scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINING O'RNI VA AHAMIYATI

Zokirov Farrux Shokir o'g'li

Abstract

Mazkur maqola Bolalar musiqa va san’at maktablarida Tasviriy san’at fanining o’rni va ahamiyati uning bolalar estetik didi va ijodiy tafakkurini shakllantirishdagi rolini yanada mustahkamlashni nazarda tutadi. Shuningdek, bolalarning tasviriy san’at orqali badiiy tassavvurini oshirish, ranglar uyg’unligini o’rganish hamda ularning kuzatuvchanligini oshirish bilan bir qatorda tasviriy san’at fanining bolalar estetikasi uchun nechog’lik ahamiyatli ekanligini o’rganishga qaratilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 312 BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT FANINING O’RNI VA AHAMIYATI Zokirov Farrux Shokir o’g’li Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti, “Tasviriy san’at va dizayn ” kafedrasi 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17407759 Annotatsiya. Mazkur maqola Bolalar musiqa va san’at maktablarida Tasviriy san’at fanining o’rni va ahamiyati uning bolalar estetik didi va ijodiy tafakkurini shakllantirishdagi rolini yanada mustahkamlashni nazarda tutadi. Shuningdek, bolalarning tasviriy san’at orqali badiiy tassavvurini oshirish, ranglar uyg’unligini o’rganish hamda ularning kuzatuvchanligini oshirish bilan bir qatorda tasviriy san’at fanining bolalar estetikasi uchun nechog’lik ahamiyatli ekanligini o’rganishga qaratilgan. Kalit so’zlar: Estetika, ijodiy tafakkur, badiiy tasavvur, ranglar uyg’unligi, kuzatuvchanlik. Annotation. This article focuses on the role and significance of visual arts lessons in children's music and art schools, emphasizing their contribution to shaping children's aesthetic taste and creative thinking. Additionally, it explores how visual arts enhance children's artistic imagination, help them understand color harmony, and improve their observation skills. Furthermore, the study examines the importance of visual arts education for children's aesthetic development. Keywords: Aesthetics, creative thinking, artistic imagination, color harmony, observation skills. KIRISH Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan bir qancha sohada hayotga tadbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan o’zgartirmoqda. Bunday ezgu jarayonni madaniyat va san’at rivojiga, ijod ahliga ko’rsatilayotgan yuksak e’tibor misolida ham ko’rish mumkin. Jumladan, Prezidentimizning “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” 1 gi qarori doirasida, tasviriy va amaliy san’at sohalarida milliy merosimizni tiklash, Kamoliddin Behzodning boy ijodiy merosini xalqimizga to‘la yetkazish, soha rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli rassom va xalq ustalari xotirasini abadiylashtirish, ijodiy yo‘nalishda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda mamlakatimizda tasviriy va amaliy san’at, hamda dizayn sohasi samaradorligini yanada oshirish maqsadida keng ko’lamli loyihalarni belgilab berdilar. Shular qatorida davlat oliy va professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablarining tasviriy va amaliy san’at, dizayn, 1 PQ-4688-sonli qaror (2020-yil 21-aprel): lex.uz INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 313 san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tog’risida qator loyihalarni belgilab berdilar. Shunday ekan, Bolalar musiqa va san’at maktablarida tasviriy san’at fanini o’qitish va uning samaradorligini oshrirsh hamda tasviriy san’at orqali o’quvchilarning badiiy estetik qobilyatlarini rivojlantirishga doir bir qancha vaziyatlarni ko’rib chiqamiz. ADABIYOTLAR TAHLILI San’at inson hayotida katta o‘rin tutadi. U nafaqat badiiy go‘zallikni anglash va estetik didni rivojlantirishga xizmat qiladi, shu bilan bir qatorda inson ruhiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar musiqa va san’at maktablari (BMSM) esa yosh avlodni san’at olamiga olib kiradigan muhim maskanlardan biridir. Ushbu maktablarda tasviriy san’at ta’limi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, badiiy didini shakllantirish va ularning atrof-muhitni kuzatish qobiliyatini oshirishda katta ahamiyatga ega. Tasviriy san’at bolalarning ijodiy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ularning tasavvur qilish qobiliyatini oshirish, mustaqil fikrlashini rag‘batlantirish va estetik didini shakllantirishda san’atning o‘rni beqiyosdir. Binobarin, mashhur Gollandiyalik rassom Vincent Van Gogh o’z vaqtida shunday degan edi, “San’atni sevish-hayotni sevishdir. Kimki san’at yaratishga qodir bo’lsa u yolg’iz emas”, shu ma’noda san’at insonga hayotni sevishni, tabiat go’zalliklaridan bahra olishni o’rgatadi. Shu bilan bir qatorda