KO'KRAK BEZI SARATONIDA MOLEKULYAR MARKERLAR VA ULARNING SHAXSIYLASHTIRILGAN TERAPIYADAGI O'RNI
Abstract
Ko‘krak bezi saratoni (KBS) ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan va o‘limga olib keluvchi onkologik kasalliklardan biridir [1]. 2020-yilda yangi tashxis qo‘yilgan 19,3 million saraton bemoridan 2,26 millioni KBS deb tashxislandi, bu esa o‘pka saratonini ortda qoldirib, dunyoda eng keng tarqalgan saraton turiga aylandi [2]. Ushbu maqolada ko‘krak bezi saratoni bilan bog‘liq asosiy molekulyar markerlar — estrogen (ER) va progesteron (PR) retseptorlari, HER2, Ki-67 hamda ularning diagnostik va prognostik ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu biomarkerlarning shaxsiylashtirilgan terapiyada qo‘llanilishi tahlil qilinib, davolash samaradorligini oshirish va nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirishga qaratilgan yondashuvlar bayon etiladi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 737 KO‘KRAK BEZI SARATONIDA MOLEKULYAR MARKERLAR VA ULARNING SHAXSIYLASHTIRILGAN TERAPIYADAGI O‘RNI Kurbonova Zumrad Chutbayevna Turobova Munojat Yo‘ldosh qizi Professor, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Biotibbiyot texnologiyalari markazi rahbari, DSc Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti Annotatsiya: Ko‘krak bezi saratoni (KBS) ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan va o‘limga olib keluvchi onkologik kasalliklardan biridir [1]. 2020-yilda yangi tashxis qo‘yilgan 19,3 million saraton bemoridan 2,26 millioni KBS deb tashxislandi, bu esa o‘pka saratonini ortda qoldirib, dunyoda eng keng tarqalgan saraton turiga aylandi [2]. Ushbu maqolada ko‘krak bezi saratoni bilan bog‘liq asosiy molekulyar markerlar — estrogen (ER) va progesteron (PR) retseptorlari, HER2, Ki-67 hamda ularning diagnostik va prognostik ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu biomarkerlarning shaxsiylashtirilgan terapiyada qo‘llanilishi tahlil qilinib, davolash samaradorligini oshirish va nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirishga qaratilgan yondashuvlar bayon etiladi. Kalit so‘zlar: Ko‘krak bezi saratoni (KBS), estrogen reseptori (ER), progesteron reseptori (PR), Inson Epidermal O‘sish Faktori Reseptori-2 (HER2), uchlik-manfiy sut bezi saratoni (TNBC), Immunogistokimyo (IGH), Molekulyar markerlar 1. Kirish KBS dunyo bo‘ylab saraton tufayli kuzatiladigan o‘limlarning to‘rtinchi asosiy sababi bo‘lsada, ayollar o‘limining asosiy sababi hisoblanadi [3]. Yevropada har soatda 66 ayol KBS bilan tashxislanadi, ulardan 18 nafarining holati o‘lim bilan yakunlanadi. Yetarli nazorat choralarisiz keyingi 20 yil davomida yangi KBS holatlarining soni 26,7% ga, o‘lim holati esa 25,2% ga oshishi kutilmoqda [4]. American Cancer Society bergan ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda ayollarning KBSga chalinish o‘rtacha xavfi taxminan 13% ni tashkil etadi, ya’ni har 8 ayoldan 1 tasi KBS bilan tashxislanadi va taxminan har 39 ayoldan 1 tasi (taxminan 3%) KBSdan vafot etadi [5]. 2022-yildagi Xitoy statistikasiga ko‘ra ayollar orasida taxminan 357,200 ta KBS holati va 75,000 o‘lim kuzatildi, bu esa ayollarda saraton bilan bog‘liq o‘limlarning yetakchi sababi ekanligini ko‘rsatadi [6]. Malayziyada esa, KBS ayollar va erkaklar orasida eng keng tarqalgan saraton turi bo‘lib qolmoqda, 2022-yilda 8371 ta yangi holat aniqlangan va bu esa umumiy kasallanish darajasining taxminan 31,3% ni tashkil etadi. 