scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QITUVCHINING KAYFIYATI VA EMOTSIONAL INTELLEKTINING DARS SAMARADORLIGIGA TA'SIRI

Xusanova Karimaxon Faxriddin qizi

Abstract

Ushbu maqolada o’qituvchining kayfiyati, stress darajasi va emotsional barqarorligi o’quvchilarning motivatsiyasi, diqqatini jamlashi va o’zini tutishiga bevosita ta’sir qilishi hamda darsning samaradorligi o’qituvchining hissiy holatiga bog’liq ekanligi haqida so’z boradi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 663 O’QITUVCHINING KAYFIYATI VA EMOTSIONAL INTELLEKTINING DARS SAMARADORLIGIGA TA’SIRI Xusanova Karimaxon Faxriddin qizi e-mail: [email protected] +998906803822 Annotatsiya: Ushbu maqolada o’qituvchining kayfiyati, stress darajasi va emotsional barqarorligi o’quvchilarning motivatsiyasi, diqqatini jamlashi va o’zini tutishiga bevosita ta’sir qilishi hamda darsning samaradorligi o’qituvchining hissiy holatiga bog’liq ekanligi haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: emotsional intellekt, stress darajasi, motivatsiya, dars samaradorligi, empatiya THE EFFECT OF A TEACHER’S MOOD AND EMOTIONAL INTELLIGENCE ON LESSON EFFECTIVENESS Abstract: This article discusses how a teacher’s mood, stress level, and emotional stability directly affect students’ motivation, concentration, and behavior, and how the effectiveness of lessons depends on the teacher’s emotional state. Keywords: emotional intelligence, stress level, motivation, lesson effectiveness, empathy O’qituvchining emotsional holati dars jarayoniga bevosita ta’sir qilishi ko’plab tadqiqotlarda isbotlangan , jumladan, yozuvchi, psixolog va ilmiy jurnalist Daniel Goleman o’zining “Emotsional intellekt” asarida “Emotsional intellektni rivojlantirgan o’qituvchi o’quvchilar bilan samarali muloqot o’rnatadi, darsni motivatsion va qiziqarli qiladi” deb aytadi. Shu sababli pedagogik faoliyatda o’qituvchining emotsional barqarorligi va intellektini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biridir. O’qituvchining kayfiyati darsga ikki xil ta’sir qilishi mumkin: -Ijobiy kayfiyat o’quvchilarning diqqatini jamlashi, darsga qiziqishi va ulardagi bahsmunozara faoliyatini kuchaytiradi -Salbiy kayfiyat esa dars ritmini sekinlashtiradi va o’quvchilar ishtirokini kamaytiradi Agar o’qituvchi, avvalo, o’z hissiy holatini to’g’ri baholay olsa, o’zidagi stess va charchoqni vaqtida aniqlab, unga yechim bera olsa, bu bevosita darsga va o’quvchilarga ta’sir qilmaydi. Chunki Psixologiyada Hissiy yuqumlilik (Emotional Contagion) degan tushuncha borki, bu boshqa odamlar bilan ularning his-tuyg'ularini, xatti-harakatlarini va kayfiyatlarini, ko'pincha ongsiz ravishda, o'zimizda aks ettirish jarayonidir. Bu hodisa yuz ifodasi, ovoz ohangi va boshqa ishoralar orqali yuzaga keladi va ijobiy (baxtli bo'lish) yoki salbiy (tashvishlanish) bo'lishi mumkin. Bu hodisa bizning hayotimizdagi turli xil vaziyatlarda, masalan, do'stlar bilan muloqotda, guruhlarda yoki hatto onlayn kontent bilan muloqotda ham sodir bo'lishi mumkin. shuningdek, o’qituvchining darsda o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqoti ham bunga misol bo’la oladi. Bunda nafaqat o’qituvchining kayfiyati ta’siri, balki uning pedagogik mahorati va o’quvchilarning ruhiy holatini inobatga olib, ularga nisbatan o’zaro empatiya holatining ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 664 yuzaga kelishi ham muhim. Empatiya — boshqa odamning his tuyg’ularini tushunish va ularni o’zida his qilish qobiliyatidir. Agar pedagog o‘quvchilar psixologiyasini yaxshi bilsa, uni e’tiborga