti, Davolash ishi 109-guruh talabasi [email protected] Ilmiy raxbar: ANNOTATSIYA Ushbu maqolada pedikulyoz kasalligining etiologiyasi, klinik belgilar kompleksi, tashxislash va davolash usullari hamda profilaktik choralari haqida ma’lumot beriladi. Pedikulyoz insonlar orasida keng tarqalgan yuqumli parazitar kasallik bo‘lib, uning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish va sanitariya-gigiyena nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: Pedikulyoz, bit, parazit, nit, gigiyena, profilaktika. АННОТАЦИЯ В статье представлены сведения об этиологии, клинических симптомах, диагностике и методах лечения, а также мерах профилактики педикулёза. Педикулёз – распространённое инфекционное паразитарное заболевание человека, в профилактике которого большое значение имеют соблюдение правил личной гигиены и усиление санитарно-гигиенического контроля. Ключевое слово: Педикулез, вошь, паразит, гнида, гигиена, профилактика. ANNOTATION The third section provides information on the etiology, clinical features, diagnosis and treatment methods, and prevention of pediculosis. Pediculosis is a parasitic disease that affects a wide range of people, and in its defeat, compliance with the rules of personal hygiene and sanitary and hygienic control are of great importance. Keywords: Pediculosis, louse, parasite, nit, hygiene, prevention.
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 138 Kirish: Pedikulyoz(bit) –odamlarda pubis, bosh va kiyim bitlarining parazitizatsiyasi bilan tavsiflangan kasallik. Pedikulyozning quyidagi shakllari mavjud: Bosh bitlar-i odamning boshida parazit bo‘lib, bosh terisi va sochlariga tuxum qo‘yadi; Kiyim bitlariodamning kiyimida va kiyim burmalariga tuxum qo‘yadi; Pubis bitlari - pubis, qoshlar va kirpiklarda parazitlik qiladi. Etiologiya: Insonda pedikulyozni uch turdagi bit qo‘zg‘atadi: Bit, bitlar (Anoplura, Siphunculata) – qon soʻruvchi hasharotlar turkumi. TashQI koʻrinishi parxoʻrlarga oʻxshab ketadi. Tanasi yassi, uz. 1–6 mm, qanotsiz. Baʼzi bitlarning bir juft oddiy koʻzi bor, koʻpchiligida koʻz rivojlanmagan. Moʻylovlari kalta, maxsus egatchaga kirib turadi. Ogʻiz apparata sanchib soʻruvchi. Ogʻiz teshigi agʻdarilib tashqariga chiqadigan nay bilan oʻralgan. Nay devorida qator joylashgan ilmoqlar yordamida B. qon soʻrayotganida teriga yopishib oladi. 3 juft oyoqlari tanasining 2 yoniga keng yoyilib turadi. Barmoqlarining uchida ilmoqka oʻxshash qayrilgan tirnoqlari yordamida kiyim yoki soch tolalariga yopishib oladi. Urgʻochi bitlar oʻz hayoti davomida bir necha oʻntadan 300 tagacha sirka (tuxum) qoʻyadi. Sirkasini maxsus yopishqoq sekreta yordamida kiyim yoki soch tolalariga yopishtiradi. Sirkadan bir haftada yosh bitcha (magʻzak)lar chiqadi. Bit chala oʻzgarish bilan rivojlanadi, 18—20 kun yoki undan koʻproq vaqt davomida voyaga yetadi. 300 ga yaqin turi maʼlum. B. sut emizuvchi hayvonlarda parazitlik qiladi. Har bir hayvonning oʻz biti boʻladi. Odamda bosh biti (Pediculus humanis capites), kiyim biti (P. humanis westimenti) va qov biti (Phthiras pubis, badanning siyrak yungli aʼzolari: qosh, kiprik, qoʻltiq osti, jinsiy azolari atrofida) boʻladi. Bitlar toshmali va qaytalama terlama kasalliklarini tarqatadi. Odamlar gʻuj boʻlib yashaydigan joylarda (bogʻcha, maktablar, koʻp bolali oilalar, harbiy xizmat joylari) bitlarning tarqalishi uchun qulay sharoit tugʻiladi. Bitlashning oldini olish uchun shaxsiy gigeyna qoidalariga rioya qilish lozim. Bosh biti (Pediculus humanus capitis) – sochlarda yashaydi, bosh terisini tishlab qon so‘radi. Tana biti (Pediculus humanus corporis) – kiyim qatlarida joylashib, tana terisini tishlaydi. Shaqaq biti (Phthirus pubis) – jinsiy sohada, ba’zan kiprik va qoshlarda uchraydi. Pedikulyoz — insoniyat bilan juda qadimdan mavjud bo‘lgan kasalliklardan biri. Bitlar odam bilan birga rivojlanib kelgan, shuning uchun ham uning tarixi juda qadimiy. Tarixiy ma’lumotlar: Qadimgi Misr mumiyalarida (miloddan avvalgi 3500– 3000-yillar) sochlar orasidan bitlar va nitlar topilgan.
