scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHIZMACHILIKNI O'QITISHDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH

Achilov Nurbek Norboy o'g'li, Alimova Surayyoxon Dilmurodxo'ja qizi

Abstract

Maqola O‘zbekiston Respublikasidagi umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini o‘qitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning ahamiyati va usullariga bag‘ishlangan. Unda chizmachilikni chuqur o‘rgatishning eng samarali yo‘li sifatida sinfdan tashqari faoliyatlarning tashkil qilinishi ta’kidlanadi. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarni tor mutaxassislikka tayyorlashdan ko‘ra, ularning grafik tasvirlar nazariyasini chuqurroq o‘rganishlari, chizma bajarish va o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 539 CHIZMACHILIKNI O‘QITISHDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li1, Alimova Surayyoxon Dilmurodxo‘ja qizi2 1P.f.f.d (PhD) dotsent v.b, CHDPU talabasi2 https://doi.org/10.5281/zenodo.17430155 Annotatsiya. Maqola O‘zbekiston Respublikasidagi umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini o‘qitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning ahamiyati va usullariga bag‘ishlangan. Unda chizmachilikni chuqur o‘rgatishning eng samarali yo‘li sifatida sinfdan tashqari faoliyatlarning tashkil qilinishi ta’kidlanadi. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarni tor mutaxassislikka tayyorlashdan ko‘ra, ularning grafik tasvirlar nazariyasini chuqurroq o‘rganishlari, chizma bajarish va o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Kalit so’zlar. Chizmachilik, sinfdan tashqari ishlar, o‘quvchilar, grafik tasvirlar, ixtiyoriylik, kasbiy yo‘naltirish, to‘garaklar, ijodiy faoliyat, pedagogik texnologiyalar, nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar Аннотация. Статья посвящена значению и методам организации внеурочной деятельности в преподавании черчения в общеобразовательных школах Республики Узбекистан. Подчеркивается, что наиболее эффективным способом углубленного изучения черчения является организация внеурочной деятельности. Такие занятия не направлены на подготовку учащихся к узкой специализации, а скорее на углубление их знаний в области теории графических изображений, развитие навыков выполнения и чтения чертежей. Ключевые слова. Черчение, внеурочная деятельность, учащиеся, графические изображения, добровольность, профессиональная ориентация, кружки, творческая деятельность, педагогические технологии, теоретические знания, практические навыки. Annotation. The article is dedicated to the importance and methods of organizing extracurricular activities in teaching technical drawing in general education schools of the Republic of Uzbekistan. It emphasizes that the most effective way to teach technical drawing in depth is through the organization of extracurricular activities. These activities are not aimed at preparing students for a narrow specialization but rather at deepening their understanding of graphic image theory and developing their skills in creating and interpreting technical drawings. Keywords. Technical drawing, extracurricular activities, students, graphic images, voluntariness, career orientation, clubs, creative activities, pedagogical technologies, theoretical knowledge, practical skills. Hozirgi kunda Respublikamizdagi umumta’lim maktablarining ko‘pchiligida chizmachilik fanini o‘rganish asоsan fan dasturida ko‘rsatilgan materiallarni o‘rganish bilan chegaralanib qolmoqda. Chizmachilikni o‘quvchilarga chuqur o‘rgatishning eng maqbul yo‘li, bu chizmachilikni chuqur o‘rganiladigan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilinishi hisoblanadi. Bunday to‘garaklardagi o‘qishlar o‘quvchilarni biror tor mutaxassislik yo‘nalishiga tayyorlashni ko‘zlamaydi. Bunda ta’lim qobiliyatli va grafika fanlariga qiziqish bildirgan o‘quvchilarni grafik tasvirlar nazariyasi bilan chuqurroq tanishtirish, ularning chizma bajarish va o‘qish malakalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bunday tayyorgarlik keyinchalik o‘quvchilarning kasb tanlashlarida ham yordam berishi mumkin. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 540 Fanlarni chuqur o‘rganadigan sinflardagi o‘quvchilar soni 8-sinflarda 30, 9sinflarda 25 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘lmasligi tavsiya qilinadi. O‘qituvchining maktabdagi ishi faqat dars o‘tish bilan chegaralanib qolmasligi kerak. O‘quv jarayonining asosiy shakli bo‘lgan eng mukammal dars ham, sinfdan tashqari ishlar bilan to‘ldirilishi kerak. O‘qituvchi agar dars bilan chegaralanib qolsa fan bo‘yicha o‘quvchilar bilishi zarur bo‘lgan hamma materiallarni o‘rgatishga ulgurmaydi. Ayniqsa, chizmachilikning ba’zi mavzulariga o‘quv dasturida juda kam vaqt ajratilgani, vaqt tanqisligini yanada keskinlashtiriladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchi shaxsining va imkoniyatlarining to‘laroq ochilishiga imkoniyat yaratadi. Chizmachilik bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning hamma shakllari ixtiyoriylik prinsiplari asosida tashkil qilinishi kerak. Sinfdan tashqari tadbirlar paytida o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalari va nazariy bilimlarining shakllantirishga harakat qilish kerak. Bunda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim saviyalarini e’tiborga olgan