scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YOSH HARBIY XIZMATCHILARNING MA'NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARINI YUKSALTIRISHDA TARIXIY SIYMOLAR JASORATINING AHAMIYATI

Rajabov, Behzod

Abstract

Mazkur maqolada yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik, fidoyilik, intizom va mas’uliyat kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishida tarixiy siymolarning jasorati qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan. Qadimiy va zamonaviy tarixda yurt himoyasi yo‘lida jonini fido qilgan qahramonlar hayoti orqali yosh avlod ongiga Vatanga muhabbat va sadoqatni singdirishning tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 51 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us YOSH HARBIY XIZMATCHILARNING MA’NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARINI YUKSALTIRISHDA TARIXIY SIYMOLAR JASORATINING AHAMIYATI Rajabov Behzod Rustamboy o‘g‘li O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik, fidoyilik, intizom va mas’uliyat kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishida tarixiy siymolarning jasorati qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan. Qadimiy va zamonaviy tarixda yurt himoyasi yo‘lida jonini fido qilgan qahramonlar hayoti orqali yosh avlod ongiga Vatanga muhabbat va sadoqatni singdirishning tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: Ma’naviy-axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik, fidoyilik, intizom, mas’uliyat, tarixiy siymolar, jasorat, yosh harbiy xizmatchilar. Bugungi globallashuv va axborot xurujlari tobora kuchayib borayotgan bir davrda, har bir davlat yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamolotiga ustuvor ahamiyat bermoqda. Bu jarayonda ayniqsa harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarda Vatanga sadoqat, xalq va davlatga fidoyilik, qat’iyat, jur’at, intizom kabi fazilatlarni shakllantirish zamonaviy mudofaa siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Chunki harbiy xizmatchining ruhi bardam, irodasi mustahkam, ma’naviy dunyosi esa yuksak bo‘lsa, u har qanday sinov va tahdidga qarshi turishga qodir bo‘ladi. Yurtimiz taraqqiyotida Vatan ozodligi va obodligi yo‘lida tinimsiz mehnat qilgan va jonini fido qilgan minglab tarixiy siymolarimizning ibratli hayot yo‘li yoshlarni vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakat ozodligi va sarhadi daxlsizligi borasida jon fido qilgan tarixiy siymolarimiz hayot yo‘lini va jasoratini o‘rganish hamda ular merosini hayotga tatbiq etish borasida bir qator ishlar amalga oshirila boshlandi. Yurtimizning ko‘p ming yillik tarixida xalqimizni yovuz kuchlar va bosqinchilardan himoya qilish, millatimizning erkinligi va or-nomusini asrash yo‘lidagi kurashlarda jasorat va mardlik ko‘rsatgan buyuk shaxslarning nomlari xalqimiz qalbida mangu saqlanib qolishi borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 52 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Prezident Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Tarixni unutgan xalq – yo‘qoladi. Tarixiy xotirani tiklamasdan, kelajakka dadil qadam qo‘yib bo‘lmaydi” 1 . Bu fikr nafaqat umumiy g‘oyaviy chaqiriq, balki har bir yosh uchun, ayniqsa yosh harbiy xizmatchilar uchun ma’naviy-milliy tarbiyaning yo‘l xaritasidir. Tarixiy xotira – bu millat o‘zligini saqlab qolishning, taraqqiyotga ongli va mustahkam qadam bilan yurishning asosi hisoblanadi. Aynan shu tarixiy xotira vositasida biz o‘z ajdodlarimizning jasorati, fidoyiligi, vatanparvarligi va milliy g‘ururini anglaymiz. Yosh harbiy xizmatchilarning qalbida ana shunday tarixiy xotira uyg‘oq bo‘lsa, ular o‘z burchini nafaqat kasb sifatida, balki milliy sharaf va ornomus masalasi sifatida bajaradilar. