Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 542 ODDIY QIRQIMLARDAN FOYDALANGAN HOLDA TALABLARNING FAZOVIY TASAVVURINI SHAKLLANTIRISH Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li1, Almuxamedova Laylo Abdikabirovna 1P.f.f.d (PhD) dotsent v.b, CHDPU talabasi2 https://doi.org/10.5281/zenodo.17430167 Annotatsiya. Maqola O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi” doirasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qiladi. Chizmachilik fanini o‘qitishda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar va ko‘rgazmali metodlardan foydalanishning ahamiyati ta’kidlanadi. Xususan, oddiy qirqimlar orqali o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qobiliyatini rivojlantirish va grafik topshiriqlarni bajarishda malaka hosil qilish ko‘rib chiqiladi. Oddiy qirqimlarning turlari (frontal, gorizontal, profil, qiya) va ularning chizmalarda ichki tuzilishni aniqlashdagi o‘rni tahlil etiladi. Aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlardan foydalanish va ularning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi muhokama qilinadi. Innovatsion texnologiyalar va axborotkommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda dars o‘tish zamon talabi sifatida ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: Harakatlar strategiyasi, chizmachilik, oddiy qirqimlar, fazoviy tasavvur, ta’lim sifati, innovatsion pedagogik texnologiyalar, aksonometrik proyeksiyalar, grafik topshiriqlar, uzluksiz ta’lim, mutaxassislar tayyorlash. Аннотация: Статья рассматривает развитие образования и науки в рамках «Стратегии действий» Республики Узбекистан на 2017–2021 годы, уделяя внимание совершенствованию системы непрерывного образования и подготовке высококвалифицированных специалистов. Подчеркивается важность использования инновационных педагогических технологий и наглядных методов для повышения качества и эффективности преподавания черчения. В частности, анализируется роль простых сечений в развитии пространственного воображения учащихся и их навыков выполнения графических заданий. Рассматриваются типы простых сечений (фронтальные, горизонтальные, профильные и наклонные) и их значение для отображения внутренней структуры объектов на чертежах. Обсуждается применение сечений в аксонометрических проекциях и их использование в образовательном процессе. Проведение уроков с использованием инновационных технологий и информационнокоммуникационных средств представлено как требование времени. Ключевые слова: Стратегия действий, черчение, простые сечения, пространственное воображение, качество образования, инновационные педагогические технологии, аксонометрические проекции, графические задания, непрерывное образование, подготовка специалистов Annotation: The article discusses the development of education and science within the framework of Uzbekistan’s 2017–2021 “Strategy of Actions,” focusing on improving the continuous education system and training highly qualified specialists. It emphasizes the importance of using innovative pedagogical technologies and visual methods to enhance the
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 543 quality and effectiveness of teaching descriptive geometry and drafting. Specifically, the role of simple sections in developing students’ spatial visualization skills and their ability to perform graphic tasks is examined. The types of simple sections (frontal, horizontal, profile, and inclined) and their significance in clarifying the internal structure of objects in drawings are analyzed. The use of sections in axonometric projections and their application in the educational process are also discussed. Conducting lessons with the integration of innovative technologies and information-communication tools is highlighted as a modern requirement. Keywords: Strategy of Actions, descriptive geometry, simple sections, spatial visualization, educational quality, innovative pedagogical technologies, axonometric projections, graphic tasks, continuous education, specialist training O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishida “Harakatlar strategiyasi”da ta’lim va fan sohasini rivojlantrishning uzluksiz ta’lim tizimni yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; kelajakda zamonaviy xalqaro standartlarga mos keladigan ziyolilar safini yanada ko‘paytirish omillari to‘laqonli bayon etilgan. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtrish, jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan mustaqil fikrlaydigan, vatanga sodiq, qatiy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va fuqoralik jamiyatni rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish kabi masalalar qo‘yildi. Bunday vazifalar umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim bosqichlarida chizmachilik fanini o‘qitishda ta’lim sifati hamda samardorligni oshirishga katta e’tibor qaratilishi lozimligni bildiradi. Bu esa o‘qituvchi-pedagoglar zimmasidagi ma’suliyatini yanada oshiradi. Dars sifati va samaradorligini oshirishda turli xil yangi pedagogik texnologiyalardan, innovatsion metodlardan foydalanishni talab etadi. Bu esa o‘qituvchidan o‘z ustida ko‘proq mustaqil izlanishlar olib borishni talab qiladi. 