olsa, o‘quvchining qiziqishlari va e’tiqodini, yoshiga xos xususiyatlarini, ilgari egallagan tajribasini inobatga olsa, uning istiqboli va qiyinchiliklari bilan hisoblashgan holda ish tutadigan bo‘lsa, ma’naviy anglashilmovchiliklarni bartaraf etish mumkin [Mahmudova M, 2006]. Sinfda sog’lom muhit va aloqa o’rnatish, o’quvchilar bilan ochiq va samimiy munosabatda bo’lish va ularga feedbacklar berish, har doim muhim ahamiyat kasb etgan, Ayniqsa, bugungi texnologiyalar asrida o’quvchilarning darsga qiziqishi kamayib, diqqatini jamlashi topora yo’qolib bormoqda. Bu albatta o’qituvchidan darslarini o’zgacha, interaktiv metodlardan foydalangan holda, dars davomida turli energayzer mashqlaridan unumli foydalanishni talab etmoqda. Shu sababli pedagoglar doimiy o’z ustida ishlashlari va mahoratlarini oshirishlari, shuningdek, o’z hissiy holatini boshqarish va emotsional ko’nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratishlari lozim. O’quvchilar kayfiyatiga ijobiy ta’sir o’tkazish uchun o’qituvchi darsga kirgan paytidayoq qiziqarli qisqa motivatsion metodikalardan foydalanishi mumkin. Jumladan, “Kayfiyatlar doskasi” metodida o’qituvchi turli kayfiyat beruvchi kartochkalar yordamida o’quvchilar kayfiyatini aniqlashi va ularga “Dars oxirigacha hammaning kayfiyati a’lo darajada bo’ladi, chunki bugun judayam qiziqarli va oson mavzuni o’tamiz” deb, yaxshi kayfiyat ulashishi mumkin. Yoki “Kutilmagan bashoratlar” metodidan foydalansa ham bo’ladi. Bunda oldindan tayyorlangan motivatsion gap, o’quvchiga ishonch beruvchi va ruhlantiruvchi so’zlardan iborat qisqa jumlalar, har biri alohida, kichik qog’oz parchalariga yoziladi. Bunda rangli qog’ozlardan foydalanilsa, yanada chiroyli chiqadi. So’ngra barchasini jamlab kichik bir qutiga solamiz va darsda har bir o’quvchiga bittadan beramiz yoki tanlov imkoniyatini o’quvchilarni o’ziga qo’yib beramiz. Qog’oz parchalarida “Sen sinfdagi eng faol o’quvchisan”, “Seni kelajakda buyuk ishlar kutmoqda”, “Sen eng omadli o’quvchisan” kabi jumlalar yozilgan bo’ladi va bu o’quvchilar yuzida samimiy tabassum , ruhiy holatida ko’tarinkilik paydo bo’lishida yordam beradi. “Kayfiyat termometori”(Mood Meter) ham juda yaxshi ish beruvchi usullardan biridir. Bunda sinf devoriga plakat yopishtiriladi, o’quvchilar dars boshida o’z kayfiyatarini qizil, sariq va yashil ranglar orqali ifodalaydi. Dars boshida turli nafas mashqlaridan foydalanish ham o’qituvchi va o’quvchilarda tushkunlik va stress holatining kamayishiga sababchi bo’ladi. Tadqiqotlarga ko’ra, o’qituvchining hissiy holati o’quvchilarning e’tibor, ishtirok va o’rganish samaradorligiga 40%gacha ta’sir qiladi [Harvard Education Reviev, 2018]. Darsning boshlanish arafasida o’qituvchining gapirish ohangi, yuz ifodasi va ovoz temberi o’quvchilarda “darsga tayyorgarlik”hissini uyg’otadi va o’quvchilarda o’qituvchiga qarab moslashish holati boshlanadi. Ya’ni o’qituvchi qanchalik yaxshi va samimiy munosabatda bo’lsa, o’quvchilar ham shuni aks ettirib beradi. EQ(emotional quotient) si baland o’qituvchi sinfda psixologik xavfsizlik muhitini yaratadi — bu esa o’quvchilarda o’zlarini erkin his qilishlari va ijodiy fikrlashlari uchun sharoit yaratib beradi. Emotsional intellektini rivojlantirishda o’qituvchilar “Hissiy tahlil” varag’idan foydalanishi mumkin. Bunda o’qituvchi har darsdan so’ng “Bugun dars davomida o’zimni qanday his qildim”, “Darsda qanday ijobiy va salbiy holatlar kuzatildi?”, “Nimalar hissiy noqulaylik tug’dirdi?”, “O’quvchilarning kayfiyati dars boshlanish va tugash arafasida qanday holatda edi?” kabi