scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

POYABZAL ISHLAB CHIQARISHDA BADIIY DIZAYN

Abdullayev Maxmudjon Mamadjanovich

Abstract

Dizayner – ijodkor kasb sifatida ma’lum darajadagi “go‘zallikni xis qiluvchi” va bu “go‘zallikdagi” me’yorni biluvchi badiiy malaka talab qiladi. Dizayner o‘z ijodida poyabzalning tarixini bilishi, turli mamlakatlarning poyabzal ishlab chiqarishdagi an’analarini, ilg‘or ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish texnologiyalarini va ishlash tamoyillarini bilishi lozim.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 635 UDK 685.34.016.3 POYABZAL ISHLAB CHIQARISHDA BADIIY DIZAYN Abdullayev Maxmudjon Mamadjanovich Farg‘ona davlat texnika universiteti, YSM kafedrasi katta o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Annotatsiya: Dizayner – ijodkor kasb sifatida ma’lum darajadagi “go‘zallikni xis qiluvchi” va bu “go‘zallikdagi” me’yorni biluvchi badiiy malaka talab qiladi. Dizayner o‘z ijodida poyabzalning tarixini bilishi, turli mamlakatlarning poyabzal ishlab chiqarishdagi an’analarini, ilg‘or ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish texnologiyalarini va ishlash tamoyillarini bilishi lozim. Kalit so‘zlar: poyabzal, dizayn, badiiy loyihalash, model, moda, eskiz, kompozitsiya, iste’mol. Аннотация:Профессия дизайнер – креативщик требует определенного уровня художественной квалификации “чувствующего красоту” и знающего норму в этой “красоте”. Дизайнер должен знать историю обуви в своем творчестве, знать традиции производства обуви разных стран, технологии производства и принципы работы передовых производителей. Ключевые слова: обувь, дизайн, художественное проектирование, модель, мода, эскиз, композиция, эксплуатация. Abstract: The profession of a creative designer requires a certain level of artistic qualification “feeling beauty” and knowing the norm in this “beauty”. A designer should know the history of shoes in his work, know the traditions of shoe production in different countries, production technologies and the principles of work of advanced manufacturers. Keywords: shoes, design, artistic design, model, fashion, sketch, composition, operation. Zamonaviy poyabzalni badiiy loyihalash nazariy asoslari endigina shakllanib kelayotgan soha hisoblanadi. Tabiiy teridan tayyorlanadigan kiyimlar, poyabzallar, attorlik buyumlari va shu kabilarni badiiy loyihalash, mashina va uskunalarni badiiy loyihalashga nisbatan murakkab, chunki, kiyimlar inson obrazi va harakati bilan jipslikda bog‘langandir. Shuning uchun kiyim va poyabzallarni badiiy loyihalash nazariyasida, texnik estetika sohasida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalardan faqat qisman foydalanish mumkin. Badiiy loyihalash‒inson tomonidan to‘g'ridan-to‘g'ri foydalanish uchun mo‘ljallangan sanoat mahsulotlarini loyihalash jarayonining usuli va ajralmas qismi. Badiiy loyihalash ikki qismdan iborat: narsaning shakli mohiyati va xususiyatini aniqlash (hajmli yoki tekis eskiz yoki ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 636 maket) va texnik yaratish natijasi o‘laroq qismlar, jamlanmalar, shuningdek umuman mahsulotlarning rasmlaridir [1]. Badiiy loyihalash – bu yaxlit buyumlar tizimini yaratishning ijodiy jarayoni bo‘lib, unda buyum uslubi eng markaziy muammolardan biri hisoblanadi. Ijodkor har bir buyumni, zamonaviy madaniyat an’analarini ifodalovchi, fazoviy yaxlitlikning bir bo‘lagi sifatida yaratishga intilishi kerak. Ijodkor loyihachining vazifasi, buyumlar guruhini loyihalash emas, umumiy buyumlar dunyosi va loyihalanayotgan buyum o‘rtasidagi bo‘gliqlikni topishdan iborat. Bugungu kunda poyabzallarni loyihalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar asosan poyabzal va uning qoliplarini nazariy va amaliy jihatdan loyihalash masalalarini hal qilishga qaratilgan bo‘lib, poyabzallarni badiiy loyihalash muammolarini hal qilishga qaratilgan taqdiqotlar etarli emas [2]. Badiiy loyihalash ijodning yangi qirrasi sifatida madaniyat sohasiga kirib borishida, mahsulot ishlab chiqarish va mashinalarda ishlab chiqarishga qo‘yiladigan talablar borasida, bir qator qarshiliklarga duch keldi. Chunki bu borada asosiy e’tibor oqilonalik, ilmiylik, modellar birlashuvchanligi va shu kabilarga qaratilgan edi. O‘tgan asrning 60-yillariga kelib badiiy loyihalash dizayn nomini oldi. Dizayn ‒ sanoat mahsulotlarining estetik xususiyatlarini (“badiiy dizayn”) loyihalash bo‘yicha faoliyat, shuningdek, ushbu faoliyatning natijasi ‒ masalan, “avtomobil dizayni”. Dizayn mashaqqatlari hozirgi kundagi avvalgi davrlardagidan ancha farq qiladi, bir tomondan dizayner – ijodkor kasb sifatida ma’lum darajadagi “go‘zallikni xis qiluvchi” va bu “go‘zallikdagi” me’yorni biluvchi badiiy malaka talab qiladi. Amalda esa, dizayn indystrial tizimning funksional unsuri hisoblanadi va u quyidagilarga qaratilgan bo‘ladi: birinchidan, ishlab chiqaruvchilarning katta foyda olish masalasini hal qilish vositasi bo‘lishga va, ikkinchidan aholining turli milliy, ijtimoiy yosh guruhlarining shakillanib ulgurgan iste’molini belgilashga [3]. Dizayn birinchi navbatda buyum dunyosida yetakchi rol o‘ynamadi, lekin shakllanishning yanada mustahkam tushunchalari va modellarning birlashuvchanligi dizaynning narsa-makon muhitiga kiritilishiga yordam berdi. Mashina ishlab chiqarish va ommaviy iste’molchi dizaynni amalga oshirish zarurligini belgilovchi ikkita muhim omil hisoblanadi. Hozirgi zamon dizayni uslub yaratuvchi jarayonlar, milliy an’analar va badiiy shakllanishning turli yo‘nalishlari bilan bevosita bog‘liq. Dizaynning madaniyatdagi bu bog‘liqligi dizaynerlar va ilmiy xodimlar zimmasiga yangi vazifalarni yuklaydi. Dizayner faoliyatining mohiyati – insonning narsa-makon muhitiga turli vositalar yordamida ta’sir etish orqali buyum va moddiy munosabatlarni yaratish. Har bir yangi ish har doim muayyan g‘oyaviy yaxlitlikni o‘z ichiga oladi, chunki g‘oya ko‘plab shaxsiy variantlarni o‘z ichiga olgan va ularda o‘z ifodasini topgan badiiy tizimning ma’noviy o‘zgarmas variantidir. Dizayner har qanday buyumni inson hayot tarzi va timsoli modeli sifatida qabul qiladi. Hozirgi kuda, mahsulot ishlab chiqarishning industrial usullarini, zamonaviy badiiy uslubni shakllantirish jarayonidan ajratib bo‘lmaydi. Sanoatni kompleks shakllantirish uchun uyg‘unlashtirish, turlash, agregatlashtirish, standartlashtirish, boshqa tamoyillar va usullar ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 637 kundalik hayotda, inson madaniyatining barcha sohalarida organik ravishda “birikib”, uning tabiiy shakllariga aylanadi. Poyafzal yaratishda assotsiativ badiiy tasvir sifatida o‘rgimchak to‘ri, spiral, qor parchalari, kristallar va boshqalar kabi jonsiz tabiat ob’ektlari (binolar, mashinalar va shu kabilar) bo‘lishi mumkin. O‘simliklar bizga badiiy shakllarning katta tanlovini beradi. Shakl shakllanishidagi gullardan ko‘pincha nilufar, atirgul, lotos va boshqalar tasvirlari ishlatiladi. Yangi modellarni yaratishda ishlatiladigan assotsiativ tasvir turli dizaynerlarda bir xil bo‘lishi mumkin, ammo turli xil vazifa bajaradi. Masalan, May Lamore poyabzalida atirgul tasviri shakllantiruvchi obrazida kelsa (1-rasm, a) va Rojer Vivierning poyabzalida xuddi shu tasvir dekorativ vosita hisoblanadi (1-rasm, b) [4]. 1-rasm. Atirgul tasviri qo‘llanilgan May Lamore (a) va Rojer Vivier (b) poyabzallari. Demak, dizayner o‘z ijodida poyabzalning tarixini bilishi, turli mamlakatlarning poyabzal ishlab chiqarishdagi an’analarini, ilg‘or ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish texnologiyalarini va ishlash tamoyillarini bilishi lozim. Shuningdek u jahon modasi rivojlanishining asosiy yo‘nalshlari haqidagi bilimlardan o‘z ishida foydalana bilishi, yangi materiallar va texnologiyalar paydo bo‘lishini kuzatib borishi zarur. Chunki dizayner badiiy madaniyat sohasidagi keng ko‘llamdagi bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassisdir. U o‘z ijodida doimo yangi kompozitsion usullarni qidirish va san’atning rivojlangan ilg‘or an’analarini uyg‘unlashtirish asosida, yangi, davr talabidagi badiiy dolzarb obrazlar yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Козлова Т.В. “Основы художественного проектирования изделий из кожи”. Учебное пособие для вузов - Москва: Легпромбытиздат, 1987 - с.232 2. Серикова А. Н. “Разработка методов проектирования обуви с позиций архитектоники объёмных форм”. Диссертация на соискание ученой степени кандидата технических наук. Москва – 2020. c.4. a b ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 638 3.Наимова Д.Н. “Дизайн обуви – это произведение искусства: всё начинается с идеи”. МНЖ “Вестник науки” № 3(48) T.4 Март 2022 г. 4. Роже Вивье. Фабереже обуви. [Электронный ресурс]. URL: http://www.rogervivier.com/en-ww/maison-vivier/roger-vivier/.