AYOLLAR KIYIMLARINI YARATISHDA KOSTYUM DIZAYNINI O'RNI
Abstract
Maqolada kostyum dizayni uni turlari kostyumning barcha elementlari dizayn ob’ektlariga kirishi,kostyum inson bilan chambarchas bog‘liq va muhitning ajralmas qismi bo‘lib, turmush tarzini o‘zgarishini ifoda etishi,kostyum funksiyalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 723 AYOLLAR KIYIMLARINI YARATISHDA KOSTYUM DIZAYNINI O‘RNI Turdiyev Maxmudjon Farg‘ona davlat texnika universiteti, YSM kafedrasi v.b.dosent [email protected] Annotassiya: Maqolada kostyum dizayni uni turlari kostyumning barcha elementlari dizayn ob’ektlariga kirishi,kostyum inson bilan chambarchas bog‘liq va muhitning ajralmas qismi bo‘lib, turmush tarzini o‘zgarishini ifoda etishi,kostyum funksiyalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Kostyumning asosiy funksiyalari, kostyum funksiyalari, mintaqa iqlimi , kiyim madaniyati, drapirovka, tunikasimon bichim,pancholar. Kostyum dizayni -kostyumning barcha elementlari dizayn ob’ektlariga kiradi. Kostyum inson bilan chambarchas bog‘liq va muhitning ajralmas qismi bo‘lib, turmush tarzini o‘zgarishini ifoda etadi[1]. Kostyum (ital. sostume – odat, urf-odat) – bu yaxlit g‘oya va mo‘ljal bilan biriktirilgan, ijtimoiy, millat, mintaqa, jins, yosh va mutahssiligini ifoda etadigan elementlarining muayyan tizimi[1]. Kostyum maishiy an’analar bilan chambarchas bog‘liq, ma’lum mintaqaning urfodatlarini, konkret tarixiy davrni, xalqni yoki etnosni ijtimoiy holatini, ma’lum shaxsning siymosini, uning noyobligini ifoda etadi. Kostyumning asosiy funksiyalari qatorida himoya, utilitar va belgi funksiyalari kiradi, chunki kostyum maxsus aloqa turi, ya’ni u atrofdagilarga odam to‘g‘risida ma’lumot beradi: uning ijtimoiy holidan, siyosatga munosabati, estetik didi, dinga mansubligi, madaniyati.[3] Kostyum quyidagi funksiyalarni bajaradi: - yoshi to‘g‘risida ma’lumot beradi, ammo kostyum yoshini ko‘rsatish yoki yashirishi mumkin; - oyilaviy holatini ko‘rsatadi. Masalan, barcha milliy kostyumlarida yoshidan tashqari uning oilaviy holi belgilangandi: unashtirilgan qiz, uzatilgan qiz, beva va hokаzolаr.. An’anaviy jamoada shaxsga moyil bo‘lmagan kiyimni kiyish man etilardi. Zamonaviy kostyumda bu funksiya deyarli yo‘qoldi desa bo‘ladi: hozir kostyum bo‘ycha ba’zan oilaviy holi va jinsini bilib bo‘lmaydigan bo‘ldi (uniseks uslubi); - odamning ma’lum tabaqaga, ijtimoiy sinf yoki guruhga mansubligini belgilaydi, ijtimoiy vaziyatini ko‘rsatadi yoki yashiradi; - odamning mutaxassiligini ko‘rsatadi. O‘rta asrlarda Evropada barcha kasblar maxsus kiyim kiyishgan. Zamonaviy kostyumda bu funksiya harbiy, ishlab chiqarishga oid kostyumda uchraydi va kamroq maishiy kostyumda. Ammo, hozir ham kostyum yordamida ishbilarmonni boshqalardan ajratish mumkin; - mintaqa iqlimi va unda yashayotgan xalqlarning turmush tarzini va milliy an’analarini ko‘rsatadi. Ammo, hozir keng tarqalgan baynalminal uslubi barcha milliy xususiyatlarni yo‘qota boshladi;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 724 - shaxsning ma’lum dinga mansubligi ko‘rsatadi. Masalan, dastlab Hindistonda faqat musulmonlar bichilgan va tikilgan kiyimni va charmdan tikilgan poyabzalni kiyishgan, hindlar esa – bichilmay uralgan kiyim kiyishgan; XVI asrda Fransiyada kostyum yordamida katolikni protestantdan ajratish mumkin