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur kabi tarixiy shaxslar hamda Mustaqillik davrida Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan zamonaviy qahramonlarning xotirasini e’zozlash — bu yoshlar ongiga Vatan uchun xizmat qilish g‘oyasini chuqur singdirish vositasidir. Ularning ibratli hayoti orqali yosh avlodga “Millat va davlat manfaatlari ustuvor” degan prinsip asosida xizmat qilish zarurligi uqtiriladi 2 . Harbiy tarbiya tizimida tarixiy xotirani shakllantirish va unga asoslangan ma’naviy ta’lim – bu zamonaviy tahdidlar va mafkuraviy xurujlar davrida ideologik qarshilik ko‘rsatishning eng kuchli vositalaridan biridir. Zero, tarixiy ildizga suyanmagan yosh — shamolda ildizsiz daraxt kabi qulab tushadi. Bunday ma’naviy-axloqiy tayanchni shakllantirishda tarixiy shaxslar – o‘z hayotini Vatan va xalq manfaatlariga baxshida qilgan buyuk siymolarning jasorati, fidoyiligi va mardligi ulkan tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ularning ibratli hayoti yoshlar uchun ruhiy tayanch, o‘zligiga, tarixiga va kelajagiga ishonch manbai bo‘lib xizmat qiladi. Tarixiy xotirani saqlash, uni yosh avlod ongi va qalbiga singdirish orqali mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk harbiy kadrlarni shakllantirish imkoniyati yuzaga chiqadi. Tarixiy jasorat – ma’naviy tarbiyaning kuchli omili Har bir xalqning o‘ziga xos tarixi, jasur qahramonlari va ulug‘ siymolari bo‘ladi. Ularning hayoti, Vatan himoyasi uchun olib brogan kurashlari, jasorati el-yurt uchun katta ibrat va faxr manbaidir. Aynan ana shu tarixiy jasorat misollari bugungi yoshlar tarbiyasida, ularning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega. Chunki yoshlar tarixiy qahramonlar hayoti orqali o‘z oldiga ulug‘ maqsadlar qo‘yishni, Vatanni sevishni, unga xizmat qilishni o‘rganadilar. 1 Shavkat Mirziyoyev, “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va ma’rifat yo‘lida” (2022), T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 186 b. 2 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi. (2020). Vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. – Toshkent. INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 53 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Tarix sahifalariga nazar tashlasak, o‘z yurtining ozodligi, xalqining erkinligi yo‘lida jonini fido qilgan ko‘plab qahramonlar hayotidan saboq olishimiz mumkin. Masalan, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur, Spitamen, Tomaris kabi tarixiy shaxslar millat sha’nini himoya qilgan buyuk sarkardalar bo‘lib, ularning jasorati xalqimiz qalbida mangu yashaydi 3 . Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashar ekan, Vatanini hech qachon tark etmagan, yurt sha’ni uchun jonini tikkan. Uning matonati bugungi yoshlar ayniqsa yosh harbiy xizmatchilar uchun ham ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda. Amir Temur esa kuchli davlat barpo etib, adolat va tartibga asoslangan boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘ydi. U hamisha: “Kuch – adolatdadir” degan shiorni ilgari surgan. Bugungi yoshlar, shu o‘rinda yosh harbiy xizmatchilar, mana shunday tarixiy siymolar hayotidan ruhlanib, o‘z xizmat burchini sharaf bilan bajarishga intilishlari zarur. Chunki ular ular o‘z hayotlarini emas, Vatan sha’nini ustuvor qo‘yganligi bugungi harbiy xizmatchilar uchun buyuk ibratdir. Ma’naviy tarbiyada tarixiy jasoratni o‘rganish yoshlar ongida Vatanga muhabbat, fidoyilik, qat’iyat va sabr-toqat kabi fazilatlarni shakllantiradi. Bu esa har qanday jamiyatning mustahkam poydevorini tashkil etadi. Harbiy xizmatda tarixiy namunalar asosida tarbiya Harbiy xizmat – bu nafaqat kasb, balki yuksak burch va sharafli mas’uliyatdir. Har bir harbiy xizmatchining qalbida Vatanga sadoqat, xalqga xizmat qilish ishtiyoqi, burchga sodiqlik kabi fazilatlar bo‘lishi zarur. Bunday yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda esa tarixiy namunalar, ya’ni ajdodlarimizning jasorati, fidoyiligi va yurtparvarlik ruhi muhim o‘rin tutadi. Tarixiy siymolar hayoti bugungi