scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IPOTEKA-BANK FAOLIYATINING KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHDAGI O'RNI: IMTIYOZLI KREDITLAR MISOLIDA TAHLIL

Namozov, Sadulla; Sh. Sherjonov

Abstract

This article analyzes the significance of commercial banks, particularly Ipoteka-Bank, in reducing poverty in the Republic of Uzbekistan. The study examines the bank’s social functions and its contribution to sustainable development through the example of preferential loans granted to low-income families during the period 2021–2023. Based on statistical data, the article evaluates the role of preferential loans in increasing household income, ensuring employment, and promoting the development of small entrepreneurship. The research employs analytical, comparative, and document review methods. The findings indicate that the social financing mechanisms implemented by Ipoteka-Bank have a significant impact on Uzbekistan’s sustainable economic development and the ongoing process of poverty reduction.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-8 316 IPOTEKA-BANK FAOLIYATINING KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDAGI O‘RNI: IMTIYOZLI KREDITLAR MISOLIDA TAHLIL Oʻzbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti Namozov Sadulla Namozovich [email protected] Ilmiy rahbar: Maʼmun universiteti dotsenti, PhD Sh. Sherjonov Annatatasiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida tijorat banklarining, xususan “Ipoteka-bank” faoliyatining ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada 20212023-yilgacha bo‘lgan davrda kambag‘al oilalarga ajratilgan imtiyozli kreditlar misolida bankning ijtimoiy vazifalari va barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi o‘rganilgan. Maqolada statistik ma’lumotlar asosida imtiyozli kreditlarning aholi daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash hamda kichik tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Maqolada tahlil, taqqoslash va hujjatlarni o‘rganish metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, “Ipoteka-bank” tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy moliyalashtirish mexanizmlari O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga hamda kambag‘allikni qisqartirish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Kalit so‘zlar: Ipoteka-bank, kambag‘allikni qisqartirish, imtiyozli kreditlar, ijtimoiy moliyalashtirish, barqaror rivojlanish, daromad, bandlik, OTP Group. РОЛЬ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ БАНКА «ИПОТЕКА-БАНК» В СОКРАЩЕНИИ БЕДНОСТИ: АНАЛИЗ НА ПРИМЕРЕ ЛЬГОТНЫХ КРЕДИТОВ Аннотация. В данной статье проанализировано значение деятельности коммерческих банков, в частности «Ипотека-банка», в процессе сокращения бедности в Республике Узбекистан. В работе рассмотрены социальные функции банка и его вклад в устойчивое развитие на примере предоставленных льготных кредитов малообеспеченным семьям в период 2021–2023 годов. На основе статистических данных проведён анализ роли льготных кредитов в повышении доходов населения, обеспечении занятости и развитии малого предпринимательства. В статье использованы методы анализа, сравнения и изучения документов. Результаты показывают, что механизмы социального финансирования, реализуемые «Ипотека-банком», оказывают значительное влияние на устойчивое экономическое развитие Узбекистана и процесс снижения уровня бедности. Ключевые слова: Ипотека-банк, сокращение бедности, льготные кредиты, социальное финансирование, устойчивое развитие, доход, занятость, OTP Group. THE ROLE OF IPOTEKA-BANK IN POVERTY REDUCTION: AN ANALYSIS BASED ON PREFERENTIAL LOANS Annotation. This article analyzes the significance of commercial banks, particularly Ipoteka-Bank, in reducing poverty in