holda mashg‘ulot mavzusi va mazmuni tanlaniladi. Chizmachilik chuqur o‘rganiladigan sinfdan tashqari ishlarni ikki bosqichda tashkil qilish mumkin. Birinchi bosqichda kursning asosiy mazmuni chuqurlashtirib o‘rganiladi va uning amaliy qo‘llanilish sohalariga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Ikkinchi bosqichda o‘quv materialida o‘rganiladigan nazariy yo‘nalishlarni birmuncha kengaytirish, amaliy qo‘llash sohalari bilan keng tanishish, murakkab grafik tоpshiriqlar bajarish va оlingan bilimlarni amaliyotda mustaqil qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni bajarish ko‘zda tutiladi. Bunday sinf (maktab)lardagi tarbiyaviy ishlar shaxsni har tomonlama rivojlantirish va kasbga yo‘naltirishni hisobga olib tashkil qilinishi zarur. Tarbiyaviy ishlar tarkibiga to‘garak mashg‘ulotlari, olimpiadalar, tanlovlar, fan va texnika namoyondalari, madaniyat xodimlari, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlarni o‘tkazishlar ham kerak. Chizmachilik chuqur o‘rganiladigan sinfdan tashqari ishlar jarayoni va mazmuni bo‘yicha keltirilgan yuqoridagi metodik tavsiyalar maslahat xarakterida bo‘lib, fan o‘qituvchisi unga mahalliy sharoitlar va xususiyatlarni hisobga olib qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritishi ham mumkin. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning o‘z iqtidorini, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatlarini yorqinroq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Bu hol o‘quv dasturida ko‘zda tutilganidan ko‘ra murakkabroq vazifalar qo‘yishga va ularni hal etishga asos bo‘ladi. Ixtiyoriylik mezonining talaba qiziqishlari bilan uyg‘un holatda qo‘llanilishi o‘quvchilar tashabbuskorligi yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi. Shu tufayli sinfdan tashqari ish jarayonida kasb-hunar ta’limining asosiy vazifalarini bajarish bo‘yicha yaxshi natijalarga erishiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlar kasbiy tarbiya asosidagi sinfdan tashqari mashg‘ulotlar vazifalarini quyidagicha ifodalash imkonini beradi: 1. Chizma chizish davomida o‘quvchilar olgan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, umumlashtirish hamda kengaytirish; 2. Sifatli chizmaga asoslangan ijodiy faoliyatga o‘quvchilarni jalb qilish; 3. Hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari haqidagi tasavvurni kengaytirish; 4. Xalq xo‘jaligining zamonaviy ehtiyojlari asosida kasb tanlashga tayyorlash; 5. Chizmaga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirish. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 541 Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar turli shakllarda amalga oshirilishi lozim. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga asoslangan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning barcha shakllaridan foydalanish shubhasiz, samarali natijalarga olib keladi. O‘qitish jarayonida maktablardagi to‘garak mashg‘ulotlarida, umumiy o‘rta ta’lim maktabi muassasalarida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatini o‘stirish muammosi katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Fan va texnikaning aniq turlari qishloq xo‘jaligi texnikalari bo‘yicha o‘quvchilar ijodiy faoliyatini aktivlashtirish - umumta’lim predmetlari, Chizmachilik o‘qituvchilari va to‘garak rahbarlari eng muhim vazifasidir, chunki qiziqishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ana shu faoliyat mehnatning boshqa formalari bilan uzviy bog‘liq holda shaxsni uyg‘un shakllantiradi. O‘qituvchilar va chizmachilik to‘garagi rahbarlarining ilg‘or ish tajribasini o‘rganish, umumlashtirish hamda tatbiq qilish doimo pedagogika fanining muhim vazifalaridan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Yangi pedagogik texnologiyalar chizmachilik o‘qituvchisidan o‘z kasbiga doir bilimdonlik va yangilikka intilishni talab etadi. Pedagogik texnologiyalarni egallash uchun chizmachilik o‘qituvchisi yuqori kasbiy bilimdonlik va mahoratiga ega bo‘lmog‘i zarur. Hozirgi zamon pedagogikasida ta’lim tizimining mazmunini va protsessual komponentlarning birligi (ta’lim maqsadlari, mazmuni, metodlar, shakl va usullari) haqidagi tushuncha qaror topdi. Pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish jarayonida ularning komponentlari konservativlikning turli darajalarini yuzaga chiqaradi. Bunda metodlarning kordinal o‘zgarishlari shakl va mazmun, maqsadlarning chuqur o‘zgartirishlarni olib kelishiga qaramasdan, ta’limning mazmuni ta’lim texnologiyasining muhim qismi bo‘lib, uni protsessual qismini ham aniqlay oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li (2020). The use and importance of the three-dimensional features of the auto cad program in drawing projects in public schools. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (3) Part II, 189-192. 2. Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li (2020). Pedagogical and psychological fundamentals of formation of space imagination and creative ability in students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 38-40. 3. Mokhir, K., Nurbek, A., Qudrat, B., Elbek, K., & Boburmirzo, K. (2020). SOME METHODS OF FINDING ANGLE IN THE SCIENCES OF DRAWING AND DRAWINGMEMETRY. JOURNAL OF PHYSICS AND MATHEMATICS, 4(1), 47-52. 4. Kukiev, B., O‘g‘li, A. N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7 (12), 49-54.