savollarga yozma tarzda javob berish orqali o’zlarini tahlil qilishlari mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, Massachusetts va USA dagi K-12 maktablarida psixologik ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 665 xavfsizlik darajasi yuqori bo’lgan o’qituvchilarda kamroq charchash holati yuzaga keladi va sinfdagi o’quvchilarning tasdiqlashicha, bunday muhitda ular o’z fikrlarini erkin ifodalaydilar. Boshqa bir maktabda esa EQ darajasi yuqori bo’lgan o’qituvchilarning sinflarida o’quvchilarning baholari, ishtiroki va motivatsiyasi sezilarli darajada yaxshi chiqadi. Darslar davomida o’qituvchio’quvchi orasidagi empatik muloqot (o’qituvchining o’quvchining hissiyotlarini tushunish va unga mos tarzda munosabat bildirish) o’quvchilarda stress darajasini pasaytiradi va o’rganishga ochiqlikni oshiradi. Ba’zi tadqiqotlarda aniq ko’rsatiladiki, o’qituvchilardagi charchoq va salbiy kayfiyat o’quvchilarda kortizol darajasini ortishiga, uyqu sifatining pasayishiga olib keladi. Bu esa o’quvchining konsentratsiyasi va xotira faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Emotsional intellekt — bu tug’ma emas, balki o’rganiladigan va rivojlantiriladigan ko’nikma hisoblanadi. Shunday ekan EQni oshirish — bu nafaqat o’qituvchining shaxsiy rivoji, balki butun ta’lim tizimining sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan eng muhim yo’nalishlardan biridir. Chunki o’qituvchining emotsional intellekti sinfdagi ijtimoiy muhit, o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish ko’nikmalari va akademik muvaffaqiyatlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Masalan, o’rganish jarayonida o’qituvchi salbiy kayfiyatda bo’lsa, bu “hissiy yuqum” orqali o’quvchilarda ham motivatsiya va konsentratsiya pasayishiga olib keladi, aksincha, ijobiy va empatik kayfiyat o’quvchilarning ishtirokini 20-40 %ga oshirishi ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan[Jennings, Greenberg, 2009]. Bundan tashqari, EQni rivojlantirish o‘qituvchiga nafaqat sinfni boshqarish, balki murakkab vaziyatlarda tezkor va samarali qaror qabul qilish imkonini beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, emotsional intellekti yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar stressli vaziyatlarda konfliktlarni 30–50% samaraliroq hal qiladi, bu esa sinfda o‘quvchilarning ruhiy barqarorligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar EQni oshirish orqali ijtimoiy-emotsional o‘quv dasturlarini muvaffaqiyatli joriy qila oladi va o‘quvchilarni ham o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish va boshqalar bilan sog‘lom muloqot qilishga o‘rgatadi. Xulosa qilib aytganda, EQni oshirish – bu shunchaki shaxsiy rivojlanish emas, balki sinfdagi ijobiy muhit, o‘quvchilarning muvaffaqiyati va butun ta’lim tizimining samaradorligini oshiruvchi strategiyadir. Shu bois, maktab rahbarlari va ta’lim boshqarmalari o‘qituvchilarning EQni rivojlantirishini tizimli tarzda qo‘llab-quvvatlashi, treninglar, mentorlik va texnologik yechimlarni joriy qilishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mahmudova M. Muloqot psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Turon-iqbol, 2006. 2. https://nij.ojp.gov/library/publications/psychological-safety-among-k-12-educatorspatterns-over-time-and-associations?utm_ 3. https://jprpk.com/index.php/jpr/article/view/655?utm_ 4. https://time.com/4384135/stress-burnout-teachers 5. https://www.researchgate.net/publication/228642067_Theme_Based_English_and_Benga li_Ad-hoc_Monolingual_Information_Retrieval_in_FIRE_2010