1 Demak, mashg‘ulot jarayonini mukammal va o‘ylab chiqilgan andoza asosida loyihalashga erishish, ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlarini puxta va chuqur o‘zlashtirishiga hamda ularga amaliy tajriba va malakalarining hosil bo‘lishiga erishish zarur bo‘ladi. Bunda chizmachilik fanidan o‘quvchilarning chizma chizish va grafik topshiriqlarni amalga oshirishda oddiy qirqimlar bajarish usuli va mavzusi ularning fazoviy tasavvur savodxonligni oshirishga, o‘quvchilar bilim ko‘nikma va malakalarni yanada shakillantirishga asos bo‘ladi. Qirqim-bu biror bir detalni bir yoki bir nechta teksliklar bilan xayolan kesish orqali hosil qilingan tasvir. Bunda kesuvchi tekslik yuzasida hosil bo‘lgan tasvir va uning orqa tomonida ko‘rinib turgan detal qismlari ham qo‘shib chiziladi. Qirqimlar odatda predmetlarning ichki tuzilishlarini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Detalning ichki tuzilishini bitta tekislik orqali ko‘rsatish mumkin bo‘lsa, bunday qirqim oddiy qirqim hisoblanadi. 1 Kukiev, B., O‘g‘li, A. N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7 (12), 49-54.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 544 O‘quvchilarning oddiy qirqimlarni bajarish bo‘yicha savodxonligni takomilashtirishda quyidagi asosiy masalalarga e’tibor berish kerak. 1. Qirqim haqida tushuncha; 2. Oddiy qirqim turlari; 3. Oddiy qirqimning detalni to‘laroq tasavvur qilishdagi ahamiyati; 4. O‘quvchilarning chizma chizish jarayonida fazoviy tasavvurlarini kengaytirishda oddiy qirqimlar mavzusinig ahamiyati. Chizmadagi tasvirlar detalning tashqi ko‘rinishi haqidagina emas, balki uning ichki tuzilishi haqida ham aniq yoki yaqqol tasavvur berishi lozim. Bizga ma’lumki, detalning ichki tuzilish shakllari ko‘rinishda shtrix chiziqlar bilan tasvirlash belgilangan. Chizmalarda aniqroq va tushunarliroq tasvirlarni yaratish uchun qirqim deb ataluvchi shartli tasvirlash usulidan foydalaniladi. Biz oddiy qirqimlar bilan ishlashimizda qirqimning o‘zini bilishmiz zarur bo‘ladi. Qirqim o‘zi nima? Qirqim qanday hosil bo‘ladi va u qanaqa talablarga javob berishi kerak? Qirqim bir yoki bir necha tekislk bilan hayolan qirqilgan buyumning tasvirdir. Qirqim quyidagi tartib bilan hosil qilinadi Proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lgan kesuvchi tekislik detalning go‘yo uning simmetiriya tekisligi bo‘ylab ikki bo‘lakka bo‘ladi. Qirqim bajarilyotganda uning turlariga ham alohida etibor qaratish lozim. Detalning ko‘rinishda qirqim hosil qilish uchun agar kesuvchi tekislik bitta bo‘lsa, hosil bo‘lgan qirqim oddiy qirqim deb ataladi. Kesuvchi tekslikning proeksiyalar teksligiga nisbatan shakliga qarab, qirqimlar quydagi turlarga bo‘linadi. 1. Frontal qirqimlar: bunda kesuvchi tekslik frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘ladi. 2. Gorizontal qirqimlar: bundagi kesuvchi tekislik gorizantal proeksiyalar tekisligiga parallel bo‘ladi. 3. Profil qirqimlar: bunda kesuvchi tekislik profil proeksiyalar teksligiga parallel bo‘lganda profil qirqim hosil bo‘ladi. 4. Qiya qirqim: agar kesuvchi tekslik proeksiyalar tekisligi bilan o‘tkir burchak hosil qilganda, qiya qirqim hosil bo‘ladi. Oddiy qirqimlar kesimlardan ancha farq qiladi. Shuning uchun ham oddiy qirqimlarning farqini bilishimiz, mulohaza yuritishni o‘rgatishimiz zarur. Chizmalarda qirqimlarning belgilanishi frontal, profil, va gorizontal qirqimlar tegishli ko‘rinishlar o‘rnida joylashishi mumkin, jumladan frontal qirqim oldidan ko‘rinish o‘rnida, profil qirqim yonidan ko‘rinish, gorizontal qirqim ustidan ko‘rinish o‘rnida joylashadi. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurni va taffakurni yanada oshirishga qobiliyatlarni yanada takomilashtirishga hamda berilgan detal chizmalarni yuqori darajada o‘zlashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oddiy qirqimlar bilan ishlashda aksonometrik proeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash. Aksonometrik qoidalarga amal qilib aniq bajarilgan detalning ichki shaklini, qirqim qo‘llanilmagan bo‘lsa o‘qish murakkablashadi. Shuning uchun ham, to‘g‘ri burchakli ko‘rinish chizmalardagi o‘xshash detalning ichki shaklini aniqlash maqsadida aksonometrik proeksiyada ham qirqim qo‘laniladi. Aksonometriyada ham qirqimlar ko‘rinishlardagi kabi frontal, profil va gorizantal qirqimlar tatbiq qilinadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 545 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kun o‘quvchilarni chizmachilik faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ushbu fandan chuqur bilimga ega bo‘lishlari uchun oddiy qirqimlar mavzusidan sifatli dars o‘tish orqali birmuncha yutuqlarga erishish mumkin. Umuman olganda umumta’lim maktablari mashg‘ulotlarida yangicha innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, dars jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalarni mavzuga tadbiq etgan holda dars o‘tish davr talabidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirsh bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘grisida”gi Farmoni. /Rasmiy nashr/ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi . – T.: Adolat, 2017. 112-b. 2. Raxmonov I., Valiyev A.N. Chizmachilik (chizmachilik fanida konstruksiyalash asoslari). - T., Voris-nashiryot, 2012. 3. Valiyev A., Saydaliyev S., Mardov S. “Ko‘rinishlar mavzusini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish “Xalq ta’limi” jurnali, 2013-yil 6son, 90bet. 4. Ro‘ziyev E.I., Ashirboyev A.O. Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi. – T.: Fan va texnologiya, 2010.