scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Vensan yarali-nekrotik gingivostomatiti

Muydinova Barno Asqarovna, Jalolov Asadbek Asiljon oʻgʻli; Jalolov Asadbek Asiljon oʻgʻli, Muydinova Barno Asqarovna

Full text

PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) Vensan yarali-nekrotik gingivostomatiti Muydinova Barno Asqarovna Terapevtik stomatologiya kafedrasi katta o’qituvchisi Jalolov Asadbek Asiljon oʻgʻli Stomatologiya fakulteti V bosqich talabasi Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon, Oʻzbekiston Annotatsiya: Ushbu maqolada bakterial shikastlanish va yallig‘lanish bilan kechuvchi Vensan yarali-nekrotik stomatiti haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: xandaq stomatiti, Artyus fenomeni, fuzospirillyar infektsiya, trizm, Simanovskiy–Plaut–Vensan anginasi. Kasallikning Vensan yarali-nekrotik stomatiti deyilishining sababi bu kasallikni birinchi bo‘lib fransuz harbiy shifokori, mikrobiolog, bakteriolog— Jan Anri Vensan (1862–1950) ilmiy jihatdan tavsiflagan. U 1896-yilda ilk bor og‘iz bo‘shlig‘ining yarali-nekrotik yallig‘lanishini batafsil o‘rgangan. U kasallikning qo‘zg‘atuvchilari — fusobakteriyalar va spiroxetalar simbiozida bo‘lishini aniqlagan. Kasallik urush xandaqlarida och va sovuq qotgan askarlar orasida ko‘p uchragani sababli uni “xandaq stomatiti” ham deyishgan. Bu kasallik og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati (OBShQ)ning infeksion, yallig‘lanish va nekroz bilan kechuvchi kasalligi bo‘lib, organizm reaktivligi pasaygan holatda va og‘izda noqulay sharoitlar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi. U anaerob fuzospirillyar mikroflora (spiraxetalar va fuzobakteriyalar)ga nisbatan to‘qimalarning sensibilizatsiyasi natijasida Artyus fenomeni bo‘yicha kechuvchi immun reaktsiya sifatida rivojlanadi. Natijada nekroz va yara hosil bo‘ladi. Kasallikning infeksion tabiati haqida birinchi bo‘lib Berjeron (1889) ta’kidlagan. Keyinchalik bu fikrni Plaut (1894) va Vensan (1895) isbotlaganlar. Stomatologik kasalliklar orasida yarali-nekrotik stomatit 3–5% ni tashkil etadi (E.V. Borovskiy, N.F. Danilevskiy, 1981). Kasallikning sababi — fuzospirillyar infektsiya, ya’ni Vensan spirxetasi va urchuqsimon fuzobakteriya simbiozi hisoblanadi. Odatda bu mikroorganizmlar og‘iz bo‘shlig‘ida saprofit tarzda mavjud bo‘lib, ular tishlar orasidagi bo‘shliqlarda, parodontal cho‘ntaklarda, kariyes kavitalarida, tish ildizi kanallarida va bodomsimon bezlar kriptalarida yashaydi.Fuzospirillyar mikroflora yallig‘lanish jarayonlarida faollashadi va anaerob hamda serofil PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) xususiyatga ega bo‘lgani uchun to‘qimalarning 300 mkm chuqurligigacha kirib bora oladi. Kasallik ko‘pincha sovuq urishi, stress, jarohat yoki operatsiyalardan so‘ng paydo bo‘ladi. Mahalliy qo‘zg‘atuvchi omillar — o‘tkir tish qirralari, noto‘g‘ri o‘rnatilgan sun’iy qoplamalar, 8-tishlarning (donolik tishlar) og‘riqli chiqishi, og‘iz gigiyenasiga rioya qilmaslik, chekish, changli muhitda ishlash va boshqalardir. Yarali-nekrotik stomatit leykoz, og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish, ovqat toksikoinfeksiyalari, jigar, buyrak, endokrin tizim, OITS (VICh) infektsiyasi, radiatsion zararlanish kabi umumiy kasalliklarning alomati sifatida ham kuzatiladi. Og‘iz gigiyenasi yomon bo‘lganida, immunitet va shilliq qavatning himoya funksiyasi pasayadi. Natijada grammanfiy bakteriyalar (B. vincenti, B. fusiformis, B. buccalis, B. melaninogenicus, Veillonellae) ko‘payadi. Ularning toksinlari shilliq qavat biriktiruvchi to‘qimasiga kirib boradi va bu joylarda surunkali yallig‘lanish rivojlanadi. Bunday holat uzoq davom etsa, surunkali kataral stomatit yoki gingivit rivojlanadi. Agar bakteriyalar soni ko‘payishda davom etsa, gingivit kuchayadi — limfotsitlar, plazmatik hujayralar va yallig‘lanish infiltrati to‘planadi. Plazmatik hujayralar IgM va IgG antitanalar hosil qilib, komplement tizimini faollashtiradi. Bu esa qon ivishi, tromboz va to‘qimalar nekroziga olib keladi. Natijada Artyus fenomeni (III turdagi immun reaksiyasi) yuz beradi — yuzaki vaskulit, tromboz, nekroz rivojlanadi. Shuningdek, bakterial toksinlar ta’sirida Sanarelli– Shvartsman reaksiyasi ham qo‘shiladi. Sanarelli–Schwartzman fenomeni — bu organizmning endotoksinlarga (asosan