the Republic of Uzbekistan. The study examines the bank’s social functions and its contribution to sustainable development through the example of preferential loans granted to low-income families during the period 2021–2023. Based on statistical data, the article evaluates the role of preferential loans in increasing household income, ensuring employment, and promoting the development of small entrepreneurship. The research employs analytical, comparative, and document review methods. The findings indicate that the social financing mechanisms implemented by Ipoteka- ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-8 317 Bank have a significant impact on Uzbekistan’s sustainable economic development and the ongoing process of poverty reduction. Keywords: Ipoteka-Bank, poverty reduction, preferential loans, social financing, sustainable development, income, employment, OTP Group. KIRISH So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish, aholi turmush darajasini oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Kambag‘allikni kamaytirish nafaqat ijtimoiy adolatni ta’minlash, balki milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qiluvchi strategik omil sifatida qaralmoqda. Shu jarayonda tijorat banklari, xususan “Ipoteka-bank”ning ijtimoiy mas’uliyatga asoslangan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PF–143-sonli “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi Farmoni ushbu yo‘nalishdagi siyosatni yanada takomillashtirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjatda qayd etilishicha, mamlakatda barqaror va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlangani tufayli kambag‘allik darajasi 2019-yildagi 23 foizdan 2023-yilda 11 foizga qisqargan, 2025-yil yakuni bilan esa uni 6 foizgacha kamaytirish maqsad qilib belgilangan. 2024-yil 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar” mavzusidagi matbuot anjumanida ushbu yo‘nalishdagi amaliy natijalar va istiqbollar keng muhokama qilindi. Unda ta’kidlanganidek, mamlakatda kambag‘allik darajasining izchil pasayishi iqtisodiyotdagi o‘sish, bandlik siyosatining takomillashuvi hamda tijorat banklarining, xususan “Ipoteka-bank”ning imtiyozli moliyalashtirish dasturlari bilan bevosita bog‘liqdir. Davlat rahbariyatining tashabbuslari bilan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jarayonda “Ipoteka-bank” nafaqat ipoteka kreditlash sohasida, balki ijtimoiy ahamiyatga ega imtiyozli kreditlarni ajratish orqali ham kambag‘allikka qarshi kurashda faol ishtirok etmoqda. Ushbu kreditlar kam ta’minlangan oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda barqaror daromad manbalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, “Ipoteka-bank”ning OTP Group bilan integratsiyasi zamonaviy moliyaviy boshqaruv, raqamli texnologiyalar va xalqaro tajribalarni joriy etish orqali ijtimoiy loyihalarni yanada samarali amalga oshirish imkonini bermoqda. Biroq, bu jarayonda hali ayrim muammolar ham saqlanib qolmoqda — kredit mablag‘larining barcha hududlarda teng taqsimlanmasligi, aholining moliyaviy savodxonligi pastligi va ayrim toifadagi fuqarolarning bank xizmatlaridan chetda qolayotgani shular jumlasidandir. 2021-2023-yillar davrda “Ipoteka-bank” tomonidan kambag‘al oilalarga ajratilgan imtiyozli kreditlar tahlil qilinadi. Maqolada ushbu kreditlarning aholi daromadlari, bandlik va kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilib, ularning barqaror rivojlanishdagi o‘rni ilmiy jihatdan yoritib beriladi. ADABIYOTLAR SHARXI O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish masalalari so‘nggi yillarda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda iqtisodiyotning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish orqali kambag‘allikni kamaytirish borasida qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-8 318 A.S. Shuxrat o‘g‘lining “O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish” nomli tadqiqotida moliya sektori, xususan, tijorat banklari va ularning ijtimoiy kreditlash faoliyatining kambag‘allikni qisqartirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Muallif mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish uchun imtiyozli kreditlar va mikromoliyalashtirish dasturlari muhim rol o‘ynayotganini ta’kidlaydi. S. Hamdamov o‘zining “Kambag‘allikni qutqarish va aholini ijtimoiy himoyalashning moliyalashtirish” nomli maqolasida ijtimoiy himoya tizimini moliyalashtirish manbalari, ularning samaradorligi va byudjet yuklamasini kamaytirish yo‘llarini tahlil qilgan. Uning fikricha, kambag‘allikni kamaytirish nafaqat iqtisodiy yordam, balki sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani mustahkamlash bilan chambarchas bog‘liqdir. D. Tashtanova tomonidan yozilgan “Milliy taraqqiyot strategiyasi: O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish masalalari va xalqaro tajribalar tahlili” asarida kambag‘allikni qisqartirishda xalqaro tajribalarni o‘rganish va ularni milliy strategiyaga moslashtirish zarurligi ta’kidlanadi. Muallifning fikricha, samarali strategiyalarni ishlab chiqish uchun iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional islohotlar o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak. G. Sultoni esa “O‘zbekistonda kambag‘allikni ijobiy tahlil qilish siyosatining ta’siri” nomli tadqiqotida kambag‘allikning tibbiy, ijtimoiy va transport infratuzilmasi bilan bog‘liq jihatlarini ko‘rsatgan. U ijtimoiy siyosatning turli tarmoqlardagi samarasini baholab, ijtimoiy soha investitsiyalarining ahamiyatiga e’tibor qaratadi. U.M. Ilhomjon “Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazorat” asarida ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotdagi tatbiqini o‘rganadi. Muallif qonunlarga rioya etilishi samaradorlikni oshiruvchi muhim omil ekanini qayd etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni” mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni oshirish va ijtimoiy tenglikni ta’minlashda bosh yo‘nalish bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatga ko‘ra, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy inklyuziyani kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. O. Sharipov (2025) “O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va davlatning ijtimoiy siyosati” maqolasida institutsional boshqaruv tizimini takomillashtirish, ijtimoiy dasturlarning samaradorligini oshirish hamda kambag‘allikni kamaytirishda davlat va xususiy sektor hamkorligining ahamiyatini yoritadi. S.B. Xayitov (2025) tomonidan yozilgan “Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda davlat va xususiy sektor roli” nomli ilmiy ishda makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, moliya bozorlarini barqarorlashtirish va kambag‘allikni kamaytirishda xususiy sektorning ishtirokini kuchaytirish zarurligi ko‘rsatilgan. A.O. Ali o‘g‘li (2025) “Aholi ish bilan bandligining statistik tadqiqi” nomli ishida bandlik darajasining o‘sishi kambag‘allik darajasini pasaytiruvchi eng muhim omil ekanini statistik dalillar asosida asoslab beradi. Umuman olganda, tahlil qilingan adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish uchun moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va bank tizimi orqali imtiyozli kreditlashni kengaytirish yo‘nalishida sezilarli islohotlar olib borilmoqda. Ilmiy manbalar iqtisodiy, institutsional va ijtimoiy yondashuvlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’kidlaydi hamda ularning uyg‘unligi barqaror rivojlanishga zamin yaratishini ko‘rsatadi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-8 319 