5 yillik kasallanish darajasi taxminan 36,754 holatida bo‘lib, o‘lim darajasi esa taxminan 11,1% ko‘rsatkichi bilan o‘pka saratoni (15,1%) va kolorektal saratondan (11,7%) keyingi o‘rinda turadi [7]. Kasallikning klinikkechishiga qarab davolash usullari farqlanadi, ammo so‘nggi yillarda molekulyar markerlarga asoslangan yondashuvlar shaxsiylashtirilgan terapiyani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 738 2. Molekulyar turlanish (klassifikatsiya) KBS molekulyar subtiplar hamda gormonal reseptorlar holatiga qarab quyidagicha tasniflanadi: estrogen reseptori musbat (ER+), progesteron reseptori musbat (PR+), Inson Epidermal O‘sish Faktori Reseptori-2 musbat (HER2+), yoki ushbu uchala reseptordan mahrum bo‘lgan uchlikmanfiy sut bezi saratoni (TNBC) (ya’ni ER−, PR−, HER2−) [ 8]. Ya’ni bu kasallikni geterogenligini hisobga olib quyidagi molekulyar tiplarga ajratish mumkin [9]: - Luminal A: ER+ va/ yoki PR+, HER2-, past Ki-67. Yaxshi prognozga ega. - Luminal B: ER+ va/ yoki PR+, HER2+ yoki Ki-67 yuqori. Faolroq davolashni talab qiladi. - HER2-positive: ERva PR-, lekin HER2+. Agressiv kechadi, lekin maqsadli terapiya qo‘llaniladi. - Triple-negative (TNBC): ER-, PR-, HER2-. Eng agressiv turlaridan biri, davolash imkoniyatlari cheklangan. 3. Asosiy molekulyar markerlar tahlili HER2 (odam epidermal o‘sish omili retseptori 2), ERBB2 geni tomonidan kodlanadi va HER1, HER3 hamda HER4 kabi odam epidermal o‘sish omili retseptorlari oilasiga mansubdir. KBSda ERBB2 genining amplifikatsiyasi va natijaviy oqsillarni ortiqcha ifodalanishi holati 13–15% bemorlarda uchraydi va bu holat yuqori metastatik salohiyatga ega HER2-musbat o‘smalar bilan bog‘liq bo‘lib, yomon yomon prognoz bilan bog‘liq. HER2 faollashuvi ligand bilan bog‘langandan so‘ng yuzaga keladigan dimerizatsiya orqali sodir bo‘ladi, garchi HER2 uchun aniq ligand hali aniqlanmagan bo‘lsada [8]. HER2 holati immunogistokimyo (IHC) va/yoki in situ gibridizatsiya (ISH) orqali aniqlanadi [10]. HER2 ning intrava intertumoral geterogenligi anti-HER2 terapiyasiga bo‘lgan javobni salbiy ta’sirlashi mumkin, bu esa kasallikning qaytalanish muddatining qisqarishi, bemorlarning yashash davomiyligi kamayishi, o‘smaning kattalashuvi, yomonroq gistologik ko‘rinish va limfa tugunlariga ko‘proq metastazlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, miya metastazlari holatlarida o‘smaning davolanishga chidamliligi qon-miya to‘sig‘i orqali dori moddalarining kirishi qiyinligi bilan bog‘liq bo‘lib, bunday bemorlar ko‘pincha anti-HER2 klinik sinovlariga kiritilmaydi. E’tiborlisi, tirozin kinaza ingibitorlari (TKI) kichik molekulyar hajmga va yuqori penetratsiya qobiliyatiga ega bo‘lganligi sababli, lapatinib,tukatinib va neratinib kabi dori vositalari miya metastazlari bo‘lgan bemorlar uchun afzalroq variant hisoblanadi [11]. Bundan tashqari, metastazdan keyin HER2 statusining o‘zgarishi davolash strategiyalariga ta’sir qiladi. Metastatik o‘smalarda HER2 ekspressiyasining yo‘qolishi ko‘proq uchraydi [10]. Estrogen retseptori (ER) — bu ligand bilan faollashuvchi transkripsiya faktori sifatida faoliyat yurituvchi yadro retseptoridir [12]. Yadroda ER ning ikki izoformasi mavjud: ERα va ERβ [13]. KBSda ER ning asosiy shakli ERα hisoblanadi va u hujayra yashovchanligi hamda ko‘payishiga aloqador genlarning transkripsiya faktori sifatida xizmat qiladi [14]. ER KBSda eng yaxshi o‘rganilgan va keng qo‘llaniladigan bashorat qiluvchi biomarkerlardan biri bo‘lib, asosan kasallikni tasniflash va endokrin terapiya (ET) orqali davolash strategiyasini belgilashda