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 139 Qadimgi yunon tabibi Gippokrat (mil. avv. V–IV asr) ham bitlarni inson paraziti sifatida ta’riflagan. Rim shifokori Pliniy Katta (I asr) ham pedikulyoz haqida yozib qoldirgan. O‘rta asrlarda esa bitlar keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha urushlar, ocharchilik va gigiyena yomon bo‘lgan joylarda epidemiyalar keltirib chiqargan. Ilmiy jihatdan bitlarning inson paraziti ekanligi va pedikulyoz kasalligi sifatida XIX asrda to‘liq o‘rganilgan. Kasallikning tarqalishi va xavf omillari: Pedikulyoz butun dunyoda keng tarqalgan boʻlib, har yili yuz millionlab odamlar ushbu kasallikka chalinadi. Kasallikning tarqalishiga bevosita aloqa, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, gavjum joylarda yashash va jinsiy aloqalar sabab boʻladi. Pedikulyozning tarqalishida ijtimoiyiqtisodiy omillar, masalan, kambagʻallik va sanitariya sharoitlarining yomonligi katta rol oʻynaydi. Bolalarda pedikulyoz kelib chiqish sabablari: Pedikulyoz bilan faqatgina qoniqarsiz sanitar sharoitda istiqomat qiluvchi bolalar kasallanadi degan tushuncha mutlaqo xato fikr hisoblanadi. Bolalar orasida bitlash har 5 ta bolaning bittasida kelib chiqadi, ularning qanday sharoitda yashashidan qatʼiy nazar. Bitlarning tarqatuvchisi odam boʻlganligi sababli, uning tarqalishi juda oson, ayniqsa kasallangan bolalar bilan kontakda boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan joylar – bogʻcha, maktab, yozgi oromgohlar yoki boshqa bolalar guruh boʻlib toʻplanadigan joylarda bit yuqishi mumkin. Bitlagan boladan sogʻlom bolaga bitlar gigiyena vositalari orqali (sochiq, taroq, bosh kiyim), oʻyinlar vaqtida va boshqa holatlarda yuqadi. Bitliqlik kasalligiga koʻproq uzun sochlarga ega boʻlgan qizlar moyil boʻladi. Baʼzida pedikulyoz holati bolalar tarbiyalanadigan muassasalarda chaqmoq singari tez tarqalib ketishi mumkin, kasallik odatda yoz-kuz mavsumida keng tarqaladi. Klinik belgilari: 1. Kuchli qichishish – bitning so‘lak ajratishi terida allergik reaksiya chaqiradi, ayniqsa kechasi kuchayadi. 2. Tirnalish izlari (ekskoratsiyalar) – qichishish sababli terini tirnab yuborish oqibatida yuzaga keladi. 3. Dermatit va piodermiya – ikkilamchi infeksiya qo‘shilib, yiringli yallig‘lanishlar paydo bo‘lishi mumkin. 4. Soch orasida nitlar va bitlarning aniqlanishi – oq rangli, tuklarga yopishgan nitlar (bit tuxumlari) yoki jonli bitlar ko‘rinadi. 5. Limfa tugunlarining kattalashishi – uzun muddatli holatlarda bo‘yin yoki quloq orqasidagi limfa tugunlari kattalashishi mumkin. 6. Uyqusizlik, asabiylik – doimiy qichishish natijasida bemor tinch uxlolmaydi, ruhiy bezovtalik yuzaga keladi.