METODOLOGIYA Maqolada bir nechta ilmiy-uslubiy yondashuvlar qo‘llanilgan. Tahliliy yondashuv orqali O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirishda tijorat banklarining, xususan “Ipoteka-bank”ning o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilindi. Statistik tahlil yordamida 2021–2023-yillar davomida kambag‘al oilalarga ajratilgan imtiyozli kreditlar haqidagi rasmiy ma’lumotlar asosida ushbu kreditlarning aholi daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash va kichik tadbirkorlikni rivojlantirishdagi samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, taqqoslash usuli orqali “Ipoteka-bank” faoliyati boshqa tijorat banklarining ijtimoiy moliyalashtirish tajribalari bilan solishtirildi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat statistika qo‘mitasi, Ipoteka-bank rasmiy hisobotlari hamda tegishli qonun va strategik hujjatlar asosiy manba sifatida foydalanilgan. TAHLIL VA TAHLIL NATIJALAR Mazkur tadqiqotda “Ipoteka-bank” Chilonzor filialining 2021–2023-yillar davomida kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida amalga oshirgan ijtimoiy yo‘naltirilgan kreditlash faoliyati, xususan ta’lim kreditlari dasturi chuqur tahlil qilindi. Tahlil jarayonida bank tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi, ijtimoiy toifadagi talabalar ulushi, hamda kreditlash dinamikasining yillik o‘zgarishlari statistik ma’lumotlar asosida o‘rganildi. Tahlilning asosiy maqsadi — “Ipoteka-bank”ning ta’lim kreditlari orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashdagi rolini aniqlash, hamda bu jarayonning kambag‘allikni qisqartirishga qo‘shgan hissasini baholashdan iborat. Tahlil davomida taqqoslash, statistik va hujjatlarni o‘rganish metodlari qo‘llanildi. Statistik ma’lumotlar asosida 2021–2023-yillarda ajratilgan kredit miqdorlari, foydalangan talabalar soni hamda ijtimoiy toifadagi talabalarga berilgan kreditlarning umumiy hajmdagi ulushi aniqlanib, ularning o‘zaro nisbatlari tahlil qilindi. 1-jadval. 2021–2023-yillarda Ipoteka-bank Chilonzor filiali tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlari miqdori Yil Ajratilgan kredit miqdori (so‘m) Talabalar soni (nafar) 2021-yil 9 850 000 000 570 2022-yil 18 420 000 000 1 180 2023-yil 7 042 215 900 464 Jami 35 312 215 900 2 214 Manba: Ipoteka-bank Chilonzor filiali ma’lumotlari 2021–2023-yillar davomida Ipoteka-bank Chilonzor filiali tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlari ko‘lami bo‘yicha quyidagi holat kuzatilgan: 2021-yilda jami 570 nafar talaba uchun 9 850 000 000 so‘m ta’lim krediti ajratilgan. Bu davr kreditlash jarayonining boshlanish bosqichi bo‘lib, ijtimoiy toifadagi talabalarni qo‘llabquvvatlashda muhim rol o‘ynagan. 2022-yilda kreditlash hajmi sezilarli darajada oshgan. Aynan shu yili 1 180 nafar talaba uchun 18 420 000 000 so‘m miqdorida ta’lim krediti ajratilgan. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘paygan bo‘lib, bu davrda davlat tomonidan ijtimoiy toifadagi talabalarni qo‘llabquvvatlash mexanizmlari kuchaytirilgani, shuningdek sug‘urta kompaniyalari ishtiroki tufayli kredit olish jarayoni yengillashgani bilan izohlanadi. 2023-yilda esa kreditlash hajmi keskin kamaygan — 464 nafar talaba uchun 7 042 215 900 so‘m ajratilgan. Ushbu pasayishning asosiy sababi 2023-yil 13-iyundan boshlab OTP tizimiga o‘tilgani va ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-8 320 shu bilan bog‘liq holda yangi kredit ajratish jarayonining vaqtincha to‘xtatilganidir. Umuman olganda, uch yil davomida jami 2 214 nafar talaba uchun 35 312 215 900 so‘m miqdorida ta’lim krediti ajratilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich 2022-yilda qayd etilgan bo‘lsa, 2023-yilda pasayish kuzatilgan. Bu esa kreditlash tizimidagi texnik va tashkiliy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu tariqa, 2021–2023-yillar oralig‘ida ta’lim kreditlari talabalarning oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim moliyaviy instrument sifatida xizmat qilgan. 