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 739 qo‘llaniladi [10]. Yangi aniqlangann sut bezi saratoni holatlarida ER darajasini o‘lchash majburiy va tavsiya etilgan hisoblanadi [8]. ER ifodalanishi, ER manfiy holatlar bilan taqqoslaganda, nisbatan ijobiy prognozga ega bo‘lgan KBS biomarkeri sifatida tan olinadi. ETga bo‘lgan javob esa ER musbatligiga bog‘liq bo‘lib, u o‘simtada ER darajasining ifodalanishiga qarab farq qiladi [10]. Estrogenni bostirishga qaratilgan davolash usullari ER ijobiy bo‘lgan KBS hujayralarini yo‘q qilish uchun ER antagonistlaridan foydalanadi [15]. Bir nechta ETlari tasdiqlangan bo‘lib, ER-ijobiy sut bezlari saratoni bilan og‘rigan bemorlarni qo‘shimcha (adjuvant) davolashda muntazam qo‘llaniladi va ular bemorlarning yashash davomiyligi hamda kasallikning qaytalanishigacha bo‘lgan vaqtni yaxshilashda samaradorligini ko‘rsatgan [13,15]. ER va progesteron retseptorlarini (PR) ifodalovchi luminal tipdagi sut bezlari saratonida, jarrohlik amaliyotidan so‘ng adjuvant estrogen terapiyasi standart hisoblanadi va kamida 5 yil davomida tavsiya etiladi [8]. PR ham, ER kabi, yadro retseptorlari oilasiga mansub bo‘lib, ligand bilan faollashadigan transkripsiya omili sifatida faoliyat yuritadi [16]. ER-musbat KBS holatlarining taxminan 80–90 foizida PR musbatligi kuzatiladi. ER kabi, progesteron retseptorini baholashda ham IGH usul tavsiya etiladi [10]. Faol holatda PR DNK bilan bog‘lanib, bir qancha hujayra sikli genlari, hujayra differensiasiyasi va proliferatsiyasi ekspressiyasini tartibga soladi [17]. Odatda, PR ER bilan birgalikda baholanadi, bu esa yangi tashxis qo‘yilgan holatlar hamda qaytalanadigan yoki metastatik holatlarda majburiy va tavsiya etilgan amaliyot hisoblanadi [18]. Hozirgi vaqtda PR ni o‘lchashning foydasi to‘liq aniqlanmagan va bahsli bo‘lib qolmoqda [17] chunki ushbu retseptor estrogen tomonidan induksiya qilinishi mumkin [18]. Shunday ekan, PR ning mavjudligi funksional va butun ER yo‘lini ko‘rsatuvchi biomarker sifatida xizmat qiladi bu esa bevosita o‘smaning endokrin terapiyalarga (ET) javob berish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi [17,18]. Ki-67 – bu yadroviy va yadrochaviy nogiston oqsil bo‘lib, inson organizmida MKI-67 geni tomonidan kodlanadi va u 10q26.2 xromosomada joylashgan [19]. Ki-67 ifodalanishi hujayra proliferatsiyasi (ko‘payishi) bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu oqsilning yuqori darajadagi mavjudligi KBSda biologik agressivlikning yuqoriligi bilan bog‘liq [10,19]. Ki-67 bo‘yalmalarining prognostik ahamiyati hayot davomiyligi va kasallik qaytalanish darajalarini bashorat qilishda foydali vosita hisoblanadi hamda u boshqa biomarkerlar bilan birgalikda birlamchi o‘simtalarni va metastazlarni tasniflashda ham qo‘llanilishi mumkin [20]. Klinik amaliyotda, ayniqsa gormon retseptorlari (HR) ijobiy bo‘lgan holatlarda, Ki-67 ko‘rsatkichi katta e’tibor qozongan, chunki u luminal A va B turlarini ajratishda muhim rol o‘ynaydi. Luminal B odatda ko‘proq proliferativ bo‘lib, Ki-67 darajasi luminal A ga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi [10,16]. Neoadjuvant endokrin terapiya (NET) jarayonida qisqa muddatli davolanishdan so‘ng Ki-67 miqdorini o‘lchash terapiyaga biologik javobni aniqlash imkonini beradi va bu natijalarni baholashda eng ko‘p ishlatiladigan mezon hisoblanadi [10]. 4. Klinik ahamiyati Molekulyar markerlar quyidagi bosqichlarda muhim rol o'ynaydi: - Tashxis: Immunogistokimyoviy testlar orqali markerlar aniqlanadi va bu asosda kasallik turi belgilanadi [10,21]. - Prognoz: Ba'zi markerlar (masalan, Ki-67, HER2) o'smaning tez o'sishini bildiradi va qaytalanish xavfini ko'rsatadi [22].
