KOSTYUM DIZAYNIDA USLUBLARNI QO'LLANILISHI
Abstract
Ushbu maqolada kostyum dizaynida turli uslublarning qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Kostyum yaratishda san’at, madaniyat va zamonaviy tendensiyalar qanday aks etishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada uslubiy yondashuvlar orqali kiyimlarning funksionalligi, estetikasi va o‘ziga xosligi qanday shakllantirilishi muhokama qilinadi. Shuningdek, dizaynerlar uchun amaliy tavsiyalar va yangi innovatsion uslublar haqida ma’lumotlar beriladi. Tadqiqot moda sanoatida uslublarning ahamiyatini va ularning iste’molchi didiga ta’sirini ochib beradi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 726 KOSTYUM DIZAYNIDA USLUBLARNI QO‘LLANILISHI Gulhayo Abdusattorovna Mirboboyeva Farg‘ona davlat texnika univeristeti, Yengil sanoat muhandisligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, E-mail: g.mirboboyev[email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada kostyum dizaynida turli uslublarning qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Kostyum yaratishda san’at, madaniyat va zamonaviy tendensiyalar qanday aks etishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada uslubiy yondashuvlar orqali kiyimlarning funksionalligi, estetikasi va o‘ziga xosligi qanday shakllantirilishi muhokama qilinadi. Shuningdek, dizaynerlar uchun amaliy tavsiyalar va yangi innovatsion uslublar haqida ma’lumotlar beriladi. Tadqiqot moda sanoatida uslublarning ahamiyatini va ularning iste’molchi didiga ta’sirini ochib beradi. Kalit so‘zlar: kostyum dizayni, uslublar, moda dizayni, estetika, funktsionallik, innovatsion yondashuvlar, madaniyat va moda, dizaynerlik, moda sanoati. Kirish. Dizaynda uslub va uslublash. San’atda uslub asosiy tushunchalarnidan biri bo‘lib, vaqt mobaynida va jamiyatda kostyum evolyusiyasi bilan bog‘liq. Davr uslubi, tarixiy kostyum uslubi, moda uslubi, dizayner uslubi, firma uslubi tuShunchalar ham uchraydi. Uslub – badiiy fikrlashning eng umumiy kategoriyasi; san’atda muayyan davr yoki asarning tasviriy vositalarning g‘oyaviy birligi; buyum muhitining badiiy-plastik o‘xshashligi. Uslubda har bir davrni dunyoqarashlar, g‘oya va qarashlari aks etiladi.[4] Uslub – davrning badiiy tili, davrning badiiy ifodasi. Unda muayyan tarixiy davrning estetik ideali namoyon bo‘ladi. Uslub barcha san’at turlariga o‘zgacha ta’sir etadi, uni “davrning katta badiiy uslubi” deb atashadi. San’at tarixida davrga mansub “katta uslublar” birin ketin bo‘lgan: Qadimiy Misr, Antik, Roman, Gotik, Renessans, Uyg‘onish, Barokko, Rokoko, Klassitsiizm, Ampir, Modern. Ushbu uslublar kostyum turini, shaklini, proporsiyalarini, qo‘llagan matolarini, kiyish usulini va hokаzolаr belgilagan.[1] Har bir uslub rivojlanish jarayonida bir necha bosqichlardan iborat: Paydo bo‘lishi, avjga etishi, inqirozga uchrashi. Shuni e’tiborga olish lozimki, har bir davrda bir necha uslublar birgalikda mavjud bo‘lgan: oldin bo‘lgan, ayni Shu vaqtda xukumronlik qilgan va kelajak uslubning elementlari. Har bir mamlakatda badiiy madaniyati rivojlanish darajasi, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, boshqa mamlakatlar madaniyati bilan aloqaligi bilan bog‘liq badiiy uslublarni evolyusiya dinamikasi o‘ziga xos bo‘lgan: masalan, XV asrda Italiyada Renessans uslubi avjiga chiqqan bo‘lsa, Fransiyada - kech Gotika, Germaniyada esa - Gotika XVI asrni o‘rtasigacha bo‘lgan, O‘rta Osiyoda esa - Renessans uslubi IX asrdan boshlab to XVII asrga qadar rivojlangan.[2]
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 727 1-rasm Rokkoko uslibi ayollar kostyumi. “Katta uslub” doirasida “mikrouslublar” rivojlanishi mumkin. Masalan, Rokoko uslubi doirasida (1730-1750 yy.) “shinuazri” (xitoy uslubiga o‘xshash) va “tyurkeri” (turkcha uslub); modern uslubi doirasida (1890-1900 yy.) “neogotika”, “neorus” va geometrik uslublari; “art deko” uslubda (1920 yy.), Misr, rus, afrika, geometrik va b. mikrouslublar mavjud bo‘lgan.[5] Antik davr kostymi. Kostyumda klassitsizm uslubi Direktoriya davrida (1795—1799 yy.) o‘z ifodasini topdi. 2-rasm 1775 yil ayollar ko‘ylagi