gram-manfiy bakteriyalar toksinlariga) nisbatan gipersensitiv (ortiqcha sezuvchan) reaksiyasi bo‘lib, kapillyarlarda tromboz, qon ketish va nekroz bilan namoyon bo‘ladi. Ya’ni, bu hodisada toksin ta’sirida qon tomir devorlari shikastlanadi, ularning o‘tkazuvchanligi ortadi va ichki qon quyilishlar paydo bo‘ladi. Kasallikning kechishiga qarab quyidagicha bo‘linadi: O‘tkir shakl, O‘tkirosti shakl, Surunkali shakl, Retsidivlovchi shakl. Og‘irlik darajasiga ko‘ra: Yengil, O‘rta, Og‘ir shakllar. Kasallik odatda infektsion kasalliklarga xos belgilar bilan boshlanadi.Prodromal davrda bemorlar umumiy holsizlik, bosh og‘rishi, tana harorati biroz ko‘tarilishi, bo‘g‘im og‘rishi, og‘izda qichishish, achishish va quruqlikdan shikoyat qiladilar. Bu davr yengil shaklda bir necha kun, og‘ir shaklda esa bir necha soat davom etadi. Keyingi bosqichda tana harorati 38°C atrofida ko‘tariladi, umumiy intoksikatsiya, kuchli og‘riq, so‘lak oqish, og‘izdan o‘tkir chiriyotgan hid kelishi, limfa tugunlarining kattalashishi va og‘rishi, ba’zan trizm (og‘izni ocholmaslik) PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) kuzatiladi. Ko‘pincha yara jarayoni milk chetidan boshlanadi — tish toshlari, o‘tkir tish chetlari yoki parodontal cho‘ntak joylarida. Keyinchalik jarayon yonbosh til yuzasiga, yonoq, tanglay va bodomsimon bezlarga tarqaladi. O‘rta og‘irlikdagi shakl ko‘pchilikda uchraydi — tana harorati 37,5–38°C, o‘rta darajadagi intoksikatsiya, kuchli milk og‘rishi, qon ketishi, chiriyotgan hid, so‘lak oqishi, uyqusizlik va ishtahaning yo‘qolishi bilan kechadi.Og‘ir shaklda esa harorat 38,5–40°C gacha ko‘tariladi, kuchli intoksikatsiya kuzatiladi, yara chuqur joylashadi, mushak va suyak to‘qimasigacha etib borib, osteomiyelitga olib keladi. Agar jarayon tanglay va bodomsimon bezlarga o‘tsa, kasallik Simanovskiy– Plaut–Vensan anginasi deb ataladi. Gistologik tekshiruvda ikki zona aniqlanadi: 1. Yuzaki nekrotik qatlam – ko‘p miqdorda bakteriyalar (spirxetalar, fuzobakteriyalar, tayoqchalar, kokklar) mavjud. 2. Chuqur yallig‘lanish qatlami – bunda tirik to‘qimalarga kirib borgan fuzospirillyar flora ustunlik qiladi. Surunkali shakl. Ko‘proq eski tish toshlari yoki surunkali mahalliy irritantlar mavjud joylarda rivojlanadi. Odatda yengil kechadi, ammo davolash to‘liq olib borilmasa, qayta qo‘zg‘alish holatlari kuzatiladi. Milk chetlari qalinlashadi, yara joyida cho‘ntaklar hosil bo‘ladi, yengil og‘riq va qon ketishi kuzatiladi. Yara joyida suyak qirralari rezorbsiyalanadi. To‘g‘ri davolashda yara iz qoldirib bitadi. Davolash kompleks bo‘lishi kerak – mahalliy va umumiy terapiya birgalikda olib boriladi. Mahalliy davolash bosqichlari:  Og‘riqsizlantirish (dikain, anestezin, lidokain);  Antiseptik ishlov (vodorod peroksid, kaliy permanganat, metronidazol);  Nekrotik to‘qimalarni mexanik yo‘l bilan olib tashlash (shpatel, eksskavator bilan);  Mahalliy irritantlarni bartaraf etish;  Antibiotik va proteolitik fermentlar (tripsin, ximotripsin) qo‘llash;  Yallig‘lanishga qarshi vositalar (mefenamat natriy, piramidan);  Osmodiuretlar va sorbentlar  To‘qimalarning regeneratsiyasini rag‘batlantiruvchi vositalar: solkoseril,vitamin A;  Og‘iz bo‘shlig‘ini to‘liq sanatsiya qilish. PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) Umumiy davolash  Antibakterial vositalar: ampisillin, eritromitsin, linkomitsin va boshqalar.  Antiprotozoy vositalar: ornidazol (Tiberal), metronidazol, trixopol.  Patogenetik terapiya: yallig‘lanishga qarshi (aspirin, butadion), antigistamin (tavegil, dimedrol), kalsiy preparatlari, vitaminlar (askorbin kislota, askorutin).  Detoksikatsiya vositalari: gemodez, enterodez, enterosorbentlar.  Simptomatik vositalar: og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi, yurak faoliyatini qo‘llovchi preparatlar. Xulosa qilib aytganda Vensan yarali-nekrotik stomatiti og’ir kasallik bo’lib, davolashga jiddiy yondashuvni talab etadi. Uni oldini olish uchun esa ratsional ovqatlanish, og’iz bo’shlig’i gigiyenasiga rioya qilish va umumiy kasalliklarni vaqtida davolash lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Н.ф.данилевский, В.К.Леонтьев, А.Ф.Несин, Ж.И.Рахний Заболевания Слизистой оболочки Полости рта 2. Terapevtik stomatologiya (M.Ziyayeva, R.Bahodirova) 3. STOMATOLOGIYA-J.A. Rizaev 2018 yil 4. KOMILOV-Terapevtik Stomatologiya