2-jadval. Ijtimoiy ro‘yxatga kiritilgan talabalar (Yoshlar, Temir, Ayollar daftari) bo‘yicha ta’lim kreditlari Yil Ijtimoiy ro‘yxatdagi talabalar soni (nafar) Ajratilgan kredit (so‘m) Ulushi (%) 2021-yil 59 1 019 475 000 10,35 % 2022-yil 151 2 359 776 000 12,80 % 2023-yil 38 576 752 467 8,19 % Jami 248 3 956 003 467 11,21 % Manba: Ipoteka-bank Chilonzor filiali ma’lumotlari 2021–2023-yillar davomida Ipoteka-bank Chilonzor filiali tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarining muhim qismi ijtimoiy ro‘yxatga kiritilgan talabalar — ya’ni Yoshlar daftari, Temir daftar va Ayollar daftari toifasiga mansub abituriyent va talabalarga yo‘naltirilgan. Ushbu ma’lumotlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining ta’lim kreditlari tizimida qanchalik muhim o‘rin tutishini yaqqol ko‘rsatadi. 2021-yilda jami 59 nafar ijtimoiy toifadagi talaba uchun 1,02 milliard so‘m kredit ajratilgan bo‘lib, bu umumiy ta’lim kreditlarining 10,35 % ini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich dastlabki bosqichda ijtimoiy qatlam vakillariga qaratilgan e’tibor sezilarli darajada bo‘lganini anglatadi. 2022-yilda ushbu ko‘rsatkich yanada oshib, 151 nafar talaba uchun 2,36 milliard so‘m kredit ajratilgan va bu umumiy kredit hajmining 12,80 % ini tashkil etgan. Aynan shu yili ijtimoiy ro‘yxatdagi talabalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kuchaytirilib, sug‘urta kompaniyalari kafil sifatida jalb qilingan va bu esa kredit olish imkoniyatlarini kengaytirgan. 2023-yilda esa bu ko‘rsatkich biroz pasaygan — 38 nafar talaba uchun 576,75 million so‘m kredit ajratilgan va bu umumiy kreditning 8,19 % ini tashkil etgan. Bunga asosiy sabab sifatida 2023-yil 13iyundan boshlab OTP tizimiga o‘tilgani va shu bilan bog‘liq ravishda kreditlash jarayonining vaqtincha to‘xtatilgani ko‘rsatiladi. Uch yil yakuniga ko‘ra, jami 248 nafar ijtimoiy toifadagi talaba uchun 3,96 milliard so‘m ta’lim krediti ajratilgan bo‘lib, bu umumiy kreditlash hajmining qariyb 11,21 % ini tashkil etgan. Bu raqamlar davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari amalda qanday natija berayotganini yaqqol aks ettiradi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-8 321 Ijtimoiy ro‘yxatga kiritilgan talabalar ta’lim kreditlari tizimida deyarli yarmiga teng ulushni tashkil etgan. Bu esa ta’lim kreditlarining nafaqat moliyaviy ko‘mak, balki ijtimoiy adolat va imkoniyatlarni kengaytirish vositasi sifatida ham samarali ishlayotganini ko‘rsatadi. 2022-yilda eng yuqori ulush qayd etilgan bo‘lsa, 2023-yilda texnik o‘zgarishlar sababli pasayish kuzatilgan. Shu bilan birga, ushbu kreditlar ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol o‘ynagan. 1-rasm. 2021–2023-yillar davomida umumiy ta’lim kreditlari va ijtimoiy toifadagi talabalarga ajratilgan kreditlar miqdorini taqqoslab ko‘rsatadi. Manba: Ipoteka-bank Chilonzor filiali ma’lumotlari 1-rasmdagi ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki 2021–2023-yillar davomida Ipoteka-bank Chilonzor filiali tomonidan ta’lim kreditlarini ajratish jarayonida umumiy kredit miqdori va ijtimoiy toifadagi talabalar uchun ajratilgan kreditlar o‘rtasida aniq farq kuzatildi. Ushbu ma’lumotlar bankning ta’lim sohasiga qo‘shgan moliyaviy hissasini, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga berilgan e’tibor darajasini yaqqol ko‘rsatadi. 2021-yilda umumiy 9,85 milliard so‘m ta’lim krediti ajratilgan bo‘lib, shundan 1,019 milliard so‘m ijtimoiy toifadagi talabalar ulushiga to‘g‘ri kelgan. Bu umumiy kreditning 10,35 % ini tashkil etgan. Umumiy va ijtimoiy kreditlar o‘rtasidagi farq 8,83 milliard so‘mni tashkil etgan. 