scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA "O'QUV-TARBIYA JARAYONINI KREATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHQARISH MEXANIZIMLARI"

Kozimova, Mehriniso Akbarali qizi

Abstract

Ushbu maqola O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohatlar, ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Xususan, ta’lim tizimi, didaktik vositalardan foydalanish, kreativ baholash, talabalar motivatsiyasini kuchaytirish va xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlar yoritiladi. XXI asrda ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — inson salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangicha fikrlaydigan, ijodkor, tashabbuskor avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida, o‘quv-tarbiya jarayonini an’anaviy yondashuvlardan voz kechgan holda, kreativ yondashuv asosida boshqarishni talab qiladi.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 177 DOI: https://10.5281/zenodo.17427518 OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA “O‘QUV-TARBIYA JARAYONINI KREATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHQARISH MEXANIZIMLARI” Kozimova Mehriniso Akbarali qizi Buxoro xalqaro universiteti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqola O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohatlar, ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Xususan, ta’lim tizimi, didaktik vositalardan foydalanish, kreativ baholash, talabalar motivatsiyasini kuchaytirish va xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlar yoritiladi. XXI asrda ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — inson salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangicha fikrlaydigan, ijodkor, tashabbuskor avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida, o‘quv-tarbiya jarayonini an’anaviy yondashuvlardan voz kechgan holda, kreativ yondashuv asosida boshqarishni talab qiladi. Kalit so‘zlar: ta’lim, kreativ fikrlash, kreativlik, o‘quv jarayoni, tafakkur, texnalogiya, ta’lim samaradorligi, faoliyat, raqamli va innovatsion texnologiyalar. KIRISH Jahondagi oliy ta’lim o‘quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida boshqarish bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-ijtimoiy tayyorgarligini rivojlantirish masalasi dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Zamonaviy oliy ta’lim tizimini kreativ yondashuv asosida o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish va ularni innovatsion tizim asosida amaliyotga tadbiq etish talab etiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “ta’lim-tarbiya davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanishi lozim”. Shu bois, OTMlarda mavjud boshqaruv tizimini yangilash, kreativlikka asoslangan pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, raqamli vositalardan samarali foydalanish ta’lim sifatini oshirishning muhim omilidir. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida tashkil etish bugungi davr talabi hisoblanadi. Mazkur maqolada ko‘rib chiqilgan nazariy va amaliy jihatlar shuni ko‘rsatadiki, kreativ yondashuv ta’lim jarayonining har bir bosqichida o‘quvchi va o‘qituvchining faolligini oshiradi, ijodiy fikrlash va innovatsion qarorlar qabul qilishga undaydi [2]. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 178 Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim tizimining oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri – bu o‘quv-tarbiya jarayonini innovatsion va kreativ yondashuvlar asosida tashkil qilishdir. Bu jarayon samaradorligini oshirishda boshqaruv mexanizmlarining moslashuvchanligi, interaktivligi va ijodkorlikka asoslanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va gumanitar fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan [7]. Demak, kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U inosonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj lagan. U ijodiy tafakkurni divergent (kengayuvchi) fikrlash orqali ifodalaydi [4], bu esa, oʻz navbatida, jamoaviy ish boʻlgan innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytiromoqda. Chunki ta’lim sifati va tarbiya samaradorligi bevosita boshqaruv usullarining innovatsionligi va kreativligiga bog‘liq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimini sohasini isloh qilish, raqobatbardosh mutaxassis kаdrlarni tаyyоrlashga, oliy ta’lim tizimgа rivоjlаngаn xorijiy mаmlakаtlar tajribаsini tаdiq etishga alohida e’tibor qarata boshladilar. Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yаnada rivojlаntirish chorа-tadbirlаri to‘ǵrisidа”gi Prezident Qаrorida o‘z ifodasini topgan. Qolaversa, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da ham Oliy tálim tizimini zamonaviy talablar asosida isloh qilishga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Mazkur hujjatda “Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, Xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish” strategik maqsad sifatida belgilangan [1]. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida o‘qitish tizimini rivojlantirish va jarayonlarni boshqarishning innovatsion mexanizmlarini shakllantirish eng muhim masalalardan hisoblanadi. Pedagogik jarayonni optimallashtirish, o‘qitish sifatini oshirish hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash samaradorligini rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida innovatsion o‘qitishni tashkil etish muhim hisoblanadi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 179 aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “ta’lim oluvchilar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”. Mashhur amerikalik psixolog E.Torrens o‘z tadqiqotlarida kreativlikni o‘lchash va rivojlantirish bo‘yicha testlar ishlab chiqib, ta’limda kreativ yondashuvni o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, moslashuvchanligi va muammoga bir nechta yechim topa olishi orqali namoyon bo‘lishini ko‘rsatgan[6] Amerikalik pedagog-tadqiqotchi K.Robinson ta’limda kreativlikning o‘rni haqida shunday deydi: “Kreativlik bu faqat san’atga oid tushuncha emas, balki har qanday sohada yangicha yondashuvni taklif qilish qobiliyatidir. Ta’lim tizimi bu salohiyatni rivojlantirishni emas, uni ko‘pincha yo‘qotmoqda.” (Robinson, 2006) J. Gilford esa ijodiylikni intellektual faoliyatning muhim elementi sifatida baholagan. U ijodiy tafakkurni divergent (kengayuvchi) fikrlash orqali ifodalaydi[3] Mahalliy olimlardan pedagogika fanlari doktori A.A.Azizxo‘jayev ta’limdagi kreativlik haqida shunday ta’kidlaydi: “Pedagogik jarayonda ijodkorlik – bu o‘qituvchining o‘z faniga va talabasiga yangicha qarash qobiliyatidir. Bu yondashuv orqali biz o‘zimizga xos, milliy modelga ega bo‘lgan innovatsion ta’lim tizimini yaratishimiz mumkin.” Bu borada quyidagi yondashuvlar samarali hisoblanadi: 1. Kreativ muhitni shakllantirish OTMda ijodiy fikrlashga asoslangan muhitni yaratish – talaba va o‘qituvchi o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlash, yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, norasmiy ta’lim shakllarini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Masalan, Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan “Ijodiy laboratoriyalar” talabalarning innovatsion loyihalar ustida ishlashiga xizmat qilmoqda. 2. Raqamli texnologiyalarni joriy etish Dars jarayonida interaktiv platformalar (Moodle, Google Classroom, Zoom, Mentimeter) orqali kreativ topshiriqlar berish, talabalarning mustaqil izlanish faoliyatini monitoring qilish ta’lim sifatini oshiradi. Samarqand davlat universitetida joriy etilgan “Kreativ baholash tizimi” bunda yaxshi natijalar bergan. 3. Kreativ liderlik asosida boshqaruv O‘quv jarayonini boshqarishda rahbar kadrlarning ijodiy yondashuvga ega bo‘lishi muhim. Ular muammolarni yangicha hal etishga, tashabbuskorlikni qo‘llabquvvatlashga tayyor bo‘lishlari kerak. O‘qituvchilar faoliyatida “case-study” (holatlarni tahlil qilish) metodikasidan foydalanish bunga misol bo‘la oladi. Talabalarning o‘quv va tarbiyaviy faoliyatga qiziqishini oshirish uchun kreativ yondashuv asosida mukofotlash tizimlari, tanlovlar va grantlar joriy qilinmoqda. Masalan, “Eng yaxshi kreativ loyiha” tanlovi OTMlarda innovatsion fikrlashga turtki bo‘lmoqda. 5. Tahliliy monitoring va baholash INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 180 Kreativ boshqaruv samaradorligini aniqlash uchun tizimli monitoring, SWOT tahlil, diagnostik savolnomalar va statistik usullardan foydalanish zarur. Bunda kreativ yondashuv natijalarini raqamli tahlillar orqali baholab borish tavsiya etiladi. Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikmadir. MUHOKAMA VA NATIJALAR Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishda kreativ yondashuv hali yetarlicha keng joriy etilmagan. Aksariyat hollarda boshqaruv tizimi an’anaviy shaklda olib boriladi — ya’ni nazorat va hisobotga asoslangan. Bunday holat esa talabalarning ijodiy faolligini cheklaydi va o‘qituvchining tashabbuskorlik salohiyatini pasaytiradi. Tahlillar natijasida aniqlanishicha: • o‘qituvchilarning bir qismi kreativ yondashuvning mohiyatini yetarli anglamaydi; • o‘quv jarayonini boshqarishda innovatsion texnologiyalar to‘liq qo‘llanilmaydi; • talabalarning o‘z fikrini erkin bildirish va ijodkorlik tashabbuslarini qo‘llabquvvatlash mexanizmlari sust ishlaydi [8]. Shu bilan birga, ayrim oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ijobiy tajribalar ham mavjud. Masalan, loyihaviy o‘qitish, case-study usuli, startap yo‘nalishidagi ta’lim dasturlari talabalarda mustaqil fikrlashni, jamoaviy ishlashni va ijodiy qaror qabul qilishni rivojlantirayotgani kuzatildi. Didaktik materiallar Tadqiqot davomida shuningdek, kreativ boshqaruv tizimini shakllantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarurligi aniqlandi: maktabgacha ta’limda foydalanilayotgan o‘quv qo‘llanmalari; pedagoglarning amaliy dars ishlanmalari va metodik tavsiyalari; seminar-trening materiallari va elektron resurslar; ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning faoliyatiga oid kuzatuv va intervyu natijalari; zamonaviy ta’lim texnologiyalari, kreativ metodlar bo‘yicha ilmiy maqolalar INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 181 1. O‘qituvchilar va boshqaruv xodimlari uchun kreativ fikrlash bo‘yicha malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish; 2. O‘quv dasturlarini zamonaviy innovatsion kompetensiyalar bilan boyitish; 3. Talabalarning tashabbuslarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimini yaratish; 4. O‘quv jarayonida raqamli texnologiyalarni (LMS, onlayn platformalar, AI yordamchi tizimlari) keng joriy etish; 5. Boshqaruv tizimida ochiqlik va ijodiy fikr almashuv muhitini yaratish [9]. XULOSA Kreativ boshqaruvni amaliyotga samarali joriy etish uchun OTMlarda ijodiy muhit yaratish, raqamli texnologiyalardan foydalanish, rahbar va pedagoglarning kreativ kompetensiyalarini oshirish va talabalarning motivatsiyasini rag‘batlantirish muhim omillardir. Bu yondashuvlar o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Maqolada ilgari surilgan tavsiyalar – OTMlar rahbarlari, pedagoglar va mutaxassislar uchun foydali amaliy yo‘nalish bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa, talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish, ularni faollikka undash hamda tarbiyaviy jarayonni innovatsion shakllarda olib borish orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish imkoniyati yanada ortadi. Ta’lim tizimini tashkil etishning samarali mexanizimlarini joriy etishda yosh avodni ma’naviy-axloqiy va intelektual rivojlanishini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning kreativ baholanishi, innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bayoni PF5847-son 8.10.2019yil 2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. 28.03.2024 //http://www.lex.uz 3. Guilford J. Amerika psixologi “Psixologiya va ijodkorlik”-1988 5-jild, 9-son, 444454. 4. OECD (2010), The OECD Innovation Strategy: Getting a Head Start on Tomorrow, OECD. 5. Lucas, B. and E. Spencer (2017), Teaching Creative Thinking: Developing Learners Who Generate Ideas and Can Think Critically., Crown House Publishing, https://bookshop.canterbury.ac.uk/Teaching-CreativeThinking-Developing-learnerswhogenerate-ideas-and-can-thinkcritically_9781785832369 (accessed on 26 March 2018). INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 182 6 Torrance, E. P. (1966). Tests of Creative Thinking. Personnel Press 7. Hennessey, B. and T. Amabile (2010), «Creativity», Annual Review of Psychology, Vol. 61, pp. 569-598-bet 8. Mavlonova R., Xodjaboyeva D. “Pedagogik mahorat”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 9. Ochilov M. “Ta’limda kreativ yondashuv va innovatsion fikrlash”. – Toshkent: Innovatsiya nashriyoti, 2022.