harbiylar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Tarixga nazar tashlasak, o‘z yurtini, xalqini himoya qilish yo‘lida jonini fido qilgan ko‘plab buyuk siymolarning ibratli hayotiga guvoh bo‘lamiz. Shular qatorida Jaloliddin Manguberdining o‘z yurtini bosqinchilardan himoya qilishda mislsiz jasorat ko‘rsatgan qahramonliklari haqiyqiy er yigitlar uchun yuksak namuna hisoblanadi. U hatto kuch jihatidan ustun bo‘lgan dushmanga qarshi hech qachon taslim bo‘lmagan. Uning bunday mardligi har bir harbiy xizmatchi uchun katta saboqdir. Shuningdek, Amir Temur – nafaqat buyuk sarkarda, balki donishmand davlat arbobi ham bo‘lgan. U o‘z askarlarini intizomli, halol va fidoyi bo‘lishga o‘rgatgan. U o‘zing tuzuklarida yurt himoyasida turgan harbiylar, sarkardalar uchun alohida e’tibor qaratgan. Bu tarixiy meros bugungi harbiy xizmatda yoshlar tarbiyasida juda muhimdir 4 . 3 Vatanparvarlik – millatning kuchi: Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi nashriyoti, 2023. – 51-63 b. 4 Temur tuzuklari. (1991). – Toshkent: “G‘afur G‘ulom” nomidagi nashriyot. INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 54 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida ham tarixiy siymolar jasoratidan keng foydalanilmoqda. Harbiy qismlarda, litseylarda va oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan “Ma’naviyat soatlari”, vatanparvarlik tadbirlari, tarixiy kinolar namoyishi, muzeylarga sayohatlar – barchasi tarixiy namunalar asosida tarbiya berishga xizmat qiladi. Shu orqali harbiylar o‘z xizmat burchini faqatgina vazifa sifatida emas, balki milliy g‘urur va vatanparvarlik masalasi sifatida anglab yetadilar. Tarixiy o‘tmishdan ilhom olgan yosh harbiy xizmatchilar har qanday sinov va xavfga bardosh bera oladi. Buyuk ajdodlarimizning jasoratli hayoti bugungi avlod uchun yo‘l-yo‘riq, kuch va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Harbiylar o‘z burchini ana shunday tarixiy saboqlar asosida bajarsalar, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi doimo kafolat ostida bo‘ladi. Zamonaviy qahramonlar – davomiylik belgisi Har bir davrning o‘z qahramonlari bo‘ladi. Ular el-yurt manfaatini o‘z hayotidan ustun qo‘ygan, jamiyatda adolat va fidoyilik timsoliga aylangan insonlardir. Tarix sahifalarida nomi oltin harflar bilan yozilgan qahramonlar qatori bugungi zamonimizda ham davom etmoqda. Ular orasida Vatan himoyachilari, shifokorlar, o‘qituvchilar, olimlar, yong‘in o‘chiruvchilar va oddiy, ammo jasoratli insonlar bor. Aynan shu zamonaviy qahramonlar – milliy ruhiyat, tarixiy jasorat va qadriyatlarimizning uzviy davomchisi bo‘lib, yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Qahramonlik – bu nafaqat qurol bilan jang qilish, balki o‘z burchini halol, fidoyilik bilan ado etish, og‘ir paytda orqaga chekinmaslik, xalq manfaatini himoya qilishdir 5 . Bugungi kunda qahramonlik ko‘plab sohalarda, kundalik hayotda namoyon bo‘lmoqda. Zamonaviy qahramon deganda biz nafaqat urush maydonidagi askarni, balki pandemiya davrida hayotini xavf ostiga qo‘ygan shifokorni, olis hududda dars berayotgan o‘qituvchini, yong‘in o‘chirish paytida halok bo‘lgan qutqaruvchini, hatto nogironligiga qaramasdan yurtiga foyda keltirayotgan ixtirochini ham tushunamiz. Harbiylar – zamonaviy jasorat timsoli Bugungi tinch hayotimizning kafolati bo‘lgan harbiylar zamonaviy qahramonlikning eng yorqin timsolidir. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar – davlat chegarasini himoya qilayotgan, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashayotgan, tabiiy ofatlar paytida xalqqa yordam berayotgan jasur insonlardir. Ularning aksariyati xizmat davomida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lsa-da, 5 Karimov I.A. (1997). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat. INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 55 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us burchini sharaf bilan bajargan. Ularning ismi el orasida unutilmaydi, jasorati esa yosh avlod uchun ibrat bo‘lib qoladi. Zamonaviy qahramonlar – bu tarixiy jasorat an’analarining zamonaviy sharoitdagi davomidir. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk siymolar yurt mustaqilligi, xalq erki uchun kurashgan bo‘lsa, bugungi qahramonlar ham shu yo‘ldan borishmoqda. Farq shundaki, hozirgi kurashlar qurol bilan emas, balki bilim, mas’uliyat, fidoyilik, sabr va mehnat bilan olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va ma’rifat yo‘lida” asarida bu borada shunday deydi: “Biz yoshlarga jasoratli ajdodlarimizdek mard, Vatanga sadoqatli bo‘lishni o‘rgatmog‘imiz zarur. Chunki bugunning o‘zida ham haqiqiy qahramonlar yetishib chiqmoqda 6 .” Shu bois, zamonaviy qahramonlarning hayoti, faoliyati haqida yoshlarga ko‘proq so‘zlab berish, ularni ko‘rsatish, targ‘ib qilish juda muhimdir. Yoshlar tarbiyasida zamonaviy qahramonlarning roli Yoshlar doimo o‘ziga namuna izlaydi. Agar biz ularga kuchli, irodali, bilimli va fidoyi insonlarni ko‘rsatsak, ular ham shu yo‘ldan borishga intiladi. Qahramonlik tarbiyasi – bu ma’naviy immunitetdir. Yosh avlod qalbida “Men ham shunday bo‘lishim kerak” degan ruhni uyg‘otish, ularni befarqlikdan, loqaydlikdan asraydi. Shu ma’noda, harbiy xizmatda jon fido qilgan zobitlar, halokatli vaziyatlarda odamlarni qutqargan fuqaro himoyachilari, ilmiy yutuqlari bilan Vatan sha’nini baland qilgan yosh olimlar haqidagi voqealar – barchasi hayotiy saboqdir 7 . Zamonaviy qahramonlar – bu millatning sha’ni, or-nomusi, kuchi va yurak jasoratining ifodasidir. Ular tarixiy jasorat an’analarining davomchisi, xalqning ichidan chiqqan haqiqiy yurtparvarlardir. Ana shu qahramonlar hayoti orqali biz yosh avlodni ma’naviy yetuk, mas’uliyatli, burchiga sodiq qilib tarbiyalaymiz. Har bir zamon o‘z qahramonlarini yetishtiradi. Ularni ko‘rsatish, qadrlash va ibrat maktabiga aylantirish esa bizning burchimizdir. Yosh harbiy xizmatchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar: Ma’naviy darslarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi sarkardalar hayoti va jasoratini muntazam tahlil qilish. Harbiy qismlarda “Tarixiy jasorat maktabi” rukni ostida haftalik yoki oylik suhbatlar tashkil etish. 6 Mirziyoyev Sh.M. (2022). Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va ma’rifat yo‘lida. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 186-bet. 7 Niyozov X. (2019). Harbiy pedagogika va psixologiya asoslari. – Toshkent: Harbiy nashriyot. INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 56 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Tarixiy qahramonlarning jasorati haqidagi kitoblar va badiiy filmlarni harbiylar orasida targ‘ib qilish. Harbiy xizmatchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar jarayonida buyuk ajdodlarimizning jang san’ati, intizomi, sadoqati va sabr-toqatiga doir real voqealarni misol keltirish; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qahramonlari (Vatan himoyasi yo‘lida jonini fido qilganlar) haqida qiziqarli va aniq faktlar bilan boyitilgan sahna ko‘rinishlari, videolavhalar tayyorlash. Harbiy qismlarda zamonaviy qahramonlar hayoti asosida motivatsion suhbatlar tashkil etish. Faxriylar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ularning hayotiy tajribasini yoshlar bilan baham ko‘rish. Xulosa o‘rnida yosh harbiy xizmatchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan yuksak shaxs etib shakllantirishda tarixiy siymolarning jasorati beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ularning fidoyiligi, millat va yurtga sadoqati zamonaviy harbiy xizmatga xizmat qiluvchi muhim manba hisoblanadi. Tarixiy va zamonaviy qahramonlar misolida tarbiya berish yoshlar ongida Vatanga muhabbat, jasorat va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlab, harbiy xizmatga bo‘lgan mas’uliyatni yanada oshiradi.