2022-yilda bu ko‘rsatkichlar oshgan — umumiy kredit miqdori 18,42 milliard so‘mga yetgan, shundan 2,36 milliard so‘m ijtimoiy toifadagi talabalar uchun ajratilgan. Bu yil ijtimoiy toifadagi talabalar uchun ajratilgan mablag‘ning ulushi 12,80 %ni tashkil etgan. Umumiy va ijtimoiy kreditlar o‘rtasidagi farq 16,06 milliard so‘mni tashkil etgan. 2023-yilda esa umumiy kredit hajmi 7,042 milliard so‘mga tushgan, ijtimoiy toifadagi talabalar uchun esa 576,75 million so‘m kredit ajratilgan. Bu umumiy kreditning 8,19 % ini tashkil etgan. Ushbu kamayishning asosiy sababi sifatida 2023-yil 13-iyundan boshlab OTP tizimiga o‘tilgani va shundan so‘ng ta’lim kreditlari berish jarayonining to‘xtatilgani ko‘rsatiladi. Bu yilda umumiy va ijtimoiy kreditlar o‘rtasidagi farq 6,465 milliard so‘mni tashkil etgan. Uch yil yakunida jami 35,31 milliard so‘m ta’lim krediti ajratilgan bo‘lib, shundan 3,956 milliard so‘m ijtimoiy toifadagi talabalarga yo‘naltirilgan. Bu esa umumiy kreditlash hajmining 11,21 % ini tashkil etadi. Umumiy va ijtimoiy kreditlar o‘rtasidagi farq esa 31,356 milliard so‘mni tashkil qilgan. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-8 322 XULOSA VA TAKLIFLAR Yuqoridagi tahlillar natijalariga asoslanib aytish mumkinki, “Ipoteka-bank” Chilonzor filiali tomonidan 2021–2023-yillar davomida amalga oshirilgan ta’lim kreditlari dasturi O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish, inson kapitalini rivojlantirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etgan. Mazkur davrda bank tomonidan 2 214 nafar talaba uchun 35,31 milliard so‘m miqdorida ta’lim krediti ajratilgan bo‘lib, shundan 3,96 milliard so‘m yoki 11,21 % ijtimoiy toifaga kiritilgan shaxslarga yo‘naltirilgan. Bu esa bank faoliyatining ijtimoiy yo‘naltirilganligini va ta’lim orqali kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan strategik yondashuvni yaqqol namoyon etadi. 2022-yilda ajratilgan kredit hajmi 2021-yilga nisbatan qariyb ikki baravar oshgani, ushbu davrda davlat tomonidan aholining ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samarali bo‘lganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, sug‘urta kompaniyalari kafilligi orqali imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatining kengaytirilgani ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlashda ijobiy natija berdi. 2023-yilda OTP tizimiga o‘tish jarayonida kredit hajmining vaqtinchalik kamayishi texnik va tashkiliy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu pasayish tizimdagi muhim islohotlarning bir qismi sifatida qaraladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim kreditlari tizimi yoshlar orasida ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, ularning oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda iqtisodiy faolligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy toifadagi talabalar uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar esa nafaqat moliyaviy yordam vositasi, balki ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlar tamoyilini ro‘yobga chiqaruvchi mexanizm sifatida xizmat qilgan. Shuningdek, ta’lim kreditlarining kengaytirilishi iqtisodiyotda malakali kadrlar sonining ortishiga, bandlik darajasining oshishiga va mamlakatning uzoq muddatli barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Mazkur jarayon kambag‘allikni qisqartirishning bevosita omillaridan biri bo‘lib, aholining o‘zini o‘zi ta’minlash salohiyatini kuchaytiradi. Takliflar: 1. foiz stavkalarini ijtimoiy toifadagi talabalar uchun yanada pasaytirish va to‘lov muddatlarini uzaytirish tavsiya etiladi. Bu ularning moliyaviy bosimini kamaytiradi va ta’limni davom ettirishga rag‘batni oshiradi. 