edi. Ammo bu funksiya kostyumda avvalgidek deyarli ahamiyatga ega emas[4]. Evropa tipidagi zamonaviy kostyumda ma’lum funksiyani ajratib ko‘rsatish qiyin. Kostyum ko‘pfunksiyali bo‘ldi, funksiya o‘zi ko‘p ma’noli. Kostyum avvalgidek erotik va estetik funksiyani bajaradi. Bu ma’noda kostyum insonni o‘ziga xos estetik didini ifodalab, ma’lum vaqtni go‘zallik to‘g‘risida umumiy tasavvurni aks ettiradi. Kostyumni individual tanlash (uslubini, ranglar va ayrim buyumlar birikmasini, qomatga va konkret sharoitga mosligini, shaxsning ma’lumoti va uning ijtimoiy nasabini ko‘rsatadi) insoning umumiy madaniyati to‘g‘risida ma’lumot beradi[5]. Zamonaviy modada “yaxshi did” to‘g‘risida avvalgi me’yorlar yo‘q, ammo, “ kiyim madaniyati” tushunchasi o‘z ma’nosini saqlab qoldi.Kiyim dizayni – dizayn faoliyatining yo‘nalishlaridan biri. Kiyish usuli, tanada mahkamlash turi va bichimiga ko‘ra kiyim quyidagi turlarga bo‘linadi: - drapirovkalangan (bichilmagan va tikilmagan) – bu bir bo‘lak mato tanaga o‘raladi va drapirovka qilinadi (xiton, gimatiy, toga, sari, dxoti va b. [6] 1-rasm.Qadimgi Yunonlar kiyimi xiton. 2-rasm.Bichilmagan tikilmagan kiyim.Ayollar xitoni. Qoplama – bu boshdan kiyladigan kiyim. U tikilmagan – faqat yoqa o‘mizi qirqilgan mato parchasi (poncho, penula va b.) yoki tikilgan (tunikasimon bichimli); - oldi ochiq – bu bichilgan va tikilgan kiyim (chopon va kaftan turida)[7].
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 725 3-rasm.Ayollar panchosi. Zamonaviy kostyumni yaratganda uni asosiy funksiyasini inobatga olish zarur. Hattoki kiyimni mo‘ljallangan sohasini ham aniq bilish kerak. Kiyim turi ham muhim omillardan biri xisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Turdiyev Maxmudjon, Mirboboeva Gulhayo Abdusattorovna,Urmonova Nodiraxon The Relationships between Constructive and Technological Solutions in the Creation of Clothes Central asian journal of arts and design volume: 02 ISSUE: 11 | 2021 2.Mirboboeva Gulhayo Abdusattorovna The Analysis of Modern Dress Models with the Involving of Retro Styles MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN ISSN 2694-9970 3. Mirboboyeva Gulhayo Abdusattorovna Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna TECHNOLOGICAL FEATURES OF THE WORK OF A DOUBLEKNITTING MACHINE International Journal of Advance Scientific Research (ISSN – 2750-1396)VOLUME 02 ISSUE 06 Pages: 22-34SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5.478) (2022: 5.636)METADATA IF – 7.356 Published Date: June 27, 2022 4. Mirboboeva Gulhayo Abdusattorovna Tursunov Davron Shamsiddin ogli (2023). THEORETICAL JUSTIFICATION FOR IMPROVING THE DESIGN OF SPECIAL CLOTHING TO OPTIMIZE ITS DESIGN. Academicia Globe: Inderscience Research, 4(03), 246–251. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/NA6T4 5. Mamatqulova.S.,& Tadjikuziyev R.(2020).Метод оцiнки рiвня квалiфикаци ремонтних роботнiкв пiдприемства автомобiльного обслуговувания. Мистецтво Науковоi Думку,(10), 41-44. 6.Nizamova, B. B., & Mamatqulova, S. R. (2021). Analysis of the Range Of Modern Women's Coats. The American Journal of Engineering and Technology, 3(9), 18-23. 7. Tursunova, X.Sh., Mamatqulova Saida Rahmatovna. (2020). Ayollar paltosi uchun gazlamalar taxlili. 3 rd international congress of the human and social science researches (itobiad).