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 728 1775 yildan beri yaratilgan ushbu frantsuz libosida inglizcha uslubdagi orqa xalat va polonez uslubidagi draped yubka mavjud. Bu davrda Parij ko‘chalarida antik kostyumlarni uchratish mumkin edi. Er-kaklar uzunligi tizzagacha bo‘lgan tunika hamda plashch va shippakni kiyishgandi. Ayollar bo‘lsa barcha karkaslarni, hattoki, ich kiyimlarni xam kiymay ko‘yishdi. Pokiza antik kiyimlar o‘rniga tana rangidagi triko — balet trikosiga o‘xshash, ustidan uzun, keng, taxlamlari chiroyli joylashgan, yonlari kesilgan va ko‘kragining tagidan belbog‘ bilan bog‘langan tunikani afzal ko‘rishdi. Bo‘yin va ko‘kraklari ochik kaytarma yokali oppok ko‘ylaklar urf bo‘lib, yumshok muslinlar, vuallar va chitlar kimmatbaxo duxoba va atlaslar o‘rniga kelgandi . Oyoq kiyimlari uzun lentali shippaklar edi. Prichyoskalarini antik prichyoskalarga o‘xshatishardi. Diade-malar (tillaqoshlar), lentalar va to‘rlar bilan boshlarini bezatishardi. Ayollar antik haykallarga o‘xshashga intilib, faqat oq rangli liboslar kiyib, tanasining ochiq joylarini (yuzini, bo‘ynini, ko‘kragini, gardanini) upalashardi. Ammo erkaklar sovuk tushganda bu nokulay kiyimlardan voz kechib, isitadigan kiyimlarni kiyishadigan bo‘lish-di. Ayollar libosida esa antik uslub saqlanib qoldi.[1] Direktoriya davrida Konvent qatl qilingan odamlarning vorislariga musodara qilingan molmulklarini qay-tarib bergandi. Bu vorislar, ayniqsa, yoshlar aristokratik klubga birlashib, "qurbonlik balini" o‘tkazishar-di. Bu klubda g‘ayriodatiy modalar yaratilgandi. Misol uchun, ayollarda "qurbon" nomli prichyoska modaga kirgan-di, soch kalta qirqilgan bo‘lib (bundan oldin shunday prichyoskalar beadablik deb hisoblanardi), ensasiga xam tushirib, qoshgacha qirqilardi. 3-rasm Ayollar "a lya Titus"prichoskalari Ammo sochlari o‘sgan sari yangi prichyoska, ya’ni "a lya Titus" ni qilishardi Oliy tabaqaga mansub yosh oliftalar o‘zini "inkrua-yabl " (aqlga to‘g‘ri kelmaydigan) deb atashardi. Ular-ning kostyumi juda g‘ayriodatiy edi: kalta nimcha, juda katta adip qaytarmali frak yoki syurtuk, keng pantalon, oddiy to‘rdan qilingan galstuk va qaytarma ko‘njli etik kiyishgan.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 729 Ko‘ylagining yoqasi oxorlanib, yuzini yarmini berqitardi.[3] Prichyoskasi uzun, qiyshiq kirkilgan sochlardan iborat edi. Sochlar yuzlarining ko‘p qismini berkitib, yelkasiga tushardi va buni "it qulog‘i" deb atalar-di. Boshlariga juda katta uch qirrali shlyapa kiyishardi. Bo‘yinlariga katta oynali lornetni tasmaga osib ko‘yishardi va qo‘llarida tayoq olib yurishardi.Inkruayabllarga mos ayollar "mereeyyozlar" (xayratli, ajoyib) qisqartirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirboboeva Gulhayo Abdusattorovna The Analysis of Modern Dress Models with the Involving of Retro Styles MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN ISSN 26949970 2. Turdiyev Maxmudjon, Mirboboeva Gulhayo Abdusattorovna,Urmonova Nodiraxon The Relationships between Constructive and Technological Solutions in the Creation of Clothes Central asian journal of arts and design volume: 02 ISSUE: 11 | 2021 3. Mirboboyeva G. Creating new modern models using the gamut of colors" Spes vipusk 15 2022 4. Mirboboyeva Gulhayo Abdusattorovna Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna TECHNOLOGICAL FEATURES OF THE WORK OF A DOUBLEKNITTING MACHINE International Journal of Advance Scientific Research (ISSN – 2750-1396)VOLUME 02 ISSUE 06 Pages: 22-34SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5.478) (2022: 5.636)METADATA IF – 7.356 Published Date: June 27, 2022 5. Mirboboeva Gulhayo Abdusattorovna Tursunov Davron Shamsiddin ogli (2023). Theoretical justification for improving the design of special clothing to optimize its design. academicia globe: inderscience research, 4(03), 246–251. https://doi.org/10.17605/osf.io/na6t4 6. Mirboboyeva G.A.,Turdiyev M. Moda funksiyalaridan,rivojlanish qonunlaridan foydalanib eskiz modellarini yaratishda retro modellarni qo‘llab yangi kiyim dizaynlarini tahlil qilish .... Scientific-technical journal FerPI,ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2023,Т.27. спец.выпуск №1 7. G.A. Mirboboyeva Ayollar milliy kiyimlari materiallarning fizik-mexanik xususiyatlarini tahlili Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2024,Т.28. спец.выпуск № 21)