2. kredit kafolat tizimini takomillashtirish maqsadida sug‘urta kompaniyalari, mahalliy hokimliklar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish zarur. Bu esa kreditlarni qaytarish darajasini oshiradi va risklarni kamaytiradi. 3. bank xodimlari uchun ijtimoiy yo‘naltirilgan kreditlar bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini joriy etish zarur. Bu ta’lim kreditlarini boshqarish samaradorligini oshirib, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. 4. davlat tomonidan subsidiya va grant dasturlarini kengaytirish ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini yanada yaxshilaydi. Ayniqsa, kam daromadli oilalarning farzandlari uchun kreditlarni qisman kompensatsiya qilish tizimini joriy etish maqsadga muvofiq. 5. ta’lim kreditlarining ta’sirini muntazam monitoring qilish tizimini yaratish lozim. Bu orqali kreditlarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi va kelgusida yanada samarali mexanizmlar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. “Ipoteka-bank”ning ijtimoiy yo‘naltirilgan kredit siyosati O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish, inson kapitalini rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim omil sifatida e’tirof ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-8 323 etilishi mumkin. Mazkur tizim nafaqat iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi, balki yoshlarning bilim olish orqali o‘z hayot sifatini yaxshilashiga xizmat qiluvchi ijtimoiy investitsiya sifatida ham ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Shuxrat o‘g‘li as O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish //yangi O‘zbekiston, yangi tadqiqotlar jurnali. – 2025. – t. 2. – no 4. – 84-91-betlar. 2. Hamdamov S. Kambag‘allikni saqlash va aholini ijtimoiy himoyalashning moliyalashtirish //Qo 'qon Universiteti Xabarnomasi. – 2024. – T. 13. – B. 64-66. 3. Tashtanova D. milliy taraqqiyot strategiyasi: O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish masalalari va xalqaro tajribalar tahlili //nordic_press. – 2024. – t. 1. – 000001-son. 4. Sultoni G. O'zbekistonda kambag'allikni ijobiy tahlil qilish siyosatining ta'sirini qilish //Nordic_Press. – 2024. – T. 2. – 0002-son. 5. Ilhomjon U.M va boshqalar. Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari //Tadqiqotlar. – 2025. – T. 64. – No 2. – 186-190-betlar. 6. Prezidentining OR 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to 'g'risida //Farmoni. – 2022. – T. 28. – B. 90-92. 7. Sharipov O. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va davlatning ijtimoiy siyosati //Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy tadqiqotlar. - 2025. - T. 4. - No 12. - B. 4448. 8. Ali o‘g‘li AO va boshqalar. Aholi Ish Bilan Bandligining Statistik Tadqiqi //Iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya hisobi bo'yicha xalqaro konferensiya. – 2025. – T. 13. – B. 51-54. 9. Xasanovich SB Kambag‘allikni qisqartirishning samarali iqtisodiy mexanizmlari //Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi. – 2025. – T. 55. – No 1. – 279-286-betlar. 10. Dedamirzaev R. Aholining kambag 'allikdan chiqarishda kichik biznesni rivojlantirish va rivojlantirish masalalari //Science innovation in the manfaatlari of national and global development. – 2025. – T. 1. – No 1. – B. 80-83. INTERNET MANBALARI 1. https://uza.uz/oz/posts/ozbekistonda-kambagallikni-qisqartirish-boyicha-ishlar-qandaynatija-bermoqda_275364 2. https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/900 3. https://uza.uz/oz/posts/aholini-ijtimoiy-himoya-qilish-tizimi-yanadatakomillashtiriladi_687232 4. https://herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1024 5. https://www.imv.uz/central-apparat/kambagallikni-qisqartirish-bandlik-va-ijtimoiy-him