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 740 - Davolash strategiyasi: Molekulyar markerlarga asoslangan holda bemorga gormonal, maqsadli yoki immunoterapiya rejalashtiriladi [23]. 5. Yangi tadqiqotlar va istiqbollar Yaqin yillarda quyidagi molekulyar yondashuvlar KBS terapiyasida e’tiborni tortmoqda: - Liquid biopsy (suyuq biopsiya): Qon namunalarida ctDNA (circulating tumor DNA) orqali real vaqtda o'smani kuzatish imkonini beradi [24]. - miRNA va lncRNA: Ularning ekspressiyasi saraton rivojlanishi bilan bog'liq. Diagnostik va terapevtik biomarker sifatida o‘rganilmoqda [25]. - Sun’iy intellekt (AI): Genomik profiling ma’lumotlarini tahlil qilishda AI texnologiyalari qo‘llanilmoqda [26]. 6. Xulosa va takliflar KBSda molekulyar markerlar asosida individual terapiya yondashuvi kasallikni aniqlash, davolash va prognozlashda sezilarli natijalar bermoqda. Ushbu markerlarni keng miqyosda joriy etish, ayniqsa O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlarda, diagnostika sifatini oshiradi va bemorlarning umr davomiyligini uzaytirishga xizmat qiladi. Kelgusida bu sohada klinik tadqiqotlar olib borish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish dolzarb hisoblanadi. Adabiyotlar 1. I. Makhoul et al. Breast cancer immunotherapy: An update, Breast Cancer: Basic Clin. Res. 12 (2018) 1178223418774802. 2. Sung H, Ferlay J, Siegel RL, et al. Global cancer statistics 2020: GLOBOCAN estimates of incidence and mortality worldwide for 36 cancers in 185 countries. CA Cancer J Clin 2021; 71: 209–249. 3. Newman L. Oncologic anthropology: global variations in breast cancer risk, biology, and outcome. J Surg Oncol 2023; 128: 959–966 4. Berdzuli N. Breast cancer: from awareness to access. Br Med J 2023; 380: 290. 5. Giaquinto AN, Sung H, Miller KD, et al. Breast cancer statistics, 2022. CA Cancer J Clin 2022; 72: 524–541. [Giaquinto AN, Miller KD, Tossas KY, et al. Cancer statistics for African American/black people 2022. CA Cancer J Clin 2022; 72: 202–229. 6. Han B, Zheng R, Zeng H, et al. Cancer incidence and mortality in China, 2022. J Natl Cancer Center 2024; 4: 47–53. 7. Rhinehart D, Lozier J and Silvestri GA. Not just biology: comparing social determinants of health in patients diagnosed wiinth late-stage lung, breast, and colon cancer. J Clin Oncol 2022; 40: e18582–e18582. 8. Harbeck, N.; Penault-Llorca, F.; Cortes, J.; Gnant, M.; Houssami, N.; Poortmans, P.; Ruddy, K.; Tsang, J.; Cardoso, F. Breast Cancer. Nat. Rev. Dis. Primer 2019, 5, 66. [CrossRef] [PubMed]. 9. Perou CM et al. (2000). Molecular portraits of human breast tumours. Nature. 10. Rakha, E.A.; Chmielik, E.; Schmitt, F.C.; Tan, P.H.; Quinn, C.M.; Gallagy, G. Assessment of Predictive Biomarkers in Breast Cancer: Challenges and Updates. Pathobiology 2022, 89, 263–277[CrossRef].
