LOYIHA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Abstract
tezisda loyiha faoliyati chuqur tahlil qilinib, ta’lim jarayonida qo‘llashning muhim belgilari o‘rganildi.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 6 6 LOYIHA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Xudayarova Fotimaposhsho Olimjonovna Annotatsiya: tezisda loyiha faoliyati chuqur tahlil qilinib, ta’lim jarayonida qo‘llashning muhim belgilari o‘rganildi. Kalit so‘zlar: loyiha, ta’lim, faoliyat, mehnat bozori, kompetensiya. Loyiha faoliyatini tashkil etish bir qator interfaol metodlar, ta’limiy o‘yinlar va zamonaviy g’oyalarni oladi. Scopus bazasidagi maqolalarda (Lee & Kim, 2022; Martinez, 2021) ko‘rsatilishicha, virtual laboratoriyalar, 3D-modellashtirish va onlayn hamkorlik platformalari talabalarning loyiha faoliyatiga qiziqishini kuchaytiradi va samaradorligini oshiradi. oyiha faoliyatini tashkil etishda turli fanlarni integratsiya qilish (pedagogika, informatika, dizayn) talabalarning keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida loyiha asosida ta’lim keng joriy etilmoqda. Masalan, Toshkent davlat pedagogika universitetida “Ijodiy loyiha asosida ta’lim” moduli joriy qilingan bo‘lib, talabalarning kreativ salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari bu modul Finlandiyada loyiha asosida ta’lim umumiy ta’lim dasturlariga integratsiya qilingan bo‘lib, o‘quvchilar real hayotiy muammolarni hal qilishga jalb qilinadi. Janubiy Koreyada esa “Smart Education” loyihalari orqali talabalarda raqamli kompetensiyalar rivojlantirilmoqda. AQSHda loyiha metodikasi STEM-ta’lim bilan integratsiya qilinib, talabalarning muammoli vaziyatlarda yechim topish qobiliyatlari kuchaytirilmoqda. Bu esa ta’lim jarayoniga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. (1-rasm) 1-rasm. Loyiha faoliyatining asosiy bosqichlari.
INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 7 7 Bundan tashqari, bir qator olimlar loyihalashgan ta’lim nazariyasini o‘rgangan bo‘lib, John Dewey (2009) – “Learning by doing” konsepsiyasi talabaning faol ishtirokini ta’minlaydi. Kolmos et al. (2016, International Journal of Engineering Education) – loyiha asosida ta’lim muhandislik sohasida kasbiy ko‘nikmalarni sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatadi. Bell (2010, Journal of Research on Technology in Education) – loyiha asosida ta’lim talabalarda tanqidiy fikrlash va kreativ tafakkurni rivojlantiradi. Thomas (2000, Review of Educational Research) – loyiha asosida o‘qitishning samaradorligini nazariy va empirik dalillar bilan asoslab bergan. Pedagogik shart-sharoitlar Kasbiy loyihalash kompetensiyasini samarali rivojlantirish uchun quyidagi pedagogik shartsharoitlar zarur: 1. Ijodiy muhitni qo‘llab-quvvatlovchi o‘qituvchi faoliyati; 2. Talabalarning shaxsiy qiziqishlariga asoslangan topshiriqlar; 3. Innovatsion ta’lim resurslari va texnologiyalaridan foydalanish; 4. Motivatsion va rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni qo‘llash. Xulosa qilib aytganda, rivojlantiruvchi ijodiy ta’lim muhiti sharoitida loyiha faoliyatini tashkil etish - talabalarda kasbiy va ijodiy kompetensiyalarni rivojlantiradi, mustaqil qaror qabul qilish, guruh bo‘lib ishlash va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi, pedagogik jarayonni zamonaviy ta’lim talablariga moslashtiradi. Shunday qilib, ushbu yondashuv nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki talabalarning kelgusida kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatli bo‘lishiga ham xizmat qiladi.
INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 8 8 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Vygotsky L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Harvard University Press, 1978. 2. Davydov V.V. Teoriya razvivayushchego obucheniya. – Moskva, 1996. 3. Dewey J. Democracy and Education. – New York: Macmillan, 1916. 4. Kilpatrick W.H. The Project Method. – Teachers College Record, 1918. 5. Raven J. Competence in Modern Society. – London: H.K. Lewis, 1984. 6. Gardner H. Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences. – New York: Basic Books, 1983. 7. Lee, J., & Kim, S. (2022). Project-based learning in higher education: Effects on creativity and problem-solving skills. International Journal of Educational Research, Elsevier. [Scopus] 8. Martinez, R. (2021). Digital tools and creative project-based learning in universities. Computers & Education, Elsevier. [Scopus] 9. Mavlonova R.A., Ergashyeva G.S. Oliy ta’limda akademik mobillik: muammo va yechimlar. – Toshkent, 2022. 10. Bordovskaya N.V. Pedagogika. – Sankt-Peterburg: Piter, 2005.