INGLIZ TILIDA ASPEKTUALLIK KATEGORIYASINING XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada aspektuallik sathi o’zaro ta’sir qiluvchi lisoniy vositalar (morfologik, sintaktik, so’z yasovchi, leksik grammatik, leksik va ularning turli birikmalari) shuningdek aspektual munosabatlarning turli sohalariga mansub bo’lgan umumiy semantik funksiyalar bilan bog’liqligi ko’riladi. Aspektuallikda semantik vositalarning o’rni ayniqsa fazali fe’llarning gerundiy va infinitiv bilan birikuvida muhimdir. Bunday birikuvlarda fazali fe’llar (begin, continue, stop) ish-harakatning turiga oid ma’nosini, uning boshlanishini, oxirini va davomini ko’rsatuvchi vosita vazifasini bajaradi.
Full text
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 59 INGLIZ TILIDA ASPEKTUALLIK KATEGORIYASINING XUSUSIYATLARI M.H.Davlatova dots., PhD Buxoro davlat tibbiyot instituti [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada aspektuallik sathi o’zaro ta’sir qiluvchi lisoniy vositalar (morfologik, sintaktik, so’z yasovchi, leksik grammatik, leksik va ularning turli birikmalari) shuningdek aspektual munosabatlarning turli sohalariga mansub bo’lgan umumiy semantik funksiyalar bilan bog’liqligi ko’riladi. Aspektuallikda semantik vositalarning o’rni ayniqsa fazali fe’llarning gerundiy va infinitiv bilan birikuvida muhimdir. Bunday birikuvlarda fazali fe’llar (begin, continue, stop) ish-harakatning turiga oid ma’nosini, uning boshlanishini, oxirini va davomini ko’rsatuvchi vosita vazifasini bajaradi. Kalit so’zlar: Aspektuallik, component, faza, desemantizasiyalashgan fe’l, analitik, konstruksiya, progressive. Aspektuallik sathining asosiy komponentlari ichidan birinchi navbatda sistema sifatida fe’l turlarining grammatik kategoriyalari ajratib ko’rsatiladi. Ular morfologik shakllarni bir mazmunli tarkiblarga birlashtiradi, keyin ularga butunlay grammatikalashmagan fe’l turiga oid iboralarni, fazalik fe’llar bilan yasalgan iboralarni (ish-harakatning boshlanishini, davomini, oxiri ko’rsatadigan), qo’shimcha aspektli funksiyali sintaktik vositalarni, ish-harakat usullarini, fe’lning holatini ifodalovchi uzoq, birdan, doimo, asta-sekin, to’satdan, ba’zan so’zlari bilan birga keluvchi fe’llarni ko’rsatishadi (o’sha joyda). Ingliz tilida aspektuallik kategoriyasining alohida ajratib o’rganish muammosi eng avvalo bu tilda fe’l turlarining morfologik kategoriyasi mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash bilan bog’liq. Biroq ingliz fe’lining tur kategoriyasi mavjudligi inkor qilinsada, tadqiqotchilar fe’l ifodalaydigan ish-harakatini davomiyligiga alohida e’tibor berdilar. Shunday qilib, davomiylik ingliz tilidagi fe’lning yagona turi, asosiy ma’no ifodalovchi shakli deya talqin qilinishi an’anaga aylanib qoldi. Jumladan A. Otaning fikricha “tur grammatik vositalar orqali ish harakatini xarakterini ifodalovchi signaldir. Ingliz tilida progressiv shakl jarayondagi ish harakatini ifodalaydi, demak ingliz tiliga xos tur shaklidir” (Ota 1963: 2). Struktural va generativ grammatika vakillari bo’lgan olimlarning fikricha ingliz tilida tur shakllari mavjud . Bular progressiv va perfekt va ikkita zamonni ifodalovchi guruh mavjud, bular hozirgi va o’tgan zamonlar. Shunday bo’lsada fe’llarning zamon ma’nolarini ifodalash uchun 75 fe’l holatlarda zamonlarni aniqlovchi vositalar zarur ekanligi ta’kidlanadi (Crystal 1986). Keyingi ishlarda nashr qilinayotgan ko’plab grammatika kitoblarida hozirgi va o’tgan zamonlar (Present - Past), progressivning aspektual perfektga qiyoslab o’rganilayotganiga guvoh bo’lamiz (Foos 1964; Palmer 1965; Anirk e.a. 1982). Ingliz tilshinosligi bilan shug’ullanuvchi rus olimlari esa fe’lning doimiy ish harakatni ifodalovchi turini tur kategoriyasi sifatida talqin qilinsada, uning boshqa shakllari (noaniq, perfekt razryadidaga shakllari) masalasi bo’lib qolayapti B.A.Ilish (1971) va A. I.Smirniskiy (1959) Continuousni Indefinite ga solishtirishni fe’lning davomiyligiga va umumiy turiga solishtirish deya talqin qilinib umumiy turdagi tur ma’nosini nima ekanligini javobsiz qoldirdilar. G.V. Voronsovaning 1960 konsepsiyasiga ko’ra perfekt no-perfekt shakllarini qiyosiy o’rganish asosiy vazifadir qolgan shakllar esa sof zamonga xos fuksiyalardir. Bu ingliz tili fe’lining shaxs formalari orqali ifoda qilingan zamon kategoriyalari va turlarni o’z ichiga oladigan eng ishonarli