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 741 11. Wynn, C.S.; Tang, S.C. Anti-HER2 therapy in metastatic breast cancer: Many choices and future directions. Cancer Metastasis Rev. 2022, 41, 193–209. [CrossRef] [PubMed]. 12. Fuentes, N.; Silveyra, P. Estrogen receptor signaling mechanisms. Adv. Protein Chem. Struct. Biol. 2019, 116, 135–170. 13. Hernando, C.; Ortega-Morillo, B.; al. Oral Selective Estrogen Receptor Degraders (SERDs) as a Novel Breast Cancer Therapy: Present and Future from a Clinical Perspective. Int. J. Mol. Sci. 2021, 22, 7812. [CrossRef] 14. Mills, J.N.; Rutkovsky, A.C.; Giordano, A. Mechanisms of resistance in estrogen receptor positive breast cancer: Overcoming resistance to tamoxifen/aromatase inhibitors. Curr. Opin. Pharmacol. 2018, 41, 59–65. [CrossRef] 15. Hanker, A.B.; Sudhan, D.R.; Arteaga, C.L. Overcoming Endocrine Resistance in Breast Cancer. Cancer Cell 2020, 37, 496–513. [CrossRef]. 16. Hilton, H.N.; Clarke, C.L.; Graham, J.D. Estrogen and progesterone signalling in the normal breast and its implications for cancer development. Mol. Cell Endocrinol. 2018, 466, 2– 14. [CrossRef] [PubMed] 17. Cenciarini, M.E.; Proietti, C.J. Molecular mechanisms underlying progesterone receptor action in breast cancer: Insights into cell proliferation and stem cell regulation. Steroids 2019, 152, 108503. [CrossRef] [PubMed] 18. Nicolini, A.; Ferrari, P.; Duffy, M.J. Prognostic and predictive biomarkers in breast cancer: Past, present and future. Semin. Cancer Biol. 2018, 52, 56–73. [CrossRef]. 19. Menon, S.S.; Guruvayoorappan, C.; Sakthivel, K.M.; Rasmi, R.R. Ki-67 protein as a tumour proliferation marker. Clin. Chim. Acta 2019, 491, 39–45. [CrossRef]]. 20. Remnant, L.; Kochanova, N.Y.; et al. The intrinsically disorderly story of Ki-67. Open Biol. 2021, 11, 210120. [CrossRef] [PubMed]]. 21. Goldhirsch A et al. (2013). Strategies for subtypes—dealing with the diversity of breast cancer 22. Dowsett M et al. (2007). Prognostic value of Ki67 23. Burstein HJ et al. (2019). Guidelines on advanced breast cancer. 24. Wan JCM et al. (2017). Liquid biopsies come of age: towards implementation of ctDNA 25. Iorio MV and Croce CM. (2012). microRNA involvement in human cancer. 26. Esteva A et al. (2019). A guide to deep learning in healthcare. Nat Med Molecular markers in breast cancer and their role in personalized therapy Kurbonova Zumrad Chutbayevna ¹, Turobova Munojat Yo‘ldosh qizi ² ¹Professor, Head of the Biomedical Technology Center of the Tashkent State Medical University, DSc ² 1st year PhD student of the Tashkent State Medical University ABSTRACT Breast cancer (BC) is one of the most common and deadly oncological diseases among women [1]. In 2020, out of 19.3 million newly diagnosed cancer cases, 2.26 million were identified as breast cancer, making it the most prevalent cancer type globally, surpassing lung cancer [2]. This article reviews the main molecular markers associated with breast cancer—estrogen receptor (ER), progesterone receptor (PR), HER2, and Ki-67—and analyzes their diagnostic and
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 742 prognostic significance. Furthermore, the paper discusses the application of these biomarkers in personalized therapy, outlining approaches aimed at increasing treatment efficacy and reducing adverse effects. Keywords: Breast cancer (BC), estrogen receptor (ER), progesterone receptor (PR), human epidermal growth factor receptor 2 (HER2), triple-negative breast cancer (TNBC), immunohistochemistry (IHC), molecular markers. Молекулярные маркеры при раке молочной железы и их роль в персонализированной терапии Курбонова Зумрад Чутбаевна¹, Туробова Муножат Йулдош кизи² ¹Профессор, заведующий Центром биомедицинских технологий Ташкентского государственного медицинского университета, DSc ² Докторант 1-го курса Ташкентского государственного медицинского университета АННОТАЦИЯ Рак молочной железы (РМЖ) является одним из самых распространённых и смертельно опасных онкологических заболеваний среди женщин [1]. В 2020 году из 19,3 миллиона впервые выявленных случаев онкологических заболеваний у 2,26 миллиона пациентов был диагностирован рак молочной железы, что сделало его самым распространённым видом рака в мире, обогнав рак лёгких [2]. В данной статье рассматриваются основные молекулярные маркеры, связанные с раком молочной железы — рецепторы эстрогена (ER) и прогестерона (PR), HER2 и Ki-67 — с акцентом на их диагностическое и прогностическое значение. Также анализируется применение этих биомаркеров в персонализированной терапии с целью повышения эффективности лечения и снижения побочных эффектов. Ключевые слова: Рак молочной железы (РМЖ), рецептор эстрогена (ER), рецептор прогестерона (PR), рецептор эпидермального фактора роста человека 2 типа (HER2), тройной негативный рак молочной железы (ТНРМЖ), иммуногистохимия (ИГХ), молекулярные маркеры