bolalarga tasviriy san’atni o’qitishda, uning chuqur tarixiy bosqichlarini o’rgatishda Bolalar musiqa va san’at maktablarining o’rni beqiyosdir. Bolalar musiqa va san’at maktablarida bolalar maktab yoshidan boshlab, ya’ni 7-8 yoshlaridan boshlab qabul qilinadi. Ular o’rta maktab darslaridan bo’sh vaqtlarida o’zlari qiziqqan mashg’ulotlar bilan shug’ullanishlari mumkun bo’ladi. BMSMlarda o’quvchilar tasviriy san’at orqali ranglar uyg’unligi, kompozitsiya va praporsiyalarni tushunishni o’rganadilar. Bu esa ularning estetik didini rivojlantiradi. Bolalar chizgan rasmlarida o’zlarining dunyoqarashlarini erkin bir shaklda ifodalaydi, natijada o’quvchilarda erkin fikrlash, tafakkur va o’ziga bo’lgan ishonch tuyg’ulari shakllanadi. Tasviriy san’at bolalarning kuzatuvchanlik qobilyatini oshirishga muhum ahamiyat kasb etadi. Ular detallarni yaxshiroq ko’ra boshlaydi va ularni xotirada saqlash qobilyatini oshiradi. Chizish va bo’yoqlar bilan ishlash bolalarga o’z hissiyotlarini ifodalashga imkon yaratadi. Bu esa ularning ruhiy holatini barqarorlashtiradi va stress darajasini kamaytiradi. Shu ma’noda ruhiy hasta bo’lgan bolalarni davolashda ham tasviriy san’at keng qo’llaniladi. Bu usul “Tasviriy san’at terapiyasi” deb atalib asosan psixologlar, psixiartlar va san’at terapevtlari tomonidan qo’llaniladi. BMSMlarda darslar maxsus metodika asosida olib boriladi. Ushbu darslar bolalarning san’atni o’rganish jarayonida faol ishtirok etishiga imkon yaratadi. Darslar rangtasvir, qalamtasvir, haykaltaroshlik, va amaliy san’at fanlari bo’yicha olib boriladi. O’quvchilar kompozitsiya, ranglar nazariyasi va tasviriy san’at tarixi haqida ham chuqur bilimga ega bo’lishadi. Dars jarayonlarida o’quvchilarga tasviriy va amaliy san’at sohasidagi mashhur asarlar, ularning yaratilish tarixi va mualliflari haqida ham chuqur bilimlar berib boriladi. Bu esa ularda tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishni yanada oshishiga sabab bo’ladi. Dars mobaynida o’quvchilarga o’z ijod na’munalarini namoyish etish va shu bilan birga ularni rag’batlantirish ishlari tashkil etiladi. O’quvchilar dars mobaynida mustaqil ijodiy loyihalar bilan shug’ullanish imkoniyatlari yaratiladi. Masalan, o’zlarini qiziqtirgan mavzu INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 314 asosida ijodiy ish tayyorlash imkoniyati yaratiladi. Dars jarayonida o’quvchilarga amaliy mashg’ulotlar bilan bir qatorda nazariy bilimlar ham berib borilishi natijasida, o’quvchilarda o’tilayotgan mavzuni yanada chuqurroq o’rganishga imkon yaratiladi. Amaliy mashg’ulotlar jarayonida musiqa va tasviriy san’atni birlashtrilgan holda yani, mashg’ulot davomida musiqa tinglagan holatda darslar olib boriladi. Bu jarayon o’quvchilarda ijodiy jarayonga yanada chuqur e’tibor bilan yondashishga imkon yaratadi. XULOSA Bolalar musiqa va san’at maktablarida tasviriy san’at ta’limi, yosh avlodning estetik didini shakllantirish, badiiy tafakkurini rivojlantirish va ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ta’lim yo’nalishi bolalarga san’atning nazariy va amaliy jihatlarini o’rgatish bilan birga, ularning tasavvurini kengaytiradi, kuzatuvchanlik va tasviriy ifodalash ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Shuningdek, tasviriy san’at darslari bolalarning ichki dunyosini boyitib, ularda sabr, mustaqil fikrlash va nozik didni shakllantirishga xizmat qiladi. San’at asarlari bilan ishlash orqali ular milliy va jahon madaniyati bilan yaqindan tanishib, tarixiy va zamonaviy badiiy yo‘nalishlar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Shunday qilib, bolalar musiqa va san’at maktablarida tasviriy san’at ta’limining o’rni beqiyos bo‘lib, kelajak avlodni ma’naviy yetuk, ijodkor va estetik qadriyatlarni qadrlaydigan shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 2. Mirziyoyev Sh.M. “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–4095-son qarori. Toshkent, 2018. 3. Qodirov S., Karimov A. San’atshunoslikka kirish. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2015. 4. Boymurodova G. Bolalar tasviriy san’atini o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi, 2016. 5. Qosimova M. Estetik tarbiya asoslari. Toshkent: Fan, 2014. 6. Shodmonov Q., Abdurahmonova M. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. Toshkent: “Ilm Ziyo”, 2018. 7. Behzod K. Miniatyura san’ati merosi. Toshkent: Kamoliddin Behzod nomidagi San’at va dizayn instituti nashriyoti, 2012. 8. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: Fan va texnologiya, 2013. 9. G‘ulomov H. Estetika va san’at falsafasi. Toshkent: Sharq, 2011. 10. Van Gogh V. Xatlar va tafakkur (Tarjima va izohlar bilan). Toshkent: Akademnashr, 2017.