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 60 talqin edi. Bu shakllarni tur-zamon sifatiga talqin qilgan I. P. Ivanovaning fikricha, tahlil asosida ularning aspektual ma’nolari yotishi kerak. Fazali fe’lning leksik ma’nosiga ko’ra ish harakatining turli usullarini: bog’lovchi, finitiv (tugallovchi), durativ (davomiy) turlarini ajratish mumkin. Fazali fe’llarning infinitiv va gerundiy bilan birikishi orqali shaxssiz forma bilan ifodalangan ish harakatining bajarilish usuli aniqlanadi, ya’ni aspektual ma’nosi farqlanadi. Fazalik fe’lning infinitiv bilan ishlatilishi davomiylikka ega bo’lmagan ish harakatini xarakterlaydi, gerundiyning ishlatilishi esa uning prosessualligini bildiradi. Xulosa. Yuqorida ko’rsatilgan erkin birikuvchi fe’lli iboralardan tashqari harakatning bajarilish usuli qisman desemantizasiyalashgan fe’l bilan keluvchi aspektual konstruksiyalar orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan, ish harakatining boshlanish usuli get + Gerund, come to + Infinitive, grow to + Infinitive, set + Infinitive, set + Gerund kabi birikuvlar orqali; finitiv usuli esa yarim bog’lovchi fe’llar grive up, leave off, cease, guit shaxssiz forma kabilar bilan; durativ usuli esa keep on, go on + Gerund kabi konstruksiyalar orqali ifodalanishi mumkin. Analitik aspektual konstruksiyalar ichida ish harakatining bir marta sodir bo’lganligini yoki uning qisqa muddatli davomiyligini ko’rsatuvchi usullar muhim o’rin tutadi. Noaniq artikllar bilan keluvchi, biroq konkret ma’no ifodalovchi otlarning xususiyatlari diqqatni tortadi: take a walk, have a talk, give a smile. Bunda dastlab ish harakatining uslubini ifodalovchi elementlar, aspektual ma’no tashuvchi fe’lga elementlar mansub bo’lmagan elementlar birinchi o’rinda tradi. Ingliz tilining aspektual vositalar sistemasida fe’lning turga oid xarakteriga alohida e’tibor beriladi. Ayrim fikrlarga ko’ra, aynan mana shu jihat ingliz tili aspektuallik sathi markazini hosil qiladi (Akimova, 1978: 88). Biroq bunday nuqtai nazar bir oz bahstalabdir, chunki fe’lning trga oid xossasi – grammatik ma’noga ko’proq tobedir. S. Uolles matndagi turli-tuman “bo’rtma” grammatik kategoriyalar haqida o’z nazariyasiin yaratar ekan, perfektiv birinchi o’rindagi figura ekanligini, inperfektiv esa uning fanini tashkil qiladi degan xulosaga keladi. Tur mayl bilan bir qatorda, shaxs kategoriyasi va jonlilik birikma axborot funksiyasini bajaradi. Shu bilan eng muhim, ketma-ket keluvchi, birinchi navbatda sodir bo’ladigan voqyealarni ajratib ko’rsatadi (perfektiv). Inperfektiv esa qo’shimcha fan axborotini ifodalash uchun xizmat qiladi (Wallace, 1982: 208). Bu masalada P. J. Xopper ham u bilan hamfikr. Uning taxminicha tur kategoriyasining asosiy mazmuni lokalsemantik tushunchalar emas, balki progmatik, matndagi tushunchalardir (Norreg, 1982: 6). REFERNCES 1. Wallace Chafe "Phonetics, semantics, and Language" 38.335-344. 1962y. 2. . J. Xopper "The role of cognitive linguistics" 88.201-205. 1982 3. Aрнxaйм Р. Визуaльноe мышлeниe. – Бeркли, 1969. – C. 86. 4. Aрутюновa Н. Д. Типы языковыx знaчeний. – Москвa: Нaукa. 1988. – C. 34. 5. Бaбeнко Л. Г. Глaгол в систeмe языкa и рeчeвой дeятeльности: мaтeриaлы нaучной лингвистичeской конфeрeнции. Рaльский гос. унив., 1990. – C. 157. 6. Богдaнов М. В. 100 нaиболee употрeбитeльныx нeмeцкиx глaголов: Сто нaиболee употрeбитeльныx нeмeцкиx глaголов: спрaвочноe пособиe с тaблицaми. – Москвa, 2008. – 126 с. 7. Бондaрко A. В. Русский глaгол. Пособиe для студeнтов и учитeлeй. Под рeд. проф. Ю. С. Мaсловa. Лeнингрaд: Просвeщeниe. Лeнингр. отд-ниe, 1967. – C. 199-200.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 61 8. Бурлыгинa О. Н. Сeмaнтичeскиe типы прeдикaтов. Отв. рeд. О. Н. Сeливeрстовa. – Москвa, Нaукa. 1982. – с. 50. 9. Вaсильeв Л. М. Сeмaнтикa русского глaголa: Глaголы рeчи, звучaния и повeдeния. Учeб. пособиe. – Уфa: БГУ, 1981. –71 с. 10. Виногрaдов В. В. Избрaнныe труды. Лeксикология и лeксикогрaфия. Москвa, 1977. – С. 162-189. 11. Гaйсинa Р. М. Кaтeгория отношeния в языкe. Уфa: БГУ, 1997. – 173 с.