BO'LAJAK CHIZMACHILIK O'QITUVCHILARINI 3D MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ORQALI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda 3D modellashtirish texnologiyalaridan foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim muhiti, zamonaviy kompyuter grafikasi dasturlari va 3D dizayn imkoniyatlari orqali talabalarda kreativ fikrlash, loyihalash ko‘nikmalari hamda amaliy faoliyatga tayyorgarlik darajasi rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, metodikaning innovatsion jihatlari, didaktik tamoyillari va ta’lim samaradorligini oshirishdagi afzalliklari yoritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 532 BO‘LAJAK CHIZMACHILIK O‘QITUVCHILARINI 3D MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ORQALI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Bunyodbek Abdulazizov Islomjon o‘g‘li CHDPU San’atshunoslik fakulteti o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17430135 Annotatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda 3D modellashtirish texnologiyalaridan foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim muhiti, zamonaviy kompyuter grafikasi dasturlari va 3D dizayn imkoniyatlari orqali talabalarda kreativ fikrlash, loyihalash ko‘nikmalari hamda amaliy faoliyatga tayyorgarlik darajasi rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, metodikaning innovatsion jihatlari, didaktik tamoyillari va ta’lim samaradorligini oshirishdagi afzalliklari yoritilgan. Аннотация. В данной статье анализируется методика использования технологий 3D-моделирования в формировании профессиональной компетентности будущих преподавателей черчения. Показаны пути развития у студентов креативного мышления, проектных навыков и уровня готовности к практической деятельности через цифровую образовательную среду, современные программы компьютерной графики и возможности 3D-дизайна. Кроме того, раскрыты инновационные аспекты методики, её дидактические принципы и преимущества в повышении эффективности обучения. Ключевые слова: 3D-моделирование, обучение черчению, профессиональная компетентность, цифровые технологии, инновационная методика. Annotation. This article analyzes the methodology of using 3D modeling technologies in developing the professional competence of future drawing teachers. It demonstrates ways to enhance students’ creative thinking, design skills, and readiness for practical activities through the digital learning environment, modern computer graphics software, and 3D design tools. The innovative aspects of the methodology, its didactic principles, and advantages in improving educational effectiveness are lso highlighted. Keywords: 3D modeling, drawing education, professional competence, digital technology, innovative methodology. Hozirda yurtimizda ta’limda olib borilayotgan islohatlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi globolashuv davrda muhandislik sohasiga judda katta talab ortib bormoqda shu jumladan yurtboshimiz tomonda muhandislik sohasiga katta e’tibor qaratmoqda bunga misol tariqasida Muhandislik-texnika yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish. 1. Muhandislik-texnika yo‘nalishidagi 33 ta davlat oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini kompleks tahlil qilish bo‘yicha ishchi guruhini tashkil etish. 2. Muhandislik-texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 533 kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va qabul parametrlarining soha tarmoqlarining kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlariga muvofiqligini; moddiy-texnik baza (zamonaviy laboratoriyalar va asbob-uskunalarning mavjudligi) holatini; amaldagi o‘quv dasturlarining ishlab chiqarish texnologiyalari va ish beruvchilarning talablariga muvofiqligini; talabalarning sohadagi ishlab-chiqarish tashkilotlarida amaliy bilim olishini; professor-o‘qituvchilarning bilim darajasi va o‘quv adabiyotlarining amaliyotga yo‘naltirilganligini o‘rganish maqsadida va qaror ijrosini ta’minlash maqsadidamuhandislik sohasida talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantrish va ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish, jumladan 3D modellashtirish dasturlari (AutoCAD, SolidWorks, Blender va boshqalar) o‘quv jarayonining ajralmas qismiga aylandi. Chizmachilik fani nafaqat an’anaviy grafik ko‘nikmalarni, balki zamonaviy loyihalash madaniyatini ham shakllantiradi. Shu bois bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy kompetentligini 3D texnologiyalar yordamida rivojlantirish dolzarb ilmiy-pedagogik masala hisoblanadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 534 3D modellashtirish texnologiyalari ushbu kompetensiyalarning har birini rivojlantirishga xizmat qiladi. Masalan, 2D chizmalarni 3D modelga aylantirish orqali talabalar real ob’yektni fazoviy idrok etishni o‘rganadilar. 2. 3D modellashtirishdan foydalanish metodikasining bosqichlari 1. Nazariy tayyorgarlik bosqichi – grafik proyeksiyalar, geometrik modellashtirish asoslari, texnik chizmachilik qoidalarini mustahkamlash. 2. Amaliy mashg‘ulotlar bosqichi – 3D dasturlarda detal va mexanizmlarni modellashtirish, real muhandislik topshiriqlarini bajarish. 3. Integratsion bosqich – talabalarning loyihaviy ishlari orqali 3D texnologiyalarni boshqa fanlar (texnologiya, arxitektura, me’morchilik, mexanika) bilan bog‘lash. 4. Innovatsion loyiha bosqichi – talabalar mustaqil ravishda 3D dizayn loyihalarini ishlab chiqadilar, ularni taqdimot va virtual reallik vositalarida namoyish etadilar. 3. Metodikaning didaktik afzalliklari ✓ Talabalarda fazoviy tafakkurni rivojlantiradi. ✓ An’anaviy chizmalarni real vizual modellar bilan uyg‘unlashtiradi. ✓ Mustaqil o‘rganishga, ijodkorlik va innovatsion faoliyatga yo‘naltiradi. ✓ Ta’lim jarayonini interfaol va motivatsion qiladi. 4. Kreativ yondashuvlar ❖ Gamifikatsiya: 3D modellashtirish mashqlarini bosqichli o‘yin elementi bilan boyitish. ❖ Virtual laboratoriyalar: murakkab detallarni VR texnologiyalar orqali tahlil qilish. ❖ Loyiha asosida ta’lim: talabalarning jamoaviy 3D loyihalar ustida ishlashini tashkil qilish. Xulosa qilib aytkanda bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda 3D modellashtirish texnologiyalaridan foydalanish metodikasi yuqori
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 535 samaradorlikka ega. Bu metodika nafaqat grafik savodxonlikni, balki ijodiy yondashuvni, texnik tafakkurni va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Natijada, ta’lim jarayoni raqamli va interfaol tus oladi, talabalar esa zamonaviy mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlanadi. FOYDALINILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-54-son qaroriga 2-ILOVA Ta’lim sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI” 2. Islomjon o’g’li, A. B. (2022). MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI 3. FANIDA AUDITORIYA MASHGULOTLARINI KREDIT-MODUL TALIM ASOSIDA TASHKILLASHTIRISH. 4. Conferencea, 149-152. Ugli, D. S. D., & Ugli, A. B. I. (2022). Modular Technology of Teaching Engineering Computer Graphics to Future Teachers Drawing. Current Research Journal of Philological Sciences, 3(01), 101-107. 5. Dilshodbekov Sh. Искусственный интеллект в образовательном процессе инженерной графики. “Ta’lim,fan va innovatsiya” ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. 2024-yil, 1son 6. Dilshodbekov Sh. CAD and the necessary competencies to work with them. Cutting edgescience 2024. USA Shawnee 7. Dilshodbekov Sh, Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning muhandislik grafkasi sohasidagi o‘rni. INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 5-son (2023-yil, dekabr) 8. Odilboyevich, O. I. (2023). PERFECTING THE METHODOLOGY OF