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 140 Bitlar inson qoni bilan oziqlanadi va kuchli qichishish, tirnash, yallig‘lanishga sabab bo‘ladi. Kasallik bosh, tana yoki jinsiy sohada uchraydi. Bit tuxumlari — nitlar — sochga yopishadi va ularni olib tashlash qiyin. Pedikulyoz asosan jismoniy aloqa yoki umumiy foydalaniladigan buyumlar (shlyapa, taroq, choyshab) orqali yuqadi. Gigiyenaga rioya qilmaslik kasallik tarqalishini tezlashtiradi. Davolash uchun maxsus shampunlar, spreylar, vositalar ishlatiladi. Bitlarni yo‘q qilish uchun sochni tarash, kiyim-kechakni issiqda yuvish muhim. Kasallikni oldini olish uchun shaxsiy gigiyenani saqlash, bolalarni tekshirish va tarqatmaslik choralari ko‘rilishi lozim. Pedikulyoz ijtimoiy muammo bo‘lib, vaqtida aniqlansa, samarali davolanadi. Pedikulyoz diagnostikasi: Bolalarda pedikulyoz ota-onalar, hamshira yoki pediatr tomonidan, umumiy bolalar guruh boʻlib toʻplanadigan maskanlarni tekshirilganda yoki poliklinikada, baʼzida sartaroshxonalarda ham aniqlanishi mumkin. Qov biti koʻpincha bolalar dermatologi yoki ginekologi tomonidan tashxislanadi. Bolalarda pedikulyozning asosiy diagnostikasi – boshning sochli qismlarida yetilgan bitlarni yoki ularning sirkasini vizual koʻrishdan iborat. Sirkalarning soch qazgʻoqidan farqli jihati, sirkalar sochdan ajralamaydi, ularni ezganda “qirsillagan” tovush chiqarishidadir. Bolalarda pedikulyozni aniqlashda Vud lampasidan ham foydalanish mumkin – tirik sirkalar flyuoressiyalanuvchi havorang yorishish beradi. Pedikulyoz bilan zararlangan bola aniqlanganda, albatta u bilan kontakda boʻlgan shaxslar ham tekshiruvdan oʻtishlari kerak. Pedikulyoz differensial diagnostikasi seboreyali dermatit, eshakemi, atopik dermatit, bolalar qichimasi, trixomikoz, birlamchi piodermiya, mikrobli ekzema, impetigo va psoriaz bilan olib boriladi. Bemorlarni sanitar-gigienik parvarishi: Korik xonasida bemorni yechintirishadi, pedikulyozga kõrikdan õtkazishadi va sanitar-gigienik tozalashga tayyorlashadi.Bu xonada kushetka, stol, stullar, devorda termometr (xona temperaturasi 25gradusdan past bolmasligi kerak) bolishi lozim.Agar bemorning kiyimlari toza bolsa xaltaga joylanadi, ustki kiyimlar kiyim ilgichka ilinadi va saqlash xonasiga topshiriladi.Buyumlar royxatini ikki nusxada tuzishadi: bittasi saqlov xonasiga kiyimlar bilan topshiriladi, ikkinchisi bemorning kasallik tarixiga yopishtiriladi. Bemorga infektsion kasallik mavjudligi aniqlaganda, uning kiyimlari xlor oxaki solingan bakga joylanadi 2soatga va maxsus kir yuvish xonasiga jonatiladi. Bemorlarni sanitar-gigienik tozalashning bosqichlari: 1. teri va sochlarni korikdan o‘tkazish 2. sochlarni va tirnoqlarni kestirish
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 141 3. dush yoki gigienik vanna qabul qilish. 4. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiling; 5. Sotib olgandan keyin yangi narsalarni yuving; 6. Choyshabni, kiyimlarni o‘z vaqtida yuving; 7. Tasodifiy jinsiy aloqadan saqlaning. 8. Kasallikdan saqlanish uchun qanday qoidalarga rioya qilish zarur? 9. Shaxsiy gigiyenaga qat’iy amal qiling; 10. Bolalarning sochini muntazam tekshirib turing; Shaxsiy buyumlarni (soch taroqlari, shlyapa, sochiq) hech qachon boshqalar bilan almashmang; O‘quv muassasalarida muntazam sanitariya nazoratini ta’minlash lozim. Agar pedikulyoz aniqlansa, darhol shifokorga murojaat qiling va dorixonada maxsus vositalar yordamida davolanishni boshlang. Unutmang! Pedikulyoz – uyatchanlik emas, sog‘liq masalasi. Uni vaqtida davolash va oldini olish orqali o‘zimizni va yaqinlarimizni himoya qilamiz. Davolash usullari: Pedikulyozni davolashda antiparazitar vositalar, masalan, dimetikon asosidagi preparatlar, permetrin va malation kabi insektitsidlar qoʻllaniladi. Davolashni boshlashdan oldin bitlarning barcha bosqichlarini yoʻq qilish uchun tarash, sochni yuvish va gigiyenik choralar koʻrish zarur. Davolashni oilaviy yoki guruh boʻlib oʻtkazish tavsiya etiladi, chunki bu kasallik tez tarqaladi. Xulosa: Pedikulyoz — bu keng tarqalgan, lekin toʻgʻri davolash va oldini olish choralari koʻrilsa, osonlik bilan bartaraf etiladigan kasallikdir. Kasallikning oldini olish va davolashda ijtimoiy va tibbiy choralar muhim ahamiyatga ega. Pedikulyozga qarshi kurashda jamoaviy yondashuv va profilaktik tadbirlar samarali boʻlishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. World Health Organization. Lice and scabies control. Geneva: WHO; 2020. 2. Nutanson I.C., “Pediculosis and Phthiriasis in Humans,” Journal of Parasitology, 2018. 3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. Parazitar kasalliklar bo‘yicha metodik qo‘llanma. Toshkent, 2021. 4.Õzbekiston Respublikasi Soģliqni Saqlash Vazirligi.Oliy va Õrta Maxsus Õquv Yurtlari Vazirligi.Tibbiyot Kasbiga Kirish.Toshkent, 2019.